Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary education karshi state university
Akutagava Ryunoske qayerlik yozuvchi? A}Yapon B}Ingliz C} Italiya D} Rus 9
Download 399.07 Kb.
|
UMK majmua 222
8.Akutagava Ryunoske qayerlik yozuvchi?
A}Yapon B}Ingliz C} Italiya D} Rus 9. Akutagava Ryunoskening “Suv alvastilari mamalakati” nomli asari qanday mavzuda yozilgan ? A}Fojiali B}Psihologik C} Falsafiy –majoziy D} Ijtimoiy- fantastik 10.Turk yozuvchisi Aziz Nesinning asl ismi ? A} Nesin B} Mahmud Nesin C}Mahmud Nusret D} Rashod Nuri GLOSSARY Lirika – torli cholg‘u asbobi lirikaning nomidan kelib chiqqan bo‘lib ma’nosi musiqa jo‘rligida ijro etiluvchi «she’r» demakdir. Monodik lirika – yakka xonanda tomonidan ijro etiluvchi qo‘shiq. Xor lirikasi – ko‘pchilik tomonidan ijro etiluvchi qo‘shiq. Gekzametr – vazn olti turoqdan iborat bo‘lgan vazn, bu turoqlarning har qaysisi daktil deb atalgan bir uzun (-) ikki qisqa (UU) bo‘g‘indan tarkib topgan she’riy vazndir. Axloq - ruscha – moral, lotincha «mores», «moralis» so‘zlaridan olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat demakdir. Axloq so‘zi arabcha bo‘lib, xulq so‘zining ko‘pligidir. Etika - yunoncha «ethos» so‘zidan olingan bo‘lib, buning ma’nosi xulq-odat demakdir. Demokrit – axloqiy g‘oyalarining asosida inson ruhining osoyishtalikda bo‘lishi, tabiat hodisalarini o‘rganish asosida hayotdan lazzatlanish, tinch va osoyishta umr kechirish o‘z burchini bajargan holda jasur, o‘tkir, aqlli bo‘lish, do‘stliq o‘rtoqlikni kabi fikrlar yotadi. Suqrot – birinchi marta bilim bilan axloqning uzviy birligi haqida fikr yuritadi.. Motam qo‘shig‘i–bironta obro‘li sinor yoki yaqin kishining vafotiga shoirning qayg‘usini bayon etgan she’rdir. Bardlar - qadimgi island lirik poeziyasi bilan shug‘ullangan va lirik qo‘shiqlar ijrochisi. Filidlar – islad qo‘shiqchi – hikoyachilari deb yuritiladi. (VII-VIII asrlar.) Edda - qadimgi skandinaviya edda qo‘shiqlari deb nomlangan. XIII asr boshlariga asoslanib edda deb nomlaganlar. Voluspa - kelajak jarchisi demakdir. Rekankista - dushman bosib olgan mamlakat yerlarini ozod etish harakati. Sid - arabcha sayid so‘zidan olingan bo‘lib janob demakdir. Korpes - ispaniyada qonun chiqaruvchi majlis. Jonglyor - qo‘shiqchi baxshi. (Fransuz tilidan olingan.) Kansona–sevgi qo‘shig‘i bo‘lib, unda muhabbat va diniy mavzu yoritiladi. Bu janrdagi she’rlar nafisligi va bandlarining murakkabligi bilan ajralib turadi; Sirventa–asosan siyosiy xarakterdagi, qisman shaxsiy masalalarga bag‘ishlangan munozara yo‘sindagi qo‘shiqdir, shoir unda o‘z dushmanlariga qarshi hujum qiladi; Tensona–sevgi adabiy falsafiy mavzularda ikki shoir o‘rtasida bo‘lgan she’riy diologdan iborat; Alba yoki tong qo‘shig‘ida ritsar o‘z do‘stining kuzatuvi ostida tunda sevgani (birovning xotini) bilan uchrashgani borishi kuylanadi. Tong yorisha boshlashi bilan do‘sti «tong» qo‘shig‘ini aytadi va ritsarni ogohlantiradi; Pastorela–mavzusi jihatidan alba kabi alohida voqeani aks ettirgan lirik qo‘shiq bo‘lib, ko‘pincha u suhbat diologdan tashqil topgan kichik pyesani eslatadi, unda ritsar bilan cho‘pon qizning uchrashuvi va ular o‘rtasidagi munozara tasvirlanadi. Qo‘shiqning kirish qismida ritsar qizni tabiat quchog‘ida uchratib unga mulozamat qila boshlaydi. Qiz ritsarning so‘zlariga ishonib unga o‘z ixtiyorini topshiradi, biroq ritsar uni tashlab ketadi yoki aksincha qiz ritsarga jiddiy zarba berib uni haydab yuboadi.
2. Normatova Sh. Jahon adabiyoti. T., Cho`lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2008 – 96b 3. Boynazarov F. Jahon adabiyoti. T., “Musiqa”, 2006 – 160b 4. “Ellada qahramonlari”, Toshkent, “Yosh gvardiya”, 1976 yil 5. Sulaymonova F. “Sharq va G`arb”, Toshkent, “O`zbekiston”, 1997 yil
Download 399.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling