Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary education karshi state university


Download 399.07 Kb.
bet9/57
Sana08.01.2022
Hajmi399.07 Kb.
#247503
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
UMK majmua 222

Ma’ruza matni

XVII asrning o‘rtalarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida feodal jamiyati xiyla zaiflashgan, Niderlandiya (1516—1609) va Angliyadagi (1640) inqiloblar o‘rta asr idora usuli va diniy-cherkov xukmronligiga qaqshatqich zarba bergan, binobarin, feodal tuzumining butunlay yemirilish davri ancha yaqinlashib qolgan edi.

Kapitalistik ishlab chiqarish usulining bunyodga kelishi eski ishlab chiqarish munosabatlarini yemiradi, xunarmandchilikni yo‘q qiladi. XVII asrdagi ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyatdagi ziddi-yatlarni ham ko‘chaytiradi.

Angliyadagi inqilob o‘sib borayotgan burjuaziya va sobiq dvoryanlarning 1688 yildagi kompromissi (kelishuvchiligi) bilan tugadi. «Qizil» va «oq» gullar urushi natijasida bir-birlarini qirib yuborgan feodal-baronlar o‘rniga vujudga kelgan yangi dvoryanlik feodallarga qaraganda burjuaziyaga yaqin turar, mamlakatning savdo-sanoat ishlariga aralashib, undan ko‘proq foyda orttirishga intilar edi. Bu voqealar XVII asr ingliz tarixiy taraqkiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan edi.

XVII asr Yevropa mamlakatlarida xukmronlik qilgan absolyut xokimiyat feodal o‘zboshimchaliklarini bostirishda dvoryanlardan foydalanadi vaburjua tabaqalarini o‘ziga qaram xolda saqlashga intiladi. Burjuaziyaning tez o‘sib borishi u bilan dvoryanlik o‘rtasidagi ziddiyatni keskinlashtirib yuboradi, natijada revolyutsion voqealar kelib chiqadi.

Uyg‘onish davri adabiy traditsiyalarini davom ettirgan XVII asr ilg‘or yozuvchilari ijodida o‘libborayotgan dvoryan-aristokratiya sinfi va uning urf-odatlari qattiq masxara qilinadi. Molyer komediyalarida tasvirlangan ma’naviy ojiz, shuxratparast kishilar obrazi XVII asr dvoryan sinfi nuqsonining tipik ifo-dasidek namoyon bo‘ladi. Badiiy adabiyotda aristokratiya bilan mu-rosaqilishga tayyor turgan burjua sinfi vakillarining egoistik intilishlari ham ayovsiz tanqidga uchraydi.

XVII asr G‘arbiy Yevropa adabiyoti realizm, klassitsizm vabarokko nomi bilan ataluvchi uchasosiy adabiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Realizm Uyg‘onish davri gumanist yozuvchilarining traditsiyalarini davom ettiradi. Bu adabiy yo‘nalishning vakillaridan biri bo‘lgan Lope deVega o‘zkomediyalarida barokko yozuvchilarining pessimistik kayfiyatlariga xushchakchaq xayotni qarshi kuyadi; Sharl Sorel ham«Fransionning xaqqoniy vaqo‘lgili xayot tasviri» romanida dunyoviy kuvonchlarni qo‘ylaydi.

Barokko o‘rtaasr madaniyati tushkunligi natijasida kelib. chiqqan, absolyutizm ko‘chayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi ta’sirini aks ettirgan adabiy yo‘nalish xisoblanadi. Uning yorkin ifodachisi dramaturg Kalderondir.

Uyg‘onish davri mutafakkirlarining dinga shubha bilan qarash-lari o‘rnini endi diniy mutaassiblik oladi. Xudo daxshatli va shafkatsiz kuch, uning qudratioldida inson zaif va ayanchli max-luq deb karaladi. Barokko yozuvchilarining tilida oddiy iboralar yo‘qolib, undagi tasvir nozik va«bejirim» tusga kiradi. Ular ijodida vazmin tabiatli qahramonlar gavdalanadi, uzoq ekzotik mamlakatlarga qizikish ko‘chayadi. Adabiyotdagi bunday aristokratik uslub Italiyada marinizm, Ispaniyada gangorizm, Fransiyada pretsioz deb ataladigan oqimlarda ochiq ko‘rinadi. Binobarin, barokko xasta xis-tuyg‘ularni ifodalovchn chirib borayotgan dvoryan-aristokratiya sinfining adabiy uslubidir.

Klassitsizm XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada kelib chiqkan adabiy okimdir. Bu vaqtda fransuz qiroli bebosh feodal-larning qarshiligini bartaraf etib, markazlashgan xokimiyat o‘rnatish uchunkurash olib bormokda edi. Lyudovik XIV (1643— 1715) zamonasida absolyutizm mustaxkamlanadi. Anarxiyaga chek qo‘yish,juz’iy narsalarni umumiylikka buysundirish absolyutizm ximoyachilari ilgari surgan muxim masalalardandir. Siyosatdagi singari adabiyotda hamqattiq qo‘llik bilan ish tutiladi. Barcha ijodiy jarayonlar ma’lum koidaga itoat ettiriladi. Kardinal Rishelye yangi tashkil qilingan akademiya orqali adabiyotni o‘z na-zorati ostiga oladi. Qonundan chetga chiqishsan’atda ham boshbosh-doklikka olib boradi, degan qat’iy fikrga keladi. Klassitsizm qoidalarigarioya qilmagan Kornel vauning «Sid» tragediyasi jiddiy tanqidga o‘chraydi.

Klassitsizm yozuvchilari absolyut xokimiyat mamlakat milliy birligi manfaatlariga moskeladi, deb uni mustaxkamlash g‘oyasini qullaydilar. Ular qirollik siyosati bilan xisoblashishga majbur bo‘lganliklaridan, qisman, saroyga bog‘lik hamedilar. Lekin, bulardan kat’i nazar, ular ijodida davlat manfaatlarini ko‘zlash hammavaqt birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun klassitsizm nazariyachilari vayozuvchilari mamlakat xalqi ruxini aks ettiruv-chi adabiyot yaratishga intiladilar. Bu badiiy ijodning shaklla-nishida davrning ilg‘or ratsionalistik falsafasi, xususan, De-kartning xaqiqatni anglash uchun yagona mezon akl-idrokdir, degan qarashlarikatta ta’sir ko‘rsatadi. Shunga binoan, ular idrokni san’atga hamto‘g‘ri yo‘l belgilab beruvchi birdan-bir mezon deb xisoblab, uni xis-tuyg‘uga qarshiqo‘yadilar.

Klassitsizmning asosiy prinsiplaridan yana biri tabiatga taqlid qilish, real turmushni gavdalantirish talabidir. Demak realizm klassitsistlar estetikasiga yotemas, Biroq Uchegaralangandir. Uning yirik nazariyotchisi Bualo «Poeziya san’ati» degan asarida «yaramas» tabiatga, vokelikning «qo‘pol» tomonlariga emas, balki faqat «go‘zal» tabiatga taqlid qilishga chakiradi. Klassisistlar inson hayotidagi muhim voqealarni ochish kabi vazifani ilgari surishlari bilan birga, umumiylikni xususiy xolat bilan ajratib qo‘yadilar, insonning ruxiy xalati moddiy turmushga bo‘lgan intilishlari bilan bog‘lik ekanligini bilmaydilar. Bular esa personajlarni bir yoqlama tasvirlashga olib boradi.

Klassitsizm nazariyasi bo‘yicha, butun adabiy janrlar «yuksak» (tragediya, epos, qasida) va «tuban» (komediya, satira, epigramma) turlarga bo‘linadi. «Yuksak» janrlarda davlat ishlari qirol va hukmron tabaqa vakillarining harakatlari tantanali uslubda tasvirlanishi kerak «Tuban» janrlarda esa, uchinchi toifa vakillarining kundalik turmushi kulgili manzaralarda aks ettirilishi lozim. Janrlarning bu tariqa sun’iy tasnif etilishi klassitsizm adabiyotining sosloviyeli dvoryan xarakteridan kelib chiqqan. Klassitsist yozuvchilar asar tilining aniq obrazlarning ratsional, kompozitsiyasining pishiq uslubning qo‘poliboralardan xoli bo‘lishiga katta e’tibor beradilar. Biroq go‘zallikni idrok qilishda yagona mezon iste’doddir, deb unga ortikcha baho beradialr. Qahramonlarni oldindan belgilab qo‘yilgan sxema va logik qonunlariga ko‘ra«yaxshi» va «yomon»ga ajratib, natijada xarakterlarning hayotiyligini chegaralab qo‘yadilar.

Klassitsizm adabiyotida drama janri muxim o‘rin egallaydi. Undagi asosiy prinsip uch birlik qonuniga rioya etishdir.

Ulardan biri vaqt birligidir. Pyesadagi butun harakat bir kun mo-baynida bo‘lib o‘tishi kerak

Ikkinchisi — o‘rin birligida barcha xodisa bir joy, bir bino ichida yuz berishi lozim.

Uchinchisi — xarakat birligida yagona syujet yo‘li, ya’ni asosiy voqea, bir intrigaga amal qilinadi.

Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiq-qanadabiy yo‘nalishdir. Gumanistlar qadimgi grek va Rim mada-niyatini urganish va uning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishda jiddiy ish qildilar. Biroq ularning antik san’at haqidagi nazariyala-rida bir qator nuksonlar mavjud edi. Bunga sabab o‘rta asrlar adabiyotidagi milliy xususiyatlarni e’tiborga olmaslikdir. Shuning uchun klassitsizm Fransiyadan boshqa -mamlakatlarda o‘zri-voji uchun zamin topolmadi.

Klassitsist yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosqi-chiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat, deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuklarini qabulqildilar. Biroq mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janr-larni qattiq logik qonunlargabuysundirish klassitsizm adabiyo-tini cheklab qo‘ygan edi. Shuning uchun ham uning kotib qolgan qonunlarini Pushkin va rus revolyutsion-demokratlari tanqid rilganlar. Lekin bunday salbiy tomonlari bo‘lishiga qaramay, klassitsizm o‘z davri madaniy xayotida katta voqea edi.

XVII asrning ilg‘or yozuvchilari ijodi o‘sha davrning yirik mutafakkirlari «Ingliz materializmining chin otasi Bekon», shuningdeq Gobbs, Kampanelli, Dekartlarning falsafiy qarashlari bilan bog‘liq ravishda rivoj topadi. Ular ta’limotidagi materialistik an’ana idealistik an’anaga qarshi qaratilgan edi. Bu narsa feodal olami va uning urf-odatlarini tanqid qilishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

XVII asr G‘arbiy Yevropa adabiyoti o‘z davri xayotining turli-tuman manzarasini gavdalantirgan Milton, Kornel, Rasin, Molyer, Lope de Vega va Kalderon kabi yirik yozuvchilarni yetish-tiradi, ularning ko‘p qirrali va eskilikni fosh etuvchi ijodi xozirgi kungacha g‘oyaviy mazmuni va badiiy qimmatini saqlab kelmokda.
XVII ASR INGLIZ ADABIYOTI

XVII asrning 20—30- yillarida Angliyada inqilob sinfiy kurash keskinlashgan, feodal-absolyut xokimyat mamlakatning bundan so‘nggi rivojlanishiga g‘ov bo‘lib qolgan edi. Ingliz burjuaziyasi «yangi dvoryanlik» bilan ittifoq tuzib, absolyutizmga qarshi kurash olib boradi. Bu revolyutsion kurashda «jangovar armiya dehqonlar» edi. Lekin ular bu inqilobdan manfaat ko‘rmaydilar Yerga feodal mulkchilik tugatilgach, yer dehqonlarga emas, balki yangi dvoryanlikka o‘tib ketdi. Burjualashgan dvoryanlar chorvachilikning asosiy turi qo‘ychilikni rivojlantirib, sanoatni xom ashyo — jun bilan ta’minlay boshladi. Ingliz burjua inqilobining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u 1688 yilda yuzaga kelgan burjuaziya bilan dvoryanlik o‘rtasidagi kelishuvchilik bilan tugadi. Fransiyada burjua inqilobi esa feodalizm hamda uning idora usuli va qonunlarini bekor qilib yuboradi.

XVII asrning 60-yillarida yuz bergan Styuartlar restavrariyasi progressiv adabiyotdagi kuchlarni feodal reaksiyasiga qarshi kurashga otlantiradi. Bu vaqtda Betlar «Gudiras», Milton

<"Yo‘qrtilgan jannat» poemalari va «Samson—kurashchi» tragediyasini, Benyan «Ziyoratchining safari» nomli asarini yaratadilar.

Ingliz inqilobi arafasida, shuningdek restavratsiya yillarida yashagan progressiv yozuvchilar, Uyg‘onish davrining ulug‘ mutafakkirlari, jumladan, titan yozuvchi Shekspir ijodiy tradi-siyalarini davom ettiradilar. Ular Bekondan ham ma’naviy oziq oladilar.

XVII asrning 30—40-yillarida revolyutsion xarakat ko‘chayib, respublika o‘rnatish uchun kurash keskinlashgan vaqtda ilg‘or yozuvchilar feodal monarxiyasiga qarshi qurolli qo‘zg‘olonga chaqiradi-lar. Bu Miltonning publitsistikasi, Lilbern va Uinstenlining pamfletida ochiq ifodalanadi.

Shu davrda yashagan yirik yozuvchilardan biri dramaturg Benjamin Jonson (1573—1637) absolyut xokimiyat reaksiyasiga qarshi kurashuvchi sifatida maydonga chiqdi. «Seyan: uning yemirilishi» (1603), «Katilina: uning isyoni» (1611) tragediyalarida Jonson Rim tarixidan material olib, monarxiyaga qarshi respublikachilik g‘oyalarini ilgari surdi. U «Volpone» (1607), «Episin yoki indamas xotin» (1609), «Alximik» (1610), «Avliyo Varfolomey kunidagi yarmarka» (1614) komediyalarida ingliz xukmron doiralarining satirik obrazlarini yaratdi. XVII asrning 40—50-yillarida siyosiy kurash davom etayotgan bir davrda demokratik ruxdagi kuchli publitsistlar Jon Lilbern (1618—1657) va Jerarda Uinstenli (1609—1652) yetishib chiqadilar.

XVII asrning 60—70-yillaridagi restavratsiya davri va chirigan aristokratiya madaniyatini qattiq tanqid qilgan yozuvchilar Milton va Benyan bo‘ldilar. Jon Benyan (1628—1688) restavratsiya davrining butun yaramasliklarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan ki-shidir. U «Ziyoratchining safari» (1678) povestida soxta shuxrat shaxrining ziqna, nodon va ko‘rqoq kishilari orqali yuqori gurux vakillarini qoraladi. Jon Benyan “Mister Bedmenning hayoti va o‘limi” (1680) povestida burjua tipi — “tentak kishi”ni tanqid qildi. “Muqaddas urush” (1681) povestida 40-yillardagi grajdanlar urushini, revolyutsion armiyaning feodal-absolyut monarxiyasi armiyasi ustidan qozongan g‘alabasini aks ettirdi.

JONMILTON (1608—1674)

XVII asr ingliz adabiyotining yirik vakili Milton 1610 yilda Londonda notarius oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich ma’lumotni avliyo Pavel cherkovi qoshidagi maktabda oldi. So‘ngra Kembridj universitetida o‘qidi. Universitetda monarxiyaga qarshi puritanlik ruhidagi erkin fikrlar keng tarqalgan edi. Milton ham feodal reaksiyasi tarafdorlari va monarxiya tuzumiga qarshi kurashadi. Siyosiy masalada universitet o‘qituvchilari bilan tortishib qoladi va vaqtincha o‘qishdan chetlatiladi. Milton universitetga qaytgach, o‘qishni a’lo ko‘rsatkichlar bilan tugatadi; magistr darajasini oladi. London yaqinidagi otasining mulkiga borib, bir necha yil adabiyot bilan shug‘ullanadi. 1638 yilda Yevropa buylab sayohat qiladi. Fransiyaga boradi, uzoq vaqt Italiyada yashab, uning adabiyoti va san’ati bilan tanishadi. Angliyada revolyutsion voqealarning rivojlanib borayotgani haqidagi xabarni eshitishi bilanoq darxol vataniga qaytib, uning siyosiy xayotida aktiv qatnashadi. Milton dastlab publitsist sifatida o‘z faoliyatini boshlab, independent'lar bilan aloqasini mustaxkamlaydi. 40—50- yillarda Milton respublika uchun tinmay xizmat qiladi. Ish og‘irligidan uning ko‘zi ojizlanib qoladi, lekin shunda hamu ishini davom ettiradi. Birin-ketin jangovar ruxdapamfletlar yozadi. 1660 yilda Styuartlar restavratsiyasi boshlangan vaqtda Milton uchun o‘lim xavfi tug‘iladi. Royalistlar respublikachi shoirga qarshi pamfletlar yozib, uni masxara qiladilar. Biroq Milton ruxan taslim bo‘lmaydi va feodal reaksiyasini fosh etishni izchillik bilan davom ettiradi. 60—70- yillarda yozgan jangovar ruxdagi asarlari buning dalilidir.

Respublika tuzumining kelajakdagi g‘alabasiga to‘la ishongan Milton 1674 yilda vafot etadi.

Milton ijodining ilk bosqichi XVII asrning 20—30- yilla-rini o‘z ichiga oladi. Milton universitetda o‘qiyotgan vaqtlarda-yok (1626—1632) she’rlar yoza boshlaydi. Bu davrdagi she’rlari xali zaif, ularda umumlashtiruvchi fikrlar bo‘lmasa ham,lekin shoirning feodal-katolik reaksiyasiga qarshi chiqishi ochiq ko‘rinadi. Otasining mulki Gortonda yashagan yillari yozgan she’r va pyesalarida xalq ijodi traditsiyalarini davom ettirib, tushkun feodal adabiyotining tuban obrazlariga quvnoq va bilimdon yosh yigitni qarshi qo‘yadi.

Miltonning «Komus» (1637) nomli lirik pyesasi asosida xis-tuyg‘u bilan akl-idrok o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lishi kerakligi haqidagi fikr yotadi. O‘rmon va chakalakzorlar hukumroni kuchli xirsva yengiltaklik timsoli Komus o‘rmonzorda adashib qolgansof va gunoxsiz qizni yo‘ldan ozdirmokchi bo‘ladi. Komus qasridana uning o‘zi, na yarim odam, yarim xayvon to‘dalarining xiyla-nayranglari qizning irodasini buka olmaydi. Qizning akalari uni Komus qo‘lidan qutqarib oladilar.

Bu lirik pyesada yosh Miltonning shoirlik iste’dodi ajoyib o‘rmonzor tasvirida ham, qizning jasurona xarakati tasvirida hamochiq ko‘rinadi. Milton bebosh iblisona shaxs va yirtqichlik-ka yuksak insoniy axloq prinsiplarini qarshi qo‘ydi. Qiz va uning akalari ezgulik timsoli sifatida tasvirlanadi. Asarning siyosiy yo‘nalishi feodal-aristokratiya o‘zboshimchaliklariga qarshi qaratilgan tanqiddir.

Milton ijodining yangi bosqichi XVII asrning 40-yillaridagi siyosiy voqealar bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi. Bu davrda u publitsist yozuvchi sifatida feodal-absolyut reaksiyasi va uning asosiy tayanchi yepiskop cherkoviga qarshi keskin maqolalar bilan chiqadi. Milton nikox haqidagi maqolasida ham Uyg‘onish davri gumanistlari yoqlagan tenglik g‘oyalarini ximoya qiladi.

Milton dastlabki traktatlaridan biri «Areopagitika» (1644)da parlamentga murojaat etib, burjua respublikasi va matbuot erkinligini yoqlaydi, «xayot urug‘i bor bo‘lgan» xar bir yaxshi kitobni avaylab saqlash kerakligini qayd qiladi. Yozuvchi haqiqatva ozodlik so‘zlarini bir-biridan ayirmaydi, shuning uchun u «bilish erkinligi, o‘z fikrlarini bayon qilish erkinligi» ni talab qiladi.

Shu vaqtdan boshlab Milton presviterianlik'dan uzoqlasha boradi. Yirik burjua guruxlarining bu partiyasi feodal absolyutizm bilan kurashda qobiliyatsiz edi va u xalq manfaatiga zid siyosat yurgizmoqda edi. Shu sababli yozuvchi royalistlarga qarshi jiddiy kurash olib borayotgan independentlar bilan yaqinlashadi. Bu o‘zgarishlar uning «Arboblar va xukumatlarning vazifalari» (1649), «Butga qarshi» (1649) kitoblarida o‘z ifodasini topdi. Xar ikkala kitob Karl I ning taxtdan tushirilishi va jazolanishi voqealari bilan bog‘liqdir. “Arboblar va xukumatlarning vazifalari” qirolning o‘ldirilishidan oldin yozilgan bo‘lsa ham, lekin keyin bosilib chiqadi va u Karl I ning o‘ldirilishini yuri-dik jixatdan asoslab beradi.

Karl I ni oqlovchi va uni maqtovchi Jon Godenning “Qirol obrazi” kitobining soxtaligini fosh etish maqsadida Milton independentlarning topshirig‘i bilan «Butga qarshi» kitobini yozadi. Bu asarda u qirolni saqlab qolish bilan o‘z pozitsiyasini mustaxkamlamoqchi bo‘lgan va xalqka xiyonat qilgan yirik burjua guruxlari presviterianlarni tanqid qiladi. Milton bu kitobida xalqni istibdodga qarshi grajdanlar urushiga chaqirish bilan emigrantlarga ham, Yevropa monarxiyasiga ham qattiq zarba beradi. Shuning uchun ichki ham tashki reaksiya unga qarshi qattiq xujum boshlaydi. Salmaziya “Qirol Karl I ni ximoya qilish” (1649) degan kitob yozadi. Milton «Ingliz xalqini ximoya qilish» (1650) degan traktati bilan unga javob qaytaradi. Biroq dushman bu bilan cheklanmaydi. Yozuvchiga qarshi yana qator pamfletlar yuzaga keladi. Milton reaksionerlar tuxmatiga ”Ingliz xalqini ikkinchi marta himoya qilish” (1654), «O‘z-o‘zini himoya qilish» (1655) kitoblari bilan javob beradi. Bu publitsistik asarlar yozuvchining respublika uchun kurashchi sifatida obro‘ini oshiradi. “Ikkinchi himoya”da Milton general Kromvelning inqilob uchun xatarli yo‘l — shaxsiy diktaturaga intilishdan voz kechishi zarurligini uqtiradi.

50- yillarning ikkinchi yarmida Milton siyosiy kurashdan vaq-tincha chetlashadi. Bu yillarda «Xristian ta’limoti» traktati ustida ishlaydi. Bu kitobda Milton dunyoqarashidagi ziddiyatlar ochiq namoyon bo‘ladi. U fan bilan diniy murosaga undaydi. Biroq Milton kalvinizm dogmalaridan chetga chiqib, kishida o‘z taq-dirini belgilash uchun erkin iroda ham mavjud deb ochiq aytadi. Ko‘zi ojiz Milton adabiy ijod bilan shug‘ullanadi, sonetlar yozadi. Kromvel o‘limi munosabati bilan u yana publitsistikaga murojaat etadi. Respublika tuzumini saqlab qolish uchun butun kuch-g‘ayratini ishga soladi. «Erkin respublika o‘rnatish uchun xaqiqiy va yengil yo‘l» (1660) traktatida yangi davlat qurilishi planini tasvirlaydi. Biroq uning saylov mavzusi levellerlar taklif qilganlari darajasida demokratik ruxra emas edi.

Milton ijodining so‘nggi bosqichi (60—70- yillar) Styuart-lar restavratsiyasi davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda u ajoyib asarlari «Yo‘qotilgan jannat», «Topilgan jannat» poemalari va «Samson — kurashchi» tragediyasini yaratadi. Daxshatli restavratsiya yillariga qaramay, Milton respublikachilik g‘oyalariga sodiq bo‘lib qoladi. 1660 yilda qirollik xukumatining buyrug‘i bilan uning «Ingliz xalqini ximoya qilish» va «Butga qarshi» kitoblari qo‘ydirib tashlanadi. Milton katta jarima to‘lash evaziga o‘lim jazosidan qutulib qoladi. Milton ijodining keyingi etapi namunasi «Yo‘qotilgan jannat» poemasida shoirning shu davrdagi kayfiyatlari o‘z ifodasini topgan.

Milton «Yo‘qotilgan jannat» (1658—1667) epik poemasining syujetini yaratishda tavrot rivoyalaridan foydalanadi. Poema12 qo‘shiq_(kitob)dan iboratdir. Kitobning boshida xudoga qarshi isyon ko‘targan farishtalarning yengilishi ko‘rsatiladi. Ko‘zg‘olonchilar tepasida erkinlikka intiluvchi shayton turadi. Biroq jaxannamga tashlangan iblis va uning yordamchilari yengilganlarini tan olmay, xudoning kudratiga qarshi yangi kurashga tayyorlanadilar. Poemaning asosiy tig‘i tantana qilgan reaksiyaga qarshi karatiladi, undagi ko‘p manzaralar o‘sha' davrdagi siyosiy voqealar bilan bog‘lanadi. Masalan, xudo bilan shayton o‘rtasidagi kurash grajdanlar urushi davridagi qirol bilan parlament o‘rtasidagi kurashni eslatadi. Isyonkor shaytonning «osmon xukmroni» xudoga qarshi bosh ko‘tarishi respublikachi qo‘shinlarning yer xoroni zolim qirolga qarshi qo‘zg‘olonini eslatadi.

Poemada tasvirlangan ikkinchi voqea — Adam bilan Yevaning gunoxr hahidagi afsonaga oiddir. Shayton jannatda yashayotgan birinchi insonlar — Adam (Odam-oto) va Yeva (Momo-xavo)ni aldab, ularni yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘ladi. Xudo Shaytonning yovuz niyati- haqida Adam va Yevani ogoxlantiradi. Arxangel Rafail insonlarga shaytonning isyoni va uning yengilib, do‘zaxga tashlanganini aytib, odamlarni mumin-qobil bo‘lishga undaydi. Biroq shayton o‘z qiyofasini o‘zgartirib, jannatga kiradi va Yevani aldashga erishadi. U yeyish man qilingan, yaxshilik va yomonlikni aj-ratadigan daraxtdagi mevadan yeydi. Adam ham Yevaga bo‘lgan xur mati yuzasidan undan totib ko‘radi. Shunday qilib, xudo qudratiga putur yetkaziladi, Adam bilan Yeva esa bu gunoxlari uchun jannatdan quviladilar. Adam bilan Yeva, oldida endi osoyishta jannat xayoti emas, balki mashaqqatli turmush, og‘ir mexnat tu-radiki, bu oddiy kishilar faoliyati bilan insoniyat tarixi boshlanadi.

Ingliz burjua inqilobining mag‘lubiyati, 40—50- yillardagi sinfiy kurashlar ta’siri natijasida Milton jamiyat ta-raqqiyoti mashaqqatlidir, u axloqiy kamolotga erishish, kuch to‘plash orqali oldinga qarab boradi, degan xulosaga keldi.

Belinskiy Miltonning poemasini «avtoritetga qarshi isyon-ning apofeozi» deb atadi. Asarning revolyutsion ruxi mag‘rur va isyonkor, mag‘lubiyatga uchragan, lekin xudoga qarshi kurashdan qayt-magan shayton obrazida ko‘rinadi. Reaksiya tantana qilgan yillarda shoir kishilarni restavratsiyaga qarshi kurashga quzg‘atish emas, balki ma’naviy tomondan kuch to‘plash, axloqiy kamolotga eri-shishga chaqiradi. Milton obyektiv ravishda ommadagi revolyutsion kayfiyatni aks ettirgan ajoyib poema yaratdi. Xukmron bo‘lish uchun isyon ko‘targan va yengilib, jaxannamga tashlangan va azob ichida qolgan shayton kishida nafrat emas, balki xayrixoxlik uyg‘otadi.

Poemadagi qahramonlardan Adam jasurligi, dono va mardligi bilan jonli kishilarga yaqindir. U «gunox» qilgan Yevadan uzoq-lashmaydi, balki o‘rtadagi ittifoqni mustaxkamlashga xarakat qiladi. Adam shaytonga aldanganidan emas, balki Yevaga bo‘lgan sadokati tufayli «gunox» qiladi.

Aql-idrokning tantanasiga ishongan shoir o‘z orzularini no-aniq va allegorik shaklda bayon qilsa ham, lekin feodal-katolik reaksiyasi kishini zaif, irodasiz, takdirning qo‘g‘irchog‘i deb ko‘r-satayotgan bir vaqtda, u inson kuchiga, irodasiga yuqori baxo beradi. Bu jixatdan Adam obrazi xarakterlidir. Shoir egoist shay-tonni qoralasainsonparvar Adamni maqtaydi. Milton Adam bilan Yeva o‘rtasidagi sevgini bayon qilish orqali baxtli va vafo-dor oilani tasvirlaydi. Shoir ular o‘rtasidagi munosabatni «yuqoridan belgilangan» nikox deb ko‘rsatsa ham lekin oilaviy baxtni kuylash puritan ruxidagi pand-nasixatlardan farq qiladi. Shu bilan bir qatorda Adam obrazi tavsifida puritanchilik ta’siri ham ko‘rinadi. Farishta oldida uning irodasi bo‘shashadi, “yuqoridan” bo‘ladigan xar qanday xaqsizlikka bo‘yin egishga tayyor turadi.

Milton qarashidagi bunday ziddiyatlar diniy-puritanchilik ta’siri ostida yuzaga kelib, uning qahramonini chegaralab, kuchsiz qilib qo‘yadi. Lekin bularga qaramay, «Yo‘qotilgan jannat» poemasi 40—50- yillardagi siyosiy voqealar umumlashtirib tasvirlangan, monarxiya tuzumining qayta tiklanishiga qarshi karatilgan ajoyib poemadir.

Miltonning ikkinchi poemasi «Topilgan jannat»to‘rt kitobdan iborat bo‘lib, poemada shayton bilan Isus o‘rtasidagi kurash aks ettirilgan xristian afsonasi hikoya qilinadi. Bu asarda shoirning «Yo‘qotilgan jannat» poemasidagi kabi isyonkorlik ruxi ko‘rinmaydi. «Yo‘qotilgan jannat»da «gunox qilish» tasvirlansa, bu poemada «gunoxni yuvish» bayon qilinadi. Uning asosida aldovlarga uchmaslik to‘siqlarni yengish va kat’iyat insoniyatga jannat yo‘lini ochadi, degan fikr yotadi. Adam va Yeva shayton vasvasasi oldida bardosh berolmay, gunoxga botib, jannatdan quvilsalar, ularning so‘nggi avlodlaridan bo‘lgan Isus ancha kat’iy turib shaytonning xiyla-nayrangiga uchmaydi, uni yengadi va shu yo‘l bilan u insoniyatni xalokatdan saqlab qoladi. Poemaning diniy mazmuni asar g‘oyasini cheklab qo‘yadi. «Topilgan jannat»da, birinchi poemadagi kabi, jang tasviri keng qo‘lamda bayon etilmaydi. Poema diniy tarzda bo‘lishiga qaramay, haqiqiy siyosiy ruxdagi asardir. Kitobdagi afsonaviy Isus injilga borib taqalsa ham, lekin u ingliz feodal-aristokratiyasiga karama-qarshi qo‘yilgan obrazdir.

Poemada shayton o‘zining ilgarigi isyonkorlik qiyofasini yo‘-qotgan tarzda ko‘rsatiladi. U endi «avtoritetga qarshi isyon»ning doxiysi ham emas. Yer yuzini egallagan va o‘zi «avtoritet»ga ay-langan shayton uchun zulmga qarshi qaratilgan norozilikdan xech narsa qolmagan. Endi unda o‘z kuchiga ishonmasliq ikkilanish va tashvish paydo bo‘ladi. Shaytondagi molparastliq ziqnalik va egoizm avtorning o‘sha davrdagi xukmronlarga qarshitanqidiy munosabatini ifodalaydi.

Poemada shaytonga qarshi qo‘yilgan shaxs Isusdir. U g‘alaba qilgan akl-idrokning in’ikosidek ko‘rsatilgan. Endi Milton insondagi ziddiyat va kurashlarni emas, balki diniy dogmani tasvirlaydi. Isus chegaralanganligi va passivligi bilan asarning haqiqiy qahramoni bo‘lishidan uzoqdir. «Yo‘qotilgan jannat» poemasining qahramoni Adamga kam o‘xshaydi. Lekin, bulardan qat’i nazar, Isus o‘z boshidan ko‘p mashaqqatlarni kechirgan, feodal restavratsiyasiga nafrat bilan qaragan ko‘pchilik puritan ta-baqalarini eslatadi.

“Samson — kurashchi” (1667) asarida Milton raqiblarga nisbatan nafrat ruxi, kurash va qasos olish ishtiyoki bilan yashagan aktiv kurashchi obrazini yaratdi.

Milton bu tragediyasi syujeti uchun materialni tavrot rivoyalaridan olib, unga yangi ma’no kiritdi. Voqea Filistimlyan shaxridayuz beradi. Dushmanlari uchun katta xavf xisoblangan Samsonmakr-xiylaga uchib, o‘z sirlarini aytib qo‘yadi. Bundan foydalangan filistimlyanlar uniqo‘lga tushirib zindonga tashlaydilar. Buning uchunfaqat o‘zi aybdor ekaninianglaydi, ko‘r bo‘lib qolgan Samson qattiqazob chekadi. Shunga qaramay, u filistimlyanlarga bosh egishni istamaydi, otasi pul to‘lab uni qo‘llikdan qutqarmoqchi lekin Samson bunday yo‘l bilan ozod etilishiga rozi emas. Nixoyat, dushmanlar uni teatrga keltirib kuchini sinamoqchi bo‘ladilar. Ko‘r Samson og‘ir narsalarni ko‘taradi, ba’zilarini osonlik bilan ikki bo‘lib, hammani qoyil qoldiradi. So‘ngra ularga yana ham qiziq tomosha ko‘rsatish maqsadida katta binoning ikki ustunini bor kuchi bilan silkitib, ularni sug‘urib tashlaydi. Gumbaz o‘sha yerda o‘tirgan «knyazlar, jretslar, maslaxatchilar, doxiylar» ustiga ag‘darilib tushadi. Samsonning o‘zi ham xalok bo‘ladi, dushmanlarini ham maxv etadi. Lekin u o‘z o‘limi bilan xalqiga g‘alaba keltiradi.

Tragediyaning boshida Samson azob ichida yashaydi, u ham qul ham masxaraboz xizmatini o‘taydi. Keyin dushmanlardan qasos olib, o‘z xalqi oldidagi burchini ado etadi. Samsonning filistimlyanlarga qarshi kurashi orqali yozuvchi o‘sha davr ilg‘or kishilarining qirollik istibdodiga, royalistlarga, feodal reaksiyasiga qarshi kurashini tasvirladi. Revolyutsion klassitsizm ruxidagi bu asar uch birlik qonuni asosida tuzilgan, voqea bir yerda va bir kun ichida bo‘lib o‘tadi. «Samson kurashchi» tragediyasida Milton, Yo‘qotilgan jannat» poemasidagi kabi, chuqur va dadil xulosalar chiqarish darajasiga ko‘tarilolmasa ham lekin bu asar restavra-siyaning ashaddiy dushmaniga aylangan respublikachi shoirning o‘z. davri aktual masalalariga bag‘ishlangan muxim asaridir.


XVII ASR ISPAN ADABIYOTI

XV asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran tarkib topa boshlagan ispan absolyutizmi XVI asr davomida mustaxkamlanib, XVII asrning birinchi choragida inqirozga uchraydi.

Angliya va Fransiyada absolyut xokimiyat mamlakatning milliy birligini yuzaga keltirish va uni iqtisodiy tomondan mustax-kamlashda katta ish qilgan bir paytda Ispaniyada qirollikxuku-mati bunday yutuqlarni qo‘lga kiritolmaydi. Absolyutizm o‘zining adolatsiz siyosati bilan mamlakatning rivojlanishiga g‘ov bo‘lib qoladi. Monarx ishonchini qozangan feodal zodagonlarning xuquqlari cheklanmagan edi. Ayniqsa Filipp IV zamonasida (1621— 1665) graf Olivares mamlakat boyligini talaydi, xalqni qattiq ezadi. Ijtimoiy va milliy zulmga qarshi boshlangan qo‘zg‘olonlar shafqatsizlik bilan bostiriladi. Feodal-din reaksiyasi avj oladi. Bu vaqtda «cherkov absolyutizmning eng daxshatli quroliga aylangan edi». Xristian dini Ispaniyaning siyosiy xayotigagina emas, balki uning iqtisodiy axvoliga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 6 million axolining bir milliondan ortiqrog‘i ruxoniy, erkak monax va ayollar bo‘lib, yerning to‘rtdan bir qismi ular qo‘lida edi. Mamlakatning xo‘jalik xayoti butunlayizdan chiqadi. Bosqinchiliksiyosati vaavantyurizm Ispaniyani og‘ir axvolga olib boradi, mustamlakalar qo‘ldan ketadi, oxirida u zaif va ikkinchi darajali davlatlar qatoriga tushib qoladi. Bir asrdan ham oz vaqt ichida mamlakat axolisy ikki million kishidan ziyodroqqa kamayadi. Inkvizitsiya bir necha o‘n minglab kishilarni xalok etadi. XVI—XVIII asrlarmobaynida 30 mingdan ortiq kishi o‘tda qo‘ydirilib jazolanadi, 300 mingga yaqin odam zindonda o‘ldiriladi.

Mamlakat ijtimoiy xayotidagi voqealar badiiy adabiyotda hamo‘z ifodasini topdi.

XVII asr ispan adabiyotida uch adabiy yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Bo‘lar Uyg‘onish realizmi, klassitsizm va barokkodir. Antik san’at va xalq badiiy an’analarini o‘zviy ravishda bog‘lay bilgan adabiyot — Uyg‘onish realizmi Ispaniyada boshqa mamlakatlarga qaragandaancha kech vujudga keldi. U targ‘ib qilgan gumanizm katolik ideologiyasi qarshiligiga o‘chraydi. Ayni chog‘da xristiandini aqidalari ba’zi yozuvchilar ijodiga salbiy ta’sir o‘tkazadi ham.Shu sababli realistik adabiyotda barokkoning aloxida belgilari ko‘zga tashlanib turadi.

Antik adabiyotga taqlidan ergashib, uning qonunlarni farmal qabul qilgan va milliy an’analarni inkor etgan klassitsizm Ispaniyada o‘z rivoji uchun zamin topolmaydi va faqat uni tor doiradagi olim-filologlargina yoqlaydilar va o‘zlarini o‘tmish madaniy merosni birdan-bir avaylab saqlovchilar deb xisoblay-dilar. Madrid akademiyasi vaba’zi bir professorlar Lope de Veganing realistik estetikasiga qarshi chiqib, uning teatrini «avom xalq» teatri deb kamsitadilar. Shuning uchun hamyirik dramaturg Lope de Vega klassitsizm yuzaga keltirgan va adabiyotni chegaralab o‘yadigan harqanday qonun-qoidalarni rad etadi. Biroq klassitsistlarning ijobiy tomonlari ham bor edi. Ular adabiyotda barokkoning bir ko‘rinishi bo‘lmish gangorizm (qulteranizm)ni tanqid qiladilar. Klassitsist Bartolome Leonardo de Arxensola (1562—1631) uch birlik qonunining izchil tarafdori sifatida gangorizmni qoralab, nutqning sof va ravshan bo‘lishi uchun kurashadi. Ispan shoiriGangora (15b1—1627) mazmunni xiralashtirib qo‘yadigan aristokratik uslub — serxashamlikni yaratgan edi. U oddiy xalq uchun emas, balki bir xovuch «tanlanganlar», yani nozik didli “madaniyatli” kishilar (“kulteranizm” termini shunday kurashdan kelib chiqkan) uchun ijod etmoq kerak deydi. Faqat bugina emas, gangorachilarning dunyoqarashi mavhum va pessmistik xarakterda edi. Gangora sonetlarida «juda shirin Zaxar», «erkalash va zorlanish», «roxatbaxsh azob» kabi qarama-qarshi iboralar ko‘p uchrashi bejiz emas. To‘g‘ri, klassitsistlar ham«madaniyatli» kishilar uchun yozmoqchi bo‘ladilar. Biroq ular gangorachilardan farq qilib, oddiy xalqqa jirkanib qaramay, balki ularni o‘rta asr jaxolatidan qutqarish maqsadida antik dunyo san’atidan baxramand etishni o‘ylaydilar.

Ispan adabiyotida barokko oqimi XVII asrG‘arbiy Yevropa va Ispaniyaning ichki va tarixiy hayotiga mos ravishda keng rivoj topadi. Ma’lumki, o‘sha davr ispan falsafiy tafakkuri zaif va pessimistik ruxda edi. Ingliz mutafakkiri Bekonning zamondo-shi ispan faylasufi Franchesko Sanches Uyg‘onish an’analarini davom ettirib, o‘rta asr sxolastikasiga qarshi chiqqanlekin oxirida u bo‘shashib («Bilish mumkin bo‘lgan narsaning yo‘qligi haqida»),umidsizlikka tushadi. Valtazar Grasian hamqayg‘u aralash xazilida feodal-aristokratiya xulq-atvorini mazax qiladi, Biroq uning kinoyali falsafiy fikrlarida inson kuchi va irodasiga ishonmaslik aks etgan.

Barokko yozuvchilari antik san’at, Uyg‘onish adabiyotining ama-liy yutuklari, estetik an’analarini rad qilmaydilar, xalq ijodini ham nazarda tutadilar. Shu bilan birga o‘rta asr diniy-kle-rikal adabiyotini yangi sharoitda yana hamrivojlantiradilar, eski adabiy shakllar o‘rniga endi mazmunan g‘amgin, lekin estetik jixatdan ta’sirchan usullar topadilar. Barokko yo‘nalishiga xos mistik-allegorik qarashlar shu vaqtning yirik dramaturgi Kalderon ijodida yaqqol ko‘rinadi.


LOPEDEVEGA (1562—1635)

Ispan Uyg‘onish davri realistik teatrining yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi dramaturg Lope de Vega ijodi bilan bog‘liqdir. Lope Felis de Vega Karpyo 1562 yilning 25 noyabrida Madridda hunarmand oilasida tug‘iladi. Uning otasi Felis de Vega Astura dehqonlaridan bo‘lib, ish axtarib Kastiliyaga kelib qoladi va zardo‘zlik bilan shug‘ullanadi. Lope Felis 1573 yilda iyezuitlar maktabida, keyin Alkala de Enarasi universitetida taxsil oladi. 1576 yilda otasi vafot etgach, o‘qishini tashlaydi. Lope Felis o‘sha davrning badavlat kishilari qo‘lida kotiblik qiladi. U juda yoshlikdan she’riyatda iste’dod ko‘rsatadi. 1588 yilning boshlarida mashhur rassom qizi Izabel de Urbinaga uylanadi. Shu yili Lope de Vega «Yengilmas Armada» flotining Angliya qirg‘oqlariga qilgan yurishlarida soldat sifatida katnashadi. Yosh shoir kema palubasida “Anjelikaning go‘zalligi” (1588) poemasini yaratadi. Mag‘lubiyat bilan tugagan bu yurishdan kaytgach, Lope bir necha yil (1589—1593) Valensiyada yashaydi, so‘ngra Kastiliyada va pirovardida Madridda istiqomat qiladi.

Shu vaqtdan boshlab u yangi ruxda yozilgan komediyalari bilan ispaya milliy dramaturgiyasining tashqiltopishi va rivojlanishiga asos soladi.

Lope de Veganing bilim doirasi juda keng bo‘lib, u xilma-xil janrlarda o‘z mahoratini sinab ko‘radi, sonet, romans, qasida, poema, pastorallar, hikoya, roman va dramatik asarlar yaratadi. Lope de Veganing o‘zi bir komediyasida yozgan pyesalarining soni 1500 ta bo‘lganini eslagan. Dramaturg vafotidan so‘ng uning biografiyasi-ni tuzgan shogirdi va muxlisi Peres de Montalvan esa Lopening hamma pyesalari 1800 ta ekanini ta’kidlagan. Bunga qo‘shimcha yana 400 ta diniy xarakterdagi pyesalar ijod qilgani ma’lum. Yozuvchining shu vaqtgacha topilgan va nashr etilgan pyesalarining soni 500 ga yaqin, shulardan 50 tasi diniy mavzulardagi dramalardir.

Lope de Vega dramaturgiya sohasida katta shuhrat qozondi. Xayotiy faktlarni ko‘p bilishi uning tarixiy, afsonaviy va za-monaviy mavzularda xilma-xil pyesalar yaratishiga imkon beradi.

Yozuvchining dramaturgiya sohasidagi qarashlari «Komediya yara-tishda yangi san’at» (1609) she’riy asarida batafsil bayon qilinadi. Bunda u XVII asr italyan klassitssist nazariyachilari tomonidan belgilangan ko‘p koidalarni rad etadi.

Lope de Veganing «Yangi san’at»i ispan milliy dramasining asosiy koidalarini belgilab, xarakat birligini saqlagani holda, adabiyotning rivojlanishiga putur yetkazuvchi o‘rin va vaqt birli-gidan voz kechdi. San’atni chegaralab qo‘yadigan antik adabiyot nor-malarini formal ko‘chirib olgan italyan klassitsist-nazariyachila-rining butun harakatni faqat bir qahramon atrofiga to‘plash kabi prinsiplariga qarshi chiqib, u ichki birlikka, asardagi asosiy maqsadning to‘laligini saqlashga e’tibor beradi. Pyesada bir necha epizod yoki syujet yo‘li bo‘lishi mumkin, lekin ular bosh masalani yechishga yordam berishi kerak

Lope de Vega va uning dramatik maktabi tarafdorlari pyesada, turmush taqozo qilganidek fojiaviylik bilan qo‘lgini aralash xolda tasvirlash zarurligini ko‘rsatdilar. O‘z estetik qarashlarining realistik xarakterini belgilab, Lope komediyani «xayot oynasi» deb atadi. U erkin ijod etish uchun san’atkorni klassitsizm qoidalariga rioya qilmaslikka chaqiradi, «fojiaviy-likni kulgi bilan» aralash holda harakat o‘rnini o‘zgartirib turish, vaqtdan erkin foydalanish prinsipini ham ilgari su-radi.

«Menga komediya yozish kerak bo‘lsa,— deydi Lope «Yangi san’-at»da,— men hamma qoidalarni uch qulf bilan bekitaman va.o‘z kabinetimdan Plavt ham Terensiyni chiqarib yuboraman». Drama-turgning bu mulohazalari zamon talabi, xalq didiga mos realistik asarlar yaratish istagi bilan bog‘likdir. Lope de Vega pyesaning hajmi, ko‘rinishlari haqida fikr yuritib, uni 5 pardadan 3 pardaga qisqartiradi. Asardagi konflikt, intriganing keskin-ligi va pyesa tugunining yechilishi haqida o‘z fikrlarini bayon qiladi. Lopening dramaturgiya haqidagi qarashlari klassitsizm ta-rafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keladi. Biroq ko‘p o‘tmay,. uning ispan milliy dramasi haqidagi estetik qarashlari va dra'-maturgiyasi katta muvaffaqiyat qozonib, antik va klassitsist yozuvchilarning asarlarini saxnadan siqib chiqaradi.

Lope de Veganing adabiy merosi juda boy va xilma-xildir. 1615 yildayoq Servantes uning ijodiga yuksak baho berib, shunday deydi: “U butun komediantlarni yengdi va o‘z xukmiga buysundirdi va jami o‘n ming varakdan ortik komediyalari bilan dunyoni to‘ldirdi... U bilan raqobatlashishga uringan va uning shuhratiga sherik bo‘lishni istaganlar esa,— undaylar ko‘p edi,— hammasi qo‘shilishib uning bir o‘zi yozganlarining yarmini ham yozolmadilar” .

Lope de Vega pyesa kompozitsiyasining izchilligi, dialog san’a-tini o‘z o‘tmishdoshlaridan o‘rganishi, o‘rta asr xalq teatri tradi-siyalaridan foydalanishi natijasida Uyg‘onish davri xushchaqchaq-lik motivlarini aks ettiruvchi asarlar yaratdi va xalqka manzur bo‘ldi.

Dramatik asarlari

Lope de Vega dramaturgiyasining xajm jixatidan ham mavzu jixatidan ham keng doiraga chiqishi uni hat’iy bir ramkada klassifikatsiya etishni qiyinlashtiradi. Diniy mavzulardagi pyesalari va bir opera librettosini xisobga olmaganda, Lope asarlarini, asosan, uch katta qismga bo‘lish mumkin. Bo‘lar: tarixiy-qaxramonlik sotsial-siyosiy va sevgi-maishiy mavzularda yaratilgan drama va komediyalardir.

Dramaturg bizgacha yetib kelgan asarlaridan aksariyati (bir yuz ellikdan ortik pyesalari)da o‘tmishga murojaat qilib, ularning yarmidan ko‘pida Ispaniya tarixida yuz bergan muxim voqealarni aks ettiradi. Bu tipdagi pyesalarida davlat masalasi va kaxramonlik mavzusi markaziy o‘rinda turadi.

Lope de Vega pyesalarida Ispaniyadagi ichki janjallar («Qirol Vambaning xayoti va o‘limi», 1604), ispan qabilalarining Rim xukmronligiga qarshi chiqishlari («Yaxshilikka yaxshilik». 1604), mavrlar bilan kurash («Simankaslik qiz») kabi voqea-xodisalar o‘z aksini topadi.

Yozuvchining xalqchillik ruxi bilan sug‘orilgan dastlabki asarlaridan biri «Qirol Vambaning xayoti va o‘limi» pyesasidir. Qirol Retsisundo (VII asr) vafot etganidan so‘ng xukmron guruh vakillari taxt talashadilar. Dramaturg ularning egoistik inti-lishlari va davlatni qo‘lga kiritish niyatidagi urinishlariga meh-natkash dehqon Vambani qarshi qo‘yadi. Vamba uchun tinch xayot boylik va xukmronlikdan qimmatlidir: hamqishloqlari tomonidan taklif etilgan mansab — qishloq oqsoqoli vazifasini ham u ko‘p qistashlardan so‘ng qabul qiladi. Taxtga chiqish haqidagi fikrga qo‘shilmaydi. «Quyosh kabi, taxtga ham uzoqdan qaragan qulay-roqdir»,— deydi u. Lekin qirol etilib saylangach, oddiy dehqon Vamba mag‘rurlikka berilmay, «tabiat ovozi»ga qo‘loq solib, mamlakatni donolik bilan boshqarishga kirishadi, o‘zboshimcha feo-dallarni jazolaydi, Ispaniyaga xavf solib turgan arablarga zarba beradi. Nixoyat, u saroy ahllari tomonidan zaxarlab o‘ldiriladi.

Vatan va mustaqillik uchun kurash, Ispaniyani arablardan ozod qilish xarakati Lope de» Veganing rekonkista tarixini aks ettirgan pyesalarida yorqin ifodalanadi. Bu dramalari uchun Lope xalq ertaklari, xronikalar va boshqa adabiy manbalardan ham foydalanadi. «Simankaslik qiz», «Shonli asturikalar» drama-larida yozuvchi rekonkista tarixi haqidagi rivoyatlarni saxnalash-tirib, ularda vatanparvarlik ruxini bo‘rttirib ko‘rsatadi. Mavrlar zabt etgan viloyatlar g‘oliblarga xar yili yosh qizlarni «tortiq» qilib turishlari kerak bo‘lgan. Simankaslik yuzta qiz bunday haqoratga chidamay, ota va akalarining takdirga buysunib, butun ispan qizlarining xo‘rlanishlariga yo‘l qo‘yishlariga qarshi norozilig» bildirib, o‘zlarining o‘ng qo‘llarini kesib tashlaydi-lar va shu yo‘l bilan ularni bosqinchilarga qarshi kurashga chor-laydilar.

Mamlakat mustaqilligi uchun kurashda xalq irodasi bilan xi-soblashish zarurligi g‘oyasi «Graf Fernan Gonsales yoki Kastiliya-ning ozod etilishi» (1625) dramasida yanada yaxshi yoritilgan.

Fernan Gonsales boshchiligidagi qo‘shin mamlakatga bostirib kelgan mavrlarni mag‘lub etadi. Jang oldida dushman bilan sulh tuzib, Kastiliyaga xujum qilgan Navarra qirolini ham yengadi. Graf tomonidan o‘ldirilgan Navarra qirolining qizi Leon qirolichasi Teresa hiyla bilan Fernan Gonsalesni qo‘lga tushirib, zindonga tashlatadi. Bu ko‘ngilsiz voqeani eshitgan Kastiliya xalqi o‘z yo‘lboshchisiga yordam berish uchun oshiqadi va Fernan Gonsalesni sevib qolgan Navarra malikasi Sanchaning ko‘magi bilan uni qutkaradi. Ozod etilgan Fernan Gonsales dushmanga qarshi kurashni davom ettirib, Kastiliyaning mustaqil bo‘lishiga erishadi.

Dramaturg bu pyesasida xalqqa suyanib ish tutadigan davlat boshlig‘i xaqidagi tarixiy rivoyatlarni asos qilib olib, feodal o‘zboshimchaliklarini qattiqh qoralanadi mamlakatning birligi va mustaqilligi uchun kurashuvchi va o‘sha vaqtda «tartibsizlik ichida tartib vakili»bo‘lib ko‘ringan markazlashgan monarxiya davlati va uni adolat bilan boshqaradigan xokim haqidagi xalq orzularini ifodalaydi. Zolim monarx o‘rniga xalqparvar monarx obrazini ilgari surish kabi yozuvchi dunyokrrashidagi ziddiyatlar XVII asr sharoitida reaksion feodal absolyutizmiga qarshi o‘ziga xos norozilik bilan qo‘shilib ketadi.

Ezgu axloq, or-nomus uchun kurash, xukmron guruxrarni tanqid qilish«Perivanyes va komandor Okani», «Salamey alkaldi», «Eng yaxshi alkald — qirol», «Seviliya yulduzi» dramalarining g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Birinchi pyesasida adib ishbi-larmon dehqon Perivanyes bilan ritsar ordenining komandori Okani o‘rtasida yuz bergan konfliktni ko‘rsatdi. Dehqonning go‘zal va aqlli xotiniga «ko‘ngil qo‘ygan» komandor, xar qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham, o‘z istagiga erishishni o‘ylaydi. Buni sezgan deh-qonni bir tomondan sinyoriga sadoqati, ikkinchi tomondan o‘z oilasi oldidagi insoniy burchi azoblaydi. Shu tarzda unda adolat-sizlik va zo‘ravonlikka qarshi norozilik yuzaga keladi va ko‘chayib boradi. Perivanyes yo‘qligida komandor makr ishlatadi, yuzsizlik bilan uning xotini huzuriga kiradi. To‘satdan kelib qolgan va komandorning axloqiy buzuqligidan g‘azablangan dehqon uni o‘ldiradi.

Pyesada Perivanyes bilan Okani o‘rtasida yuz bergan oilaviy ziddiyat dehqon bilan dvoryan-aristokratiya o‘rtasidagi ijtimoiy konfliktga o‘sib chiqadi.

«Salamey alkaldi» (1610) dramasida or-nomusni himoyaetuvchi va aristokratiya zo‘ravonligiga qarshi kurashuvchi dehqon obrazi aks ettiriladi. Qishloq axolisi Pedro Kresponi Salamey sudyasi (alkaldi) qilib saylamoqchi bo‘ladilar. Dehqon bu mansabni yoqtirmaydi. Shu ishda ishlashga to‘g‘ri kelganda, Pedro hamma masalani xushyorlik va adolat bilan xal etadi. Portugaliya-ga urushga ketayotgan harbiylar Pedro yashayotgan Salamey qishlog‘i-da bir oz dam oladilar. Aka-uka ikki ofitser — don Diyego va don Xuan sudyaning qizlari Ineye va Leonarni yolg‘on va’dalar bilan qo‘lga olib, ko‘p o‘tmay ularni tashlab ketadilar. Sudya Pedro Krespo qishloqda o‘zboshimchalik qilgan xarikkala ofitserni qamoqqaoladi, oila sha’niga dog‘ tushirmaslik uchun qizlarini ularga nikoxlaydi, shundan so‘nggina jinoyatchilarni jazolab o‘ldiradi. Shu vaqtda kelib qolgan qirol Filipp II ga esa qishloq sudyasining xaqli xukmini tan olishdan boshqa iloj qolmaydi, chunki bu xukumda butun mexnatkash ommaning irodasi mujassamlangan ediki, bu kuchga qarshi chiqish va xalq irodasini bo‘g‘ish mumkin emas edi.

«O‘z uyida dono» pyesasida oddiy dehqonning turmushi, kam-tarligi va ma’naviy pokligi yuqori tabaqa kishilarining manman-ligiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Dehqon Mendo xalol mexnat qilib baxtli xayot kechiradi. Kayfi chog‘likni bema’ni karta o‘yinida deb biladigan qo‘shnisi dvoryan don Leonardo dehqonni mensimaydi. Lekin kamtar Mendo oilaviy xayotda Leonardodan aqlli bo‘lib chiqadi. Don Fernando va don Enrike ismli ikki yengiltak yigit dehqon xotini Antona bilan dvoryan xotini Elviraning diqqatini o‘zlariga qaratmoqchi bo‘ladilar. O‘z eri bilan baxtli yashagan Antona darxol olifta yigitning taklifini rad etadi. Elvira esa, jazmani bilan uyin-qo‘lgiga berilib ketadi. Gerdayib yuradigan dvoryan Leonardo bu xolni sezgach, dehqonning oilaviy xayotiga xavas bilan qaraydi, undan urganish zarurligini tushunadi, chunki dehqon «o‘z uyida dono» bo‘lib chiqadi. Shuning uchun ham Leonardo: «Oydin vaqtida qo‘shdan qaytadigan, oddiy ovqat yeydigan va xotini yonida yotadigan dehqon baxtlidir»,— deb ochiq e’tirof etadi.

Tabiiy xis-tuyg‘u, sog‘lom fikrli oddiy va kamtar kishilarga, shu jumladan, dehqnlarga bo‘lgan kuchli xayrixoxlik Lope de Veganing «O‘z uying — o‘lan to‘shaging» (1622), «Dehqon o‘z kul-basida» (1617), «Boshqalar nazarida tentak o‘z ishiga pishiq» (1635) pyesalarida ham yorkin ifodalangan.

Lope de Vega ko‘pchilik pyesalari — sevgi, oilaviy-maishiy mavzularida yaratilgan komediyalarida («Plash va shamshirlar komediyasi» deb ham ataladi) erkin muxabbat va nikox masalalari tasviriga katta e’tibor beradi. Jumladan, «It xashak yemas, bosh-qaga ham bermas» («Baxil»), «Asilzoda idish yuvuvchi xotin»,

“Ko‘za ko‘targan qiz», «Raqs muallimi» nomli asarlarida yozuvchi insonni xar qanday eski urf-odatlar, yaramas feodal axloqidan xoli etib, uni ulug‘lovchi vafodorlik sadokat va ruxiy kamolot ramzi — sevgining chuqur ma’nosini ochib beradi.

Lope de Veganing «Qo‘zibo‘loq» 1612—1613) pyesasi tarixiy-qahramonlik va ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi dramalarining eng yaxshi na’munasidir. Dramada bayon etilgan asosiy fikr o‘z davrining muxim siyosiy masalasi — zolim feodallarga qarshi xalqning aktiv qarshilpk ko‘rsatishi va kurashishi zarurligini ta’kidlashdan iboratdir. Ma’lumki, ispan gumanistlari singari Lope ham qirollpk xokimiyatining mamlakat birligini yuzaga keltirish uchun qilgan o‘rinishlariga qarshilik ko‘rsatgan feodallarning o‘zboshimchaliklarini qoralaydi. Yozuvchi dramada Ferdinand bilan Izabella,, xukmronlik qilayotgan qirollpk xukumati davridagp voqeaga murojaat etadi. Feodallar asoratidan qutulish uchun olib borayotgan kurashlarida dehqonlarnnng tarkib topayotgan (XV asrning ikkinchi yarmi) markazlashgan xokimyatdan madad so‘rashlari tabiiy xol ekanini Lope to‘g‘ri idrok etib, uni o‘z asarida ko‘rsatib berdi.

1476 yilda Fuente Ovexuna qishlog‘ida feodal zo‘ravonligiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon XV asrning ikkinchi yarmida Ispaniyada yuz bergan dehqon g‘alayonlaridan eng kuchlisi edi. Lope de Vega «Qo‘zibuloq» dramasini yaratishda xalq isyonlari haqidagi hikoyalardan tashqari, Fransisko Radesning «Xronikasi dan ham foydalandi va dehqonlar xarakatini fitna tarzida emas balki zulmga qarshi revolyutsion ko‘tarilish tarzida ifodalaydn.

Kalatrava Ritsar yerdeninik komandori feodal Fernan Gomes de Gusman o‘ziga tobe Fuente Ovexuna qishlog‘idagi saroyida yashab, axoliga qattiq zulm o‘tkazadn, bema’ni turmush kechirayotgan bu hokim xotin-qizlarni xo‘rlaydi, dexqonlarni esa mensimaydi, qishloq oqsoqolining qizi Laurensiyani ham zo‘rlab olib ketnshga urinadi. Lekin qizni sevgan dehqon yigit Frsndoso mardonavor xarakatlari bilan uni ximoya qilishga tayyor turadi. Komandorning qurolinp qo‘lga tushirgan yigit Laurensiyani qutqarib yuboradi- Fron-dosonpng sadoqatli muxabbatn qizda ham otashin sevgi uyg‘otadi. Uning «kim-da sevgi bo‘lsa, u qurqishni bilmaydi» degan so‘zi Laurensiyaning qalbidan chuqur joy oladi.

Mamlakat birligiga putur yetkaznsh maqsadida Syudad Realga qarshi urush ochgan va zarbaga uchrab, qishloqka kaytgan komandor Laurensiya bilan Frondoso to‘yi vaqtida kirib kelib, bazmga yig‘ilganlarni xaydaydi. Qiz bilan yigitning otasini haqorat qiladi. Frondosoni qamoqqa yuborib, Laurensiyani zo‘rlab olib ketadi. Dehqonlar zolimga qarshi nafrat bildirsalar ham, lekin jiddiy harakat etpsh uchun uyusha olmaydilar. Komandor tomonidan tahqirlangan va azoblangan Laurensiya paydo bo‘lib, o‘z qizini jallod qo‘liga berib qo‘ygan va uning haqoratlanishiga chidab turgan, zolim-dan qasos olmagan otasi va qarindoshlarini «qo‘zini bo‘riga oldprib, ko‘rkuvga tushgan cho‘ponlarga» o‘xshatadi. «Sizlar— qo‘ylarsiz, shuning uchun Ko‘zibo‘lok yashamoq uchun sizlarga mos joy» deb, o‘z qizlari va ayollarini begonalar qo‘liga topshirib qo‘ygan dezsqonlarni ham ayblaydi. Axvol shundan ekan, endi xotin-qizlarning o‘zlari qo‘llariga qurol olib. or-nomuslarini o‘zlari ximoya qiladilar, deydi. Laurensiyaning otasi Esteban bunday jabr-zulmga ortik chidab turish mumkin emasligi, har qanday og‘ir vaziyatda ham kurashga borajagini bildiradi. Bu fikrga dehqonlar ham qo‘shiladilar. Erlar bilan bir qatorda ayollar ham qurollanib, komandor saroyiga bostirib boradilar na uni o‘sha yerda jazolab o‘ldiradilar. Frondosoni esa zindondan qutkarib oladilar. Komandornnng qutulib qolgan xnzmatkorlaridan biri Flores yashirincha qirol huzuriga borpb, Ko‘zibo‘loq axolpsi g‘alayon ko‘tarnb, o‘z senyorlarini vaxshiylarcha o‘ldirdnlar, degan xabar yetkazadi. Qirol qishloqqa chinovnik yubornb, gunoxkorlarnn aniqlab, ularni qattiq jazolashni buyuradp. Tergovchi qishloqodamlarini chaqirib, komandor Fernan Gomesnn o‘ldirgai kishini anpqlash maqsadnda katta-yu kichik qnshlok axolisini qiynab so‘roq qiladi. Biroq «Komandornn kim o‘ldirdi?», deb bernlgan so‘roqqa ular: «Ko‘zibo‘loq o‘ldirdi», Axir aybdor kim?». deb so‘raganida ular: «Ayibdor Ko‘zibo‘loq» deb javob qaytaradilar. Pirovardida tergovchn xaqiqiy gunoxkornn topolmay saroyga qaytadi. Shu sababli qirol «yuz bergan jnnoyat og‘ir bo‘lishiga qaramay», tergovnn to‘xtatadp pa dehqonlarning "gunoxi»ni kechirishdan boshqa iloji qolmaydi. Ko‘zibo‘loq qishlog‘inp esa bevosita o‘z nazorati ostiga oladi.

Asarda yozuvchi xalqning soxta ximoyachisi ispan monarxiyasini qoralab, masxaralab, dehqonlarnnng antifeodal isyoniga katta xayrixoxlik bildiradi.


Dramadagi yondosh voqealar

Dramada markazny syujet chizig‘iga yondosh davom etgan uch voqea: qirollik xokimiyati bilan fitnachi feodallar o‘rtasidagi kurash, ezilgan ommaningzolimlarga qarshi qo‘zg‘oloni va, nixoyat, Frondoso bilan Laurensiya o‘rtasidagi sevgi munosabatlari ifodalanadi.

Yozuvchi aragonlik Ferdinand va kastiliyalik Izabella o‘rtasidagi ittifoq (nikox) orqali mamlakatning birligini yuzaga keltirish va uni arablardan ozod etish yo‘lida qo‘yilgan dastlabki qadamni tasvirlaydi. Shuning uchun qirollik davlati mamlakatda Portugaliya xukmronligini o‘rnatish uchun yordam bergan Kalatrava ordeniga qarshi kurash olib boradi. Bu kurashda dehqonlar qirollik xukumatiga xayrixoxlik bildiradilar, chunki undan yordam ko‘tar edilar. Komandor esa o‘zining shaxsiy manfaatini vatan manfaatidan yuqori qo‘ygan, Kastiliya taxtpga boshqa da’vo-garni o‘tkazish bilan mamlakat birligini mustaxkamlashga putur yetkazuvchi reaksion kuch vakili sifatida qoralanadi.

Pyesada dramatik konfliktni tashqil etgan asosiy voqea xalq qo‘zg‘olonidpr. Asarda qo‘zg‘olon—ezilgan xalqning o‘z xuquqlarini poymol etilishi va xaqoratlanishiga qarshi ko‘rgan birdan-bir xaqqoniy tadbiri tarzida tasvirlanadi. Komandor qishloq axolisi bilan surbetlarcha munosabatda bo‘ladi, keksalarni xo‘rlaydi, qizlarning sevgisini haqorat qiladi.

Bu «oliy tabaqaning xulk-atvori xar qadamda kishida nafrat uyg‘otadi. Xalqda tug‘ilgan norozilik qo‘zg‘olonga aylanib, komandorning takdirini xal etadi. Adolat o‘rnatilishini istagan xalq qirolga yordamso‘rab, murojaat qilsa ham. biroq undan madad olmaydi.Dehqonlar ommasidagi ezgu istaklar feodal xukumronliig davridaamalga oshmaslign asarda o‘zining to‘la ifodasini topgan.

Dramadagi o‘chinchi voqea ikkiyoshning sevgisi tarixiga oidepizoddir, u pyesadagi asosiy masala feodalo‘zboshimchaliklarga qarshi kurash masalasi bilan bevosita bog‘lik ravishda yoritiladi. Chunki komandor zulm o‘tkazayotgan bir vaziyatda, Fronde bilan Laurensiyaning baxtli turmush kechirishlari mumkin emas edi. Frondoso sevgilisining tahqirlanishiga yo‘l qo‘ymay, o‘z senyori komandorga qarshi dadillik bilan qo‘l ko‘taradi. Qizning yigitga muxabbati ana shunday qattiq kurash jarayonida tug‘iladi va toblanadi. Komandornnng tuy marosimi vaqtida paydo bo‘lib-tuynp to‘xtatishi, Frondosoni qamab, qizni zo‘rlab olib ketishi singari voqealar qishloqni larzaga soladp. Azob chekkan va lekin tiz cho‘kmagan Laurensiyaning achchiq kinoyalarn zolimga qarshi butun qishloqni oyoqqa turg‘izadi.

Dramadagi asosiy obrazlar

Dramaning qahramonlari aloxida shaxslar emas, balki butun Ko‘zibo‘lok qishlog‘ining axolisidir. Ahil mexnatka dehqonlar ommasining xarakterli xususiyatlari odamiyliq mardlik sof ko‘ngillilik vafodorlik bo‘lib, bunday olijanob tuyg‘ular komandor va uning malaylariga butunlay yotdir. Komandor — insoniylik qiyofasini yo‘qotgan tipik feodal. Yovuzlik tamagirlik aysh-ishrat qilish, o‘z manfaatini xalq va davlat manfaatlaridan ustun qo‘yish kabi yara.mas xususiyatlar unga xosdir.

Qahramonlarning umumiy belgilaridan tashqari, ularning xar birining o‘ziga xos individual xususiyat va odatlari ham bor. Sevishganlar Frondoso va Laurensiya og‘ir qiyinchiliklarni yen-gishga qobiliyatli, jasur va bir-biriga vafodordir, ular o‘z baxt-larini zolimga qarshi kurash g‘oyasi bilan bog‘laydilar. Qizning otasi oqsoqol Esteban va Frondosoning otasi dehqon Xuan Rijiy sodda va mo‘min kishilardan zolimga qarshi bosh ko‘tarib chiqqan aktiv kurashchilarga aylanadilar.

Batrak Mengo ham o‘ziga xos tipdir. Sevgann (Xasinta) tufayli komandordan ko‘p jafo ko‘rgan bu yigit extiyotkorlik bilan ish tutadi. Xokimga qarshi keskin xarakat etmaslikka undaydi. Biroq komandor zulmiga chidab turish mumkin bo‘lmay qolgan vaqtda, u endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqni ko‘zg‘alib chiqish va zolimni yo‘q qilishga chaqiradi. Eng og‘ir daqiqalarda ham Mengo o‘z qiziq-chiligi bilan ajralib turadi. Tergov vaqtidagi uning xarakati kishida goxo tashvish, goxo kulgi tug‘dirsa ham, lekin sudyaning «uni kim o‘ldirdi?»—deb bergan so‘rog‘iga Mengo: «Fuyentus Ove-xunskiy», ya’ni «Qo‘zibuloq» dehqonlari o‘ldirdi,— deb kat’iy javob beradi.

Lopening novatorligi va xalqqa yaqrnligi shundaki, uning yaratgan qahramonlari mexnatkash omma — erkak va ayol, yosh va kek-salar — hammanin yagona maqsadi zulmdan qutulish va mustaqil yashashdir. Bunga erishish yo‘li — qo‘zg‘olondir. Mexnatkash omma feodal o‘zboshimchaligiga qarshi kurashda qirollik xukimatidanmadad ko‘tadi, lekin yozuvchi dehqonlarning bu orzulari real emas-ligini ta’kidlaydi. Qirolning o‘ldirilgan komandor o‘rniga yangi va yana ham qattiq qo‘l xokim yuborish haqidagi so‘zi bunga yaxshi dalil bo‘ladi.

Asardagi dehqonlar o‘z insoniy fazilatlarini,or-nomuslarini saqlay olishlari bilan feodal aristokratiyadan xar tomonlama ustun turadilar. Saroy adabiyotida xalq tuban, «qulgili» voqea-larni ifodalashdagina tilga olinsa, Lope xalqni xaqiqiy qaxra-monlar darajasiga ko‘taradi, o‘zmustaqilliklari uchun hayot-mamot kurashi olib borgan dehqonlarning kuchi va qudratiga munosib baho beradi.

«Qo‘zibuloq» Lope de Veganing xalq qo‘zgolonini haqkoniy aks ettirgan, demokratik ruh bilan sug‘orilgan, badiiy puxta ishlan-gan dramasidir. Lope de Vega bu asarda juda katta jasorat va ishonch bilan xalq kudrati xar qanday zulm-zahmat, qullik zanjir-larini yakson etishga va o‘z mustaqilligini saqlab qolishga qodir ekanini tipik obraz va realistik manzaralarda gavdalantirdi. Pyesaning shu davrgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelishining boisi ham mana shunda.

Lope de Vega Ispaniyada absolyut xokimiyat krizisi va feodal-katolik reaksiyasi kuchaygan davrda yashab ijod etdi. Ulug‘ muta-fakkir Lope shu tushkunlik muxitining to‘siqlarini yorib o‘tib, Xaqiqat yo‘lini izladi, zulm va adolatsizliklarga qarshi gumanistik g‘oyalarni katta jasorat bilan himoya qildi. Xalqning o‘z taq-dirini o‘z qo‘liga olishi, o‘z mustaqilligi uchun kurashi haqidagi mavzuni aks ettirishi uning ijodining demokratik xarakterini belgilab beradi. Shu sababli Lopening jangovar ruxdagi nodir asarlari Ispaniyada xukumron reaksion doiralar ta’qibiga o‘chraydi.

XIX asr boshlarida ispan adabiyoti va teatrini urganish yana kuchayadi. Pushkin «Adabiyotning xalqchilligi haqida» (1825) nomli maqolasida Lope de Vegani xalq orzularining ifodachisi deb baxoladi. V. G. Belinskiy ispan dramasi Lope de Vega va Kalderon kabi yozuvchilar bilan haqli ravishda faxrlanishini ta’kidlab o‘tadi.

Lope de Vega «Valensiya bevasi», «Seviliya yuldo‘zi», «It o‘zi yemas, birovga ham bermas», «Raqs muallimi» singari 30 dan ortik drama va komediyalari faqat rus tilidagina emas, balki ukrain, belorus, arman, gruzin, ozarbayjon, tatar, o‘zbek va boshqa tillarda ham saxnada ko‘rsatildi.


LOPE DE VEGADAN KEYINGI ISPAN DRAMASI

XVI asrning oxiri va XVII asrning birinchi yarmidagi ispan dramaturgiyasi Lope de Veganing bevosita ta’siri ostida ri-vojlandi. Uning traditsiyalarini davom ettiruvchi qator yozuvchilar yetishib chiqdi. Ulardan Gilyen de Kastro, Xuan Ruis de Alarkon va Tirso de Molinalarning dramalari bu davr ispan adabiyotida 'alohida o‘rin egallaydi. Gilyen de Kastro (1569— 1631) ustozi Lope de Veganing realistik prinsiplariga amal qilib, o‘z ijodida xalq badiiy yodgorliklari namunalaridan keng foydalandi. Uning muhim asari ispan milliy qaxhramoni Sid haqidagi xalq romanslari asosida yaratilgan «Sidning yoshligi» dramasidir. Pyesada sevgi, oila or-nomusi uchun kurash va absolyu-tizmda yuz bergan krizis aks etgan.

Lope de Vega dramaturgiya maktabining yirik vakili Xuan Ruis de Alarkon (1580—1639) Meksikada aristokratiya oilasida tug‘iladi, uning yoshligi o‘sha yerda o‘tadi, so‘ngra Ispaniyaga kelib, o‘qishini davom ettiradi, universitetni bitirgach, advokatlik bilan shug‘ullanadi.

Alarkonning adabiy merosi katta emas, u tili va kompozitsiyasi jihatdan puxta ishlangan 30 ga yaqin pyesa yozgan, Alarkonning milliy qahramonlik siklidagi pyesalaridan biri «Segoviyalik to‘quvchi» (1634) asaridir. Unda dramaturg inson kuchi va irodasi, adolat va chin sevgining tantanasi haqida hikoya qiladi.

Yozuvchi bosh qahramonning og‘ir takdirini tasvirlar ekan, diniy aqidalarga sira murojaat etmaydi, balki voqealarga siyosiy tus berib, dvoryan don Fernando kurashini ota qasosi uchun emas, balki xaqoratlangan kambag‘al to‘quvchining adolat uchun olib borgan kurashi sifatida talqin qiladi.

Bu Alarkonning intriga komediyasidan xarakterlar komediyasi-ga o‘tishini belgilab bergan original asarlar sifatida ispan dramaturgiyasi xazinasiga qo‘shilgan muhim xissadir. Uning shu tarzda yozgan «Shubhali xaqiqat», «Devorning ham qulog‘i bor», Erlarni sinash», «Xar to‘kisda bir ayb» kabi bir qancha komediyalari hambor. Bu pyesalarida asosiy qahramonlarning qandaydir bir nuqsoni ko‘rsatilib, yaxshilik ularga qarshi qo‘yiladi. Masalan, «Shubxali xakiqat»da aldoqchilik tanqid qilinadi. Aristokrat yigiti don Garsiya doimo hammani aldab yuradi. Kunlardan birida rost gapni aytganida, unga ishonmaydilar, chunki uning uchun xaqiqat haqida gapirish yot narsa edi. Dvoryan yigitidagi bu yomon odat oxirida uni og‘ir axvolga solib qo‘yadi.

Alarkonning bu komediyasi fransuz dramaturglari Kornelking «Yolg‘onchi», Molyerning «Mizantrop» asarlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Dramaturg komediyalarida qahramonlarning xarakteri dramatik xolatning asosini tashqil etadi. Lope de Veganing sevgi komediyalari kompozitsiyasida tasodifiy voqealar qaltis burilish-lar yuzaga keltirsa, Alarkon dramalarida bunday voqealar xarak-terlarning psixologik tomonini ochib beradi. Alarkon ijodining realistik xarakteri, voqelikni tanqidiy tasvirlashi bilan XVIIasr ispan adabiyotida munosib o‘rin tutadi.


KALDERON (1600—1681)

Ispaniyaning iktisodiy va siyosiy xayotida boshlangan tushkunlik XVII asr o‘rtalariga borib ko‘chayadi. Mamlakatning ilgarigi qudrati va shuxratidan asar ham qolmaydi. Feodal-katolik reaksiyasi hujumi natijasida XVI asr oxirlarida yuzaga kela boshlagan barokko adabiy okimi endi hukumronbo‘lib qoladi. San’at va adabiyotda aks etgan turmush quvonchlari va uning yorqin buyoqlari o‘rnini mavxum iboralar oladi. Arxitektura va tasviriy san’atda ham realizmdan chekinish, turmushdan uzoqlashish, qandaydir sirli voqeaga berilish kuchayadi.

Ispaniyaning shu davrdagi ruxini, gumanizmning krizisini aks ettirgan so‘nggi yirik yozuvchi Kalderondir.

Don Pedro Kalderon de La Barka Madridda Xayoti va qadimgi dvoryan urug‘iga mansub oilada dunyoga keladi. O‘n yoshida onadan yetim qoladi. Dastlabki ma’lumotni iyezuitlar maktabida oladi, so‘ngra Salamanka universntetida o‘qiydi. Lekin uni tashlab ketadi. Yoshlik vaqtida u xarbiy xizmatni ham o‘taydi, Italiya va Flapdriyaga bo‘lgan yurishlarda ishtirok etadi. Dvoryan yigitlariga xos turmush kechirib, o‘zaro janjallarda katnashadi, ruxoniylikni xaqoratqilgani uchun qamalib ham chiqadi.

Kalderon dramatik asarlar yozishga juda erta kirishadi. Lope de Vega bu yosh yozuvchining talantiga yuqori baxo beradi. Lope vafotidan so‘ng u Ispaniyada yagona dramaturg bo‘lib shuxrat qozo-nadi. 1636 yilda saroy dramaturgi nomini oladi.

Kalderonning adabiy merosi xilma-xil bo‘lib, u 200 dan ortik pyesa yaratgan, shulardan 120 ga yaqini dunyoviy xarakterdagi, 80 ga yaqini diniy mazmundagi va 20 ga yaqini intermediya tarzidagi saxna asarlaridir. U 2 poema va lirik she’rlar ham yozgan. Kalderon Lope de Vega traditsiyalarinn davom ettirgan bo‘lsa-da, lekin bu ikki yozuvchi ijodi o‘rtasida katta farq bor. Kalderon dastlabki pyesalarini aristokrat tomoshabinlarni nazarda to‘tib shaxar teatrlariga topshirgan bo‘lsa ham keyinchalik faqat saroy teatriga atab asarlar yozadi. Uning ijodi ispan gumanizmining inqirozga yuz tutishining ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Barokko shoiri Kalderon dramaturg sifatida diniy ruxdagi pyesalari bilan taniladi. «Avliyo Patrikning maxshargoxi», «Bo‘tga sajda qilish», «Matonatli shaxzoda», «Xayot — uyqu demak», «Mu’jizakor sexrgar» pyesalarida feodal axloki va katolik dini aqidalarini aks ettiradi. «Mo‘jizakor sexrgar»ni «katolik Fausti» deb atadi. «Undan Gyote o‘z «Fausti» uchun alohida joylarinigina emas, balki bir butun ko‘rinishlarni hamkamrab oldi».

Kalderon turmushga to‘g‘ri karay olmasa ham, lekin asarlarida uning adabiy talanti ko‘zga tashlanib turadi. Diniy dramalari dunyoviy mazmundagi pyesalari bilan bog‘lanib ketadi. Masalan, «Avliyo Patrikning maxshargoxi», «Butga sajda qilish» pyesalarida ko‘p jinoyatlar qilgan gunoxkorlar tavba-tazarru yoki iloxiy kuch aralashuvi natijasida qutulib qoladilar.

«Mu’jizakor sexrgar»da jonini shaytonga sotgan kishi xaqidagi ertak hikoya qilinadi. Kalderon pyesasi Faust xaqidagi nemis xalq kitobida tasvirlangan rivoyatdan farq qiladi. Xalq kitobida Faust dunyodagi sirlarni bilishga intilgai. ado-latsizliklarga nafrat bilan qarovchi kishi sifatida beriladi. Kalderonning «katolik Fausti deb nom olgan «Mu’jizakor sexrgar» pyesasining qahramoni majusiy Kiprian lazzatlanish uchungina shayton bilan ittifok tuzadi, oxirida qilmishlaridan azobga tushib, xristianlikni qabul qiladi. Faustning o‘limi fojiali bo‘ladi, Kiprian esa din yo‘lida jonini qiynoqqa solib vafot etadi.

«Matonatli shaxzoda» pyesasida ham turmush voqealari diniy «mo‘jizalar» bilan aralashib ketadi. Mavrlar qo‘liga asir tushgan portugal shaxzodasi Fernando qirolga xiyonat qilishni is-tamaydi, garchi qirol rozi bo‘lsa ham, bir qal’ani berish evaziga o‘zini ozod etilishiga ko‘nmaydi, undan o‘limni afzal biladi.

Fernaidoning vatan oldidagi sadoqati, yozuvchining tasviricha, uning shaxsiy intilishlaridan yuqori turishi kerak

“Xayot — uyqu demak” pyesasida ham diniy mavzu asarning realistik mazmuni bilan duch keladi. O‘z o‘g‘li Sigizmundning kelajak taqdiri haqida habar topgan (munajjimlar shahzodani zolim va daxshatli kimsa bo‘lib yetishadi, deb aytadilar) qirol Basilio, yana ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bermasin deb xavfsirab, Sigizmundni qamaydi. Bir necha yil o‘tgandan so‘ng qirol yulduzlarning o‘g‘li haqidagi ma’lumoti to‘g‘riligiga shubxalanadi va shahzodani ozod qilib butun xokimiyatni unga topshiradi. Qirol xonasida uykudan bosh ko‘targan Sigizmund barcha ayonlarni shu jumladan, hamma yoq-qa daxshat solgan qamoqxona boshlig‘ini ham o‘z huzurida ko‘radi, ularning barchasi shaxzodaning istaklarini bajo keltirishga tayyor turadilar. Bu xodisalar Sigizmundni g‘azablantiradi, chunki gunoxi bo‘lmagani xolda, munajjimlar qur’asi bilan, unga shunchalik azob berilishi adolatdan emas edi. Endi Sigizmund tentaklarcha xarakat etib, o‘zi bilan munozaralashgan xizmatchini zindonga tashlaydi, boshqalar xayotiga xavf soladi. Otasiga ham shafqat qilmaydi. Qirol Basilio uni raxmdil bo‘lishga chaqiradi. «Extimol, sen faqat uyqudadirsan va xayol qilarsan» degan fikr tez-tez takrorlanadi. Oxirida ota o‘g‘lini to‘zata olmasligini sezgach, uxlatadigan dori berib uni yana qamoqqa yuboradi. Sigizmund uchun ko‘rgan va boshidan kechirganlari uyqu bo‘lib tuyuladi. Baxt haqida o‘ylash, yashash uchun intilish bexuda narsa, degan xulosaga keladi. Mag‘rur, kuchli irodali Sigizmund pyesa oxirida mumin-qobil, takdirga tan beruvchi kishi qilib ko‘rsatiladi.

Sigizmund — allegorik obraz bo‘lib, xaqiqiy insonga deyarli o‘xshamaydi. U o‘rta asrlarda tasvirlangan mag‘lubiyatga uchragan farishta — shaytonga yaqin. Asar boshida u isyonkor obraz, pyesa oxirida esa yengilgan va tavba qilgan gunoxkordir. Lekin falsafiy-diniy xarakterdagi bu dramada yozuvchi insonni qiziqdiradigan muhim masalalarni ko‘zg‘aydi, chuqur izlanishlarga beriladi, qaxramonning ichki ruxiy kechinmalarini ko‘rsatishga intiladi. Sigizmund «iloxiy farog‘at»ni sezganidan emas, balki turmush ziddiyatlariga duch kelganidan dono bo‘ladi va vijdon azobini boshidan kechiradi. Shu sababli asarning realistik moxiyati uning diniy tomonlarini xiralashtirib qo‘yadi.

Kalderon or-nomus masalasiga bag‘ishlangan qator dramalar yaratdi.

Lope de Vega ham o‘z zamonasi kishilarini qiziqtirgan oila va or-nomus masalasini «Ayriliqning xavfi», «Nomus g‘alaba-si», «Nomus tufayli azoblanish», «Maxfiy nikox», «Oqilona jazo», shuningdek «O‘z uyida dono», «Jazo o‘ch emas» kabi pyesalarida yoritib bergan edi. Bulardan ba’zilari («Nomus tufayli azoblanish», «Nomus g‘alabasi», «Jazo o‘ch emas»)da, XVII asrda yuz bergan voqearalarga asoslanib, xotindan qattiq o‘ch olishni tasvirlasa ham, lekin yozuvchi ota-ona tomonidan zo‘rlab erga berilgan ayolning fojiali taqdiriga («Jazo o‘ch emas», «Raqs muallimi») achinib qaraydi. Lope to‘kilgan qon tushirilgan dog‘ni yuvmaydi, degan fikrni ko‘p takrorlaydi. Erning gumoni asossiz chiqqani tasvirlangan pyesalarini yozuvchi er-xotinning yarashishi, erning o‘z ayblariga iqror bo‘lishini bayon qilish («Ayb — dalillarda» «Ayriliqning xavfi») bilan tugatadi. Lekin Kalderon bu masalani boshqacha talqin qiladi. «O‘z sha’nining vrachi», «O‘z orsizligining san’atkori», «Yashirin haqorat uchun — yashirincha o‘ch», «Rashk — oliy yovuzlik» va boshqa pyesalarida or-nomus haqidagi traditsion koidalar mukammal o‘z aksini topgan. Shu xaqdagi qonunlar nomus juda mo‘rt u sal narsaga sinib ketishy mumkin, degan qarashga asoslangan edi. Nomussizlik kishi boshidan kechiradigan eng og‘ir sharmandalikdir. Shaxsga nisbatan xiyonat — sha’niga dog‘ soluvchi voqea haqida odamlarda shubxa tug‘ildimi, demak shuning o‘zi taxqirlanganning haqorat etuvchidan o‘ch olishi uchun kifoyadir. Shu yo‘l bilan kishi sha’niga tushgan qora dog‘ yuviladi. «O‘z sha’nining vrachi» dramasi asosida ana shunday fikr yotadi. Pyesaning asosiy personaji don Go‘tyerre, faqat" shubxa bilan, sira gunoxi bo‘lmagan xotini donya Mensiyaki o‘ldiradi va qonli qo‘lini eshikka bosib, qilgan ishidan belgi qoldiradi. Joxil don Go‘tyerre qilgan jinoyatini qirolga sovuqqonlik bilan aytib beradi: «Xunari bor kishi, janobim, eshikka o‘z tamg‘asini qoqib qo‘yadi. O‘z sha’nini qondirish bilan band bo‘lgan men qonli qo‘limdan eshikda nishona qoldirdim. Chunki, janobim, or-nomus qon bilan yuviladi». Dvoryan sha’ni ximoyachisimonarx don Pedro don Go‘tyerrening bu qilmishini ma’qullaydi.

«O‘z orsizligining san’atkori»da ham shunday fikr ilgari suriladi.

Kalderon, diniy-falsafiy dramalaridan tashqari, «Ko‘rin-mas ayol», «O‘z uyida qamoqda», «Ikki eshikli uyni qo‘riqlash qiyin», «Sekin oqqan suvdan saqlan» kabi «Plash va shamshirlar» siklidagi komediyalarida dunyoviy muxabbat va turmush zavq-shavqini jo‘shqin qo‘yladi. Personajlarning baxt haqidagi istagi kurash vositasi bilan emas, balki tasodifiy xodisalar bilan bog‘lansa ham, lekin bu komediyalarda qiziqarli xayol-orzular, ajoyib ibora va xikmatli so‘zlar orqali yozuvchi o‘zining gumanistik qarashlarini aks ettiradi. Sevishgan ikki yoshning muxabbat yo‘lida turgan xar qanday to‘siqlarni yengish uchun kurashlari realistik buyoqlarda ifodalanadi.

Xushchaqchaq yengil va kishi diqqatini tortadigan «Ko‘rinmas ayol» komediyasida Kalderon akalari (Xuan, Luis) ta’qibi ostida qolgan va lekin o‘z sevgisi uchun kurashib maqsadiga yetuvchi chaqqon va bilimdon donya Anxelaning xarakatini moxirlik bilan ko‘rsatib, oila nomusining ximoyachisi bo‘lgan don Luisning bema’ni xarakati va shubxalanishini qattiq kulgi ostiga oladi.

Realistik tasvir, xarakterlarning pishiq ishlanganligi va demokratizmi bilan ajralib turadigan eng yaxshi dramasi «Salamey alkaldi» asarida yozuvchi dexqon bilan feodal xukumrono‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvni ko‘rsatish asosida nomus temasini boshqacha talqin qiladi. Shuning uchun ham o‘z syujeti bilan bu pyesa Lope de Veganing «Qo‘zibuloq» dramasida aks ettirilgan voqeaga yaqin turadi. Qishloq oqsoqoli (alkaldi) qilib saylangan dehqon Pedro Krespo qizining qirollik qo‘shinining ofitseri don Alvaro tomonidan taxqirlanganini bilgach, ularni nikoxlab qo‘yish bilan ko‘ngilsiz xodisani bartaraf etmoqchi bo‘ladi. Lekin ofitserdan rad javobini olgan Pedro o‘z xuquqidan foydalanib, surbet don Alvaroni qamoqqa oladi va uni o‘lim jazosiga xukm qiladi. Shu voqea ustidan chiqqan qirolning yuz bergan xodisani tan olishdan boshqa iloji qolmaydi.

Voqeaga real yondashgan Kalderon dehqonlarning axloq va or-nomusi kuchliligini tasvirlashga aloxida e’tibor beradi. Pedro Krespo o‘zining dehqon urug‘iga mansub ekanligi bilan faxrlanadi va soxta nom, soxta obruga nafrat bilan qaraydi. Ofitserning dehqonlarda qanday or-nomus bo‘lishi mumkin, deb gerdayishiga qarshi Pedroning o‘g‘li Xuan: «Sizda qanday bo‘lsa, xuddi shunday! Dehqonsiz kapitan nima qila olur edi»,— deb unga tanbex beradi. Bu so‘zlar yozuvchining feodal-zodagonlarga nafrat va oddiy kishilarga nisbatan chuqur samimiyat bilan qaraganini ko‘rsatadi. Gersen: «Salamey alkaldi»ni o‘qib chiqqach (1844), o‘z xotira daftariga «Agar unda qonunchilik haqida shunday tushuncha bor ekan, ispan plebeyi ulug‘dir», deb yozib qo‘ygan edi.

Kalderon mamlakatda tushkunlik ko‘chaygan davrda yashagani uchun uning ijodi qarama-qarshiliklar bilan to‘la, unda barokko oqimiga xos «jimjimadorlik» va yuzaki tasvirlar ham bor. Biroq uning diniy-falsafiy, oilaviy-maishiy, rashk va or-nomusga bag‘ishlangan pyesalarining mazmuni yozuvchi katolik ta’limotiga to‘la rioya qilgan va uning ashaddiy targ‘ibotchisi bo‘lgan degan xulosani keltirib chiqarmaydi. Dramaturgdagi umidsizlik xayot-dan qoniqmaslikning natijasi edi. Kalderonning dramaturgiya-sida diniy fanatizm va feodal-absolyutizm dogmatikasini xira-lashtirib qo‘yadigan xislat, ya’ni realistik tasvir mavjud edi. Lekin shunday bo‘lsa ham, uning dramaturgiyasida Lope de Vega ijodiga xos turmush kuvonchlari ko‘rinmaydi. Gyote qo‘yilgan masa-lalarning jiddiyligi, g‘oyaviy mazmunining kengligi bilan ajralib turgan «Matonatli shaxzoda», “Xayot — uyku demak” pyesalariga yuqori baxo berib, Kalderonni “Ulug‘ dramatik shoir» deb ataydi.

Yozuvchi asarlarida ko‘targan katta falsafiy fikrlar, qaxra-monlarining ichki dunyosini moxirlik bilan ochishi, lirik mo-mentlar — Kalderonning dramatik maxoratidan dalolat beradi, Kalderon feodal-katolik reaksiyasi kuchaygan davrda yashagan, gumanizmning tushkunligini ifodalagan XVII asr ispan adabiyotining so‘nggi yirik vakilidir. XVII asrning oxirlariga borib ispan teatri butunlay inqirozga uchraydi.
XVIIASRFRANSUZADABIYOTI

Fransuz klassiqiemining dastlabki vakili shoir Maler (1555—1628) hamma narsa aql-idrokka asoslanishi kerak, feodal o‘zboshimchaliklar siyosiy hayotda davlat ishiga putur yetkazgani ka- bi, san’atda ham emoqiyali anarxiya yozuvchining fikrini buzadi, asarining maqsad aniqligi va kompoziqion butunligini yo‘lda chiqaradi, deb san’atkorni aql amriga buysunishga chaqiradi, uning nazariyasi hukumat siyosatiga mos edi, chunki «aql hukm»i yukori doirada, saroyda ishlab chiqilgan edi. Maler saroy shoiri sifa- tida o‘z odalarida qirol (Genrix 1U)ning mutlaq hokimiyati va uning siyosatini madh etdi. Feodal tarqoqlikni qoralab, inson aqli va uning irodasiga ishonch «bilan qaradi.

PYER KORNEL (1606—1684)

XVII asr Fransuz adabiyotining yirik vakili dramaturg Pyer Kornel sud chinovnigi oilasida tug‘iladi. Yosh Kornel Ruan shahrida iyezuit kolledjida o‘qiydi. So‘ngra huquqshunoslikni o‘rganib, advokat vazifasida ishladi.

Kornel ijodining dastlabki etapi (1629—1636) da aristokratiya sinfining ma’naviy yemirilishi, uning vakillarining axloqiy tubanligini aks ettirgan «Melita», «Beva», «Sud galeriyasi», «Kirollik maydoni» kabi komediyalarini yaratdi. Biroq Kornel bu pyesalaridan ko‘ra bundan so‘ng yozgan yirik tragediyalari bilan shuhrat qozondi.

Kornel birinchi tragediyasi «Medeya» (1635) ning syujetini antik yozuvchilar Yevripid va Senekaning Medeya haqidagi asarlaridan oldi. Yozuvchi aristokratiya tabaqasining axloqiy bo‘zuqligi qurboni bo‘lgan ayolning og‘ir taqdirini tasvirlaydi. Voqea asosida mifologii tarix yotsa xam, lekin Kornel o‘z zamonasi aristokratiyasining yaramasliklarini fosh etadi.

«Komik illyuziya»da oddiy kishilardagi chin insoniy tuyg‘ular, jumladan, do‘stlik tasvirlanadi. Yosh yigit Klindor otasining mansab va boylik orttirish hakidagi maslaqatini rad etib, uyidan chiqib ketadi va boshidan ko‘p mashaqqatlarni kechiradi. Oxirida u maqtanchoq jangchi Matamor uyida xizmatkorlik qiladi. U Izabella nomli go‘zal qizni sevadi. Biroq bu sof sevgiga xo‘jayini to‘g‘anoq bo‘ladi. U Klindorni turmaga tashlaganida, gunohsiz bu yigitni Izabellaning xizmatkori oddiy qiz Liza qutqarib yuboradi.

«Medeya» va «Komik illyuziya»da Kornel hukmron guruhlar tomonidan ezilgan va haqoratlangan oddiy kishilarning huquq- larini himoya qiladi. Bu asarlarda aniq ijobiy ideal bo‘lmagani uchun yozuvchi bayon etgan noroziliklar cheklangan edi. Xali u zamonasidagi o‘sib borayotgan sinfiy ziddiyatlarni yetarli ochib berolmaydi. Erksevar yozuvchilarga yaqinlashishi tufayli Kornel o‘zidagi chegaralanganlikni qisman yengadi, bu narsa uning shu vaktda ijod qilgan eng yirik asari «Sid» (1636) tragediyasida seziladi.

Kornel «Sid» (1636) tragediyasi syujetiniispan bahodiri Rodrigo Dias haqidagi o‘rtaasr qahramonlik eposidan, shuningdek, Gilyen de Kastroning«Sidning yoshligi» pyesasidan olsa ham, biroq yozuvchi bu temanio‘z zamonasiga yakinlashtirib, to‘la ma’noda mustaqil, originalasar yaratdi.

«Sid» tragediyasi Franqiyadagi ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladi. 30 yillik urush natijasida Franqiya og‘ir ahvolga tushgan, gabsburglar armiyasi 1630 yilning yozida Franqiyaning ko‘p yerlarini ishg‘ol etib, hatto Parijga yaqinlashib qolgan edi. Bu ahvoldan g‘azablangan mehnatkash omma qo‘liga qurol berilishini talab qiladi. Qurquvga tushgan hukumat uni qurollantirishga majbur bo‘ladi. Xalqning o‘z vataniga zo‘r muhabbati tufayli mamlakat halokatdan qutuladi. 1635—36 yillar dehqonlar qo‘zg‘olonlarining kuchaygan davri ham edi. Feodal zodagonlar bu voqeadan o‘z manfaatlari uchun foydalanmoqchi bo‘lib, mamlakatni maydalab yuborishga urinadilar. Bu voqealarta’sirida yozuvchi g‘oyavii chuqur, gumanistik ruh bilan sug‘orilgan yirik realistik asarlar yozishga kirishdi. «Sid» tragediyasi mana shu davr mahsulidir.

Boy aristokrat don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan don Diyegoning o‘g‘li Rodrigo Dias bir-birini sevadi. Ota ham qizini don Sanchoga emas, balki Rodrigoga berishga moyil. Lekin shu vaqtda ikki sevishganning baxtli sevgisiga to‘siqlik qiluvchi kutilmagan voqea yuz beradi. Kirol don Diyegoni o‘z o‘g‘liga murabbiy sifatida xizmatga chaqiradi. Bu xizmatdaya umidvor bo‘lgan graf Gormas qirolga o‘zining bir vaqtlari ko‘rsatgan xizmatlarini uno‘tganligini aytib, uni ayblashga jur’at etadi. Ikki feodal o‘rtasidagi tortishuv shundan kelib chiqadi. Don Gomes Rodrigoning otasini haqorat qiladi. Keksa don Diyegoning undan o‘ch olishga qurbi yetmay, qasos olishni o‘g‘li Rodrigoga topshiradi. Rodrigo uchun bu topshiriq juda og‘ir. Agar grafdan qasos olsa, u taqdirda sevgilisidan ajraladi, agar o‘ch olmasa, o‘z oilasi haqorat ostida qoladi. Rodrigo qizning otasi graf Gormasni duelga chaqirib, uni halok etadi. Bu fojiali voqeadan so‘ng Ximena qirol huzuriga borib, otasining qotilini jazolashni so‘raydi. Ularning har ikkalasi urug‘ urf-odatlariga amal qilib, ota oldidagi burchini bajarmoqchi bo‘lsalar ham, lekin ko‘ngil amriga ham itoat qiladilar. Aristokratik burch bilan yoshlik tuyg‘usi o‘rtasida ma’naviy azob chekadilar.

Shu vaqtda Rodrigo mamlakatga bosib kelgan mavrlarga qarshi xalq kungilli otryadlari bilan birga jang qilib, ularni tor-mor etadi. Xalq yosh qahramonni sharaflaydi. Dushman tomon ham Rodrigoning botirligiga qoyil qolib, uni «sid», ya’ni janob deb ataydi.

Ximena xalq va davlat oldida o‘zining grajdanlik burchini a’lo darajada bajargan qahramon Rodrigoni jazolashni talab qiladi. Biroq qirol davlatni dushman xavfidan saqlab qolgan kishini jazolashga botinolmaydi. Shundan so‘ng qiz Rodrigoni o‘ldirgan kishiga turmushga chiqishini ma’lum qiladi. Qirol jangda kim g‘olib chiqsa, qiz o‘shaniqi bo‘ladi, deydi. Bu shart Ximenada goh dadillik tug‘diradi, ya’ni u sevgani umidi bilan yashaydi, goh qasos olish fikri bilan azob chekadi. Tragediyaning oxiri yaxshilik bilan tugaydi, qizning talabgori don Sancho duelda yengiladi. Qirol maslaxati bilan g‘alaba qilgan Rodrigo Ximena bilan topishadi.

XVII asrning birinchi yarmida— Fransiyada feodal o‘zboshimchaliklarini tugatish, yagona milliy davlat — absolyutizmni mustaqkamlash uchun kurash avj olgan bir vaqtda Kornel o‘z ijodida eski feodal tartiblarining yemirilishi muqarrarligi va mar- kazlashgan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi. Jumladan, «Sid» tragediyasida qonga qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan oldidagi grajdanlik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Xalq qahramoni Rodrigo «oddiykishilarning umidi va tayanchi» sifatida o‘z vatanini dushman hujumidan saqlab qoladi. Uning qahramonligini hammadan oldin tan olgan va unga yuqori baho bergan kuch — bu xalqdir. Asarning xalqchilligi Kornelning mehnatkash ommaga ishonchi va unga xayrixohlik bilan qarashidan kelib chiqadi.

Kornel tragediyada absolyut hokimiyatga qarshi feodal oppozitsiyasi kayfiyatlarini mag‘rur graf Gormas obrazida beradi. Uning: «Men halok bo‘lsam, butun davlat halok bo‘ladi»,— degan so‘zini yozuvchi qattiq qoralaydi, chunki Gormas o‘z manfaatini davlat, xalq manfaatidan yukori qo‘yadi. Kornel qirollik hokimiyatining barqaror emasligini ham katta jasorat bilan ta’kidlaydi. Monarx dushman guruhlar o‘rtasida ehtiyotkorlik bilan ishtutadi, xalq fikri bilan hisoblashadi, isyonkor feodal-zodagonlarga qattiq tegmaslikka-intiladi, ko‘p masalalarda ikkilanadi ham. Muhimi shundaki, Kornel qirolni benuqson qilib tasvirla- maydi. Mana shu narsalar yozuvchiga hujum qilish uchun katta bahona bo‘ladi. Bunday jasorat tragediyaning badiiy tuzilishida ham ko‘- rinadi. Kornel klassitsizmning uch birlik qonunini ham buzadi. Masalan, fojiali voqeadan so‘ng Rodrigo qiz bilan saroyda emas, balki qizning uyida uchrashadi. A. S. Pushkin yozuvchi «Sid» tra- gediyasida dadillik bilan vakt birligiga ham rioya etmaganini ko‘rsatib o‘tgan edi.

Sahnada katta muvaffaqiyat qozongan «Sid» tragediyasi hakida ko‘p o‘tmay jiddiy munozaralar boshlanib ketadi.

Asarda karama-qarshiliklar uchrab turishiga karamay, yozuvchining erkinlik va demokratii g‘oyalarni dadillik bilan himoya qilishi, feodal urf-odatlarni tanqid etishi hukmron doiralar, xususan feodal guruhlarni tashvishga soladi. Aristokratik ada- biy oqim vakillari — pretsioz dramaturglari (Mere va Skyuderi) Kornelga qattiq hujum qiladilar. Rishelye ham asarning mavjud tuzum zamiriga putur yetkazishini hisobga olib, yozuvchiga tazyiq o‘tkazadi va Korneldan o‘z pozitsiyasini tubdan o‘zgartishni talab qiladi. «Sid» tragediyasining tankidchilari, yozuvchini klassitsizm qoidalarini buzishda ayblasalar ham, lekin ularning bu fikrlari ostida aniq siyosiy mulohazalar yotar edi. XVII asrning 30- yillaridagi absolyut hokimiyat va feodal tartiblariga qarshi keng xalq ommasining harakati (jumladan, 1639 yildagi «Yalangoyoqlar» qo‘zg‘oloni) kuchayib borayotgan sharoitda bunday realistik va gumanistik asarlarning paydo bulishi davlat uchun xavfli edi. Xukumron doiralar yozuvchidagi erkinlikni ma’lum darajada bug‘ishga erishadilar. Kornel bundan so‘ng yozgan asarlarida klassitsizm qonun-qoidalariga rioya kiladi. «Sid» dagi kabi keng demokratii va xalqchillik ruhi bilan sug‘orilgan badiiy yuksak asarlar yaratolmaydi.

«Goratsiy» Kornel «Goratsiy» (1639) tragediyasi syujetitragediyasi uchun materialni Rim tarixchisi Tit Liviyning birinchi kitobida bayon etilgan qadimgi grek davlatining tashkil topishi haqidagi afsonadan oladi.

Bir-biriga qo‘shni va qon-qardoshlik aloqalari bilan bog‘langan ikki shaxar — Rim hamda Alba-Longa o‘rtasida, ulardan qaysi biri yetakchilik rolini o‘ynashi lozimligi masalasida kelishmovchilik kelib chiqadi va u ikki shahar vakillari o‘rtasidagi olishuv hal qilsin, degan karorga kelinadi. Bu kurash rimliklardan chol Publiy Goratsiyning uch egizak o‘g‘li Goratsiylar, Alba-Longa tomonidan uchta egizak Kuriatsiylar zimmasiga tushadi. Goratsiylardan biri Kuriatsiylarning singlisi Sabinaga uylangan. Publiy Goratsiyning qizi Kamilla Kuriatsiylardan biriga unashtirilgan. Sabina yuz berayotgan mushkul vokealardan tashvishlanadi. Xar ikki tomonning yengilishi xam Sabina uchun juda og‘ir, chunki bir shaharda tug‘ishganlari bor, ikkinchi shaxarda esa sevgan eri bilan yashaydi. Kamilla ham Rim g‘alaba qilsa, sevgani, Alba yengsa, akalari halok bo‘lishini o‘ylab, qattik kayg‘uradi. Xar ikkala ayolda ham muxabbat, sadoqat kuchli, lekin ular vatanparvarlik burchlarini sevgiga qurbon qilmaydilar.

Nixoyat, Goratsiylar bilan Kuriatsiylar o‘rtasida jang boshlanadi- Bu urush sahnada emas, sahana orqasida bo‘lib, uning borishi tomoshabinga ma’lum qilib turiladi. Uchala Kuriatsiy yaralangan, ikki Goratsiy o‘lgan, kichik Goratsiy dushman oldiga tushib qochib borayotgani xaqida xabar keladi. Chol Goratsiy o‘lgan o‘g‘illari uchun qayg‘urmaydi, balki dushmandan qo‘rqib qochayotgan o‘g‘lini o‘ylaydi va uni nafratlaydi. Uning qochib qutulganidan ko‘ra qahramonona halok blishini ma’qul ko‘radi. Biroq, Goratsiyning qochish va qurquv alomati emas, balki harbiy nayrang ekani ma’lum bo‘ladi. U dastlab son jihatidan ustun dushmandan qochadi va orqasidan kuvib borayotgan Kuriatsiylar bilan birma-bir jang qilib, ularning uchalasini ham yengib, Rimga g‘alaba keltiradi. Goratsiy katta tantana bilan jang maydonidan qaytgan vaktida singlisi Kamillaga duch keladi. U sevgani Kuriatsiyning halok bo‘lganini bilib, dod-faryod ko‘taradi. Goratsiy bu holdan qattiq g‘azablanadi. Axir, u mamlakatga g‘alaba keltirsa-yu, singlisi dushman uchun qayg‘ursa! U akalarini va vatanini unutgan Kamillani la’natlaydi. «Nourin muhabbating bilan sevganing oldiga jo‘na», deb uni qilichi bilan chopib o‘ldiradi. Shu tarifa Goratsiy kahramon yigitdan jinoyatchi kotilga aylanadi. Biroq qirol Goratsiyning qahramonligini hisobga olib, uning gunohini kechadi.

«Goratsiy» tragediyasida Kornel davlat va jamiyat ishi uchun kurash mavzusini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Yozuvchi chol Goratsiy obrazida davlat tuzumini yoqlash uchun har qanday shaxsiy qurbondan qaytmaydigan olijanob kishini tasvirlaydi va bu bilan u mam- lakatning tarqoqligi uchun kurashayotgan isyonkor feodal zodagonlarni qoralaydi. Agar «Sid»da davlat ishi ham qirol, ham xalq- ning aralashuvi bilan olib borilsa, «Goratsiy» da hamma narsa mutlaq hokimning hukmiga bo‘ysundiriladi. Asar mazmunining mavhumligi, har ikki shahar o‘rtasida jiddiy qonflikt yo‘qligi, kuchli tomonning zaif tomonni o‘ziga itoat ettirishga urinishi kabi hollar asarning gumanistik mazmuni va vatanparvarlik ruhiga putur yetkazmay qolmaydi. Lekin asardagi monarx sha’niga tegadigan voqea va realistik momentlar muholiflarning yana Kornelni tanqid qilib chiqishlariga sabab bo‘ladi.

Yozuvchining bundan keyingi asarlarida klassitsizm prinsiplari yana kuchayadi, u shaxsan absolyut hokimiyatga ko‘r-ko‘rona itoat ettirish bilan qarama-qarshiliklardan qutulish yo‘lini izlaydi. Endi samimiy insoniy his-tuyg‘ular tasviri o‘rnini sovuq quruq muhokamalar egallaydi. Qaxramonlar jonli individlar emas, balki mavhum g‘oyalarni tashuvchi shaxslardir.

Kornelning «Sinna yoki Avgust marhamati» (1639) tragediyasining syujetini Kornel qadimgi Rimboshka asarlaritarixidan oladi. Asarning bosh qahramoni qonli kurashlar natijasida Rimni o‘ziga qaratib, hukmron bo‘lganAvgustdir.

Emiliya otasining qotili Avgustni ko‘olmaydi va, qanday bo‘lmasin, undan qasos olishni o‘ylaydi. Bu ishga o‘zini sevadigan yigit Sinnani undaydi. Sinna bilan Emiliyaning muhabbatini ko‘ralmagan Maksim uyushtirilayotgan fitna haqida Avgustni ogohlantiradi. Avgust Sinnani qamoqqa oladi. Lekin o‘ziga yaqin turgan kishilar fitna kutarmoqchi bo‘lganidan attiq azob chekadi. Nixoyat, Avgust qalbida rahmdillik hissi tug‘iladi. Sinnani xuzuriga chaqirib osoyishtalik bilan uning xatolarini ko‘rsatadi va gunohlarini kechirib, ularni bo‘shatib yuboradi.

Kornel bu siyosiy tragediyasida ham mustaqkam davlat hokimiyati tarafdori sifatida chiqadi. O‘zaro diniy urushlar va aristokratlar fitnasi kuchayib ketgan, butun og‘irlik omma ustiga tushayotgan vaqtda oddiy xalq ham «tartibsizlik ichida tartib vakili» bo‘lgan yagona markazlashgan hokimiyatni himoya qilar edi. Sinna va Maksim obrazlarida yozuvchi xalq noroziligidan o‘z manfaati uchun foydalanishga intilgan feodal oppozitsiyasining vakillarini qoralaydi. Shuniig uchun yozuvchi pyesani monarxning tantanasini tasvirlash bilan tugatadi.

Tragediyada siyosiy to‘qnashuvlar, o‘tkir qonfliktlar yo‘q, Sinna bilan Avgust o‘rtasidagi «mojaro» bir anglashilmovchilikdir. Chunki Sinna sevgilisi Emiliyaning talabi bilan Avgustga (karshi qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘ladi. Yozuvchi dunyoqarashida yuz bergan o‘z- garish — klassitsizm prinsiplariga qattiq rioya qilish «sSinna» tragediyasining ham mazmuni, ham badiiy qimmatiga putur yetkazmay qolmadi.

Kornel fransuz tragediyasininggina emas, balki fransuz xarakterlar komediyasining asoschisi xamdir. «Qallob» (1643) komediyasida Kornel aristokratiya vakilining soxta va illyuziyali hayotini masxara qiladi. Klassitsizm nazariyasi ruhida yozilgan bu asarda aristokratiyani zamonga qarab ish tutishga da’vat etadi. «Sid» tragediyasi kabi bu asarini yaratishda ham u ispan ada- biyotiga murojaat etadi va ispaniyalik Alarqonning «Shubxali haqiqat» komediyasidan foydalanadi. Yirik komediograf Molyer xatlaridan birida Kornelning «Qallob» komediyasidan ko‘p narsa urganganini e’tirof qilgan edi.

Fransiyadagi siyosiy voqealar, feodal reaksiyasi bilan xalq ommasi o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi yozuvchiga salbiy ta’sir etmay qolmadi. Kornel ilgarigi asarlarida kishining xizmati uning fazilatlarini belgilaydi, deb gumanistik g‘oyalarni himoya qilgan bo‘lsa, endi u, kishining qimmatini uning jamiyatda tutgan o‘rni, nasl-nasabi belgilaydi, degan qonservativ fikrni ilgari surdi. «Rodogunda» (1644), «Iraqliya» (1647) tragediyalarida yozuvchi davlat nizolarini tasvirlab, qonuniy monarxiya davlati va jamiyatning tabaqaga asoslangan negizlarini yoqladi.

XVII asrning 60—70-yillarida yozgan ba’zi tragediyalarida («Sertoriya», «Sofonisbi») Kornel Fronde harakatida qatnash- gan prins Qonde kabi feodal-zodagonlarni oqlaydi. U boshqa bir qancha pyesalarida («Otton», «Tit va Berenika», «Pulxeriya») saroy zodagonlari va ularning egoistik intilishlaridan kuladi. Biroq u absolyut hokimiyatni saqlab qolishga qobiliyatli bo‘lgan kuchli va shafqatsiz hokim idealini ilgari suradi. Gumanistik g‘oyalardan mazfum va klassitsizm estetikasi ruhida yozilgan Kornelning bu asarlari «Sid» va «Goratsiy» tragediyalari darajasida yuqori badiiy umumlashmaga ko‘tarila olmadi va sahnada ham muvaffaqiyat kozonmadi.

MOLYER


(1622—1673)

Fransuz milliy teatrining asoschisi yirik dramaturg-komediograf Jan Batist Molyer Parijda savdogar oilasida tug‘ildi. Uning xaqiqiy familiyasi Poklen bo‘lib, Molyer uning adabiy taxallusidir. Molyer 1639 yilda Klermon kolledjini bitirib, Orlean universitetida advokat unvonini olish uchun imtixon topshiradi. Biroq uni sud ishi ham, savdo ishi ham qiziqtirmaydi. Yoshligidan teatrni yaxshi ko‘rgan Molyer o‘rtoqlari bilan 1643 yilda Parijda «Yaltiroq teatr» tashkil etadi. Biroq truppa o‘z mustaqil repertuari, aktyorlik tajribasi va moddiy asosi bo‘lmaganidan yopilib koladi. Shundan so‘ng Molyer do‘stlari (Bejar) bilan ko‘chib yuruvchi provinsiya komediantlar truppasiga kirib ishlay boshlaydi. Bu vaktdagi og‘ir sharoit uning irodasini bukolmaydi, balki yana xam chiniqtiradi. Molyer bu yillar (1645—1658) da boy tajriba orttiradi, turli sotsial guruhlarning turmushi bilan tanishadi, truppaning obruyini oshirish uchun kurashadi. Spektaqllarda asosiy rollarni o‘zi o‘ynaydi. 1650 yilda Molyer truppaning boshlig‘i bo‘ladi. Mamlakatda davom etgan grajdanlar urushi, fronti xarakati, xalq ommasining og‘ir ahvoli Molyer dunyoqarashining demokratik ruhda shaqllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Molyer ijodiy faoliyatining ilk bosqichida Fransuz xalq farsini o‘zlashtirgani holda italyan niqobli komediyalarini Fransuz teatriga moslab qayta ishlab, o‘z truppasini repertuar bilan ta’minlab turadi. Lion shahrida 1653 yilda uning birinchi komediyalaridan bo‘lgan «Telba» pyesasi qo‘yiladi, bu esa Molyer truppasining shuhratini oshirib yuboradi. Shundan keyinMolyer pyesalarini Parijda ko‘rsatishga harakat qiladi. U 1658 yilning oktabr oyida qirol saroyida avval Kornelning «Nikomed» tragediyasini, so‘ngra unga qushimcha ravishda o‘zining «Oshiq bo‘lgan doktor» pyesasini ko‘rsatadi. Molyerning bu kichik farsi (bosh rolni uning o‘zi o‘ynagan) katta muvaffaqiyat qozonadi. Shundan keyingina qirol truppani Parijda qoldirishga ruxsat etadi.

1662 yilda «Ayollar uchun saboq» pyesasi qo‘yilganidan so‘ng aristokratiya va cherkov reaksiyasi yozuvchining obruyiga putur yetkazish uchun keng doirada kurash olib boradi, unga qarshi tuhmat uyushtirib, Molyerni yeretik (dahriy) sifatida kuydirib o‘ldirilishini talab etadi. Biroq Lyudovik XIV yozuvchidan foydalanish, uni o‘ziga itoat ettirish va buntarlik inti- lishlaridan qaytarish uchun uni himoya qiladi. Ayni vaqtda «Tartyuf»ni taqiqlashga, «Don Juan»ni repertuardan chiqarishga farmoyish beradi.

Molyer qayotining so‘nggi yillarida qizg‘in ijod bilan band bo‘ladi, uning asarlarida tanqidiy tendensiya yana kuchaya boshlaydi. Buni shu davrda yaratgan yirik asari «Yolg‘on kasal» komediya- sida ochiq kurish mumkin. Og‘ir sharoit reaksiya tazyiqi ostida tinmay ishlagan va kurashgan yozuvchining sog‘ligini zaiflashtiradi. 1673 yilning 17 fevralida betob bulishiga qaramasdan Molyer «Yolg‘on kasal» pyesasidagi bosh rolni ijro etadi. Butun o‘yin davomida u o‘zini yomon his qiladi, tomosha tugagandan bir necha soat o‘tgach, yirik dramaturg vafot etadi. Parij arxiyepiskopi «tavba qilmagan gunoqkor» deb Molyerni ko‘mishga ruxsat bermaydi. Yozuvchining yaqinlari qiyinchilik bilan ijozat olib, uning ja- sadini kechasi qabristonning bir chekkasiga ko‘madilar.

Molyer Fransuz klassik komediyasini Fransuz xalq farsi traditsiyalari bilan Rim komediyalarining eng yaxshi namunalarini tanqidiy o‘zlashtirish asosida yaratdi. Dramaturgiyaga qadam qo‘ygan Molyer hukmron klassitsizm estetikasi prinqiplari ne- gizida yozishga kirishgan bo‘lsa ham, lekin u saroy adabiyoti qoidalariga o‘ralashib qolmadi. Molyer klassitsizmning tragediyani «yuqori», komediyani esa «tuban» janr deb ko‘rsatishlariga qarshi chiqadi. Tragediyaga nisbatan yaxshi komediyani yaratish qiyinligi, kishilarni kuldiradigan va ular didiga yoqadigan komediya yozish oson ish emasligini ta’kidlab ko‘rsatadi. U teatrning tarbiyaviy roliga ham katta ahamiyat beradi. Uni «jamiyat oynasi» deb ataydi. Molyerning ko‘rsatishicha, «komediyaning vazifasi kishilarni kuldirib turib, ulardagi nuqsonlarni tuzatishdan iboratdir»1.

Molyer komediya haqida so‘zlab, yozuvchining asosiy maqsadi davr «nuqsonlarini kulgili manzaralarda fosh etish» dan iboratdir, deb ko‘rsatadi. Aktyor sahnada sun’iylikka yo‘l quymasligi kerak. Odam hayotda qanday bo‘lsa, sahnada xam xuddi o‘shanday bo‘lishi lozim.

Shunday qilib, Molyer klassitsizm nazariyasining tor va chek- langanligini tanqid qiladi. U uch birlik qonuniga hamma vaqt rioya qilavermaydi, bu qoida Molyer ko‘zlagan maqsadlarni yoritishga torlik qilsa, uning qobig‘idan tashqariga chiqaveradi. Natijada u klassitsizm qoidalariga amal qilib emas, balki real turmush talablariga tayanib, realistik ijodning ajoyib namunasi bo‘lgan komediyalar yaratishga muvaffaq bo‘ladi.

«Kulgili nozaninlar» (1659) komediyasi Molyerning nomini ko‘pchilikka ma’lum qilgan uning birinchi original asaridir. Bunda yozuvchi katta jasorat bilan pretsioz aristokrat «madaniyati»ni ham, meshchan burjua mahdudligini ham ochik tanqid qiladi.

Burjua Gorjibyusning qizi Madlon va jiyani Kato meshchanlik ruhida tarbiyalanadilar. Pretsioz romanlarini o‘qigan bu qizlar soddalikka emas, aristokratiyaning usti yaltiroq va dabdabali hayotiga intiladilar. Poytaxtdagi aristokrat ayollarga ergashib, nutqlarida balandparvoz mavhum iboralar ishlatadilar. Ular «nafislik xaritasi»ni bilmagan «bilimsiz» jazmanlarni rad etadilar.

Nihoyat, qizlar tomonidan tahqirlangan ikki yigit qasos olish maqsadida xizmatkorlari Maskaril bilan Jodleni markizcha kiyintirib, ularning huzuriga yuboradilar. Aristokrat yigitiga xos olifta, chaqqon va gapdon Maskaril tezdan qizlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Uning sun’iy harakatlari va so‘zlari («Mening qalbim qil ustida turibdi») Madlon va Katoga tabiiy kurinadi. Uning har bir so‘zi qizlarga rohat bahishlagandek tuyuladi. Ikki xizmatkor qizlar bilan uyinga tushib turgan vaqtda rad etilgan oshiqlar — Lagranj va Dyukruazilar kirib kelib, xizmatkorlari ustidagi kiyimlarni yechib olib, soxta so‘z va harakatlarga maftun bo‘lgan kaltabin meshchankalar ustidan kuladilar.

Xalq farsiga asoslanib yozgan bir pardali bu pyesasida Molyer 50- yillardagi dvoryan reaksiyasi ta’siri natijasida keng tarqalib borayotgan pretsioz adabiyotiga, aristokratik xulq-atvor va tannozlikka qat’iy zarba berdi. Asar qahramonlaridan birining «Tannozlik ruhi bilan faqat Parijgina emas, balki provinsiya ham kasallangan», deyishi bevosita Madlon bilan Katoga ham tegishlidir. Chunki ular pretsioz san’atiga xos ibora va abstraksiyaga beriladilar. Masalan, Madlon oyna so‘zi o‘rniga «nozanin sirdosh», kreslo so‘zi o‘rniga «suhbat qulayligi» iborasini ishlatadi. Kato o‘z suhbatdoshiga o‘tirishni taqlif etar ekan: «Sizdan so‘raymanki, janob, ushbu kresloga nisbatan shafqatsiz bo‘lmasangiz, chunki mana u chorak soatdan beri sizni o‘z quchog‘iga chaqirmoqda, uning sizni o‘z bag‘riga olish istagiga iltifot etsa- ngiz»,— deydi. Yozuvchi pretsiozchilarning nutqinigina emas, ular- ning turmushdan ajralib qolgan xatti-harakatlarini ham qattiq qoralaydi. Shuning uchun reaksion doiralar va, birinchi galda, cherkov yozuvchiga qattiq hujum qilib, vaqtincha bo‘lsa ham, bu pyesani sahnadan olib tashlashga erishadilar. Biroq dramaturg reaksiya tazyiqiga bardosh berib, feodal-aristokratiyaning chirkin hayoti va diniy jaholatni fosh etishni to‘xtatmaydi. Aksincha, u bir pardali «Sganarel» (1660) nomli she’riy komediyasini yozib, Fransuz burjuaziyasining yaramas va kulgili tomonlarini yanada qattikroq fosh qiladi.

Molyer «Ezmalar» (1661) nomli komediya-balet yaratadi. Bu asarida ham yuqori guruh vakillarining bema’ni hayotini satira

pretsioz adabiyot— nafis, nozik adabiyot; aristokratik adabiyotdagi barokko oqimining bir turiostiga oldi. «Ezmalar» yozuvchining realistik komediya ijod etishdagi dadil qadami edi.

«Erlar uchun saboq», «Ayollar uchun saboq» (1662) komediyalarida Molyer oila, nikoh masalalarini ko‘tarib chiqadi. Yozuvchi ayollarga ishonmaydigan. boy burjua Arnolf obrazini katta mahorat bilan yaratadi. Arnolf xotinni ham mulk sifatida sotib olishdan qaytmaydigan egoist. U kambag‘al dehqon oilasidan Agnessa ismli qizni sotib olib, uni avval monastirda, so‘ngra uyda itoatkor ruhda tarbiyalab, o‘ziga xotin qilmoqchi bo‘ladi. Sodda qiz Agnessa Oras degan yigit bilan tanishib, u bilan sevishib qoladilar. Arnolf sevgini «gunoh» deb, qizning chin muhabbatiga turli yo‘llar bilan qarshilik ko‘rsatadi. Biroq ko‘zi ochilgan va Arnolfga qul bo‘lib qolishni istamagan Agnessa sevgilisi bilan qochib ketadi.

Epikur va Lukretsiyning materialistik falsafasidan ta’sirlangan Molyer insonning tabiiy xis-tuygularini din va jaholatdan ustun qo‘yadi, muhabbat har qanday og‘ir to‘siqlarni yengishga ham qodir ekanini ko‘rsatadiu komediyada yoshlik keksalik ustidan, ma’rifat jaholat ustidan, gumanistik axloq burjua xulq-odatlari ustidan tantana qiladi. Besh pardali bu pyesasi bilan dramaturg Fransuz satirik komediyasiga asos soladi. Asarda klassitsizm qonunlariga yon berilganligiga qaramay (bu sevishganlarning harakatlarini ko‘rsatishda emas, balki ularning uchrashuvi haqida so‘z borganda, muhokama yuritishning kuchayishida kurinadi), bu pyesa yozuvchida xalqchillik tendensiyasining rivojlanganidan dalolat beradi. Shu sababli «Ayollar uchun saboq»ning sahnaga qo‘yilishi reaksion guruhlarning yozuvchiga qarshi hujumini yanada kuchaytiradi.

Xukmron doiralar bu komediyada mavjud tuzum tartiblari va dinga qarshi qaratilgan o‘tkir tig‘ni tez payqadilar. Dramaturgga qarshi ochiq kurash va ig‘vo-fitnaning uyasi bo‘lgan teskarichi guruhlar Molyerga raqobatchi Vize, Bruso, Manflerilarni ishga soladilar. Reaksion adabiyotshunos Donno de Vize «Ayollar uchun saboq» haqidagi maqolasida Molyerni odobsizlikda, dvoryanlikni haqoratlash va mavjud tartiblarni masxaralashda ayblab, yozuvchini qattiq jazolashni talab kiladi. Dushmanlari hujumiga javoban, Molyer 1663 yilda «Ayollar uchun saboq»ni tanqid» va «Versal ekspromti» komediyalarini ko‘rsatib, satang ayollar, tentak markizlar, uning teatrining muvaffaqiyatlarini ko‘ralmagan qobiliyatsiz aktyorlarni masxara qiladi, ularning yozuvchiga qo‘ygan ayblarining asossiz.. ekanini isbotlaydi. Qoraguruhchilar bilan olib borilgan qat’iy kurashlari Molyerning irodasini bukmaydi, balki u bu hayot-mamot kurashi ichida toblanadi, absolyut monar- xiyaga tayangan hamma sotsial-kuchlar ruhoniylar, feodal-aristokratiya va burjuaziyani qattiq masxara qiluvchi «Tartyuf» (1664), «DonJuan» (1665), «Mizantrop» (1666), «Amfitrion» (1668), «Jorj Donden» (1668), «Xasis» (1668) kabi ajoyib satirik komediyalarini yozib, Fransuz milliy komediyasini yaratadi.

“Tartyuf” Molyer «Tartyuf» komediyasini 1664 yilning may oyida sahnaga quydi. 3 pardali bu pyesa o‘sha vaqtda juda keng tomir yoygan diniy-klerikal «Muqaddas zakovat jamiyati»ning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan bo‘lsa ham, lekin komediya feodal-katolik reaksiyasi xurujiga qarshi keskin kurash kuroliga aylanib ketadi. Shuning uchun ham Parij arxiyepiskopi va riyokorlar tashkilotining maxfiy homiysi qirolicha Anna Avstriyskaya bu pyesani taqiqlaydi. «Tartyuf»ni sahnaga qo‘yish huquqi uchun o‘zoq kurash ketadi. Molyer pyesani, antiklerikal mazmunini saqlagan holda, qayta ishlashga kirishadi. 3 pardali emas, balki 5 pardali bo‘lgan bu pyesa «Aldonchi» deb nomlanadi. Tartyuf esa Panyulf deb atalib, u ruleniy kiyimida emas, dunyoviy kishi qiyofasida ko‘rinadi. 1667 yilda pyesaning qayta ishlanib satirik kuchi birmuncha yumshatilgan nusxasini sahnaga qo‘yishga ruxsat etiladi. Biroq qirolning Parijda bo‘lmaganidan foydalangan diniy-klerikal tashkilotning maxfiy a’zolaridan biri parlament raisi Lamuanyon komediyani yana taqiqlaydi. Molyer oldida jiddiy masala: yo xukumat bilan munosabatni yomonlashtirib, o‘z komediyalari uchun sahnadan foydalanish imqoniyatidan mahrum bo‘lish, yoki birmuncha yon berib, sahnani qo‘lda olib qolish va reaksion klerikalizmni fosh etishni davom ettirish masalasi turar edi. Molyer ikkinchi yo‘lni tanlab, komediyasini yana ham takomillashtirish ustida ish olib boradi va, nihoyat, pyesaning qayta ishlangan uchinchi nusxasi qirol ruxsati bilan 1669 yilning fevral oyida sahnaga qo‘yiladi. «Tartyuf yoki aldoqchi» nomida sahnaga quyilgan komediya katta shuhrat qozonadi.

Pyesaning satirik kuchi ancha yumshatilgan va Tartyuf ruhoniy kiyimida emas, dunyoviy kishi qiyofasida tasvirlangan bo‘lsa ham, lekin komediyaning asosiy zarbasi xristian dini va cherkoviga qarshi qaratilgani ochiq ko‘rinib turar edi. Shuning uchun «riyokorlar shaykasi» Molyerga qarshi kurashishni to‘xtatmaydi.

Savdogar Orgon cherkovga ibodat qilgani borganida, u yerda «taqvodor» bir kishini ko‘radi. Bu odam berilgan sadaqalardan bir qismini o‘zida qoldirib,qolganini boshqalarga ulashib beradi. O‘zini juda ham xudojuy etib ko‘rsatgan bu kishini laqma Orgon o‘z uyiga olib keladi. Bu odam Tartyuf edi. Savdogar uni juda e’zozlaydi, hamma haq_huquqlarini unga topshiradi. Xatto o‘z qizini ham berishga rozi bo‘ladi. Orgon oilasidagi yoshlar — o‘g‘li Damis, xizmatkor qiz Dorina, qizi Mariannalar bu odamning firibgar ekanini sezib, bu haqda Orgonga ma’lum qiladilar. Biroq dindor Orgon ularning so‘zini eshitgisi ham kelmaydi, balki uni qoralash bilan meni xudo oldida gunohkor qilmoqchisiz deb g‘azablanib, o‘g‘lini uydan quvib yuboradi va butun mol-mulkini Tartyufga xat qilib beradi. Ikki kun shaharda bo‘lmagan va uyga qaytib kelgan Orgon Dorinadan hol-ahvol so‘raganida, u bekasi Elmiraning betobligi haqida gapirmoqchi bo‘ladi, Orgon esa faqat Tartyuf ahvoli bilan qiziqadi:

«O‘tgan kuni bekamning isitmasi baland bo‘ldi».

— 'Tartyufning-chi?»

— «Bekam g‘am-g‘ussa ichida qoldi».

•— «Tartyuf-chi?»

— «Bekam uxlamay chiqdi».

— «Tartyuf-chi?»

Dorina bilan Orgon o‘rtasidagi bu dialog va Orgonning bir so‘zni takrorlayverishi kishida kulgi qistatmay qolmaydi, bu kulgi keyingi dialogda yana kuchayadi:

— «Tartyufning sog‘ligi joyida»,—

— «Voy, bechora!»

— «Ikki kaqlikni ham, quy dumbasini ham paqqos tushirdi».

— «Voy, bechora!»

— «U butun tun qimirlamay qattiq uxladp».

— «Voy, bechora!»

— «Nonushta vaqtida butilkani yuqigacha qoldirmay bo‘shatdi».

— «Voy, bechora!»

Tartyufning ikki yuzlamaligi va soxta taqvodorligining qurboni bo‘lmish ikkinchi shaxs Orgonning onasi kampir Pernel edi. O‘zining yovuz niyatiga erishish uchun Tartyuf hammadan oldin sodda, ishonuvchan va laqma kishilarni qo‘lga oladi, yoshlarni yoqtir- maydi, chunki ular Tartyufning yomon niyatini tez anglaydilar va shuning uchun uni fosh etishga intiladilar.

Tartyuf har qadamda o‘zini xudojuy qilib ko‘rsatishga urinadi. Biroq u Orgonning xotini Elmiraga xushomad qiladi. O‘z eriga vafodor Elmira Orgonni sinab kurish uchun Tartyuf bilan tanho uchrashadi. Tartyuf: mening haqimda hech kim yomon fikrda bo‘lmaydi, deb Elmiraga yuzsizlik bilan yaqinlasha boshlaganini Orgon o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Shundagina u uyiga keltirgan kishisi soxta taqvodor ekanligini bilib, uni uydan haydaydi. Biroq Tartyuf yuzidagi niqobini olib tashlab, bu yer-mulkka o‘zi xujayin ekanini, buni tasdiqlovchi hujjatlar bor ekanini da’vo qilib, Orgonni uydan quvib chikarish maqsadida sud chinovnigini chaqirtiradi va hamatish uchun politsiya ofitserini ham boshlab keladi. Biroq kutilmaganda ofitser «odil» monarx buyrug‘i bilan manfur aldoqchining o‘zi qamoqqa olinajagini ma’lum qiladi.

Bu komediyada Molyer yuqori tabaka vakillari ichida avj olgan riyokorlik va munofiqlikni Tartyuf obrazida ochib tashladi. Tartyuf feodal-aristokratiyaning qabiq ishlarini aks ettirgan shaxsdir. O‘zining qora niyatlarini amalga oshirish uchun yuziga niqob tutgan va taqvodor bo‘lib kurinishga uringan bu odam haqiqatda o‘ta iflos va razil bir shaxs bo‘lib chiqadi. Tartyuf burjua Orgon va uning onasining soddaligidan foydalanib, ularni laqillatadi. Siri fosh bo‘lib, Orgonni uydan haydab, uning mol-mulkini tortib olmoqchi bo‘lganida ham, Tartyuf yuzsizlarcha bu ishlarning barchasini xudo yo‘li uchun qilayotganini aytadi.

Tartyufga qarshi dastlabki kunlardanoq kurash boshlagan shaxs bu xizmatkor qiz Dorina bo‘lib, unda xalq donoligi mujassamlangandir. U Tartyufning yaramasligini, Orgonning aldanganligini dadil aytadi. Lekin komediyada jinoyatchi «yuqori»dan, qirolning aralashuvi bilan fosh qilinadi. Ma’lumki, qirol Molyerdan o‘z manfaati uchun foydalanish maqeadida uni qo‘llagan, komediyaning qayta ishlangan so‘nggi nusxasini sahnaga qo‘yishga ruxsat ham etgan edi. Tartyufni kamoqqa olgani kelgan ofitser munofikni «qirolning o‘zi fosh etdi» deb aytadi. Bu yozuvchining monarxga nisbatan ma’lum darajada yon berishining natijasi edi.

Molyer «Tartyuf» komediyasida o‘rta asr feodal zulmini o‘sha davr sotsial eqayoti qarama-qarshiliklariga bog‘liq ravishda emas, balki uning bir tomonini, diniy zulmini, uning siyosiy reaksiya roli bo‘lganinigina ko‘rsatdi. Bu hol yozuvchini klassitsizmga xos abstraktlik va ratsionalistik illyuziyaga olib boradi. Natijada asosiy qahramon xarakterini tasvirlashda sxematizmga beriladi. Tartyuf feodal-aristokratiyaning butun yaramasliklarini mujassamlantirgan individuallashgan obraz emas, balki reaksion aristokratiya riyokorligining turli ko‘rinishlarini aks ettirgan obrazga aylanadi. Shu sababli «Tartyuf» komediyasi klassitsizm xarakterlar komediyasining tipik namunasi hisoblanadi. Tartyufning ikki yuzlamaligi, Garpagonning xasisligi kabi, «absolyut hirsdir». Butun diqqat umuman inson xarakterini ochishga emas, balki ilgaridan belgilab qo‘yilgan asosiy salbiy qahramon Tartyuf xarakterining bir nuqtasini ko‘rsatishga qaratilgan. Bu klassitsizm teatrining asosiy belgilaridan biri edi.

Biroq shunday bo‘lsa ham, komediyada real turmush voqealari ko‘zga tashlanib turadi. Sevishgan Marianna bilan Valer o‘rtasidagi anglashilmovchilik, kampir Pernel bilan nevaralari o‘rtasidagi kelishmovchilik, Mariannaning Tartyufga tegmasligi haqida otasiga aytganlari, aldoqchiga qarshi chiqqan Damisning otasi (Orgon) tomonidan uydan quvilishi, bular XVII asr burjua oilasiga xos bo‘lgan tipik maishiy realistik manzaralardir.

O‘tmishning yirik yozuvchilari komediyani yuksak baholaydilar. Volter «Tartyuf» komediyasini nodir asar deb, A. S. Pushkin esa Molyerdagi komiklik iste’dodining zo‘r va beqiyos mahsuli, deb baholadi.

“D«n Juan”Molyerning ijodigullagan davrda yaratgankomediyasi «Don Juan» (1665) nomli satirik komediyasi alohida ahamiyatga ega. Reaksion guruhlar taqiqlagan «Tartyuf» komediyasi o‘rniga qo‘yish uchun tez vaqt (ikki hafta) ichida yozilgan bu pyesa ham bir necha marta o‘ynalgandan so‘ng butunlay taqiqlanadi.

«Don Juan»ning syujeti turli davrda turli yozuvchilarning diqqatini o‘ziga jalb etib keldi. Masalan, Don Juan haqida ispan dramaturgi Tirso de Molina «Seviliyalik shum yigit» (1620) pyesasini yaratdi. Pushkin esa «Tosh mehmon» asarida bu obrazni chuqur talqin qildi. Molyer ispan ertaqlaridagi bu obrazni o‘z zamonasining aristokrat yigiti qiyofasida tasvirlab, uning butun nuqsonlarini fosh etib tashladi. Bu obraz ko‘p qirrali bo‘lib, umuman, buzilgan dvoryan sinfining vakili, deb ko‘rsatiladi.

Komediyaning boshidayok Don Juan hakida uning xizmatkori Sganarel bilan tashlab ketgan xotini Elviraning xizmatkori Gusman o‘rtasidagi suhbatda jiddiy fikrlar bayon qilinadi. «Don Juan hamma jinoyatchilardan eng yovuzi», u «it, shayton, turk, yeretik» deb ataydi uni Sganarel. Xizmatkorning o‘z xujayinini bunday haqorat qilishi uchun asosi bor zdi, albatta. Xar qanaqaayolga «uylanishga mohir» Don Juan xotinmi yoki qiz, shaharlikmi yoki qishloqlik, bundan qat’i nazar, ularning barchasiga «muxabbat» izhor qilaveradi. Sganarel xujayinining bunday beqaror va bema’ni hayot kechirishiga, har qadamda uylanib, xotinini tashlab ketishiga e’tiroz bildiradi.

Suvdan omon-eson chiqqan (tulqin ularning qayig‘ini ag‘darib yuborgan edi) Don Juan qishloq ko‘chasida Sharlotta ismli kizga duch kelib, «Nahotki qishloq joylarda, daraxt va toshlar orasida, sizga o‘xshagan jononlarni uchratish mumkin bo‘lsa?» dgb unga sevgi izhor qiladi va qizni dehqon yigit Pyerdan aynitib, o‘zi olmoqchi bo‘ladi. Shu vaqtda bundan bir oz ilgari suhbatlashgan, Matyurina degan qiz ham kelib qolib, Sharlotta bilan janjallashadi. Biroq ayyor Don Juan har ikkalasining qulog‘iga ikki xil gapirib, ularni olishga ishontiradi.

Don Juanning ijobiy tomonlari ham bor. U diniy e’tiqodga ishonmaydi. himoyasizlarga yordam berishga tayyor jasur kishi. Elviraning akalari ta’qibidan bekinib, o‘rmonzorda ketayotgan Don Juan uch qaroqchining bir kishiga hujum qilayotganini ko‘rib qoladi va uni o‘limdan qutqaradi. Bu odam Elviraning kichik akasi Don Karlos edi. Don Karlos haqoratlangan singlisi uchun Don Juandan o‘ch olish maqsadida, uni axtarib yurganini aytganida, Don Juan o‘zining kimligini bildirmay, qidirib yurgan odamining qadrdon do‘sti ekani va o‘sha yaqin kishisi hurmati uchun har qanday odam bilan jang qilishga tayyor ekanini aytadi.

Don Juan sodda, diniy e’tiqodlarga ishonuvchi Sganarelni masxara qiladi. Biroq unda egoistik intilish kuchli. Don Juan ko‘chada sadaqa so‘rab o‘tirgan gadoyga oltin ko‘rsatib, xudodan nolisang shu oltin tanganing egasi bo‘lasan, deydi. Lekin gadoy o‘z vijdonini oltinga alishtirmaydi. Ateist Don Juan odamgarchilik yuzasidan unga oltinni berib ketadi.

Biroq ko‘p utmay «falakni ham pisand qilmagan», «haqoratlan- gan ayol nafrati»dan ham qo‘rqmagan Don Juan, birdan boshqacha qiyofaga kiradi: men butun adashib yurishlarimdan voz kechdim, men endi kecha kechqurungi kishi emasman, falak tusatdan menda o‘zgarish yasadiki, u butun olamni hayratda qoldiradi. U mening qalbimni yoritdi, ko‘zimni ochdi, men hozir o‘zoq vaqt dovdirashlar ichida qolganim va bo‘zuq turmush kechirganimdan dahshatga to‘shaman»1,— deydi u.

Lekin u haqiqatda ham o‘z qilmishlaridan tavba qilib, vijdon azobi bilan yashamoqchi edimi? Yuq, aslo! Garchi u otasiga bundan so‘ng yaramas shumlik qilmaslikka so‘z bergan bo‘lsa ham, bu narsa, ya’ni dinga «qaytish» faqat tug‘iladigan shubhalarni qaytaradigan «najot chorasi», kishilarni masxara kilish, ularni aldash uchun bir nayrang, yovuz niyatlarini pardalab turuvchi bir niqob edi, xolos. Don Juan diniy urf-odatlarga garchi ishonmasa ham, lekinundan o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi. «Bizning zamonda,— deydi Don Juan,—munofiqlik katta imtiyozlarga ega. Shu san’at tufayli soxtalik hurmatlanadi: hatto uni oshqora qilganlarida ham, unga qarshi bari bir hech kim biror so‘z aytishga jur’at etolmaydi. Kishilardagi barcha bonsha nuqsonlar tanqidga uchraydi.

Kim ham ularga ochiq hujum qilishga haqlidir, lekin ikki yuzlamalik — alohida yengilliklardan foydalanadigan shunday nuqsonki, u boshqalarning ovozini o‘chiradi va o‘zi tinchgina, jazo kurmay qolaveradi».

Zamonaning rasm-odatiga aylangan nuqson — munofiqlikka moslashgan Don Juan, endi har bir harakatida «tangrining irodasi» ga suyanib ish tutayotganini o‘qtirishga urinadi. U Don Karlosning Elvira bilan birga yashash keraqligi haqidagi har bir so‘ziga, bunday bulishi mumkin emas, «xudoning xohishi shunday» deb javob qaytaradi. Ilgari har qanaqa dushman bilan kurashishga tayyor turgan Don Juan, endi munofiqlarcha, bunday qilishga «tangri yo‘l bermaydi» deb, himoya chorasi sifatida o‘zini taqvodor etib ko‘rsatadi. Don Juanning ilgarigi qiyofasidan asar qolmaydi, u ashaddiy riyokor va qasoschiga aylanadi. U shubha qilgan har bir kishini dinsiz, erkin fikrlikda ayblashdan qaytmaydi.

Sganarel xo‘jayinida yuz bergan jiddiy o‘zgarishdan qattiq tashvishlanadi: «Janob, sizda iblisona yusinda gapirishning paydo bo‘lishining boisi nimada? Bu ilgarigilarning hammasidan battarroq, menimcha, sizning qadimdagidek qolganingiz yaxshiroq...».

Don Juanning munofiqqa aylanishi, Sganarel ta’biricha, o‘ta qabohat»dir. Shuning uchun u xo‘jayinining yuz tuban ketganidan nafratlanadi.

Don Juan Tartyuf singari munofiq va axloqiy jihatdan buzilgan dvoryan edi. Shu sababli uning jazodan qutulib qolmasligi kerak edi. Komediyaning oxirida «Tosh mehmon» traditsion qiyofada paydo bo‘lib, Don Juan esa chaqmoq va momaqaldiroqdan yorilgan yerga kirib ketsa ham, lekin uning jazolanishi razil jinoyatlarining oqibati ekanligi anglashilib turadi.

Komediyaning asosiy qahramonlaridan biri sodda va dono Sganarel obrazi razolatga uchragan dvoryan sinfining vakili Don Juanga qarshi kuyiladi. Molyer komediyada kambag‘al tabaqaning vakillari (gadoy, xiematkor Sganarel, dehqon Pyerga xayrixohlik bilan qaraydi. Bu oddiy kishilar, garchi diniy urf-odat- lardan qutulmagan bo‘lsalar ham, lekin vijdonan pok, qiyinchiliklarga bardosh beradigan odamlardir. Sganarel voqeaning boshidanoq xujayinining noto‘g‘ri yo‘lga kirib borayotganini bilib, uni ogohlantiradi va oxirida unga qarshi chiqadi. Lekin shunday bo‘lsa ham, undan aloqani o‘zish uchun ojizlik qiladi.

Munofiq Don Juanning fojiali halok bulishidan hamma xursand, biroq Sganarelga bu ma’qul bo‘lmaydi. Uning sazana buylab: «Voy, mening maoshim, mening maoshim»,— deb dod-faryod kutarishi kulgi qo‘zgatishidan tanshari, unda hukmron feodal-aristokrat sinfining halokati yaqinligi chuqur kinoya bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham bu pyesa butunlay taqiqlangandan so‘ng, Tom Kornel uni she’riy formada qayta ishlab, undagi satirik ruqni yuq qilib, Snagarelning shu so‘zlarini chiqarib tashlaydi va « Tosh mehmon» nomi bilan pyesa yaratadi.

«Don Juan» Molyerning klassitsizm qoidalari qobig‘ini yorib chiqib yaratgan tom ma’nodagi yirik realistik asaridir. Bu narsa turmushni keng ko‘lamda tasvirlashda ham, uch birlik qonuniga rioya qilmaslikda ham (voqea o‘rni almashib turadi: saroy, dengiz qirg‘og‘i, o‘rmonzor va hokazo), qahramonlar xarakterining rivojlanib borishida, klassitsizm traditsiyasiga binoan, komediyaning she’rda emas, balki prozada yozilishida, shuningdek, xalq vakillarini tasvirlashga alohida e’tibor berishida ham ochiq kurinadi.

«Mizantrop» (1666) komediyasi Molyer ijodining yuqori cho‘qqisi va shu bilan uning o‘z adabiy faoliyatida boshlangan burilish nuqtasi ham bo‘ldi.

Asarning bosh qahramoni sof ko‘ngilli Alsest yaramas saroy muhitida azob chekadi. hamma vaqt yaxshilik va adolatli ish qilishga intilgan bu yignt har qadamda adolatsizlik va olchoqlikka yo‘liqadi.U tabiatan insonparvar, undagi mizantropiya—odamovilik bo‘zilgan dvoryan-aristokratiya hayoti ta’siri ostida yueaga keladi. Chunki u olijanob g‘oyalarni amalga oshirish uchun o‘sha jamiyatdan o‘ziga suyanchiq topolmaydi. Shuning uchun ham Alsest qalbida tug‘ilgan g‘azab o‘ti cheksiz. U ba’zi kishilardan yovuzliklari uchun nafratlansa, boshqalarni o‘sha yovuzliklarga qarshi kurashmaganliklari uchun qoralaydi. Dvoryan zodagonlarning hayoti va xulq-odati, takabburligi Alsestga yoqmaydi. U hashamdor formalistik san’atga ham qarshi kurashadi. Aristokrat shoir Orantnnng soneti munosabati bilan Alsestning izhor qilgan fikr va mulohazalari xarakterlidir. Alsest Orantning yuzaki sonetiga chuqur mazmunli xalq qo‘shiqlarini qarshn qo‘yadi.

Alsestga yaqin turganlar — do‘sti Filint, Selimena va Arsinalar ham aristokratnk hayotning yaramasliklari girdobiga tushib qolgan kishilardir. Ular muhitning bo‘zuqligini biladilar, biroq undan aloqani uzolmay, o‘zlaridan yuqori turuvchilarga xu- shomad qiladilar. Alsest qurolining tig‘i ham dastlab shunday munofiqlikka qarshi qaratiladi, Alsest aristokratiya tannoz- ligi ruhida tarbiyalangan Selimenani qattiq sevadi, uni o‘sha mug‘itdan aloqani o‘zishga, o‘ziga o‘xshash olijanob maqsad yo‘lida qattiq turib kurashuvchi bo‘lishga undaydi. Biroq uning urinishlari puchga chiqadi. Selimena Alsestning bu talablarini tushu- nib yetmaydi. Alsest shaxsiy hayotda ham shunday ziddiyatlarga duch keladi. Oxirida u yakka o‘zi qolib, «nuqsonlar hukmron bo‘lgan girdobdan» chiqib ketadi, Alsestni sevgan va o‘z tuyg‘ularini yashirib kelgan Elianta esa Filingga turmushga chiqadi.

Bu komediyada Molyer mavjud tartiblarga qarshi kurash g‘oyasini ilgari surib, dvoryan-aristokratiya bilan murosaga kelgan kishilarni ayovsiz tanqid qiladi. Qahramon so‘zlari orqali Molyer mavjud feodal-aristokratiya tuzumi absolyutizmga qarshi keskin norozilik bildiradi. Alsest obrazida qarama-qarshiliklar mavjuddir. U hukmron sinflarning munofiqligi, razilligi va manmanligini qattiq qoralagani xolda, ayni chokda ularni insofga chakiradi. Uning donkixotchiligi, kulgili tomoni ham shu yerdadir. Aristokratiya sinfi vakillari uning istaqlariga quloq solmaydilar, bundan so‘ng u umidsizlikka tushadi, odamlar ichidan chiqib ketadi. Alsestning odamoviligining asossizligi shundaki, o‘z muvaffaqiyatsizligi uchun u beistisno hammani ayblaydi.

«Mizantrop»— klassitsizm adabiyoti «oliy» komediyasining namunasi hisoblanadi. Chunki pyesaning boshida masalaning qo‘yilishi — nasihatgo‘ylik, so‘ngra esa butun komediya davomida oldindan belgilangan maqsad — qahramonning harakatlari orqali emas, balki xarakterning psixologik tasviri orqali beriladi. Lekin klassitsizm komediyasining formal belgilari orqasida, shubhasiz, realistik dramaning asosiy belgilari yashirinib yotadi. Yumshoq tabiatli Filint atrofidagi kishilar bilan chiqishib ketadi, Alsest esa kelishuvchilik degan narsani bilmaydi,buzilgan mu- hitga qarshi nafrat yog‘diradi, qahramonning og‘ir ruhiy kechinma- lari avtorning shu davrdagi ahvol-ruhiyasiga mos tushadi. Chunki reaksion feodal-aristokratiya Molyerga bo‘lgan hujumni nixoyag darajada avj oldirib yuborib, hatto uni yo‘qotish payiga tushgan edi. Shu sababli «Don Juan»da ilgari surilgan demokratik fikrlar va hukmron sinflarga qarshi qaratilgan o‘tkir satira «Mizantrop» da ham o‘z ifodasini topdi. Asar yozuvchining ezgu niyatlari dvoryan-aristokratiya jamiyatida amalga oshishi mumkin emasligidan dalolat beradi.

Molyer «Xasis» (1668) komediyasining syujetini qadimgi Rim komediografi Plavtning «Ko‘zacha» («Ko‘milgan xazina») komediyasidan olgan. Birok Rim dramaturgi tomonidan yaratilgan xasis obrazi Evklion aslida kambag‘al bo‘lib, bir xumcha oltin topib olganidan so‘ng unda ziqnalik boshlanadi. Molyerdagi xasis Garpagon boylik to‘plashga hirs qo‘ygan aqcha dunyosining vakilidir.

«Xasis» Molyerning tipik «xarakterlar komediyasi» dir. Butun maqsad bosh qahramon xarakterining umumiy tomonlarini emas, balki Garpagon uchun asosiy xususiyat — xasislikni ochishga qaratiladi. Pyesaning markazida Garpagon obrazi turadi.

Uta xasis Garpagon o‘z boyliklarini hech kimga ishonmaydi. U boyligini hatto farzandlarining to‘yi uchun ham sarflamaydi. Garpagondan pul so‘ragan kishi guyo uning qalbiga xanjar sanchganday bo‘ladi. Shuning uchun ham Lyaflesh uni «hamma odamlardan eng yaramas odam, ziqna, johil», deb aytadi. Xasisning qizi Eliza Valer degan yigitni sevadi. Biroq u Elizani savdogar Anselmga bermoqchi, chunki savdogar qizdan bisot so‘ramaydi. Lekin o‘g‘liga olib bermoqchi bo‘lgan qizdan bisot talab qiladi. Xasisning o‘g‘li Kleant Marianani yaxshi ko‘radi. Lekin unda qizga sovg‘a-salom uchun pul yo‘q. Shuning uchun yaqinda otasidan qoladigan meros evaziga deb, boshqa sudxo‘rdan karz olishga ahd qiladi. Biroq sudxur 25% foyda talab etganini bilgan Kleant «Bu paroxurlik! Ko‘ppa-kunduzi- talash!»—deydi. Qarz beruvchi bilan qarz oluvchi uchrashganlarida, ular ota-bola Garpagon bilan Kleant bo‘lib chiqadilar.

«Sizningcha, kim jinoyatchi?,— deydi g‘azab bilan Kleant,— muhtojlikda kolib katta foyda berish evaziga karz olgan kishimi yoki pulga muhtojlik sezmagan holda uni bosqinchilik bilan qo‘lga tushirgan kishimi?»1.

Garpagon atrofidagi sof dil yoshlar Kleant, Eliza (xasisning bolalari), Valer, Mariana (Anselm bolalari), chaqqon va ishbilarmon xizmatkorlar Laflesh, Jak, Klod, vositachi Frozina va boshqalarga duch keladi. Yoshlar puldan suiiste’mol qilish uchun emas, balki undan zarur bo‘lgan darajada xushchaqchaq turmush kechirish uchun foydalanishga intiladilar. Ular Garpagonning o‘ta qurumsokligi, tosh bag‘irliligiga qarshi kurashadilar. Xizmatkorlar ham qurumsoq otaga emas, yosh Kleantning sevgan qiziga erishishiga yordam berishga intiladilar, shu maqsadda Laflesh xasisning oltinlarini o‘g‘irlaydi. Bu komediyaning kulminatsion nuktasi hisoblanadi. Boylikdan ayrilgan Garpagon esankirab koladi, endi yashash uning uchun o‘z ma’nosini yo‘qotadi. U o‘g‘rini axtaradi. «Tuxta! Bu kim?» deb o‘z qulini ushlab oladi. Biroq o‘g‘ri hali topilgani yo‘q. Hammaga gumon bilan qarab, ko‘rgan kishisini «o‘g‘ri» deb biladi. Barchaning dorga osilishini istaydi, agar oltin topilmasa, o‘zini ham osmoqchi bo‘ladi.

Asarda ma’lum darajada bo‘lsa ham, klassitsizm teatri prinsiplariga xos abstraksiya va qahramonlardagi shartlilik ko‘rinadi. Bosh qahramon atrofidagi odamlar yaxshi kishilar, lekin ular (Kleant, Eliza va Mariana)ning azoblari o‘sha yaramas muhitning oqibati ekani yetarli ochilmaydi. Garpagondagi ziqnalik esa mutloq ehtiros sifatida beriladi. Garpagonning xususiy mulkchilikka hirs qo‘yishi, xasisligi va egoizmi uni insongarchilikdan chiqarib qo‘yadi, boylik oldida u o‘z bolalaridan ham voz kechadi. Yozuvchi bu hirsni bir nuqson sifatida tasvirlaydi. Jahon adabiyotida, xasislikning halokatli ta’sirini aks ettirgan qator obrazlar yaratilgan. Bular Shekspirdagi Sheylok, Balzakdagi Gobsek va Grande, Pushkindagi xasis ritsar, Gogoldagi Plyushkin, S. Ayniydagi Qori-ishkamba va boshqalar. Bu yozuvchilar xasislikning sotsial sabablari va uning jirkanch tomonlarini ochib ko‘rsatdilar. Molyer Garpagon obrazi orkali xasislikni mutlaq nuqson sifatida berib, uni qoralaydi. Garpagonning xasisligidan boshka xususiyatlari ochilmagan. Shuning uchun ham Pushkin Molyerning xarakterlar yaratish metodini tanqid qilib, unga ko‘p nuqson, kuchli ehtirosli jonli kishilar xarakterini yaratgan Shekspirning realistik metodini qarshi quydi. «Shekspirda — Sheylok xasis, ziyrak, qasoschi, farzandsevar, hozirjavob, Molyerda — xasis faqat xasisdir», deyishda u haqli edi. Lekin Molyer klassitsizm prinqipining formal qonunlariga rioya qilgan bo‘lsa ham, adabiy mahorati orqali xasislikni yaramas balo sifatida mahorat bilan haqqoniy tasvirlab, unga qarshi tomoshabinda to‘la nafrat uyg‘ota oldi. «Dvoryanlikdagi «Dvoryanlikdagi meshchan» (1670) Molyer ijodining so‘nggi davrida yaratgan eng yaxshi komediyalaridan biridir. Pyesada aristokratiyahayotiga taqlid qiluvchi va dvoryanlikka suqulib kiruvchi meshchan kattiq masxara qilinadi.

Asarning bosh qahramoni burjua Jurden yoshi anchaga borib qolgan bo‘lsa ham, lekin u aristokratlarga ergashib, uyida muika, raqs, qilichbozlik va falsafa buyicha muallim shtatlarini saqlaydi.

Muallimlar «nodon bu meshchandan» xursand, chunki hech narsa urganmasa ham ularga yaxshi haq to‘layveradi. Falsafa muallimi, nihoyat, unga alifbeni urgatadi. Jurden bir baland' martabali xonimni sevib kolganini aytib, unga maktub yozishga yordam berishni muallimdan iltimos qiladi. Xat poeziyadami yoki prozada yozilsinmi, deb so‘ralganida, Jurden unisida ham, bunisida xam emas, deb javob qaytaradi. Muallim, kishi o‘z fikrini yo prozada, yo she’rda ifodalaydi, boshqa yo‘l yuq, deb proza va poeziyaning ma’nosini tushuntirganidan so‘nggina u, qirq yildan ortiq vaqtdan beri prozada gapirib kelganini xayoliga xam keltirmaganidan taajjublanadi.

Jurden xonimlar bilan muomala qilishni ham urganmoqchi bo‘ladi. U sevgilisi Dorimenaga ikki marta ta’zim qilishi bilanoq unga juda yaqin kelib qoladi, shuning uchun ham u xonimga «bir oz orqaga tislaning, bo‘lmasa uchinchi marta ta’zim qilolmay qolaman», deydi. Garchi Jurden bema’ni harakatlari bilan atrofdagilarga kulgi bo‘lsa ham, lekin u unchalik nodon emas, masalan, haqqoniy burjua sifatida hisob-kitob ishlariga pishiq, Dorantga qachon va qancha qarz berganini yanglishmay birma-bir aytib beradi. Muallif asilzodalikka intilish natijasida kulgili holga tushib qolgan Jurden obraziga o‘zining meshchan ekanligidan uyalmaydigan Jurden xonim obrazini qarama-qarshi qo‘yadi. U har qadamda erini tuzatishga harakat qiladi.

Jurdenning aristokratlarcha kiyinib, hammaga masxara bo‘layotganini ham, Dorant uchun «sog‘im sigir»ga aylanib kolganini ham faqat o‘z xotinigina uning betiga ochiq aytadi. «Erimning nodonligi uchun uni laqillatish sizdek olijanob kishiga uyat. Oilada janjal chiqarish va erimning o‘z orqangizdan ergashib yurishiga yo‘l qo‘yishingiz sizdek xonimga ham yarashmaydigan narsa», deydi Jurden xonim va ularning dvoryanlik nasablariga ham, erining laqmaligiga ham nafrat bilan qaraydi. Biroq Jurden meshchanlar bilan emas, balki aristokrat doirasidan chiqqan Dorant kabi kishilar bilan aloqa qilayotgani uchun faxrlanadi. «Agar men graf yoki markiz bo‘lib tug‘ilsam edi, ikki barmog‘imni kesib tashlashga rozilik berar edim», deydi u.

Molyer komediyada olg‘ir graf Dorantning «yoqimli do‘stim» deb aytgan so‘ziga taltayib ketgan, aristokratiya hayotiga kur-kurona ergashgan burjua Jurdenni qattiq tanqid qiladi.

Komediyadagi ijobiy obrazlardan biri yosh yigit Kleantdir. U Jurdenning qizi Lyusilni sevadi. Lekin Jurden yigitdan «siz dvoryanmi» deb so‘raydi. U ochikdan-ochiq «men dvoryan emasman» deb javob qaytarganida, Jurden bo‘lg‘usi kuyovi dvoryan bo‘lishi kerak, deb qizini unga bermasligini aytadi. Komediyaning oxirida Jurdenni laqillatadilar. Kleantni turkcha kiyintirib, uni Lyusilni qattiq sevib qolgan turk sultonining o‘g‘li deb ataydilar va ikki sevishganning bir-biri bilan topishishiga yordam beradilar.

XVII asrning 60—70-yillaridagi Fransuz voqeligi realistik aks ettirilgan bu asar keng tomoshabinlar ommasining sevimli komediyasi bo‘lib qoladi.

Molyerning so‘nggi komediyalaridan biri «Yolg‘on kasal» (1673) dramaturgning realistik mahorati yanada usganini ifodalaydi. Asardagi katta muvaffaqiyat bilan ishlangan obrazlardan biri burjua Argandir. Uning xudbin, pulning qudratiga tayanib, mol-mulk va pulga hirs qo‘ygan, o‘z manfaatidan boshqa narsani o‘ylamaydigan kimsa ekanligi yorqin ochilgan. Keyingi komediyalarida namoyon bo‘lgan oddiy kishidagi yaxshi fazilatlar aqcha girdobiga tushib qolgan egoist va munofik (Argan, Belina, Diafu- arus, Purgon) larga qarshi qo‘yilgan Tuanetada yana ochiq ko‘rinadi. U o‘zi tarbiyalagan Argan bolalarini sevadi, ularga ona kabi g‘amxo‘rlik qiladi va ularning manfaatlarini yoklab, yaramas niyatli kishilarning kirdikorlarini fosh etadi. Tuaneta avtorning «Skapenning nayranglari» (1671) komediyasidagi bosh qahramon xizmatkor Skapenga o‘xshash yoshlarga mehribondir. Pyesada insonni xususiy mulkchilik ofatidan xoli qiladigan sotsial o‘zgarish bo‘lishi kerak, degan obyektiv xulosa kelib chiqadi. Pyesa boshqa asarlarda uchraydigan sun’iylikning yo‘qligi dramaturg realistik mahoratining yana ham ortganini ko‘rsatadi.

Fransuz milliy dramaturgiyasining asoschisi va yaratuvchilaridan biri bo‘lgan Molyerning adabiy merosi barcha xalqlar uchun ham qimmatlidir. Chunki Molyer o‘sha zamon adabiyot qonunchilari «tuban» deb atagan komediyani yuqori bosqichga ko‘tarib, uni xalqning sevimli janriga, shuningdek, feodal-aristokratiya reaksiyasi, diniy jaholat, aqchaning halokatli ta’sirini qoralagan keskin kurash quroliga ham aylantirdi.

XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshida yashagan Fransuz dramaturglari Lesaj, Volter, Bomarshe, shuningdek, ingliz yozuvchilari Drayden, Filding va boshqalar Molyer realistik san’ati traditsiyalarini chuqur urganib, undan foydalandilar. Pushkin, Gogol va Belinskiy Molyer komediyalaridagi ziddiyatlar, realizmidagi cheklanganlik (klassitsizm estetikasi prinsiplariga yon berishi)ni ko‘rsatish bilan birga, uning ijodini yuksak baholaydilar.

O‘zlarining milliy teatrlari bo‘lmagan o‘zbek sahnasida «Tartyuf», «Zo‘raki tabib», qozoq sahnasida «Tartyuf», «Skapenning nayranglari», «Xasis», turkman sahnasida «Zo‘raki tabib» va «Yolg‘on kasal» komediyalarining muvaffakiyat bilan ko‘rsatilishi Fransuz demokrat shoiri Molyer adabiy merosiga katta qiziqish bilan qaraganining yorqin misolidir.


LAFONTEN (1621—1695)

XVII asr Fransuz adabiyotining yirik vakili, mashqur masalchi shoir Jan Lafonten (1621— 1695) Shato-Tyerida mayda chinovnik oilasida tug‘ildi. Dastlab u kishlok maktabqda, so‘ngra kolledjda o‘qiydi; Hukukshunoslikni urgansa ham, lekin ko‘proq adabiyotga qiziqadi. Antik va Uyg‘onish davri yozuvchilarining asarlarini diqqat bilan urganadi.

Lafontenning adabiy faoliyati kech boshlanadi. U o‘ttiz uch yoshida Terensiyning «Yevnux» komediyasini qayta ishlaydi. Bu pyesa avtorning bundan so‘nggi tanilishi va usishiga zamin yaratadi.

Lafonten ijodining birinchi davrida (1657—1663) aristokratii pretsioz adabiyoti ta’sirida bo‘ladi. U o‘ziga homiylik qilgan ministr Fukeni maqtaydi. Grek mifologiyasidan foydalanib yaratgan «Adonis» (1658) poemasida Adonisning ma’buda Vene- raga bo‘lgan muhabbatini tasvirlaydi. Ishdan chetlatilgan va hamalgan Fukega o‘z she’rlari (bilan xayrixoqlik bildirgani uchun qirol Lyudovik XIV va uning yangi ministri Kolber Lafontenni yoktirmay qo‘yadi va uni 1663 yilda Limojga surgun qiladi. Shu davrdan boshlab Lafonten ijodida katta burilish, uning feodal- absolyut hokimyatga munosabatida jiddiy o‘zgarish ruy beradi. Molyer bilan yonma-yon turgan Lafonten endi pretsioz adabiyotiga taqlid etishdan voz kechadi, realistik uslubni o‘zlashtirib, original asarlar yozishga kirishadi.

Lafontenning bu davrda (1664—1674) yaratgan ijodiy mahsuli cherkov va aristokratik xulq-atvor tankid qilingan she’riy yorqin dalilidir.

Xayoti va adabiy faoliyatiertaqlardan iborat edi. U o‘n yil ichida beshta «Ertaklar» kitobini yaratdi. Xalqka yaqin turgan Lafonten «Xujayin oldida gunoh qilgan dehqon» novellasida aybsiz aybdor delenii yoqlab, feodal zulmiga nafrat bildiradi.

Biroq Lafontenning she’riy ertaqlari o‘z mazmuni va fosh etuvchi kuchi bilan bir xi\ qimmatga ega emas. To‘rtinchikitob hukmron sinf va cherkovga qarshi qaratilgan o‘tkir satirasi bilan ayniqsa xarakterlidir. Shoir turmush quvonchlarini cherkov asketizmiga qarshi qo‘yadi. Undagi ertak va novellalar qisqa, ba’zilari bir necha she’riy satrdan iboratdir. Ko‘p ertaqlarida («hamshira Janna») cherkov xodimlari hajv qilinadi.

1675 yilda ministr Kolber «din asoslarini qo‘poradi» deb «Ertaklar»ning to‘rtinchi kitobini sotishni taqiqlab qo‘yadi. Lafonten ertaqlari bundan so‘ng Gollandiyada bosib chiqariladi. Ijodi absolyutizmga qarshi ruh bilan sug‘orilgani uchun ham kirol va ministr Lafontenning Fransuz akademiyasiga saylanishiga ruxsat etmaydi. Kolber o‘lganidan so‘ng, 1684 yilda Lafonten akademiyaga a’zo bo‘lib kiradi.

1694 yilda Lafonten masallarining o‘n ikkinchi kitobining nashr etilishiga erishadi. Keksayib kolgan shoirning bu asarida umidsizlik kayfiyati sezilsa x;am, lekin ba’zi masallarida («Ikki echki») absolyutizm hokimiyatining yemirilib borayotganiga ishora yaqkol ko‘zga tashlanadi. Sog‘ligi yomonlashib qolgan Lafonten bundan so‘ng yangi asarlar yarata olmaydi va u 1695 yilda vafot etadi.

Lafonten o‘z masallari bilan katta shuxrat qozondi. Masal janri absolyutizm, shuningdek,aristokratik reaksiyaga qarshi keng demokratik guruhlarning noroziligini qulay va tushunarli qilib bayon etish kuroli edi. Lafontenning xalqchillik g‘oyalari faqat uning masallaridagina ochiq namoyon bo‘ladi. Shoir masallarining birinchi olti kitobi 1668 yilda, ikkinchi besh kitobi 1678— 1679 yillarda nashr etiladi. Lafontenning masallari o‘zining demokratik ruhi va satirik kuchining o‘tkirligi va ezilgan omma- ning orzu-istaqlarini aks ettirishi bilan shoir ijodining eng yuqori chuqqisi hisoblanadi. Ezop davridan beri masal «tuban» tabaqalarning manfaatlarini ifodalab kelgan edi. Shuning uchun ham klassitsizm estetikasi masalni badiiy adabiyotning quyi turlariga kiritib keldi. Uning nazariyotchisi Bualo esa shoirdan yiroqlashib, Lafonten ijodi hakida o‘zining «Poeziya sanati» da bir og‘iz ham so‘z aytishga jur’at etolmadi. Shoir masallarining ko‘pchiligi chukur gumanistik g‘oya va haqqoniy realistik tasvirga boydir. Lafontenning klassitsizm estetikasining adabiy normalari doirasidan chiqib, original asar yaratishdagi maho- ratini «O‘tinchi va o‘lim» masalida yakqol ko‘rish mumkin. Shu sabab- li Bualo bu masaldan norozi bo‘lib, uni o‘z didiga moslab qayta ishlaydi. Lekin u, Lafonten erishgan chuqur mazmun va badiiy yuksaqlikka erisha olmaydi. Lafonten va Bualo antik masalchisiEeopdagi bir syujetdan foydalanganlar. (Og‘ir mehnat va turmush mashaqqatidan tinkasi qurigan o‘tinchi dehqon bu dunyo bilan xayr- lashmoq maqsadida o‘z oldiga azroilni chaqiradi. Azroil o‘tinchidan nimani istashini so‘raganda, undan qo‘rqib ketgan dehqon bir bog‘lam o‘tinni ko‘rsatib, uni yelkasiga olib qo‘yishni iltimos kiladi.)

Klassitsist Bualo o‘z masalida kambag‘al o‘tinchi haqidagi kul- gili ertakni hikoya etib berishdan nariga o‘tmaydi, o‘tinchining og‘ir ahvoliga achinmaydi, uning qashshoqligining ijtimoiy sabab- lariga qiziqmaydi ham. Gumanist yozuvchi Lafonten esa bu masalaga boshqacha yondashadi va kambag‘alning og‘ir ahvoliga achinib, bu oddiy insonning mashaqqatlarni yengish uchun zo‘r 'ishonch bilan yashashini ochiq-oydin tasvirlaydi. Dehqonning qashshoqlanishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy illatlar, so‘rab olgan muhitning yaramasligini ifodalash bu masalning asosiy g‘oyasini tashkil etadi.

Yozuvchining dastlabki kitobida ham realistik tasvir va demokratik ruh bilan sug‘orilgan masallari anchagina. Bu kitobda aristokratiyaning mag‘rurligini masxara qilgan «Dub va hamish», burjuaziyaning qo‘rqoqligini ko‘rsatgan «Kalamushlar kengashi», saroy tekinxurlarini qoralagan «Pashsha bilan chumoli», adolatsiz sudni tanqid qilgan «Maymunlar sudida tulkiga qarshi shikoyat bilan chiquvchi bo‘ri», absolyut hokimiyat zulmiga ishora etgan «Kasal arslon va tulki», shuningdek, ruhoniy va dvoryanlarning yovuzliklarini fosh etuvchi bir qator masallari diqqatga sazovordir. Biroq bu masallarida siyosiy-ijtimoiy hayotdan ko‘ra maishiy hodisalar tasviri ustun turadi va bu hodisalar abstrakt holda talqin qilinadi. Ijtimoiy ziddiyatlar inson tabiatida azaldan mavjud bo‘lgan kamchiliklar deb ko‘rsatiladi. «Bo‘ri bilan qo‘zichoq» masalining ma’nosi zo‘r hamma vaqt bo‘lib chikadi, degan mavhum xulosa bilan tugallanadi.

Dastlabki masallarida qirol—arslonning yirtqichligi, zo‘ravonligi orkali qirolga faqat ishora qilinsa, «Masallar»ning ikkinchi nashriga kirgan kitoblarida endi «hayvonlar shohi» zulm va adolatsizlikni mujassamlantirgan monarx sifatida satira ostiga olinadi. Arslon va uning atrofidagi yirtqich hayvonlar orkali shoir mustabid qirol va saroy aqlini ifodalaydi. Masaldan kelib chiqadigan xulosa ham aniq va chuqur sotsial ma’- noga egadir.

«Yirtqich hayvonlar o‘lati» masalida ham yomonlik va zulm man- bai — saroy, qirol va uning yordamchilari qoralanadi. Ularning hayoti zo‘ravonlikka, kambag‘allarni ekspluatatsiya qilishga asos- langan, shuning uchun hukmdorlardan yaxshilik, shafqat kutish mum- kin emas, degan xulosa masalning asosiy g‘oyasini ifodalaydi.

Shoirning ikkinchi to‘plamiga kirgan masallarida sotsial satira keskinlashadi. Pul hukmronligi va uning halokatli ta’sirini («Etikdo‘z va ulgurji savdogar»), sudning sotqinligini («Mushuk, laycha va quyon») qirollik hukumati va din ahllarining yovuzliklarini («Arslon, bo‘ri va tulki», «Ona arslonni ko‘mishmarosimi», «Ruhoniy va murda») masallarida katta badiiy kuch bilan aks ettiradi.

Lafontenning dastlabki masallari tasviriga xos kinoya va ko‘zatuvchilik o‘rnini, endi 70-yillarning oxiriga kelib, qonkret sotsial satirik va realistik tasvir egallaydi. Xayvonlarning allegorik figurasi o‘rniga inson obrazi paydo bo‘ladi. Bu yillari shoir qirol Lyudovik XIV ning bosqinchilik urushini qoralagan va tinch ijodiy mehnatni ardoqlagan chuqur mazmunli masallar («Dunaylik dehqon», «Savdogar, dvoryan, chupon va shoh o‘g‘li») yaratish bilan keng xalq ommasi o‘rtasida shuhrat qozondi.

Lafonten antik dunyo, o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri masal- chilik traditsiyalarini urganib, ularga favqulodda realistik xarakter va satirik ruh kiritadi, bu janrni yangi badiiy yuksak- likka ko‘taradi. Uning masallari soddaligi va o‘z davri ijtimoiy hayotini keng hamrab olishi, meqnatkash omma manfaatlarini qizgin himoya qilib chiqishi bilan qimmatlidir. Belinskiy I. Krilovning masallari haqida yozib, masal badiiy buyog‘i, o‘z belgilari va xarakterlari bilan kichik povest va drama bo‘lishi kerak, deb ko‘rsatgan edi. Hiqatan ham Lafonten — mana shunday masallar yaratib XVII asr Fransuz adabiyoti va, xususan, masalchilik janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Shuning uchun ham Pushkin Fransuz xalqi ruhiy boyligini mujassamlantirgan Lafontenni buyuk masalchi sifatida Krilov bilan bir qatorga qo‘ygan edi.

BU ALO (1636—1711)

Klassitsizm adabiy uslubining yirik nazariyachisi shoir Ьualo Parijda burjua-chinovnikoilasida tug‘ildi. U diniy aqidalar va huquqshunoslikni urgandi, so‘ngra advokat bo‘lib ishlaydi. Satiralar yozib shuhrat qozongach, Bualo butunlay adabiyot bilan shugullanadi. 1673 yilda Lyudovik XIV Bualoni saroy tarixchisi qilib tayinlaydi. 1684 yilda Bualo Fransuz akademiyasiga a’zo bo‘lib saylanadi. Adabiy faoliyatining dastlabki bosqichida yozgan satiralarida shoir qonunchi lo‘ttibozlar, munofiq taqvodorlar, kekkaygan dvoryanlar va boylikka hirs qo‘ygan kishilarni qattiq qoralaydi. Bualo satiralardan tashqari, nomalar, epigrammalar ham yozadi. «Roman qahramonlari» nomli parodiyali dialogida (1664) shoir feodal o‘zboshimchaligi bilan bog‘langan XVII asr aristokrat — pretsioz adabiyotini qattiq tanqid qiladi.

Bualoning muhim asari «Poeziya san’ati» nomli didaktik poemasidir, shoir bu asarida klassitsizm adabiy uslubining qoi- dalarini asoslab berdi. Bualo Dekartning falsafiy metodinibadiiy adabiyotga tatbiq qildi. Klassitsistlar estetikasi uchun xarakterli narsa aql-idrokka tayanishdir. Bualoning fikricha, aql-idrok san’atning oliy maqsadi bo‘lgan go‘zallikni yaratadi. Aql-idrok vositasi bilan Bualo antik jamiyatda yaratilgan, guyo hamma davr uchun bir xil qimmatga ega bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda yo‘qolib ketgan va endi faqat yukori guruxlarga ma’lum bo‘lgan oliy -badiiy didni tushunadi. Uning shahar va saroyni urganingiz, degan shiori shundan kelib chikadi. Bualo saroy doirasidagi kishilar talabiga javob beradigan asar yozishga chaqiradi. U absolyutizm g‘oyalarining maddohi edi. Shuning uchun ham hamma «tuban», «qo‘pol» narsalarni rad etgan Bualo xalq va uning oddiy turmushini aks ettirgan Molyerni iqoralaydi.

Klassitsizm adabiyoti antik madaniyatga ergashishdan kelib chiqdi. Uyg‘onish davrida grek va Rim san’atini urganish o‘rta asr diniy-asketik dunyoqarashiga norozilik bildirish uchun kerak edi. Birok bu voqea XVII asrda Fransiyada o‘ziga xos shaql va ma’naviy mazmun kasb etadi. Ular antik yozuvchilar asarlarini o‘sha davr hayotini realistik tasvirlashda namuna bo‘ladigan bir ijod deb emas, balki qonkret tarixiy sharoitga bog‘liq bo‘lmagan mavhum go‘zallik ideali .namunasi deb kabul qiladilar. Klassitsizm vakillari uchun o‘z davri kishilari turmushini urganishning zaruriyati yo‘q, antik adabiyot klassiklari yaratgan obrazlar, ular tasvirlagan xarakterlar va qadimgi adabiyotni urganish va unga taqlid qilish yetarlidir. Chunki tiplar, ularning tushunishicha, mangu va o‘zgarmasdir. Shu sababli klassitsizm asoschilari badiiy ijod normalari, uning o‘zgarmas va mutlaq qonunlarini belgilashga harakat qiladilar. San’atni qat’iy qoida va qolipga soladilar. Klassitsizm nazariyasi olimlarning mavhum aqliy mulohazalaridan kelib chiqqan bo‘lsa ham, lekin ularning antik san’atkorlarning adabiy tajriba va metodlarini urganishga intilishlari o‘sha davr uchun, shubhasiz, ijobiy hol edi. Lekin ular Aristotelning antik adabiyotni yakunlab bergan va asosiy belgilari bilan materialistik bo‘lgan estetikasini tushunib yetmadilar, unga formal taqlid qildilar. Shuning uchun ham klassitsizm yozuvchilari yaratgan obrazlardagi mavhumiylik va sxematizm adabiyotning keng realistik yo‘lda rivojlanishiga yo‘l bermas edi. Bualo estetikasidagi realistik tendensiyaning chegaralanganligi ana shundan kelib chikadi.

Pushkin «Xalq dramasi hakida» maqolasida klassitsizm adabiyoti paydo bo‘lgandan boshlab xalq (Shekspir) tragediyasi bilan saroy (Rasin) tragediyasi o‘rtasidagi katta farkni ko‘rsatib o‘tgan edi. Bu farq shundan iborat ediki. xalq tragediyasi ijodchisi o‘z tomoshabinlariga nisbatan ancha ma’lumotli edi, shuning uchun katta jasorat va kutarinki ruh bilan ular talabiga javob beradigan erkin asarlar yarata bildi. Saroyda esa yozuvchi o‘zini tomoshabindan tuban deb his kiladi, u «baland martabali» kishilar didiga yoqish uchun o‘z erkinligidan kechadi, ularni ranjitib quymaslikka intiladi, natijada istar-istamas sun’iylikkaberiladi, realistik tasvir o‘rnini sxematizm egallaydi. Saroy tragediyalari tilidagi dabdabalilik saroy aqliga yoqishga urinishdan kelib chiqqandir.

Biroq XVII asr Fransuz adabiyotining ilg‘or yozuvchilari (Molyer, Lafonten) klassitsizmning qotib qolgan qoidalari doirasidan chetga chiqib, yirik realistik asarlar yaratishga erishadilar.

JAN RASIN

(1639—1699)

XVII asr Fransuz adabiyotining yirik dramaturgi Rasin provinqiya shaxari Ferte-Milonda sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Ota-onadan yosh yetim kolgan Rasinni buvisi Bove shaqridagi kolledjga o‘qishga beradi. U maktabda (1649—1655) hukmron katolikcherkoviga qarshi oppoziqiyada bo‘lgan yansenistlar sektasi tarafdorlari qo‘lida tarbiya ko‘radi. 1655 yilda yana uqishini davom ettirish uchun u Por-Royalga kuchiriladi. Yansenistlarning o‘qitishmetodi iyezuitlarning sxolastik metodidan farq qilar edi. Shuning uchun ham Rasin bu yerda filologiya bilan shug‘ullanadi.

So‘ngra u Parijga kelib, Garkur kolledjida o‘qiydi va falsafakursini tugatadi.

Yansenistlar bolani asketik ruhda tarbiyalashga urinadilar. Lekin yosh Rasin poeziyaga qiziqadi. Antik yozuvchilarining asarlarini zo‘r havas bilan urganadi va badiiy ijodga kirishadi. Rasin Lyudovik XIV ning uylanishiga bag‘ishlab yozgan qasidasi bilan nom chiqaradi. U Molyer va Lafontenga yaqinlashadi.

. 1664 yilda Molyer teatri yosh dramaturgning birinchi mustaqil asari «Fivaida yoki dushman aka-ukalar» tragediyasini sahnaga qo‘yadi. Rasin «Buyuk Aleksandr» tragediyasini avval Molyer teatrida ko‘rsatadi, lekin tezda undan olib bu teatrga rakobatchi Burgund Oteli teatriga beradi. Bu hodisa sahna san’ati haqida Molyer va Rasin qarashlaridagi prinsipial ziddiyatlardan kelib chiqadi. Kornel va Molyerdan yiroklashgan Rasin shoir-nazariyachi Bualoga yaqinlashadi. 1667—1669 yillarda ketma-ket «Andromaxa», «Sudbozlar», «Britannik» pyesalari sahnaga qo‘yildi. «Britannik» tragediyasiga Bualo yuqori baho beradi.

1670 yilda mashhur tragik yozuvchi Kornel va Rasin bir syujetda ikki asar —«Tit va Berenika», «Berenika» tragediyalarini yaratadilar. Bu musobaqada Rasinning pyesasi ustun chiqadi. «Berenika» tragediyasida Rasin shaxsiy manfaat bilan ijtimoii burch bir-biriga zid kelmasligi kerakligi va monarxiya tuzumining gumanizmga zid ekanini ko‘rsatadi.

Rasin 1672 yilda turk saroyi urf-odatlarini aks ettirgan «Bayazit», 1673 yilda «Mitridat» tragediyalarini yozadi. «Ifigeniya Avlidada» (1674) pyesasi dramaturgga yangi muvaffaqiyat keltiradi. Agar Volter «Berenika» tragediyasini zaif deb atagan bo‘lsa, «Ifigeniya»ga yuqori baho beradi.

Saroy intrigalari natijasida Rasinning eng yaxshi tragediyasi «Fedra» (1677) sahnada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Unga nisbatan qasddan uyushtirilgan ig‘vodan so‘ng yozuvchi drama- turgiyani tashlaydi va saroy tarixchisi bo‘lib qoladi. O‘n ikki yil o‘tgach, qizlar pansionining boshlig‘i de Mentenon xonimning iltimosi bilan, uch aktli «Esfir» tragediyasini yozadi. Rasin 1691 yilda so‘nggi asari—«Gofoliya» («Ataliya») tragediyasini yaratadi. Bu pyesalarida mutlaq hokimning o‘zboshimchaliklariga qarshi norozilik alomatlari ochik; ko‘rinib turadi.

Yozuvchining so‘nggi asarlari Lyudovik XIV ni g‘azablantiradi va u Rasinni yoqtirmay qo‘yadi. Natijada yozuvchi hayotining so‘nggi yillari osoyishta o‘tmaydi va, nixoyat, u 1699 yilda vafot etdi.

Rasin dunyoqarashida yuz bergan ziddiyat istibdod-monarxning xukmronlik qilishi haqidagi illyuziya bilan uning o‘zboshimchaliklariga qarshi nafrat bildirishida ko‘rinadi. Absolyutizmga ishonch Rasindagi realistik yo‘nalishning keng rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi. Lekin Rasin o‘zining eng yaxshi asarlarida voqelikning haqqoniy tasviriga erishadi. Yozuvchi insonning qadr- qimmati uning kelib chiqishiga qarab emas, balki shaxsiy sifatlariga asoslanib belgilanishi kerak, degan xulosaga keladi. U sosloviyalik tengsizlik asosida yuzaga kelgan feodal-aristokratiya jamiyatini qoralaydi. Rasin asarlarida realistik belgilar asta-sekin shartli abstraktlikni surib chiqara boshlaydi. Rasin dunyoqarashida uchragan ziddiyat uning adabiy metodida ham kurinadi. Klassitsistlar estetikasi koidalariga amal qilgan dramaturg uch birlik talablariga buysunadi, syujetni antik adabiyotdan oladi, sahnada hukmron doiralar va ularga yaqin turgan shaxslar ko‘rsatiladi. Ommaviy ko‘rinishlardan voz kechadi. Ish- tirok etuvchilar sonini kamaytiradi. Sahnada voqea qahramon- larning harakati bilan ochilmaydi, balki bo‘lib o‘tgan yoki bo‘layotgan hodisalarni dabdabali so‘zlar bilan hikoya qilib berish orqali tushuntiriladi. Klassitsizmning bu shartli, abstrakt varatsional qonunlari Rasin ijodiga salbiy ta’sir etmasligi mumkin emas edi. Lekin dramaturg bu adabiy qonunlar doirasida o‘ralashib qolmaydi. U qahramonlarning faqat ijobiy tomonini emas, balki kamchiliklarini ham, umuman, sahnada ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan voqealardan boshqa hamma narsani aks ettirish, o‘zluksiz deklomatsiyaga berilmaslik kabi realistik talablarni ham ilgari surdi. Rasin gumanistik g‘oyalarni qat’iy himoya qilib, hukmron doiralarning zo‘ravonlikka asoslangan siyosatlarini qoralagan eng yaxshi tragediyalari («Andromaxa», «Britannik», «Fedra»)da pretsioz adabiyotining xashamdorligini, klassitsizmning shartli mavhumiyligini ham yengib, favqulodda aniqlikka erishadi.

«Andromaxa» (1667) Rasin ijodida yuz bergano‘zgarishni ifodalagan birinchi yirik tragediyadir. Yozuvchi pyesaning syujetini antik mifologiyadan olgan. Asarning bosh qahramoni Troya pahlavoni Gektorning xotini Andromaxadir.

Shahar greklar tomonidan bosib olinib, unta o‘t qo‘yilgan. Gektor Axilles tomonidan o‘ldirilgan bo‘lib, beva qolgan Andromaxa yosh o‘g‘li Astianaks bilan Axillesning o‘g‘li Epir shohi Pirr qo‘liga asir tushadi. Mayus asira jasur va shafqatsiz Pirrda muhabbat uyg‘otadi. Biroq qahramon Pirr bu ayol oldida o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Lekin Andromaxa erini o‘ldirgan va xalq boshiga kulfat solgan kishining o‘g‘lini sevishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham Pirr goh g‘azablanib, uning o‘ziga buysunishini talab qiladi, o‘g‘lini jazolash bilan qo‘rqitadi, goh unga yalinib- yolvoradi. Andromaxa farzandi uchun tug‘ilgan xavfni bartaraf etish maqsadida bir makr ishlatishga qaror qiladi. U Pirr bilan nikohdan o‘tadi-ku, lekin o‘sha kuni o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Pirrni sevuvchi shoh Menelay bilan Yelenaning qizi Germiona uning Andromaxaga uylanishi haqidagi gapni eshitgach, rashk iztirobi bilan undan o‘ch olishni yigit Orestga topshiradi. Nikoh rasmiyati o‘tkazilayotgan bir vaqtda Orest sevgan qizining talabini rad etolmay, Pirrni o‘ldiradi. Sevgan yigitining fojiali o‘limidan so‘ng Germiona ham o‘zini halok etadi.

Rasin «Andromaxa» tragediyasida qadimgi syujetni olib, unga yangi matno kiritdi. Monarx va unga yaqin doiradagi odamlarning yaramas xulq-atvorlarini qoralaydi. Shoh Pirr, Germiona va Orest obrazlari orkali davlat manfaatlarini unutgan, egoist va jamiyat uchun katta xavf bo‘lib qolgan mutlaq hokimni tanqid qilib, absolyutizm krizisini tasvirlaydi. Yozuvchi axloqiy bo‘zuq kishilarga Andromaxa obrazini qarshi qo‘yadi. Bu ayol— o‘z bolasiga mehribon ona, eriga vafodor xotin, xalqiga sodiq haqiqiy bir insondir. Asarning pirovardida egoistik intilishlar bilan harakat qiluvchi kishilarning mag‘lubiyati Andromaxaning ma’naviy g‘alabasidan dalolat beradi.

Rasin tragediyalari bilan Kornel tragediyalari o‘rtasida o‘zil-kesil farq bor. Kornel pyesalaridagi kahramonlar ko‘pmashaqatlarni kechirib, o‘z ehtiroslarini yengib, oxirida g‘alaba qiladilar. Davlat oldidagi burchlarini o‘z manfaatlaridan yuqori qo‘yadilar. Rasinning qahramonlari esa bunday emas. Ularda ichki ehtiros siyosiy masalalardan ustun turadi. Pirr mag‘rur va botir kishi, lekin u sevgi oldida mamlakat manfaatlarini unutib qo‘yadi. Orest ham Germionaga muhabbati tufayli davlatga xiyonat qiladi, insonlik qiyofasini yuqotib, odam o‘ldirishgacha boradi. Germiona faqat o‘z sevgisini biladi, u muhabbat qo‘ygan kishisi uni sevadimi-yo‘qmi, masalaning bu muhim tomoni bilan .qiziqmaydi. Shuning uchun u Pirrning o‘limiga sababchi bo‘ladi.

«Britannik» (1669) Rasinning o‘z davri uchun «Britannik» aktual masalalarni aks ettiruvchi yirik tratragediyasidir. Asar syujeti uchun materialniyozuvchi Rim tarixidan oldi va zolimga aylangan monarxlar va absolyutizmni qattiq tanqid etdi. Taxtni egallab, hokimiyatni boshqarishni o‘z qo‘liga olgan Neron tez vaqt ichida o‘zgaradi, onasini ham mensimay qo‘yadi, vaholanki, Agrippa o‘g‘lini taxtga chiqarish uchun o‘z amakisi keksa Klavdiyga tekkan va uning o‘g‘li Britannikni quvib yuborgan edi. Ona o‘g‘lining Mavqeini mustaxkamlash maqsadida uni Klavdiyning qiziga uylantirib, qizning sevgan yigitini o‘ldirtirgan edi. Cheklanmagan hukmronlik va mansabni suiiste’mol etish zolimlikka olib boradi. O‘lgan imperator Klavdiyning taxtga merosxur o‘g‘li Britannik Neron nazarida katta xavf edi. Raqibining sevgani go‘zal Yuniyani kurib qolgan Neron kizni zo‘rlab o‘ziga xotin qilib olish, Britannikni esa o‘ldirish yo‘lini axtara boshlaydi. Bir kuni u saroyga Britannikni mehmonga chaqiradi va zahar berib, uni halok etadi.

Tragediyada Neronni tarbiyalashda ishtirok etgan ikki saroy kishisi ham ko‘rsatilgan. Ulardan biri qo‘rqmas jangchi va hakiqat uchun kurashuvchi Burr, ikkinchisi munofiq Narqissdir. Neron o‘z qilmishlaridan xavfsirab, ikkilanib yurgan vaqtlarida Narqiss uni Rim xalqini doimo qullikda saqlashga undaydi. To‘g‘ri so‘z, pok qalbli Burr davlatning og‘ir ahvolidan tashvishga tushib, Neronga monarxning xalqparvar va mamlakatning osoyishtaligi uchun javobgar shaxs bo‘lishi keraqligini aytib, unga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Biroq saroy muhiti (Narqiss singari riyokorlar) Neronni to‘g‘ri yo‘lga solish o‘rniga, uni yangi-yangi jinoyatlar qilishiga undaydi.

Zolimga aylangan mutlaq hokimning xatti-harakatlarini koralagan Rasin xalq kuchiga ham tegishincha baho beradi. Riyokor Narqiss Yuniyani monarx qo‘liga topshirmoqchi bo‘lganida, bunday o‘zboshimchaliklardan g‘azablangan omma uni o‘ldirib, qizni qutqarib oladi.

Kornel o‘z tragediyalarida absolyutizmni mustaxkamlash, mamlakatning birligini yuzaga keltirish uchun kurashgan kuchli odamlarni ko‘rsatgan edi. Rasin XVII ayerning ikkinchi yarmida ijod etdi. Bu vaqtda absolyut hokimiyatning karama-qarshiliklari kuchayib ketgan, mutlaq hokim esa, o‘zining cheklanmagan huquqlaridan foydalanib, o‘z shaxsiy istaqlarini qondirish yo‘lida o‘ta zolimga aylana boshlagan edi.

Yozuvchi mamlakat hayotida yuz bergan ana shu voqealarni katta haqqoniyat bilan ochib berdi. Garchi tragediyada tarixiy voqealar aks ettirilgan bo‘lsa zsam, lekin bu vokealar orqali zamonasining siyosiy hayotiga oid masalalar, Lyudovik XIV ning davlatni bosh- qarishni o‘z qo‘liga olishi, mutlaq hokim sifatida o‘zboshimchaliklar kila boshlagani tasvirlanadi. Bu asarning boshqa trage- diyalaridan farqi ham shundadir. Rasinning yana bir realistik tragediyasi «Fedra» (1677) da ham aristokratik muhitining ax- loqiy va ma’naviy tushkunligi fosh qilinadi.

Rasin o‘zidagi klassitsizmning ratsionalistik cheklanganligini yengib, absolyut hokimiyatda yuz bergan adolatsizlik davlat tepasida turgan kishining gunohi bilan emas, balki o‘sha davlat tartibining yaramasliklari natijasi, deb obyektiv xulosa chiqarishgacha keldi. Shuning uchun ham hukmron sinflar asarning xalq ommasiga o‘tkazadigan ta’siridan cho‘chib, har xil baxonalar bilan tragediyaning satirik kuchini yuqotishga va yozuvchini obru- sizlantirishga urindilar.

Rasinning hamma yirik pyesalarining sahnada uynalishireaksiyaning qarshiligini oshiradi. Saroy intrigalari ulug‘ dramaturgning talantini bug‘ib qo‘yadi. Agar Rasin dastlabki o‘n yil mobaynida (1667—1677) sakkiz tragediya yozgan bo‘lsa, undan keyingi o‘n ikki yil ichida (1677—1689) hech narsa yarata olmadi. Chunki u ijodiy ishni tashlab ketishga majbur bo‘lgan edi. Lekin 80- yillarning oxiri, 90- yillarning boshlaridagi voqealar, absolyut hokimiyat krizisining keskinlashuvi bilan birga mamlakat iqtisodiy ahvolining og‘irlashishi, dehqonlarning qashshoqlashishi, 1685 yilda Nant farmonining bekor etilib, gugenot (protestant)larning ta’qib qilinishi, yansenistlarga qarshi boshlangan hujum—bularning barchasi oppozitsiyachi kuchlarni jonlantiradi. Yangi sharoitda Rasin yana qo‘lga qalam oladi. O‘z fikrini ochiq aytish kiyin bo‘lgani uchun u tavrot temalaridan foydalanib, ular orqali o‘z noroziliklarini bayon qiladi.

Qizlar yopiq maktabi o‘quvchilari uchun yozgan «Esfir» (1689) tragediyasida gugenotlarning o‘z e’tiqodlari uchun olib borgan kurashlarining hukmron katolik cherkovi tomonidan bostirilishiga, so‘nggi tragediyasi «Ataliya» («Gofoliya», 1691) da absolyut hokimyat va qirolning o‘zboshimchaligi va zulmiga qarshi ochiq noroziliklarni aks ettiradi.

O‘z e’tiqodidan qaytgan Isroil shohlari avlodidan bo‘lmish Yerusalim malikasi zolim Ataliya Yerusalim shohlari avlodidan kelib chikqan o‘z bolasi va nabiralarini o‘ldira boshlaydi. Shah- zodalardan faqat Ioas qutqarib kolinib, chekkalikdagi bir qasrda tarbiyalanadi. Buni sezib kolgan malika Ioasni halok ztish payiga tushadi. Biroq qasrning popi Ioday, uning xotini Iosavet, bolalari Zaxariya va Sulamif shahzodani saqlab kolish uchun barcha choralarni ko‘radilar. Oxirida zulmkor malika Ataliya o‘z fuqarolari tomonidan o‘ldiriladi va shahzoda Ioas taxtga chiqadi.

Tragediyadagi asosiy salbiy obraz — bu malika Ataliyadir. Uning zulmi va xulq-atvori orqali yozuvchi saroydagi adolatsiz- liklarni fosh etadi. Garchi voqea Yerusalim saroyida bo‘lib o‘tgan, deb ko‘rsatilsa ham, lekin Lyudovik XIV saroyidagi kelish- movchiliklar, absolyutizmning inqirozga uchrashi natijasida ku- chayib ketgan o‘zboshimchaliklarni tasvirlagani sezilib turadi. Ataliyaning jazolanishi uning xalqqa o‘tkazgan zulmi uchun olingan qasos, deb izohlanadi. Biroq pyesada xalq «Britannik» pyesa- sidagidek aktiv rol o‘ynamaydi. Zolimga qarshi bosh ko‘tarib chiqqanlar ham bir tuda kishilardir. Ataliyaning yovuzligiga uning dinni o‘zgartirishi, Ioday va boshqalarning adolatli bo‘lishlariga esa ularning dindorliklari sabab bo‘lgan, deb ko‘r- satiladi. Bu hol asarga ma’lum darajada abstraktlik kiritadi. Yozuvchi qarashlarida bunday qarama-qarshiliklar mavjudligiga qaramay, bu tragediya absolyutizm tushkunligini haqqoniy ko‘rsatib bergan va istibdodchi monarxga qarshi kurash g‘oyasini ilgari surgan uning so‘nggi yirik asaridir.

O‘z zamonasida bo‘lgani kabi, undan keyingi davrlarda ham re- aksion adabiyotchilar Rasin ijodini kamsitish, uning xalqchillik va satirik ruhini yo‘qqa chikarish uchun jon-jahdlari bilan urinib keldilar. Ilg‘or yozuvchilar esa Fransuz dramaturgiyasining rivojlanishiga Rasinning qo‘shgan munosib hissasini ta’kidlab o‘tganlar. Rasin o‘rta asr feodal axloqiga katta putur yetkazgan «birinchi yangi shoir bo‘ldi» degan edi Geyne. Pushkin, Gersen va Belinskiy saroy ta’siri ostida yuzaga kelgan asarlaridagi ratsionalistik cheklanganlik va qarama-qarshiliklarni ko‘rsatish bilan birga, Rasinning ijodiga yuksak baho berdilar. Belinskiy Rasinning «Ifigeniya Avlidada» tragediyasini chuqur analiz qildi. Pushkin Rasin bilan Shekspirning adabiy metodi o‘rtasidagi farqni ta’kidlash bilan birga, ulardagi mushtarak tomonlar — xalqchillik va gumanizm har ikkala yozuvchini bir-biriga yaqinlashtirganini ham qayd etadi. Pushkin «Xalq dramasi haqida» degan maqolasida drama san’atining mohiyatini tahlil etib, bu ulug‘ yozuvchilarning o‘ziga xos tomonlarini ham ko‘rsatdi. «Tragediyada nima rivojlanadi? Uning maqsadi nimadan iborat?—deb yozadi Pushkin,— Inson va xalq. Inson takdiri— xalq takdiri. Mana shuning uchun ham tragediya formasining turliligiga qaramay, Rasin ulug‘dir. Mana shuning uchun ham asarlarining bir tekisda bo‘lmasligi, bezagining kurimsizligiga karamay, Shekspir ulug‘dir».

«Fransiya va Italiyadan xatlar»ida Gersen ham Pushkin kabi Rasin asarlaridagi ichki ziddiyatlarni payqadi. Tashqi ha- rakatlarning kamligi, mazmunining ratsionalistik cheklanganligini qayd qilgani holda, uning yirik tragediyalarida ichkidramatizm kuchliligi, «dialog ko‘pincha harakatni yo‘qqa chiqarsa ham, lekin u nafis va uning o‘zi harakat»dan iborat bo‘lganini ko‘rsatadi. «Berenika» tragediyasida ifodalangan zulmga qarshi kuchli nafrat Gersnni hayajonlantirgan edi.

«Andromaxa», «Britannik» va «Fedra» kabi ajoyib trage- diyalar yaratgan Rasinning adabiy merosi o‘sha davrning yirik dramaturglari Molyer va Kornelning adabiy meroslari qatorida munosib o‘rinda turadi.
Mavzu yuzasidan qisqacha xulosa:

Klassitstik yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosqichiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat, deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuqlarini qabul qildilar. Biroq mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni qattiq logik qonunlarga bo‘ysundirish kllassitsizm adabiyotini cheklab qo‘ygan edi. Shuning uchun ham uning qotib qolgan qonunlarini A.S..Pushkin va rus adabiyotshunoslari tanqid qilganlar. Lekin bunday salbiy tomonlari bo‘lishiga qaramay, klassitsizm o‘z davri madaniy hayotida katta voqea edi.

XVII asrning ilg‘or yozuvchilari ijodi o‘sha davrning yirik mutafakkirlari F.Bekon, Gobbs, Kampanelli, Dekartlarning falsafiy qarashlari bilan bog‘liq ravishda rivoj topadi. Ular ta’limotidagi materialistik an’ana idealistik an’anaga qarshi qaratilgan edi. Bu narsa feodal olami va uning urf-odatlarini tanqid qilishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. XVII asr G‘arbiy Yevropa adbiyoti o‘z davri hayotining turli-tuman manzarasini gavdalantirgan Milton, Kornel, Rassin, Molyer, Lope de Vega va Kalderon kabi yirik yozuvchilarni yetishtiradi, ularning ko‘p qirrali va esqilikni fosh etuvchi ijodi hozirgi kungacha g‘oyaviy mazmuni va badiiy qimmatini saqlab kelmoqda.


Download 399.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling