Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary education karshi state university


MAVZU: Villiam Shekspir - Angliya Uyg'onish davri adabiyotining buyuk vakili


Download 399.07 Kb.
bet6/57
Sana08.01.2022
Hajmi399.07 Kb.
#247503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
UMK majmua 222

3. MAVZU: Villiam Shekspir - Angliya Uyg'onish davri adabiyotining buyuk vakili

Reja


Renessans – eng buyuk progressiv o‘zgarishdavri

Uyg‘onish davri inglizadabiyoti

V. Shekspirning hayoti va adabiyfaoliyati

Shekspir ijodining davrlargabo‘linishi.


Kalit so’zlar: renessans, feodalizm, tragediya, komediya, sonet, xronikalar, realistikmetod,utopiya,gumanizm,―Globus‖teatri,tragikkomediya.
Renessans – eng buyuk progressiv o`zgarish davri.

Feodalizm sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G`arbiy Yevropada Renessans, ya‘ni uy`gonish harakatiga asos bo`ldi. Madaniyat tarixida Renessans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada va ko`p o`tmay Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham boshlanadi.

XVI asrning o`rtalarida Italiyada, XV asrning ikkinchi yarmida Fransiya, Angliya, Ispaniya, Germaniya va Nederlandiyada katta iqtisodiy, ijtimoiy o`zgarishlar yuz berdi. Yevropaning turli mamlakatlarida yuz bergan bu jarayonni Italyanlar - kvinkvechento, fransuzlar – renessans, nemislar–reformatsiya, umuman olganda Uyg`onish deb ataganlar. Ammo bu nomlarning hech qaysisi bu tarixiy jarayonning olamshumul ahamiyatini to`liq ochib bera olmaydi. Bu harakat umuman feodalizm bosqichi, uning davlat tuzumi moddiy manbai bo`lgan krepostnoychilik va ularning hammasini oqlovchi, tasdiqlovchi xristian dinining katolik mazhabiga qarshi keskin kurash e‘lon qiladi va u zamonasi uchun progressiv, demokratik, gumanistik ideallarni olg`a suradi.

Shimoliy Karolina Unversiteti professori Vilyam Harmon Uyg`onish davriga shundayta‘rifberadi:―Renaissance-Thiswordmeaning―rebirth,‖iscommonlyapplied to the period of transition from the medieval to the modern world in Western, Europe. Renaissance the 14th, 15th,16thand early 17thcenturies, the dates differing for different countries. The English Renaissance for example flourishing a full century behind the Italian Renaissance in its flowering. The Renaissance resulted from new forces arising within the old order, with attempts to effect some kind of adjustment between traditional allegiances and modern demands, So it was an age of compromise, a chief aspect , of which was an endeavor to harmonize a newly interpreted Christian tradition with an ardently admired and in part newly discovered tradition of pagan classical culture‖1

XV asrning ikkinchi yarmida Yevropa mamlakatlarining ko`pchiligida pul aloqasi, savdogarlik, kapilastik manufaktura kelib chiqadi, ichki va tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanadi. Ayni shu davrda kashf etilgan okean va dengiz yo`llari, yangi mamlakatlarning ochilishi Uyg`onish jarayonini yanada tezlashtradi va tashkil topa boshlagan yangi sinf- burjuaziyaning dunyo miqyosida harakat qilishi, yangi bozorlar, mustamlakalargaega bo`lishiga uning ham iqtisodiy ham siyosiy


hokimiyat uchun kurashni tezlashtirishiga yordam beradi. Shakllanayotgan burjua sinfi va uning ideologlari dogmatik dunyoqarashi, o`rta asr axloqi, urf-odatlari feodal va diniy jaholatdan insonni ozod etishga, zamonaning yangi talablariga javob bera oladigan dunyoqarash yaratishga, borliq, inson va uning hayotiga realistikmunosabatdabo`lishgaurinadilar.Xuddianashudavrda―Tavrot‖va

―Injil‖ningdiniyafsonalargaemasbalkiongvatajribagaasoslanganhozirgi zamon fani texnikasi va falsafasining asoslariga zamin hozirlanadi: o`zlarini gumanist deb atagan Uyg`onish ideologlari faoliyatining obyektiv tarixiy ahamyati feodal-cherkov maslagi, madaniyatiga qarama-qarshi o`laroq dunyoviy madaniyat, adabiyot va san‘at yaratishda edi.

Gumanistlar burjuaziya ideologlari bo`lsalar ham hech qachon o`z sinflarining tor manifaaatini ko`zda tutgan emaslar. Burjua jamiyati ziddiyatlari hali yuzaga chiqmagan shaxsiy va umumiy manfaatlar bir-biridan ajratilmagan bu davrda gumanistlar feodalizm asoslariga qarshi chiqish bilan ezilgan tabaqalar manfaatini nazardatutganlar.

Gumanistlar inson shaxsi, inson fikrining erkinligi, inson huquqi va tabiiy ehtiyojini himoya qilish uchun kurashganlar. Shu nuqtai nazardan feodalizmni tanqid qilish bilan bir qatorda XVI asrda boshlangan boylik jamg`arish jarayonida kelib chiqqan boshqa ijtimoiy ziddiyatlarni ham keskin tanqid qilganlar. Bu nuqsonlar ularni umidsizlikka olib kelmagan, aksincha, ular inson kuchiga, imkoniyatiga chin qalbdan ishonganlar. Shuning uchun Uyg`onish davri ideologlari- buyuk mutafakkirlar, san‘atkorlar, olimlar va so`z ustalari tom ma‘nodagi insonparvarlar bo`lib, ular yaratgan asarlar esa xalqchil. Gumanistlar jamiyatdagi kelishmovchiliklar feodalizm hali butunlay tor mor etilmaganligi natijasida kelib chiqayotir, deb ishonganlar. Umuman uyg`onish davri va adabiyotiga xos bo`lgan ajoyib optimizim kelajakka ishonch bilan qarash natijasidir.

Uyg`onish davri va uning vakillariga professor Izzat Sulton quydagicha baho bergan edi: ‗Bu –o`sha davrga qadar insoniyat boshidan kechirgan keskin o`zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o`zgarish edi, titanlarga muhtoj bo`lgan hamda tafakkur kuchi, zavqi, ehtirosi, xarakteri, har tomonlama ma‘lumotliligi va bilimdonligi jihatidan titanlarni vujudga keltirgan davr edi. Hozirgi zamon burjuaziya hukmronligiga asos slogan kishilar burjua manifaati bilan cheklanib qolgan kishilar emas edilar. Aksincha ular o`z zamonlarini sarguzashtlarini izlash ruhi bilan ozmi-ko`pmi sug`orilgan edilar. O`sha zamonning ulug` kishilari orasida uzoq sayohatlar qilmagan: to`rt yoki besh xil tilda gplashmagan, ijodiyotning bir necha sohasida dong chiqarmagan bitta ham kishi bo`lmagan edi, desa bo`ladi. O`sha zamonning qahramonlari hali mehnat taqsimotining qullariga aylanmagan edilar, ularning vorislarida esa mehnat taqsimotining cheklab qo`yuvchi va bir tomonlamalik tug`diruvchi ta‘siri borligini ko`p ko`ramiz. Lekin u zamonaning qahramonlari uchun ayniqsa xarakterli bo`lgan narsa shuki, ularning deyarli hammasi o`z zamonasining manfaatlari girdobida yashaydilar, amaliy kurashda qizg`in ishtirok etadilar. Biror partiya tomonida turib, ba‘zilari so`z va qalam bilan ba‘zilari qilich bilan ba‘zilari esa unisi ham bunisi bilan qurollangan holda kurash olib boradilar. Ularni barkamol kishilar darajasiga ko`taradigan mukammal va kuchli xarakter ana shundan kelib chiqadi.‖ 2

Ishlab chiqarishning yangi kapitalistik usuliga asos solgan va tarixning ana shu davrida inqilobiy sinf bo`lgan burjuaziya yangi zamonning dunyoviy fani, falsafasi, san‘ati va adabiyotini yaratdi. Uyg`onish davrining olamshumul tarixiy ahamiyati hamshundadir.

Uygonish davri arboblari katolik dini, feodalizm madaniyati va umuman tuzumiga qarshi kurashda xristian diniy cheklanishidan xoli bo`lgan antik madaniyati, fani, falsafasi, sana‘ti, adabiyotini namuna sifatida olganlar. Shunisi harakterliki,budavrningnomi―Renessans,‖―Возрождение‖,―Uyg`onish‖hamana shu antik madaniyatini qayta tiriltiramiz, uyg`otamiz deb bu davrni shunday nom bilanataganlar.

Uyg`onish davri vakillari yangi gumanistik ideallar uchun kurashda antik meros bilan bir qatorda ikkinchi zo`r manba –xalq ijodidan ham foydalanganlar. Xalq yaratgan asarlarning mazmuni, obrazlar sistemasi, shakli jamiyat hayotining turli tomonlarini xalq nuqtai nazaridan baholash bilan gumanistlarga katta ta‘sir etgan. Tenglik, adolat, vijdon erkinligi g`oyalari va hayotni sevish dunyo lazzatlaridan foydalana olishni gumanistik yozuvchilar faqat folklyordangina topadilar. Uyg`onish davrining eng buyuk gumanist yozuvchilari Bokkachcho, Rable, Servantes, va Shekspir ana shu tuganmas manbadan to`la foydalanganlar.3

Yevropa mamlakatlari gumanizmi va realistik san‘atining shakllanishida antik va xalq elementlari bilan bir qatorda Italiyan gumanizmi va adabiyoti ham katta rol o`ynagan. Uyg`onish davri avval Italiyada XIV asrda boshlangan bo`lib, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Angliya va boshqa mamlakatlarda san‘at va adabiyotning rivojlanishida antik meros, xalq ijodi bilan bir qatorda Italiyan gumanizmi Petrarka va Bokkacholarning roli ham nihoyatda katta bo`lgan. Antik madaniy meros bilan qiziqish xalq ijodidan foydalanishning o`zi ham boshqa Yevropa mamlakatlarida Italiyan gumznizmi ta‘siri ostida boshlangan edi.

Antik, xalq va Italiyan gumanizmi elementlari bir-birlarini boyitdilar, to`ldirdilar. Natijada ajoyib Shekspir dramaturgiyasi, hajviy romanlar–



―GargantyuavaPantagryuel‖,―DonKixot‖kabishohasarlarbunyodetildi.

Hozirgi zamon adabiyotining deyarli hamma janrlari lirika, novella, poema, drama, roman Uyg`onish davri adabiyotida mavjud bo`lgan. Bu janrlar hamma Yevropa mamlakatlari adabiyotida rivojlangan, ammo har qaysi mamlakatning spetsifikatsiga qarab ba‘zi janr ortiqroq, ba‘zisi esa kamroq rivoj topgan. Jumladan Angliyada drama janri Shekspir boshchiligida taraqqiyotning eng yuksak bosqichiga ko`tarildi.


Uyg`onish davri inglizadabiyoti.





2Sulton I. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, 1980.
3Qayumov O., Azizov K. Chet el adabiyoti tarixi. Тoshkent, 1987.

Angliyada Uyg`onish harakati Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ancha keyin –XV asrning ohiri va XVI asrning boshlarida paydo bo`ldi. Feodal jamiyati ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o`rta asr tartiblari va uning g`oyaviy asoslariga putur yetkazuvchi yangi gumanistik dunyoqarashning shakllanishida muhim omilbo`ldi.

Mamlakatda ko`p yillar davom etgan o`zaro feodal urushlar qadimgi dvoryan

– zodagonlarni qirib yuborgan edi. Ularning o`rnini egallagan yangi burjuaziya dvoryanlar sanoat va savdo-sotiq ishlarini o`z qo`liga ola boshladi. Bu ijtimoiy siljishlar pirovardida Angliyada markazlashgan milliy davlat o`rnatilishiga asos solinadi. Absolyutizm XVI asr mobaynida ijobiy rol o`ynaydi. Feodal o`zboshimchaliklar avj olgan o`sha zamonda qirollik hokimyati progressiv element edi.

Angliya absolyutizmining qaror topishida bir asrdan otrtiqroq (1485-1603) hukmronlik qilgan Tyudorlar dinastiyasi katta rol o`ynaydi.Qirol, shakllanayotgan yangi ijtimoiy kuchlar madadidan foydalanib tashqi va ichki dushmanlarga qarshi kurash olib boradi. O`rta asr qonunlari va diniy jaholatni qayta tiklash maqsadida yuborilganIspaniyaning―YengilmasArmada‖(1588)flotinitor-moretadi.Bug`alaba Angliyaning jahon bozoriga chiqishi uchun imkoniyt yaratadi.Tyudorlardan Genrix VII taxtga o‘tirishi bilan feodal tarqoqlikka xotima beriladi. U burjuaziyaga tayanib markazlashgan hokimiyat o‘rnatadi. GenrixVIII esa (1509)Angliyani Rim papasiga qaramlikdan qutqarib cherkovini isloh qiladi, o‘zini yangi anglikan cherkovining boshlig‘i deb e‘lon qiladi. Mariya Tyudor (1553-1558) feodal –katolik reaksiyasini avj oldirishga intiladi, biroq ko‘p o‘tmay uning o‘rnini egallagan qirolicha Yelizaveta (1558-1603)Genrix VII va GenrixVIIIning siyosatini qayta tiklaydi.4

Yelizaveta davrida Angliyaning ichki va tashqi taraqqiyoti eng yuksak darajaga ko‘tarilib, u ham iqtisodiy ,ham harbiy jihatdan Yevropadagi eng zo‘r mamlakatga aylandi.

Nyu-York Universitetining professori ,adabiyotshunos olim Frenk Uodsvortning Yelizaveta davri haqidagi fikrlarini keltirib o‘tishni joiz deb topdik;

―thisageofgreatnationalisticexpansion,commercialgrowthandreligious controversy saw the development of English drama to its highest level ,a great outburst of lyric poetry and a new interest in criticism. Sydney, Spencer, Marlowe and Shakespeare flourished and Bacon, Johnson and Donne first stepped forward. Ithasjustlybeencalledthe―GoldenAgeofEnglishliterature.‘‘

Angliyada burjua munosabatlarining rivojlanib borishi sanoatning xom ashyoga, xususan, junga bo‘lgan ehtiyojini kuchaytirdi. Bu esa chorvachilikni rivojlantirish, yaylovni kengaytirishni talab qilar edi. Katta yer egalari o‘zboshimchalik bilan dehqonlarga qarashli yerlarni tortib olib, ularni chorva yaylovlariga aylantirdilar. Bu agrar o‘zgarishlar oqibatida yer-mulklaridan mahrum etilgan dehqonlar yirik manufakturalar uchun arzon ishchi kuchiga aylanadilar.







4Aникин Г.В., Михальская Н.П. – История английской литературы. М., Высшая школа, 2004.

GumanistyozuvchiTomasMor‗‘Utopiya‘‘asarida―qo‘ylarodamlarni kavshab qo‘ymoqdalar,‖ deb yozganida xonavayron bo‘lgan dehqonlarning og‘ir ahvolini nazarda tutgan edi.Kuchayib ketgan zulmga qarshi bir necha marta dehqonlar qo‘zg‘oloni boladi.Biroq hukmron tabaqa bu qo‘zh‘olonlarni ayovsiz bostiradi.Yirik manufakturaning paydo bo‘lishi natijasida mayday hunarmandlar xonavayron bo‘ladilar.Yangi dvoryanlik bilan burjuaziya o‘rtasida qirollik tuzumiga qarshi oppozitsiya yuzaga keladi.Bular absolyutizmning inqirozidan darak berar edi. Keng xalq ommasi ahvolining og`irlashishi, ingliz-ispan urushi natijasidaoshibketgansoliqlarishsizlik,ochlik,qashshoqlik,―narxlar revolyutsiyasi‖ omma o`rtasida ham monarxiyaga qarshi norozilikni kuchaytirdi. Turli shaharlar va grafliklarda xalq g`alayonlari bo`lib o`tdi. Bu ijtimoiy va iqtisodiy ziddiyatlar XVII asrning 40-yillaridagi burjua inqilobiga olibkeldi.

Angliyada boshlang`ich kapital jamg`arish, burjua munosabatlarining tashkil topishi va mustabid monarxiya hukmronlik qilgan davr, ayni zamonda,5dunyoviy mazmundagi ingliz milliy madaniyati, fani, falsafasi, san‘ati va adabiyoti yuksak rivojlangan, teatr esa oily cho`qqiga ko`tarilgan davrdir.

Mamlakatda Uyg`onish davri madaniyati Italiya ta‘sirida antik madaniyatni

―Uyg`otish‖shioriostidaboshlanganbo`lsada,uningasosiymanbaivamazmuni milliy madaniyat bilan bog`liq edi. Ingliz dehqonining fojeyali taqdiri, pul mohiyatining o`sishi o`ziga xos qarama-qarshiliklarga ega bo`lgan mustabid monarxiyaning tashkil topishi davr ideologiyasi oldiga bir qancha aktual masalalarni qo`yadi va ingliz Renessans madaniyatining chin ma‘noda xalqchil bo`lishiga,utopiksotsializmgaasossoluvchiTomasMorning―Utopiya‖sibuyuk Shekspir teatri yaratilishiga olib keldi. 6

Angliyada gumanistik madaniyat yaratish uchun kurash XV asrda boshlangan bo`lsada , Oq va Qizil gul feodal urushlari uning taraqqiyotini deyarli bir asr orqaga surdi. Gumanistik g`oyalarning markazi avval Oksford keyin Kembrij universitetlaridaedi.

Uyg`onish davrida Angliyada tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ilmiy- falsafiy o`rganish keng rivojlandi. Buning yakuni sifatida Frensis Bekonning falsafiysistemasinikeltirishmumkin.XVIasrningyirikolimi―Materializmning engbirinchiijodchisi‖FrensisBekonsxolastikbilimgaqarshikurashib,voqeylikni o`rganishda tajribaga suyangan fanni yaratishga urinadi va uni asoslashga harakat qiladi.

San‘at va adabiyot gumanizm g`oyalarini yoyishda jangovar qurolga aylanadi. Yozuvchilar va olimlar antik madaniyat tarixini o`rganishga kirishadilar. Garchi Uyg`onish davri san‘ati antik san‘atdan o`zgacha sharoitda yaratilgan bo`lsa ham, gumanistlar din aqidalarini uloqtirib, qadimgi grek va rim madaniyatining hayotbaxsh an‘analarini tiriltirishga urinadilar.

Angliyada dunyoviy mazmundagi, realistik milliy harakterdagi boy adabiyot yaratiladi. Shuningdek, antik yozuvchilarning turli asarlari bilan birqatorda






5Frank.W.Wardsworth:―ThePoarcherfromStratford‖NewYork,1988p168

6Аникст А.А. История английской литературы. М, Выс. школа, 2001.

italiyan, fransuz, ispan va nemis tillaridagi qator asarlar ingiliz tiliga tarjima qilinadi.

Uyg`onish davri ingiliz poeziyasining shakllanishida Petrarka, Boyardo, Ariosto, Passo kabi italyan shoirlarining roli katta bo`ldi. Ko`zga ko`ringan shoirlar Tomas Uayet, Genri Govard, graf Seerrey, Filipp Sidney, Edmund Spenserlar o`z asarlarida XVI asrda yetishgan yangi aristokratiya qarashlarini ifodalaganlar. Ingliz adabiyotida lirik asarlar bilan bir qatorda roman janrining bir qancha turlari ham tashkiltopadi.

Lirik va epik asarlarning hammasida ham o`sha davrdagi ingliz hayotinining u yoki bu tomoni ozmi ko`pmi o`z ifodasini topgan, lekin bu janrlarni hech qaysi tragediya yoki komediya janri ko`tarilgan yuksak darajada hayotni haqqoniy tasvirlashga erisha olmagan.

Ingliz Uyg`onish davri va uning adabiyoti haqida fikr yuritar ekanmiz, masalaning ikkinchi tomonini ham yoritib o`tish lozim. Haqiqatdan ham XVI asr ingliz madaniyati, fani san‘ati va adabiyotining eng gullagan davri ammo bu taraqqiyot ijtimoiy ziddiyatlar eng keskinlashgan sharoitda, xalq ommasining cheksiz azob uqubatlari yuz minglarcha odamlarning qoni hisobiga bo`ldi. Yuksak taraqqiyot davri shafqatsizlik va qonli davr ham edi. O`sha davrdagi ochiq yoki mahfiy qatllar, o`ldirishlar, qirg`inlar janglarni nazarda tutsak, Shekspir va uning zamondoshlarida ko`p uchrovchi qilich, hanjar yoki nayzabozliklar, sahnadagi o`liklar uyumi sababini anglash oson bo`ladi.

Angliya qisqa muddat ichida jo`shqin voqeyalarni , eski tuzum halok bo`lib yangisining tashkil topishi, eskisi halokatga uchrab, yangilari kelib chiqishini, nihoyatda katta ishonchlar va ularning puchga chiqishini boshidan kechirdi.

Davr oynasi bo`lmish san‘at ingliz Uyg`onish davrining o`ziga xos tomonlarini aks ettirgan. Yorqin, quvnoq, kulguli, ayni zamonda fojeyali asarlarini ingliz dramaturglaridan tashqari, faqat qadimgi greklar yaratgan edilar. Uyg`onish davrining buyuk san‘atida o`rtacha holat yo`q: unda cheksiz, yorqin, quvnoq, joshqin hayotni yoki insonni halokat girdobiga olib keluvchi fojia, qayg`u alamni ko`rish mumkin. Shuning uchun Uyg`onish davri san‘atida kulgu va dahshat, quvnoqlik va fojia o`rtasida aniq bir chegara yoq, ular yonma-yon yashaydilar yoki biri ikkinchisinito`ldiradi.
V.Shekspirning hayoti va adabiyfaoliyati

Ulug` shoir va dramaturgning tarjimai holiga doir ma‘lumotlar juda kam saqlangan. Uning hayoti va adabiy faoliyatiga oid materiallar zamondoshlarining bergan baholari hamda xotiralari asosida yig`ilgan va to`ldirilgan.

Vilyam Shekspir 1564 yilning 23 aprelida Markaziy Angliyaning Stretford shaharchasida tug`iladi. U oiladagi sakkiz farzandning uchinchisi edi. Otasi Jon Shekspir charm qo`lqop tayyorlovchi hunarmand bulib, savdo bilan ham shug`ullanadi, katta obro` orttirib shahar kengashiga saylanadi va shahar boshlig`i vazifasida ishlaydi.

Stretford Evon daryosi sohilida joylashgan bo`lib, Birmingamdan Oksford va Londonga boruvchilar bu shaharchaga tushib o`tardilar. Shu tufayli bu osoyishta

shahar har xil kishilar — martabali sayohatchilar, savdogar va hunarmandlar, kambag`al talabalar bilan doim to`la edi.

Stretfordga aktyorlar guruhi ham kelib, turli tomoshalar ko`rsatib turar edi,bu voqeya shahar madaniy hayotiga ma‘lum darajada tas‘sir etadi. Shekspirning teatrga qiziqishi ham shu yerda uyg`onadi.



Vilyamdastlabmahalliy―Gramatikamaktabi‖dao`qiydi.Uyerdaasosanlotintili o`rgatilib, sxolastik logika va ritorikadan qisqacha tushuncha beriladi. Vilyam ayniqsa Rim shoiri Ovidiy asarlarini qiziqib mutolaa qiladi, lekin ko`p o`qiy olmaydi. Otasning ishi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, kambag`allashib qolgach hali 16 yoshga to`lmagan Vilyam o`qishni tashlab ishga kiradi. 18 yoshida u Anna Xetuey degan dehqon qiziga uylanib, Suzanna ismli qiz, Yudef va Hamnet ismli o`g`illar ko`radi.7

Stretford Shekspirning katta talab va ehtiyojlarini qondira olmasdi. U 1587 yilda Londonga boradi va teatrga xizmatga kiradi. Avval suflyor yordamchisi, so`ngra aktyor, keyinroq rejissyor, hatto teatrni boshqarishda direktor bilan hamkorlik qilgani ham ma‘lum.

Shekspir teatrdagi faoliyati davomida dastlab boshqa avtorlarning pesalarini qayta ishlab, ularni yangi mazmun bilan boyitadi («Adashishlarkomediyasi»,

«Qiyiq qizning quyilishi». «Har narsaning me‘yori bor»), Shu bilan birga, uning o`zi ham qalam tebrata boshlaydi va tez vaqt ichida u dramaturg sifatida nom chiqaradi.8

Aktyorlar orasidan chiqib katta obro` orttira boshlagan bu yangi dramaturgni ayrim yozuvchilar ko`rolmaydilar. Masalan, Shekspirning zamondoshi dramaturg RobertGrinunipasttabaqadanchiqib, bizningpatlarimizga o`ralibolgan

«qarg`a», o`zini «sahnani birdan-bir larzaga keltiruvchiman», deb tasavvur qiladigan «usta-bilarmon» kishi deb kinoya qiladi. Shekspirning dramaturgiya sohasidagi ijodi ko`p qirrali va ta‘sirchan edi. Shu sababli uning hasadgo`ylari ko`p bo`lishi tabiiy edi.

Shekspir 90-yillarning boshida teatr shinavandalari bulmish yosh aristokratlar to`garagi va graf Sautgempton bilan yaqinlashadi va «san‘at homiysi» yosh grafga o`zining ikki poemasi «Venera va Adonis» hamda «Lukrestiya»ni bag`ishlaydi.

Shekspir 1599 yilda boshqa ko`p teatrdoshlari bilan birga yangiochilgan

«Globus»teatrigaishgao`tadivauyerdapaychibulibxizmatqiladi.Budavrda

«Globus» teatriga Jeyms Berbej, Vilyam Kemp kabi talantli aktyorlar yig`ilgan bo`lib, teatrning obro`yi baland edi. Bu esa teatrning iqtisodiy jihatdan o`zini o`nglab olishiga imkon berdi. Natijada Shekspirning moddiy ahvoli ham yaxshilandi. Shekspir ijodining eng gullagan davri uning shu teatrda ishlagan yillariga to`g`ri keladi.

Ulug` dramaturg 1612 yilda Londondan o`z tug`ilgan shahri Stretfordga ko`chib ketadi va bundan so`ng butunlay ijod bilan shug`ullanmaydi.





7Dyakonova N.Ya. An Anthology of English Literature. St.Peterburg,1978.
8Evans I.A. Short History of English literature. London, 1961.

Yakov I hukmronligi davrida feodal zulmining kuchayib, teatrlarning mutlaq saroy ta‘siriga tushib qolishi, aristokratik: ruhdagi dramaturgiya ustunlik qilib realistik — xalqchil repertuarlarning siqib chiqarilishi Shekspirning yozmay qo`yishiga sabab bo`lgan, deb tushunish to`la asoslidir.

Shekspirning tarjimai holiga oid ma‘lumotlarning yetarli emasligi natijasida uning avtorlik masalasiga shubha soladigan soxta farazlar kelib chiqadi. Ulug` yozuvchining ijodini o`z zamonasi va undan keyingi yillarda yashagan kishilar inkor qilmaydilar. Masalan, dramaturg va shoir Ben Jonson Shekspir xotirasiga bag`ishlangan she‘rida uni «o`z asrining yuragi» deb baholaydi. Gamlet rolini ijro etgan, XVII asrning oxirlarida yozuvchining tarjimai holiga doir materiallar to`plagan mashhur aktyor Tomas Betterton, shuningdek, Shekspirning birinchi biografi Nikolas Rou ham uning avtorligiga shubha qilmaydilar. Faqat XVIII asr oxiridagina G`arbda «Shekspirchilik masalasi» deb atalgan masala kelib chiqadi. 1772 yilda Gerbert Lorens Shekspir nomidagi pesalarni faylasuf Frensis Bekon yozgan degan fikrni aytadi. 1857 yilda amerikalik tanqidchi Deliya Bekon Shekspir haqida kitob yozib, unda Shekspir qalamiga mansub bo`lgan asarlarni Frensis Bekon boshliq maxfiy tugarak a‘zolari ijod qilgan, chunki Shekspir pesalarida aniq individual uslub yo`q, deb isbotlashgaurinadi.

Karl Bleybtrey (1907) ulug` dramaturgning pesalarini graf Retlendniki deb ataydi.BelgiyalikjurnalistDamblen(1918)―Retlendnazariyasi‖niquvvatlab chiqadi. Shekspir asarlarini feodal zodagonlarning turli vakillari (faylasuf Bekon, graf. Retlend, graf Derbi) tomonidan yaratilgan, degan fikrlar mutlaq asossizdir. Shekspirni quyi tabaqadan kelib chiqqan, universitet ta‘limini olmagan, shuning uchun uning shunday asarlar yozishi mumkin emas, deb qarash oddiy kishilar orasidan yetishgan ulug` kishilarning ijodiy kuchiga ishonmaslik va titanlar yaratgan Uyg`onish davrining haqiqiy mohiyatini tushunmaslik oqibatidir. Shekspir Londonda antik san‘at va adabiyot bilan tanishadi, zamonasi adabiy muhitiga kirib, chuqur mutolaa qilish yo`li bilan oz bilim doirasini kengaytiradi. Turmushning o`zi uning uchun bilim manbaibo‘ladi.

Shekspirning adabiy faoliyati uch davrga bo`linadi. U h ammasi bo`lib ikki poema, 154 sonet va 37 pesa yaratadi.9

Ijodining birinchi davrida (1590-1601) Shekspir poema va sonetlardan tashqari, Uyg`onish davrining xarakterini aks ettirgan xushchaqchaq komediyalar



―Adashganlarkomediyasi‖,―Qiyiqqizningquyilishi‖,―Veronalikikkiyigit‖,

―Sevginingbehudakuchayishi‖,«Yozkechasidagitush»,«Vindzorlikmasxaraboz ayollar», «Yo`q narsadan bir talay gavgo», «Bu sizga yoqadimi?», «Un ikkinchi kecha»; Angliyaning o`tmishidan olingan xronikalar deb nomlangan tarixiy dramalar: «Genrix VI», «Richard III», «Qirol Ioann», «Richard II», «Genrix IV»,

«Genrix V»; nihoyat, «Romeo va Juletta». «Yuliy Sezar» nomli ikki mashhur tragediyasini yozdi.10




9Harrisson G.B. Introducing Shakespeare. London,1966.
10Gilbert H. Muller. Introduction to literature. New York,1992Ijodining ikkinchi davri (1601—1608) Shekspir dramatik faoliyatining yana ham rivojlanishi bilan ajralib turadi. O`rta asr feodal zulmiga va boshqa har qanday yovuzliklarga qarshi kurash ruhi bilan yongan yozuvchi rivojlanib borayotgan kapitalistik sharoit kishilarning ezgu umid-orzularini ruyobga chiqarmayotganini ko`radi va tug`ilib kelayotgan burjua munosabatlarga tanqidiy qaray boshlaydi. Bu davrda yozuvchi buyuk gumanistik g`oyalar va davr fojialarini aks ettirgan

«Gamlet»,«Otello»,―QirolLir‖,―Makbet‖―AntoniyvaKleopatra‖,―Koriolan‖,

―AfinalikTimon‖tragediyalariniyaratdi.

Ijodining uchinchi davrida (1608—1612) dramaturg tragikomediyalar —



―Sembelin‖―Qishkiertak»,«Buron»asarlariniijodetadi.Budavrdagiijodining muhim xususiyati shundaki Shekspir turmush ziddiyatlarini optimistik ruhda yechishga intilib kuproq romantik ertak syujetlariga murojaat qiladi. Masalan,

«Buron» asari insonning kelajak taqdiriga ishonch bilan qaragan yozuvchining ajoyib hayollari mevasidir.11

Shekspir ijodining birinchi davri. Shekspirning adabiy faoliyati «Venera va Adonis‖―Lukretsiya‖poemalarivaqatorsonetlaryozishdanboshlangan.Harikki poemaning syujeti antik davr tarixi va mifologiyasidan olingan bulsa ham, ularda Uyg`onish davri ruhi aks etgan. «Venera va Adonis» (1593) poemasida kishining his-tuyg`ulari va tabiat manzaralari real tasvirlangan. Kitobda muhabbat va go`zallik ma‘budasi Veneraning ko`rkam yigit Adonisga muhabbati aks ettiriladi. Biroq yigit Veneraning ehtirosli sevgisiga e‘tibor bermaydi. Uning istaklarini rad qiladi. Ovga mehr qo`ygan Adonis Veneraning ogohlantirishlariga quloq solmaydi. Natijada bir kuni ov qilib yurgan vaqtida uni yovvoyi tung`iz yorib halok etadi.

Veneraning hayotga bulgan ehtirosi poemaning markaziy mavzusidir. Bu ma‘buda tabiat ramzidir. Yam-yashil dalalar, go`zal boglar, qushlarning yoqimli sayrashlari Veneraning hayotga intilishlari bilan uyg`unlashib ketadi. Adonisning o`limi uning tabiatga zid xatti-harakatlarining oqibati, deb qaraladi, poemada bu dunyo quvonchi o`rta asr tarki dunyochiligiga qarshi qo`yiladi.

«Lukretsiya»(1594)poemasidaShekspiryovuzniyat—―qo`polhirs‖ni qoralaydi. Qadimgi Rim shohi Tarkviniyning o‘g‘li o‘z do‘sti Kallatinning xotini Lukretsiyaning go‘zalligini eshitadi va eri yo‘q paytda uyiga bostirib kirib, uni zo‘rlaydi. Bunday tahqirlashga chidayolmagan Lukretsiya o‘zini halok etadi. Tarkviniyning o‘g‘li esa Rimdan quviladi.

Bu poemada bo`lajak dramaturgga xos xususiyatlar — inson xarakterini ocha bilish, fojiali voqeani his etish, atrofni qurshab olgan zulmat-dahshatlarga nafrat qo`zg`ata olish mahoratining dastlabki belgilari kurinib turadi. Yosh Tarkviniyning jinoyat qilish oldidagi ikkilanishi Shekspirning keyinroq yaratgan «Makbet» tragediyasining bosh qahramonini eslatadi.

Bu ikki poemadan tashqari, Shekspir 1609 yilda 154 sonetdan iborat to`plamini nashr ettirdi. Uning ilk sonetlarida Italiya Uyg`onish davri poeziyasining dastlabki vakili Petrarkaning ta‘siri ko`rinsa ham, lekin Shekspir ijodiyevolyustiyasidavomidabujanrningshartlibelgilaridoirasiniyoribchiqib,




11Breadly A.C. Shakesperian tragedy. London, 2005.sonetlarni yangi mazmun bilan boyitdi. Shekspir sonetlari zamondosh Renessans shoirlari Sidney va Spenser sonetlaridan farq qiladi. Chunki ularning lirik ijodida umumlashtiruvchi holat yo`q edi. Shekspirning lirik qahramoni o`ziga xos xususiyatlari bilan namoyon bo`luvchi takrorlanmas hayotiy obrazlardir. Shoir Uyg`onish davri kishilarining asosiy xususiyatlari sevgi va do`stlik, ularning xushchaqchaq hayotga intilishlari, fikr va his-tuygularini aks ettiradi.

Shoir, uning do‘sti va «xafaqon ayol» Shekspir sonetlarining asosiy qahramonlaridir. 1 dan 126- sonetgacha do`stga sadoqat hissi ifodalansa, 127 dan 154-gacha bo`lgan sonetlarda sevgilisiga muhabbat tasvirlanadi.

Do`stlik motivlari shoir ijodining muhim qismini tashkil etadi. U do`stining hayoli bilan yashaydi. U haqda she‘rlar yozadi. Binobarin, do`stlik qattiq sinov- imtihonlardan o`tadi. Bir sonetda quyidagi tasvirni o`qiymiz: shoir ish bilan boshqa tomonga ketayotgan vaqtida sevganini do`stiga ishonib qoldiradi. Lekin ular o`rtasida yaqinlik tug`ilib, biri do`stiga, ikkinchisi sevganiga bevafolik qiladi. Demak, uning qaygusi ikki tomonlamadir. Shuning uchun o`z yoriga u: «Sening yuzing emas, balki ishlaring qora», deb ta‘na qiladi. Lekin shunday bulsa ham, u do`stlaridan voz kechmaydi.

Shekspirning o`ziga xos ifoda usullari bor. Shoir uz she‘rlarida simvollardan ham foydalanadi. U yoshlikni bahor yoki tongga o`xshatadi, go`zallik ajoyib gullarga taqqoslanadi, odamning barkamolligi kuzga, qariligi qishga o`xshatiladi; yigitning chiroyida qiz latofati mujassamlanadi.

Shekspirning she‘rlari musiqaviy — ohangdordir. Shu sababli zamondoshlari uni «shirin so`z» deb ataganlar. To`plamning 66- sonetida lirik harorat tovushlar garmoniyasi orqali to`la ochiladi. Bir o`rinda nafrat, qizikkonlik, ikkinchi holda vazminlik hukmron. Uning ba‘zi sonetlarida dramatik va lirik holat uyg`unligi namoyon bo`ladi. Masalan, Shekspir sonetlaridan bir namuna ko`raylik:

Kim qulay soatda tug`ilgan ekan, Shuhratu davlatdan baland dimog`i. Menga iltifotni tole kam qilgan, Menga muhabbatdir baxtlar bulog`i. Shaxzoda mahrami bekning ulfati Vallomat lutfidan sharob ichadi.

Qachonkim oftob botib ketadi, Kungaboqarning ham zari uchadi. Zafarlar erkasi, mashhur sarkarda Oxirgi urushda yengilsa bir kun, Burun xizmatlari puch bular birdan, Uning qismati shu: inqiroz, surgun. Mening unvonimga yo`q zavol kuni, Sevdimu, sevaman, sevarlar meni

Shekspir «Genrix IV» xronikasida siyosiy voqealar, o`zaro janjallar va urushlarni tasvirlash bilan cheklanmay, maishiy masalalarga ham katta o`rin beradi. Jon Falstaf hayoti va xatti-harakatiga oid tasvirlarda yozuvchining obrazini individuallashtirishdagi realistik mahorati yorqin namoyonbo`ladi.

Jiddiy va komik elementlarni uzviy bog`lab berish, saroy turmushini masxaralab, oddiy kishilar hayotiga xayrixohlik bilan qarash dramaning asosiy xususiyatlaridan biridir. Yozuvchi Falstafning qo‘pol hazillari orqali Uyg‘onish davrining xushchaqchaq ruhini ham aks ettiradi. Falstaf yangi munosabatlar ta‘siri ostida eski feodal axloq normalari, shon-shuhrat qozonish haqidagi ritsar qoidalaridan voz kechadi. U urushlarga otilib kirmaydi. Jang maydoniga borishga to‘g‘ri kelganda undagi yagona istak o‘limdan qutulib qolish bo‘ladi. Shuning uchun uning harakatlari kishida faqat kulgi qistatadi, xolos. «Epchil mehmon bazmning boshiga va dangasa soldat jangning oxiriga shoshiladi»,— deydi Falstaf.

«Semiz ritsar» Falstaf o‘rta asr zerikarli hayotini tark etgan xushchaqchaq, tanqidiy fikrlashga qobiliyatli kishi obrazidir. U o‘zini hamma vaqt yoshdek his qiladi, qarib borayotganini sezmaydi. Pulsiz qolgan vaqtlaridagina u bir oz o‘zgaradi, lekin bu tashvishlar ham o‘tkinchidir. Gavdasi qo‘pol, lekin uzi hozirjavob. U ichkilikni yaxshi ko‘radi, uning fikricha, vino kishini epchil va xushchaqchaq qiladi, qonni yurishtiradi, kishiga jangovar ruh bag`ishlaydi. Falstafning o`zigina qiziqchi bo‘lib qolmay boshqalarga ham o`zining bu xususiyatini singdiradi. Falstafning o`limi ham simvolik ma‘noda tasvirlanadi. U soat 12 bilan 1 o‘rtasida, ya‘ni dengiz suvi pasaya boshlagan vaqtda jon beradi, ya‘ni kuch-g‘ayrat va his-tuyg‘ularga to‘lib-toshgan kishini so`nishi dengizning qaytishi, pasayishi bilan bog‘liq ravishda berilishi Uyg‘onish davri dunyoqarashida boshlangan inqiroz alomatini ko‘rsatishga ishoradir. Shekspirning adabiy faoliyati yigirma ikki yil davom etgan bo`lsa, shundan o`n ikki yili (1595—1607) eng samarali davr hisoblanadi. Bu vaqt mobaynida u badiiy jihatdan eng yuksak tragediyalarini yaratadi. Mavzusining boyligi, g`oyaviy y`onalishining aniqligi va hayotiy voqealarning chuqur realistik tasviri Shekspir tragediyalarini yuqori bosqichga ko`tardi. Shu sababli uning dramatik ijodi dunyo teatrlari repertuarlaridan mustahkam o`rin egallab, xozirgacha kishilarni hayajonlantirib kelmoqda va ularga badiiy zavq bag`ishlamoqda.

Turmushni atroflicha o`rganib, inson xarakterining mohiyatini ochish, uning ko`p qirrali tomonlarini haqqoniy yoritish, inson intilishlarining tub sabablarini har taraflama aks ettirish Shekspirning dramatik mahoratining asosini tashkil etadi. Dramaturg, ba‘zi yozuvchilar kabi tomoshabinga pand-nasihat qilishni asosiy maqsad qilib qo`ymaydi, balki uni voqelikni chuqur tushunish, yuz berayotgan hodisalardan tegishli xulosalar chiqarib olshga majbur qiladi.

Shekspir realizmining kuchi feodal tuzumi halokatini, paydo bo`layotgan burjua jamiyatining insonlar uchun fojiaviyligini sezish hamda bu jamiyatning razolat va qabohatlarini hayotiy obrazlarda haqqoniy gavdalantirishidadir.

Shekspir oltin va tamagirlik kishini yo`ldan ozdirishini alohida ta‘kidlaydi. Chunonchi, uning qahramonlaridan Romeo dorifurushdan oltin barobariga zahar sotib olib: «Zaharni sen sotmading, balki men senga sotdim», deb oltinning halok etuvchi ta‘siri zaxarnikidan ham kuchli ekanini tasdiqlaydi.12





12Baqoyeva M., Muratova E. English literature. Tashkent, 2006.

Turmushning achchiq-chuchugini o`z boshidan kechirgan va hukm surayotgan adolatsizliknifoshqilib:―Gunohingnioltinbilanjilovlantirsang,ungaqonun nayzasi ham o`tmay sinadi», deydi iztehzo bilan keksa Lir. Oltin bandasi Sheylokning tosh yurak harakteri, afinalik Timonning oltin haqidagi monologi ham bu jihatdan xarakterlidir.

Shekspir tragediyalaridagi ko`pchilik salbiy obrazlar mol-dunyoga o`ch, shuhratparast, xudbin va hiylagar shaxslardir. Bular dastlabki kapital to`plash davrining vakillari Richard III, Klavdiy, Yago va Makbetlar bo`lib, ular o`z shaxsiy manfaatlari yo`lida qonli jinoyatlardan ham qaytmaydilar. Bularga qarshi o`laroq, Shekspir yuksak insoniy fazilatlarni o`zida mujassamlashtirgan pok tabiatli Romeo, Gamlet, Otello, Edgar obrazlazlarini madhqiladi.13

Shekspir yaratgan obrazlar jonli kishilardir. Ularda ijobiy fazilatlar bo`lishi bilan bir qatorda katta nuqsonlar ham mavjuddir. Masalan, Otello olijanob inson, lekin uning zaif tomoni hodisalarni tanqidiy mulohaza qila olmasligi va ishonuvchanligidir. Lir ham yaxshilik bilan yomonlikni tez ajrata olmasligi tufayli, fojiaga duchor buladi. Yago, Richard, III Makbet Klavdiylar jinoyat dunyosining vakillari, lekin ular nodon odamlar emas, o`z maqsadlari yo`lida qattiq turib harakat qiluvchi va og`ir vaziyat yuz berganda ikkilanib, o`z qilmishlarini oqlash yoki asoslashga intiladigan sezgir kishilarhamdir.

Shekspir yaratgan obrazlarda insonning tabiiy holati, orzu-umidlari ishq muhabbati yorqin aks etgan. Ayniqsa ayollar jozibadorligi , o`rta asr an‘analari va johil ota zulmiga dadil qarshi chiqishlari bilan ajralib turadilar. Germiya «Yoz kechasidagi tush», Juletta, Dezdemonalar vafodorligi, jasur va pok axloqliligi bilan ajralib turadilar. Kordeliya («Qirol Lir») haq ish uchun qattiq turib kurashuvchi sifatida kishini o`ziga maftun etadi. Shekspir asarlaridagi ayollar ham aqliy, ham axloqiy tomondan erlar bilan baravardir. Hatto Juletta jasorat jihatdan Romeodan yuqori turadi. Haqiqatdan ham, «Kordeliya, Ofeliya yoki Dezdemona singari ma‘suma qizlarni ko`rganida ruhi yosharib, aqli fikri ochilib butun vujudi yashnaganini sezmagan kim bor».

Shekspir dramaturgiyani yangi va yuqori bosqichga kutardi! Uning tematikasini boyitib, voqealarni tipik va real aks ettirish prinsipini takomillashtirdi. Shekspir o`z asarlari uchun turli tarixiy va adabiy manbalar (antik san‘at, Angliya tarixi, Italiya Uyg`onish davri adabiyotidan ijodiy foydalandi. Bu narsa uning dunyoqarashini kengaytirdi, ingliz xalq teatri tradistiyalarini davom ettirib, turmush dialektikasini anglashi (kulgu bilan fojiani birgalikda aks ettirish, san‘atni chegaralab quyadigan antik adabiyotga xos uch birlik qonuniga rioya qilmaslikga yordam berdi, dramaturgiyasining xilma-xil, jonli bo`lishini, realistik va xalqchil yo`nalishini ham belgilabberdi.

Shekspir realistik metodining o`ziga xos xususiyati shundaki u xarakterlarni tipik sharoitda individuallashtirib yoritadi. Bular qahramonlarning doimiy rivojlanib borishida namoyon bo`ladi. Xarakterning mantig`iga muhitning jirkanch oqimi nomunosib kelganda gumanist-mutafakkir Gamlet so`zni tashlab, qo`liga





13Gilbert H. Muller. Introduction to literature. New York, 1992.

qilich oladi, jasur lashkarboshi Makbet shuhratparastlikka berilib, zolim jinoyatchiga aylanadi. Personajlarda yuz bergan o`zgarishlar kurashlar natijasida kelib chiqqan bulib ulardan har biri o`zining xususiyatlariga ega.

Shekspir dramaturgiyasida xalq vakillari — kambag`al student Goratsio («Gamlet»), masxaraboz («Qirol Lir»), Flaviy («Afinalik Timon») va boshqalar alohida e‘tibor bilan tasvirlanadi. Ular aql-zakovati, sof ko`ngilliligi va sadoqati bilan ajralib turadilar. Masxarabozning kinoyali, o`tkir so`zlarida xalq donoligi aks etgan. «Richard III», «GenrixV» tarixiy dramalarida ham dehqon, soldatlar katta kuch sifatida ko`rsatilgan.14

Mashhur adabiyotshunos olimlar Shekspirning dramatik faoliyatiga yuqori baho berganlar. Ular Shekspir tragediyalaridagi chuqur realistik tasvir, Uyg`onish davri va uning asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini ko`rsata bilish, murakkab va yorqin obrazlarni yaratish mahoratini alohida ta‘kidlashgan.

Shekspir tipik xarakterlarini individuallashtirish yo`li bilan yorqin obrazlar yaratdiki, bu narsa uning tragediyalarini yuqori bosqichga ko`tardi. Shekspir yaratgan xarakterlarning jon liligi va ko`p qirraliligini Pushkin yuksak baholadi. U XVII asr fransuz klassisizm adabiyotining vakili Moler bilan taqqoslab o`rtadagi farqni ko`rsatdi.

―Shekspiryaratganshaxslar,—debyozganediPushkin,—Molerdagikabi biror ehtiros, biror qabohatning mohiyatini Ifodalovchi tiplargina emas, balki bir talay his-tuygular, ko`pgina qilmishlarni o`zida gavdalantirgan jonli odamlar sifatida mujassamlanadiki, muayyan sharoitlar ularning xilma-xil va ko`p qirrali xarakterlarini tomashabin ko`z oldida rivojlantiradi. Molerda xasis — faqat xasisgina, xolos; Shekspirda esa Sheylok — xasis, ziyrak, qasoschi, farzandsevar, hozirjavob kishi qiyofasida ham ko`rinadi». Pushkin Shekspirning «xarakterlarni erkin va keng tasvirlashi to`grisida gapirib, «Boris Godunov» ustida ishlaganda uning bu mahoratidan o`rganganini ko`rsatibo`tadi.

Shekspirning realistik san‘at haqidagi qarashlari Gamletning aktyorlar bilan bo`lgan suhbatida ochiq ifodalangan. Bu Uyg`onish davri realistik adabiyotining o`ziga xos manifestidir. Bunda u ortiqcha shovqin-suron ko`tarmaslik, sun‘iylikka berilmaslik, «so`zga yarasha harakat» qilish, «harakatga yarasha» gapirish va

«bular tabiiylik chegarasidan chiqmasligi shart» ekani haqida gapiradi.

Shekspir pyesalarida fojiali va kulguli holatlarning birligi personajlar nutqidagikeskino`zgarishlardahamnamoyonbo`ladi:―Ko`tarinkimonologlar zaharxanda hajviy so`z o`yinlari bilan almashadi. Masalan Juletta to`yi azaga aylangan vaqtda, mashshoqlar masxarabozlik qiladilar.‖ Ofeliyaning go`rini qaziyotgan go`rkovlar askiya bilan shjug`illanadilar. Urush ketayotgan paytda ritsar Jon Falstaf mayxonaga kirib olib maishat bilan ovorabo`ladi.

Shekspir turmushdagi ko`tarinki va tuban, fojia va kulgu, sodda va murakkab voqealarni yuksak badiiy shaklda , chuqur falsafiy fikrlar bilan dialektik birlikda bera oladi. Shekspirning dramatik dahosi Pushkinning 1825 yilda N.N. Rayeviskiyga yozgan xatida juda to`g`ri ko`rsatilgan: hodisaning rostgo`yligi va

dialogning chinligi - tragediyaning haqiqiy qonuni. (Men Kalderonni ham , Vegani ham ko`rgan emasman.) Biroq Shekspir bu qanday hayratda qoldiradigan odam! Hayajondan haligacha o`zimga kelolmayman! Bayron – tragik sifatida u bilan tenglasha olmaydi.‖ 1So`ngra Pushkin uning asarlaridagi har bir kishiningo`zicha sevishi, nafratlanishi, qayg`urishi, quvonishi haqida gapirib, Shekspirni diqqat bilan o`qishga undaydi.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Shekspir hayoti va ijodi haqida ma'lumot bering.

2. Shekspir ijodining davrlarga bo'linishi

3. Sheksprning poema va sonetlari

4. Shekspirning komediyalari

5. Shekspir ijodida avtorlik masalasi

6. " Gamlet" bosh qahramon masalasi

7. " Qirol Lir" asarida ota va farzand munosabatlari

Mavzuni mustahkamlash uchun testlar



Download 399.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling