Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi fakulteti fransuz tili va adabiyoti bo


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.05.2020
Hajmi1.08 Mb.
#110732
1   2   3   4   5
Bog'liq
boshlangich sinflarda xorijiy tillarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalar


II 

BOB.

 

INTERFAOL 



USLUBLAR 

VA 

O’QITISH 

TEXNOLOGIYALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. 

2.1.  Xorijiy  tillarni  boshlang‘ich  sinflarda  o’rgatishda  interfaol 

uslublarning qo’llanilishi. 

Interfaol inglizcha so‘z bo‘lib, «interact»: «inter» - o‘zaro va «act» - harakat 

qilmoq),  ularni  umumlashtirganda  esa,  «Interfaol»  -  o‘zaro  harakat  qilmoq 

ma’nosini anglatadi. «Interaction» - hamkorlikni (boshqalar bilan) bildiradi. Ya’ni, 

o‘qitishning  interfaol  uslublari  –  bilish  va  kommunikativ  faoliyatni  tashkil 

etishning  maxsus  shakli  bo‘lib,  unda  ta’lim  oluvchilar  bilish  jarayoniga  jalb 

qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash 

imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  

Interfaol  usul  -  bu  o‘qituvchi  va  o’quvchilar  o‘rtasida  o‘zaro  hamkorlik 

tufayli  dars  samaradorligini  oshirish,  yangi  darsni  o‘qituvchining  mustaqil 

harakati, mulohaza, bahs - munozaralar orqali o‘rganish, qo‘yilgan maqsadga o‘zi 

mustaqil  erishish,  mikroguruhlarda  javob  topishga  harakat  qilishidir,  ya’ni  talaba 

fikrlaydi, yozadi, gapiradi, tinglaydi, eng asosiysi o‘zi faol ishtirok etadi.  

Interfaol  o‘qitish  usullari  ayniqsa,  amaliy  mashg‘ulotlarda  yaxshi  samara 

beradi.  

Interfaol  o‘qitish  usullarini  qo‘llashda  o‘qituvchining  vazifasi  guruh  ishlarini 

tashkil  qilishdan  va  mikroguruh  yetakchilarini  boshqarish  (ya’ni  dirijyorlik)dan 

iborat bo‘ladi. Demak, o‘qituvchi boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi bo‘lishi kerak.  

O‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi. Biz o‘qituvchi sifatida yangi rolni 

o‘rganishimiz  kerak.  Zamonaviy  bilim  berish  uchun  o‘qituvchining  o‘zi  ana 

shunday bilimga ega bo‘lishi kerak. 

Interfaol  usullardan  qay  birini  qo‘llash  va  qay  darajada  qo‘llash 

o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. 

Tabiiyki,  bunday  hollarda  bu  usullarni  qo‘llovchi  o‘qituvchi  o’quvchilar  - 

ning  bilim  saviyasini  va  ularning  nimalarga  qodir  yoki  qodir  emasliklarini 

e’tiborga olmog‘i kerak.     



 

23 


Darsning  interfaol  usulda  tashkil  etilishi  degani,  bunda  faqat  o’quvchi 

o‘ylashi,  fikrlashi,  harakat  qilishi  kerak  ekan  deb,  hamma  narsani  o’quvchiga 

tashlab  qo‘yish  yaxshi  samara  bermasligi  mumkin,  o‘qituvchi  ham  o’quvchidagi 

fikrlarga turtki berib, faollikka undab turishi kerak. 

O‘qituvchining  pedagogik  jarayondagi asosiy vazifasi – boshqaruvchilik. U 

shaxsning  shakllanishi,  rivojlanishi,  bilim  olishi  va  tarbiyalanishi  jarayonini 

boshqaradi. Boshqarish bu – yo‘naltirish, vazifa qo‘yish, o‘rgatish, yordam berish, 

qo‘llab  –  quvvatlash,  maslahat  berish,  rahbarlik  qilish,  kuzatish,  talab  qilish  va 

ko‘rsatma berishdir.  

U  dars  jarayonida  o’quvchilarga  yordam  berishi,  ularni  ruhini,  kayfiyatini   

ko‘tarishi, mavzuga qiziqtirishi, xonada tinmasdan harakat qilishi, guruhlar ishini 

nazorat  qilishi,  xatolarni  qayd  qilib  borishi,  intonatsiyani  tekshirishi,    

tushunmovchiliklarni  bartaraf  qilishi,  yangi  so‘z  va  iboralarni  doskaga  yozib  

borishi,  tarqatma  materiallar  berishi  va  audiovizual  uskunalardan  foydalanishi 

kerak.  Ammo  shuni  ta’kidlash  joizki,  dars  berish  avtomatik  ravishda  o‘rganishni   

anglatmaydi. 

Aksincha,  ba’zida  o‘qituvchining  dars  davomida  o‘ta  faol  ishlashi   

o’quvchilarning  mustaqil  fikrlashiga  salbiy  ta’sir  qiladi.  Chunki  u  dars  o‘tishga  

qanchalik ko‘p vaqt sarflasa, o’quvchilarning bilim olishlari uchun shunchalik kam 

vaqt qoladi.  

  

O’quvchilarning interaktivligiga yo‘naltirilgan darsning maqsadi esa, ularga 



imkon  qadar  ko‘p  faol  imkoniyatlarga  ega  bo‘lish,  chet  tilida  erkin  muloqot 

qilishga qo‘yib berishdan iboratdir. 

   Texnologik  xarita.    O‘qituvchi  har  bir  dars  jarayonini  yaxlit  holda  ko‘ra 

bilishi  va  uni  tasavvur  etishi  uchun  oldindan  loyihalashtirib  olishi  kerak.  Bunda 

o‘qituvchi bo‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzadi. Darsning texnologik xaritasi 

har  bir  mavzu,  har  bir  dars  uchun  o‘qitilayotgan  predmet,  fanning  xususiyatidan 

o‘quvchilarning  imkoniyati va  ehtiyojidan  kelib chiqqan holda  tuziladi.  Darsning 

texnologik  xaritasini  qay  ko‘rinish  (yoki  shaklda)  tuzish,  bu  o‘qituvchining 

tajribasi,  qo‘ygan  maqsadi  va  ixtiyoriga  bog‘liq.  Pedagogik  texnologiya  va 


 

24 


interfaol  uslublar  o‘qituvchini  ta’lim  jarayoniga  ijodiy  yondoshuvini  ta’minlaydi. 

O’quvchilarni faolligini oshiradi. Mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. O‘tilgan materialni 

tez o‘zlashtiradi va eslab qoladi. 

    Xorijiy tilni amaliy o‘rganishga qo‘yiladigan talablar. O‘quvchilarga nutq 

faoliyati turlari tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuvni til materiali  - leksika, 

grammatika,  talaffuzni  o‘rgatish  natijasida  ularning  chet  tilda  kommunikativ 

(axborot almashish) kompetensiyasi shakllantiriladi. 

Davlat  ta’lim  standartlariga  asosan,  maktablarning  I-IX  sinflarida  chet  tilni 

o‘qitishni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘linadi. 



Birinchi bosqich (А1) – nutq faoliyatini ta’minlaydigan malakalarning asosi 

chet  tillarni  o‘qitishning  birinchi  bosqichi  I-IV  sinflarda  shakllantiriladi.  Birinchi 

sinfda  til  o‘rganish  turli  o‘yinlar  orqali  amalga  oshiriladi.  O‘quvchi  tilni  tinglab 

tushunish  (o‘qituvchi  nutqi,  audio-video  moslamalar  orqali  takrorlash)  orqali 

o‘rganadi. 

Ta’limning A1 darajasida 1-sinf o‘quvchilari chet (ingliz, fransuz va nemis) 

tillarda  tinglab  tushunish  va  gapirish  (og‘zaki  nutq)ni  o‘rganishadi,  2-sinfdan 

boshlab  tinglab  tushunish,  gapirish,  o‘qish  va  yozuv  mashq  qilinadi.  Talaffuz, 

ayniqsa, ohangni o‘zlashtirish, urg‘u qo‘yish ustida olib boriladigan mashqlar ik-

kinchi bosqichda ham davom ettiriladi. 

Birinchi  (A1)  darajaning  har  bir  sinfi  oxirida  o‘quvchilar  quyidagi 

malakalarni egallashlari lozim: 



А1/1 (I sinf) 

Tinglab tushunish 

-  qisqa savollarni tushunish va javob qaytarish; 

-  sodda va qisqa matnlarni tinglab tushunish; 

-  sinfda qo‘llaniladigan iboralarni tushunish; 

-  oila a’zolari, atrof-muhitdagi narsalar haqidagi sodda nutqni tushuna olish

-  o‘qituvchining chet tildagi ko‘rsatmalarini bajara olish; 

-  mavzuga oid o‘yinlardagi so‘z va iboralarni tinglab tushunish; 

 


 

25 


Gapirish 

-  salomlashish, xayrlashish, uzr so‘rash, ismi va yoshini ayta olish; .  

-  1-20 gacha bo‘lgan sonlarni ayta olish; 

-  oila haqida gapira olish; 

tanish mavzular bo‘yicha sodda savollar berish va ularga javob bera olish;  



-  kundalik hayot bilan bog‘liq sodda gaplar ayta olish;  

-  mavzuga oid o‘yinlarda so‘z va iboralarni nutqda qo‘llay olish. 



А1/2 (II sinf) 

Tinglab tushunish  

    - mavzular bo‘yicha berilgan savol va ma’lumotlarni tushuna olish; 

   - sodda matnni tinglab tushunish; 

 - sinfda qo‘llaniladigan iboralarni tushunish; 

 - tovushlarni audiomatnda farqpay olish. 

Gapirish 

- maktab, o‘quv fanlari, hafta kunlari haqida gapira olish; 

- tanish mavzular bo‘yicha savollar bera olish va ularga javob qaytara olish

- qisqa suhbat (dialog)larda ishtirok etish. 



O‘qish 

 harf, harf birikmalari va so‘zlarni to‘g‘ri o‘qiy olish; 

 mavzular doirasida kichik, sodda matn va diloglarni o‘qib tushuna olish; 

 tanish so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qish orqali tovushni yozuvdagi harf bilan 

solishtira olish; 

 bir daqiqada 25-30 so‘z tezligida o‘qiy olish. 



Yozuv 

-  o‘rganilgan so‘zlarni alfavit tartibida yoza olish; 

-  mavzularga mos so‘zlarni yoza olish; 

-  oddiy gaplar tuza olish; 

- - mavzular doirasida sodda savollarga javob yoza olish; 

-  xotiradagi so‘zlarni to‘g‘ri yoza olish; 

-  shaxsiy ma’lumotlarni yozma ifolalash. 


 

26 


 

Maktabda  boshlang‘ich  sinflarda  fransuz  tili  grammatikasi  va  leksikasini 

o‘qitishning didaktik asoslari. Grammatik va leksik minimum. 

1 - sinf 66 soat А1/1 

- "être" fe’lining hozirgi zamon shakllari (suis, es, est): Je suis élève. Tu es 

jolie. II est grand. 

Maxcyc so‘roq gaplar: Tu as quel âge? Comment tu t’appeles? Où est le 



livre? 

Oddiy hozirgi zamon (tasdiq, so‘roq gaplar): J’aime la pomme. Tu as deux 



ans. Il parie français... 

- Kishilik olmoshlari ( Je, tu, ii, elle, nous, vous, ils, elles): J’aime la pomme. 

Tu as deux ans. Il parle français... 

Ko‘rsatish olmoshi (се, cet, cette): Elle aime ce livre. 

- Egalik olmoshlari (mon, ma, ton, ta, son, sa): C’est mon ami. Та ville est 

belle... 

- "il у a" iborasi: Dans la chambre il у a une table. 

- Buyruq mayli: Entre! Entrez! Lis! Lisez! Prends! Prenez! 

- Shaxssiz gaplar: Il fait chaud. Il fait froid. Il pieut... 

- Otlarning kishilik shakli: J’ai des livres. Il mange des oranges. 

2-sinf 68 soat A1/2 

Izoh:  grammatika  asosiy  dars  jarayonida  integrallashgan  holda  amalga 

oshirilishi shart. 

- Ma, ta, sa 

- Mon, ton, son 

- egalik olmoshlarini sodda gaplarda qo‘llash; 

- « aller» fe’lining birlik formasini gapda qo‘llash; 

- Се, cet, cette, ces ko‘rsatish sifatlarini gapda qo‘llay olish;  

- « dans » predlogini gaplarda qo‘llash; 

il y a » iborasini gapda qo‘llash; 

- Il est... iborasi yordamida vaqtni to‘g‘ri ayta olish; 



 

27 


- Il est midi. Il est minuit; 

*«  Se  lever»,  hozirgi  zamonning  yasalishi,  fe’llarni  birlik  formada  qo‘llay 

olish; 

*olmoshli fe’llarni gapda qo‘llay olish;  



*fe’llarni so‘roq formada qo‘llay olish; 

*« aimer» fe’lini bo‘lishli va bo‘lishsiz formalarda formada qo‘llay olish;  

*sifatlarni gapda qo‘llay olish; 

*« fêter», « célébrer» fe’llarini hozirgi zamonda qo‘llay olish;  

*«jouer à... », «jouer de... » fe’llarining hozirgi zamon birlik formada 

tuslanishi va qo‘llanilish holatlarini farqlay olish, gaplar tuzishni bilish.  

Il pleut. Il neige.  

Il fait beau. Il fait mauvais.  

Il fait du soleil. Il fait du vent. 

«à , en» predloglarini gaplarda qo‘llay olish; 

«se  coucher»,  «se  réveiller»  fe’llarining  hozirgi  zamon  birlik  formasida 

tuslanishini bilish; 

« se reposer», « se ргоmеnег» 

« s’amuser» fe’llarini hozirgi zamonda tuslash va gaplar tuzishni bilish. 



Fransuz tili fanidan talaffuz minimumining didaktik asoslari 

2-sinf А1/2 

- Izoh: fonetika asosiy dars jarayonida integrallashgan holda amalga oshirilishi 

shart alifbo; 

-  unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish; 

-  diftonglar; 

-  fransuz tilidagi burun tovushlar talaffuzi; 

-  fransuz tilida urg‘u; 

-  darak, so‘roq, inkor gaplarda ohang

-  buyruq gaplarda ohang; 

-  fransuz tilida so‘z oxirida o‘qilmaydigan harflar; 

-  «h » xarfining o‘qilish qoidalari; 


 

28 


-  « с », « g » harflarining talaffuz qoidalari; 

o’zbek va fransuz tillaridagi harf birikmalarining talaffuzi; 



 « n », « m » harflarining sof va burun tovushlarni hosil qilishi; 

- diakritik belgilarning o‘qilish qoidalari (accent aigu, accent graphe, accent 

circonflèxe); 

 Fransuz  tili  fanlarini  o’qitishda  kichik  guruhda  ishlash  yoki  juft  holda 

ishlash  kutilgan  natijani  beradi.  Guruhlarda  o’quvchilar  soni  kam  bo’lganligi 

sababli, mashg’ulotlar sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 

Fransuz tili fanidan dars o’tish jarayonida interfaol ko’rinishdagi o’yinlardan  

foydalanish mumkin. Bu jarayonda o’quvchilarning faollashishini kuzatilgan. 

O’quvchilar  kichik  guruhlarga  bo’linishadi.  Ularning  har  biriga  ma’lum 

mavzu  bo’yicha  (yil  fasllari,  ranglar,  mevalar,  hayvonlar  va  hokazo)  rasmli 

kartochkalar solingan konvert tarqatiladi. Topshiriq shunday: ma’lum bir mavzular 

yo’nalishda saralanishi kerak. 

Birinchisi  –  qish,  ikkinchisi  –  bahor,  uchinchisi  –  yoz,  to’rtinchisi  -  kuz 

bo’lib, ular biri – biridan ajratib olinadi. Diqqat bilan kuzatiladi, guruh a’zolari yil 

fasllari  mavzusiga  oid  rasmlarini  to’rtta  yo’nalishda  to’g’ri  ajratishadi. 

O’quvchilarning har birini rag’bat kartochkalari bilan taqdirlanadi. 

O’quvchilar  imkoniyatiga  qarab  “Davra  suhbati”  metodini  ham  qo’llash 

mumkin.  

Buning  uchun  stol  –  stullar  doira  shaklida  joylashtiriladi.  Bu  usulda 

o’quvchilar  bir  –  biri  bilan  yuzma  –  yuz  o’tiradilar.  Suhbat  og’zaki  shaklda 

o’tkazilishi mumkin. O’quvchi tanishuv mavzusini tushuntiradi va takrorlashlarini 

so’raydi. Aylana bo’ylab har bir juftlik o’zaro tanishadilar. 

Interfaol  metodlar,  eng  avvalo,  o’quvchining  o’z  bilimlarini  namoyish 

etishga,  ularni  faollashtirishga  xizmat  qiladi.  Shu  bois  ushbu  o’qitish  usullarini 

maxsus  maktablarda  qo’llash  o’quvchidan  mavzuga  doir  mustaqil  fikri  yoki 

bilganlarini aytishga undashi barobarida, o’ziga ishonch tuyg’usini shakillantiradi. 

Bu  esa  uni  o’z  ustida  qo’shimcha  ishlash  orqali  boshqa  imkoniyatlarini  kashf 

qilishga ruhlanitirishi bilan ahamiyatlidir.  



 

29 


Hozirgi  vaqtda  ta`lim  jarayonida  o`qitishning  zamonaviy  metodlari  keng 

qo`llanilmoqda.  Chunki  o`qitishning  zamonaviy  usullarini  qo`llash  o`qitish 

jarayonida  yuqori  samaradorlikka  olib  kelishi  hech  kimga  sir  emas.  Ta`lim 

metodlarni  tanlashda  har  bir  darsning  didaktik  vazifasidan  kelib  chiqqan  holda 

tanlash maqsadga muvofiq. 

 

Ilgarigi  o`qitish  usullaridagi  an`anaviy  dars  shaklini  saqlab  qolgan  holda 



mazkur  dars  mashg`ulotlarini  talabalar  faoliyatini  faollashtiradigan  usullar  bilan 

boyitish  lozimdir.  Bu  holat  ta`lim  oluvchilarning  o`zlashtirish  darajasini 

ko`tarilishiga olib keladi. Buning uchun: 

.  dars jarayonining oqilona tashkil etilishi; 

.    ta`lim  beruvchi  tomonidan  ta`lim  oluvchilarning  qiziqishi  orttirib  turilishi, 

ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirilib turilishi; 

.    o`quv  materiallarini  kichik-kichik  bo`laklarga  bo`lib,  ularning  mazmunini 

ochishda  “Aqliy  hujum”,  “Kichik  guruhlarda  ishlash”,  “Muammoli  vaziyat”  va 

“Rolli  o`yinlar”  kabi  metodlarning  qo`llanilishi  va  ta`lim  oluvchilarning  amaliy 

mashqlarni mustaqil bajarilishi talab etiladi. 

 

Yuqoridagi  usullarni  bir  so`z  bilan  interfaol  (yoki  interaktiv)  usullar  deb 



atash mumkin. Bunday usullar qo`llanilganda ta`lim beruvchi ta`lim oluvchini faol 

ishtirok etishga chorlaydi. Ta`lim oluvchi butun dars jarayonida ishtirok etadi.     

          Bunday  usulning  foydali  jihatlari  quydagilarda  nomoyon  bo`ladi: 

o’quvchining  ta`lim  olish  jarayonida  samarali  o`qib  -  o`rganishiga  imkon 

yaratiladi. Shuningdek ta`lim oluvchining tashabbuskorligi qo`llab - quvvatlanadi. 

Interfaol  usullarda  dars  tashkil  etishda  sinfdagi  holat  butunlay  boshqacha 

ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan asosiy maqsad: 

Birinchidan, o‘quvchilar o‘zlarini erkin tutadi, bemalol harakat qiladi. Dars 

tashkil  qilishdan  oldin  sinf  xonasini  jihozlashga  alohida  e’tibor  beriladi.  Stol-

stullarning joyini o‘zgartish ham o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi.  

  

Psixologik  jihatdan  qaraganda  faol  o‘qitish  metodlarida  fazoviy 



joylashuvlariga  qarab  o‘quvchilarning  psixologik  mavqei  (ya’ni  darsga 

 

30 


munosabati,  faolligi)  har  xil  bo‘ladi.  Ruhiy  tayyorgarlik  va  mas’uliyat  hissi  ham 

shunga muvofiq ravishda o‘zgaradi.   

Masalan: 1. An’anaviy (3 qator bo‘lib, doskaga qarab o‘tiriladigan  holat)  darsda 

o‘quvchilar bir-birlarining yuzini ko‘rish imkoniyati cheklangan va doska oldidagi 

o‘qituvchiga  va  u  bayon  etayotgan  mazmunga  nisbatan  tinglovchilarning 

mavqelari,  mas’uliyati  turlicha.  Bu  sharoitda  baxs  o‘tkazish  mumkin  emas. 

Chunki, sinfda oxirgi qatorda o‘tirgan o‘quvchi bilan birinchi qatorda o‘tirganning 

darsga  munosabati  keskin  farq  qiladi.  O‘quvchining  psixologik  mavqei  -  «Men 

o‘yindan  tashqarida»  degan  holatda  bo‘ladi.  Bolaning  jismoniy  va  ruhiy 

tayyorgarligi, faolligi sust bo‘ladi. 

 

 

 



 

2.  «Men-o‘yinda»  deb  ataluvchi  holat: o‘quvchilar doira  shaklidagi  stol 

atrofida  joylashadilar  va  o‘rtaga  tashlangan  mavzu  yuzasidan  erkin  fikr 

almashish,  hattoki,  ayrim  ijtimoiy  rollarga  ham  kirish  imkoniyatiga  ega 

bo‘ladilar, hatto o‘qituvchi ham qatorda o‘tiradi. Ishchanlik o‘yinlari va boshqa 

rolli o‘yinlar ana shunday sharoitda o‘tkazilishi mumkin. 

.                


 

31 


  

 

 



3. «Men-munozarada» deb ataluvchi  holat, odatda bunday baxslar to‘rtburchak 

(P  shaklida)  stol  atrofida  uyushtiriladi  bu  aynan  bahs  munozaralar  o‘tkazish 

uchun qulay, chunki unda shaxs o‘z fikrini dadil aytish uchun imkoniyatni his 

qiladi. 


 

 

 



 

 

4. 



«Men  -  hamkorlikdaman»  degan  holat  kattaroq  guruhlar  tarkibida 

tashkil  etiladi.  Munozara  a’zolari  to‘rt-besh  kishidan  bo‘lib,  alohida  stollar 

atrofida  o‘tirib,  har  bir  guruh  o‘z  qarorini  chiqaradi.  «Munozara»  klublari 

faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.  

                        


 

32 


  

 

 



Mana  shu  shakllarda  o‘quvchi  o‘zi  faol  ishtirok  etgan  holda,  yakka, 

juftlikda,  guruhlarda  muammo  va  savollarga  javob  topishga  harakat  qiladi, 

fikrlaydi,  baholaydi,  yozadi,  so‘zga  chiqadi,  dalil  hamda  asoslar  orqali  qo‘yilgan 

masalani  yoritib  berishga  harakat  qiladi.  Yangi  mavzuni  o‘zlashtirishda  tanqidiy, 

tahliliy  yondosha  oladi.  O‘qituvchi  faqat  fasilitator  (yo‘l-yo‘riq  ko‘rsatuvchi, 

tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.  

O‘quvchi  o‘ziga  berilgan  topshiriqni  o‘zi  fikrlash  qobiliyati  darajasida 

mustaqil bajaradi, topshiriqni bajarish uchun o‘rtog‘i bilan maslahatlashishi, sinfda 

bemalol  harakatlanib  yurishi,  sinf  xonasidagi  o‘ziga  kerak  bo‘lgan  jihozdan 

foydalanishi  mumkin.  Hatto  ayrim  topshiriqlar  sinf  xonasidan  tashqarida  bo‘lishi 

mumkin,  o‘quvchilar  topshiriqni  olgach,  hatto  maktabdan  tashqariga  chiqishlari 

ham mumkin. Bu payt ular tegishli kuzatishlar, tekshirishlar, o‘lchash, taqqoslash, 

tahlil  qilish  kabi  amaliy  ishlarni  bajarib  ko‘radilar.  Natijada  o‘zlari  mustaqil 

fikrlab,  o‘zlari  xulosa  chiqaradilar.  Bunday  topshiriqlarni  barcha  fanlarda  berish 

mumkin.  

Topshiriqlarning  mazmuni  o‘rganilishi  kerak  bo‘lgan  rejadagi  mavzuni 

yoritishga xizmat qilish kerak. O‘quvchilarga beriladigan topshiriqni tayyorlashda 

o‘quvchilarning  yoshi,  bilimi,  saviyasi,  fundamental  ma’lumotlarni  hisobga  olish 

nihoyatda  muhim.  O‘rganilishi  talab  qilinayotgan  bilimni  o‘quvchi  o‘zi  tashqi 

muhitda ko‘rib, kuzatib, qo‘li bilan ushlab ko‘rish, bajarib ko‘rish orqali egallaydi. 



 

33 


Ana  shu  bilim,  ko‘nikmalari    amaliy  bo‘lganligi  uchun  o‘quvchi  ongida  umrbod 

saqlanishi  tabiiy.  Demak,  mana  shu  jihatlarga  xar  doim  e’tibor  berish  muhim 

ahamiyatga ega. 

O‘quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o‘rgatish    ularni  chinakam  hayotga 

tayyorlaydi. Mustaqil fikrlay olgan o‘smir hayotda o‘z o‘rnini bemalol topa oladi, 

muammolarni o‘zi yecha oladi, birovga qaram bo‘lmaydi, muhtojlik sezmaydi, har 

qanday vaziyatdan chiqishning tadbirini tuza oladi, chunki, mustaqil fikrlash orqali 

hayotga tayyorlanadi. Hayot qiyinchiliklariga dosh bera oladi.  

 

Bunday usullar to`g`ri va ijobiy qo`llanilganda, ular ta`lim oluvchilarni erkin 



va ijodiy fikrlashga o`rgatadi.         

   


Xulosa  qilib  aytsak,  zamonaviy  ta’limni  tashkil  etishda    ushbu  interaktiv 

metodlardan  foydalanish,  ya’ni  qisqa  vaqt  ichida  muayyan  nazariy  bilimlarni 

o’quvchilarga  yetkazib  berish,  ularni  darsga  shu  yo’l  bilan  qiziqtira  olish,  ularga 

ma’lum  faoliyat  yuzasidan  ko’nikma  va  malakalarini  hosil  qilish,  shuningdek, 

o’quvchilar  faoliyatini  nazorat  qilish,  ularni  to’g’ri  baholash  o’qituvchilardan 

yuksak  pedagogik  mahorat  hamda  ta’lim  jarayoniga  nisbatan  yangicha 

yondashuvni talab qiladi, xolos. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

34 


2.2.  Xorijiy tillarni boshlang‘ich sinflarda o’rgatishda interfaol 

uslublarning turlari. 

 

Boshlang’ich  sinflarda  chet  tili  fanlari  o’yin  tarzida  tashkil  etiladi  va 

quyidagi o’iylarni  tajriba sinovdan o’tkazilgan: 

             “Laylak keldi” (clapping game) o’yin metodi, bunda bir nechta o’quvchilar 

ishtirok etishi mumkin. O’quvchilarga hafta kunlarini o’rgatishda qo’l keladi. Bu 

o’yinni tashkil etishda o’quvchilar doira bo’lib turadi va o’ng qo’l kaftini o’zidan 

oldingi o’quvchining chap qo’l kaftiga qo’yadi. Hafta kunlarini ketma – ket aytish 

jarayonida  yuqoridagi  qo’l  kafti  bilan  o’zidan  keyingi  o’quvchi  kaftiga  uradi. 

Masalan:  Lundi,  Mardi,  Mercredi,  Jeudi,  Vendredi,  Samedi,  Dimanche  tarzida  . 

So’nggi  o’quvchi  o’zidan  keyingi  o’quvchining  kaftiga  ursa  keyingi  o’quvchi 

o’yinni  tark  etadi  yoki  o’z  kaftiga  ursa  o’zi  o’yinni  tark  etadi.  O’yinni  nazorat 

qilib,  tezroq  holatda  amalga  oshishini  tashkil  etish  kerak,  aks  holda  o’yin  vaqti 

cho’zilishi mumkin. Bu uslub bilan hafta kunlarini, fasllarni, oy nomlarini va shu 

mavzularga o’xshash mavzularda qo’llash mumkin. 

“Aql  charxpalagi”  uslubi.  Bu  uslubda  o’qituvchi  karton  qog’ozidan  doira 

shaklini  tayyorlab  oladi  va  kattaroq  karton  qog’oziga  biriktiradi.  Kerakli  joyiga 

ko’rsatkich  belgisini  qo’yishi  kerak.  Doira  shaklga  o’quvchilarga  o’tilgan  mavzu 

rasmlarini  qo’yadi.  O’quvchilar  navbat  bilan  charxpalagini  aylantirib, 

ko’rsatgichda to’xtagan rasmni tasvirlab berishi kerak. Bunda yuqori sinflar uchun 

savollardan ham foydalansa buladi. Boshlang’ich sinflarda rasmlardan foydalanish 

o’rinli bo’ladi. 

     “Applaudissement”  (qarsak  –  depsinish)  uslubi.  Bu  uslubni  boshlang’ich 

sinflarda keng foydalansa bo’ladi. Ikki guruhga bo’lib o’rganiladigan mavzularda 

foydali.  Masalan:  mevalar  va  sabzavotlar  mavzusi  tushuntirilganidan  keyin, 

o’quvchilarga  aralash  tarzda  rasmlar  ko’rsatiladi.  O’quvchilar  mevalarni 

ko’rganida  qarsak  chalishi,  sabzavotlarni  ko’rganida  depsinishi  kerak  bo’ladi. 

Noto’g’ri  bajargan  o’quvchilar  o’yinni  tark  etishadi.  Bu  uslub  ko’rib  o’rganuchi 

o’quvchilar  uchun  foydali,  tinglab  o’rganuvchi  o’quvchilar  uchun  esa  meva  va 



 

35 


sabzavotlarni  nomlarini  o’qib  eshittiriladi.  Bu  o’yin  o’rqali  uy  hayvonlari  va 

yovvoyi hayvonlar rasmlari yoki nomlari bilan ham tashkil etsa ham bo’ladi. 

        Innovatsion  texnologiyalar va metodlardan namunalar  

«Bumerang» texnologiyasi  

«Idrok xaritasi» metodi 

 «Zinama -zina» texnologiyasi  

 «Muammo» texnologiyasi  

«Loyihalash» texnologiyasi  

«Debatlar» texnologiyasi  

 «Charxpalak» texnologiyasi  

«Ikki qismli kundalik» metodi  

«Klaster» metodi  

«Insert» texnologiyasi  

 «Muammoli vaziyat» texnologiyasi  

«Xulosalash» (Rezyume) texnologiyasi  

«O‘quv sikli» texnologiyasi 

«Assesment» texnologiyasi 

«Yelpig‘ich»  -  bu  texnologiya  murakkab  va  ko‘ptarmoqli  bo‘lib,  muammoli 

mavzularni o‘rganishga qaratilgan.  

  

Texnologiyaning  mohiyati  shundan  iboratki,  bunda  mavzuning  turli 



tarmoqlari  bo‘yicha  bir  yo‘la  axborot  beriladi.  Ayni  paytda,  ularning  har  biri 

alohida  nuqtalardan  muhokama  etiladi.  Masalan,  ijobiy  va  salbiy  tomonlari, 

afzallik  va  kamchiliklari,  foyda  va  zararlari  belgilanadi.  Bu  interfaol  texnologiya 

o‘quvchilarga    tanqidiy,  tahliliy  va  aniq  mantiqiy  fikrlashlarini  muvaffaqiyatli 

rivojlantirishga  hamda  o‘z  g‘oyalari,  fikrlarini  yozma  va  og‘zaki  shaklda  ixcham 

bayon etish, shuningdek, uni himoya qilishga imkoniyat yaratadi.  

“Yelpig‘ich”  texnologiyasi  umumiy  mavzuning  ayrim  tarmoqlarini  muhokama 

qiluvchi  kichik  guruhlarning,  har  bir  qatnashchining  va  umuman  guruhning  faol 

ishlashiga qaratilgan. 

«Insert» strategiyasi metodi  



 

36 


Sinf  o‘quvchilari  guruhlarga  bo‘linadilar,  guruhlar  nomlanadi.  O‘qituvchi 

har  bir guruh  o‘quvchilaridan  mavzuga  oid  ikkitadan  fikr  bildirishlarini  so‘raydi. 

Guruhlar  navbati  bilan  (ushbu  jarayonda  guruhning    barcha  a’zolari  faol  ishtirok 

etishlarini  ta’minlash  maqsadga  muvofiq)  fikr  bildiradilar.  Bayon  etilgan  fikrlar 

yozuv  taxtasiga    yozib  boriladi.  Faoliyat  yakunlangach,  o‘qituvchi  mavzular 

mazmunini  yoritishga  xizmat  qiluvchi  matnni  o‘quvchilarga  tarqatadi.  So‘ngra 

shunday topshiriq beriladi:  

A- matn bilan tanishib chiqing;  

B- matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo‘yib chi4qing:  

Z-matnda guruhda tomonidan bildirilgan fikr o‘z aksini topgan bo‘lsa; 

S-matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo‘lsa; 

D-matnda bir biriga zid fikrlar mavjud bo‘lsa; 

E-matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa. 

 

So‘ngra  guruh  a’zolari    shaxsiy  qarashlarini  o‘zaro  o‘rtoqlashadilar,  guruh 



bo‘yicha  belgilar  soni  umumlashtiriladi.  Liderlar  vositasida  har  bir  belgining 

miqdori bayon etiladi va izohlanadi.  O‘qituvchi guruhlar tomonidan qayd  etilgan 

sonlarni  ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.  

O‘qituvchi  har  bir  guruh  lideri  fikrini  tugatgach,  yuzaga  kelgan  qarama 

qarshilik  va  tushunmovchiliklarni  o‘quvchilar  to‘g‘ri  xal  etishlariga  va  tushunib 

olishlariga yordam beradi. 

Shundan so‘ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy 

tushunchalarni ajratidalar ular o‘rtasidagi mantiqiy  munosabatlarni ochib berishga 

harakat  qiladilar  (modellashtiradilar).  Guruhlar  tomonidan  ilgari  surilgan    fikrlar 

umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi. 

Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.  

Kichik  guruhlarda  ijodiy  izlanishni  tashkil  etish  metodi  1976  yili  Tel-Aviv 

universiteti    professori  Sh.  Sharan  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Bu  metodda 

ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.  

O‘quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish 

olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o‘rganish 



 

37 


lozim  bo‘lgan  o‘quv  materiali  kichik  qismlarga  ajratiladi.  Keyin  bu  qismlar 

yuzasidan  topshiriqlar  har  bir  o‘quvchiga  taqsimlanadi.  Shunday  qilib,  har  bir 

o‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.  

Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Guruh a’zolari 

birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘z ijodiy izlanishlari 

natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘quv bahsi, munozara 

o‘quvchilar  jamoasining  hamkorlikda  bajargan  mustaqil  faoliyatining  natijasi, 

yakuni sanaladi. 

 Hamkorlikda  ishlash  natijasida  qo‘lga  kiritilgan  muvaffaqiyatlar  sinf 

jamoasining har bir o‘quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik 

guruhlarni,  umuman  sinf  jamoasini  jipslashtirishga,  avval  o‘zlashtirilgan  bilim, 

ko‘nikma  va  malakalarni  yangi  kutilmagan  vaziyatlarda  qo‘llanib,  yangi 

bilimlarning o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi. 

«Komandada o‘qitish» metodi  

Komandada  o‘qitishda  o‘quvchilar  teng  sonli  ikkita  komandaga  ajratiladi.  Har  

ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o‘quv topshiriqlarini 

hamkorlikda bajarib,  har bir  o‘quvchi  mavzudan ko‘zda  tutilgan  bilim,  ko‘nikma 

va malakalarni o‘zlashtirishga e’tiborni qaratadi. 

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo‘lgan R.Slavinning 

ta’kidlashicha, o‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko‘rsatma 

berilishi  yetarli  emas.  O‘quvchilar  o‘rtasida  tom  ma’nodagi  hamkorlik  har  bir 

o‘quvchining  qo‘lga  kiritgan  muvaffaqiyatidan  quvonish,  bir-biriga  sidqidildan 

yordam  berish  hissi,  qulay  ijtimoiy-psixologik  muhit  vujudga  kelishi  zarur. 

Mazkur  texnologiyada  o‘quvchilarning  bilimlarni  o‘zlashtirish  sifatini  aniqlashda 

ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi avval qo‘lga 

kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. 

Shundagina  o‘quvchilar  o‘zining  dars  davomida  erishgan  natijasi  komandaga 

foyda  keltirishni  anglagan  holda  mas’uliyatni  his  qilib,  ko‘proq  izlanishga,  bilim, 

ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishga intiladi. 

«Ikki qismli kundalik»  



 

38 


Ikki qismli kundalik pedagogik uslub bo‘lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub 

o‘qib  chiqilgan  mavzu  bo‘yicha  tushunchalarni  shaxsiy  tajriba  bilan  bog‘lashga 

imkon beradi.  

Maqsad: o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otish, yozma nutqni rivojlantirish.  

 Amalga oshirish bosqichlari:  

1-bosqich.  O‘quvchilarga  oldindan  tayyorlab  qo‘yilgan  matn  o‘qish  uchun  taklif 

etiladi.  

2-bosqich.  Hamma  matn  bilan  tanishganiga  ishonch  xosil  qilib,  daftarni  vertikal 

chiziq bilan ikkiga bo‘lish so‘raladi.  

3-bosqich.    O‘quvchilarga,  daftarni  chap  tomoniga  muallif  sitatalar  (g‘oyalari, 

fikrlari)ni yoqqanlarini (yoki yoqmaganlarini) yozishlari aytiladi.  

4-bosqich. O‘ng tomonga o‘quvchi mazkur sitataga berilgan o‘zini izohini yozadi, 

ya’ni o‘qilgan matn haqidagi tushunchasini umumlashtirib beradi.  

5-bosqich.  Topshiriqni  shu  qismi  tugagandan  keyin  o‘quvchilarga  (o‘z  xohishiga 

ko‘ra) bittadan sitatalarni va ularga yozilgan izohni o‘qish taklif etiladi. Sitata va 

ularning  izohi  o‘qilayotganda  savol  berish  yoki  mazkur  sitataga  o‘z  izohini 

berishga ruxsat etiladi.  

6-bosqich.  O‘quvchilar  sherik  (uchliklar  yoki  kichik  guruhlar)  bo‘lib  ham 

ishlashlari mumkin.  

“Idrok xaritasi” (Konseptual xarita) metodi  

“Idrok xaritasi” (Konseptual xarita) adabiyotda turli nomlar bilan  uchraydi: “Idrok 

xaritasi”,  “Konseptual  xarita”,  “Kartografiya  konsepsiyasi”,  “Intellekt-xarita”  - 

fikrlarni taqdim qilish va bog‘lash usuli bo‘lib, u o‘quvchilarda tassavvur qilish va 

fikrlarni  tizimlashtirish,  o‘tganilayotgan  mavzudagi  bosh  g‘oyalar  yoki  asosiy 

tushunchalarni,  birlamchi  tushunchalarni  izohlashga  yordam  beruvchi  ikkilamchi 

va  uchlamchi  g‘oyalar  yoki  tushunchalarni  ajratish  ko‘nikma  va  malakalarini 

shakllantirishga qaratilgan.  

Taklif etilayotgan usul yangi bilim va axborotlarni konspektlashtirishning standart 

chizmasini  ishlashga  xizmat  qiladi  va  darsning  uzundan  uzoq  konspektini  yozish 

yukidan xalos etadi. 



 

39 


 Xaritani tuzish o‘quvchiga: 

-  asosiy,  ikkilamchi,  uchlamchi  (va  h.k.)  shoxchalar  (chiziqlar)  larni  ishlatish 

hisobidan iyerarxik tartibda mavzuning asosiy g‘oyalarni strukturalashga;  

- ravshan va rangli obrazlar orqali g‘oyani kuchaytirishga; 

- ular orasidagi bog‘liqlikni namoyish etishga; 

- rang, shrift razmeri, bo‘rttirish va h.k.lar bilan konsepsiyalarni ajratishga; 

- maxsus belgilar yordamida g‘oyalarni baholash va izohlashga imkon beradi. 

“Tushunchalar tahlili” metodi  

♦  Uslubning  mohiyati.  Ushbu  uslub  o‘tilgan  (chorak,  semestr,  yoki  o‘quv  yili 

tugagach)  o‘quv  predmeti  yoki  bo‘limning  barcha  mavzularini  o‘quvchilar 

tomonidan  yodga  olish,  biror  mavzu  bo‘yicha  o‘qituvchi  tomonidan  berilgan 

tushunchalarga mustaqil ravishda izoh berishga, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib 

baholashga  imkoniyat  yaratish  va  o‘qituvchi  tomonidan  qisqa  vaqt  ichida  barcha 

o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan. 

♦Uslubning  maqsadi.  O‘quvchilarni  mashg‘ulotda  o‘tilgan  mavzuni  egallaganlik 

va  mavzu  bo‘yicha  tayanch  ushunchalarni  o‘zlashtirib  olinganlik  darajasini 

aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim 

darajalarini  baholash,  yakka  va  guruhda  ishlash  ,  guruhdoshlari  fikrini  hurmat 

qilishga va o‘z bilimlarini tizimga solishga o‘rgatadi. 

♦  Uslubning  qo‘llanishi.  O‘quv  mashg‘ulotlarining  barcha  turlaida,  darsning 

boshlanishida,  dars  oxirida,  bir  bo‘lim  tugaganda  o‘tilgan  mavzuni 

o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun, o‘quvchilarni joriy va oraliq, yakuniy 

baholash  uchun  ishlatiladi.  Yangi  mavzuni  boshlashdan  oldin  o‘quvchilarning 

mavjud bilimlarini tekshirib olishga mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashhulotning 

ayrim  bosqichlarida  yakka,  kichik  guruhda  yoki  jamoa  shaklida  tashkil  etish 

mumkin. Shuningdek uyga vazifa sifatida ham foydalanish mumkin. 

♦Mashg‘ulotda  foydalaniladigan  vositalar.  Tarqatma  materiallar,  tayanch 

tushunchalar ro‘yxati, qalam, ruchka, slayd. 

Izoh:    reja  bo‘yicha  belgilangan  mavzu  asosida  hamda  o‘qituvchining  qo‘ygan 

maqsadi  (tekshirish,  mustahkamlash,  baholash)ga  mos  ravishda  tayyorlangan 



 

40 


tarqatma  materiallarguruh  o‘quvchilari  yoki  guruhlar  soniga  qarab  mo‘ljalanishi 

kerak. 


♦Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi.  

►o‘quvchilar guruhlarga ajaratiladi. 

►o‘quvchilar  mashg‘ulotni  o‘tkazishga  qo‘yilgan  talab  va  qoidalar  bilan 

tanishtiriladi. 

►tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi. 

►o‘quvchilar  yakka  tartibda  tarqatma  materialda  berilgan  tushunchalar  bilan 

tanishib, ularning izohini yozadilar. 

►belgilangan  vaqt  tugagach,  o‘qituvchi  tarqatma  materialda  berilgan 

tushunchalarni  o‘qiydi  ishtirokchilar  javoblarini  eshitadi  va  ekranda  slayd  orqali 

to‘g‘ri javobni e’lon qilib boradi. 

►har  bir  o‘quvchi  o‘z  javobi  bilan  to‘g‘ri  javob  o‘rtasidagi  farqlarni  aniqlaydi, 

to‘g‘ri javoblarini belgilaydi, o‘z –o‘zini tekshiradi, baholaydi. 

«Qora quti» metodi 

Ushbu metod vositasida qo‘yidagi harakatlar tashkil etiladi: O‘quvchilar juftlikka 

birikadilar  va  ularga  mavzuga  oid  ma’lumotlar  beruvchi  tushunchalarni 

kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi. 

O‘qituvchi  topshiriqning  guruhlar  tomonidan  qanday  bajarilganligini  tekshiradi, 

uni  to‘g‘ri  bajargan  juftlikning  bir  a’zosi  o‘qituvchi  rolini  bajaradi  va  yozuv 

taxtasiga  mavzuga  oid  sanalar  so‘zlar  yozadi.  So‘ngra  o‘quvchilardan  ushbu 

sanalar  so‘zlar  nimani  anglatishini  so‘raydi,  to‘g‘ri  javob  bera  oladigan  o‘quvchi 

o‘qituvchi  rolini  ijro  etadi  va  o‘quvchilardan  mavzu  mohiyatini  ochib  berishga 

xizmat  qiluvchi  beshta  tushunchani  kartochkalarga  yozishni  so‘raydi.  Ushbu 

o‘quvchi  o‘qituvchi  yordamida  topshiriqni  juftliklarda  o‘quvchilar  qanday 

bajarganlarini tekshiradilar va yozuv taxtasiga mavzuga oid turli so‘zlar atamalarni 

yozadilar.  O‘qituvchi  rolini  bajarayotgan  o‘quvchi  tengdoshlaridan  ushbu  so‘zlar 

nimalarni anglatishini so‘raydi. 

“Menyu” metodi.  


 

41 


Yakka  tartibda  yoki  kichik  guruhlar  bilan  ish  olib  borishni  hohlagan  ijodkor 

o‘qituvchiga  “Menyu”  metodidan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  Bunda  kichik 

guruhga  aniq  topshiriq  beriladi.  Misol,  “O‘zbekiston  fuqarolarining  huquqlari” 

tasnifi xilma-xil, o‘qituvchi har bir guruh uchun alohida topshiriq tayyorlaydi.  

1. Konstitutsiyaviy huquqlar  

2. Ma’muriy huquq asoslari .  

3. Fuqarolik huquqlari asoslari.  

4. Mehnat huquqlari asoslari  

5. Ekologik huquqlari asoslari  

Har  bir guruh topshiriq oladi va 3  minut davomida  muhokama  qilishadi, so‘ngra 

har  guruhlardan  bittadan  vakil  o‘qituvchi  stoliga  kelishadi  va  tayyor  “menyu”ni 

olib  qaytishadi.  Bu  uzun  qirqilgan  qog‘ozlar  –  “tillar”  bo‘lib,  ularda  xilma-xil 

huquq normalari bayon qilingan bo‘ladi. G uruh vakili tillardan tanlab oladi va o‘z 

guruhiga  olib  keladi,  keyin  boshqa  o‘quvchi  shu  ishni  bajaradi  va  zaruriy 

materiallar  yig‘ilguncha  bu  holat  davom  etadi.  10  minut  davomida  topshiriq 

muhokama qilinadi. Boshqa guruh vaillari savollar berishadi, o‘qituvchi esa guruh 

ishlarini , sardor faoliyatini baholab beradi.  

Didaktik o‘yinli texnologiyalar  

Ta’lim  jarayonida  didaktik  o‘yinli  texnologiyalar  didaktik  o‘yinli  dars  shaklida 

qo‘llaniladi.  

Ushbu  darslarda  o‘quvchilarning  bilim  olish  jarayoni  o‘yin  faoliyati  bilan 

uyg‘unlashtiriladi.  

Shu  sababli  o‘quvchilarning  bilim  olish  faoliyati  o‘yin  faoliyati  bilan 

uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar  deb ataladi.  

Zakovat o‘yini  

O‘qituvchi  «Zakovat  o‘yini»  darsini  boshlashdan  oldin  rangli  kartochkalar 

yordamida  o‘quvchilarni  teng  sonli  kichik  guruhlarga  ajratib,  muammoli 

topshiriqlarni  ketma-ket  e’lon  qila  boshlaydi.  Har  bir  kichik  guruh  muammoli 

topshiriqlar  yuzasidan  o‘z  farazlarini  bayon  etadi.  Hamma  farazlar  tinglanib 

bo‘lgach,  o‘qituvchi  to‘g‘ri  javobni  e’lon  qiladi.  Kichik  guruhlar  bayon  etgan 



 

42 


farazlarning  to‘g‘ri  javobga  yaqinligi  yoki  noto‘g‘riligiga  qarab  tegishli  ball 

qo‘yiladi.    O‘yin  oxirida  har  bir  kichik  guruhning  ballari  to‘planadi  va  g‘oliblar 

rag‘batlantiriladi.  

«Zinama-zina»  o‘yinini  o‘tkazish  uchun  o‘qituvchi  o‘quvchilarga  rangli 

kartochkalar yordamida teng sonli kichik guruhlarga ajratadi. Har bir kichik guruh 

uchun sardorlar tayyorlanadi. Sardorlar o‘yin savollarini olib, o‘quvchilarga birma-

bir  berib  boradi.  Agar  guruh  6  ta  o‘quvchidan  tashkil  topgan  bo‘lsa,  xar  bir 

o‘quvchi  5  ta  savolga  javob  berishi  lozim.  Savollar  yonida  to‘g‘ri  javob 

yozilganligi  sababli  guruh  sardorlari  o‘quvchilarning  javoblarini  nozorat  qilish 

imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar.  O‘quvchilar  har  bir  to‘g‘ri  javob  uchun  bir  balldan 

to‘plab  jami  5  ballgacha  ball  to‘plashi  mumkin.  Shundan  so‘ng,  o‘qituvchi 

o‘quvchilarning to‘plagan baliga qarab qayta guruhlaydi. Har  bir guruh o‘zlarining 

iqtidoriga  qarab  turli  xildagi  топшириқларни  беради.  O‘quvchilar  bu 

topshiriqlarni  bajarib  bo‘lgandan  so‘ng,  o‘zaro  savol  javob  o‘tkazadilar  har  bir 

guruh  o‘z  topshiriqlarini  ko‘rgazmali  qurollar  asosida  bayon  etadi.  Topshiriqni 

mukammal bajargan kichik guruhlar rag‘batlantiriladi va g‘oliblar aniqlanadi.  

Ishbilarmonlar o‘yini 

Jamiyatdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarni  aks  ettirishga,  o‘quvchilarning 

muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy 

sifatlarini  tarkib  toptirish,  ularni  ongli  ravishda  kasbga  yo‘llash,  ilmiy 

dunyoqarashini  kengaytirishga  mo‘ljallangan  didaktik  o‘yinlar  ishbilarmonlar 

o‘yini  deyiladi.  Ishbilarmonlar  o‘yini  ham  boshqa  o‘yinlar  kabi  o‘qituvchi  va 

o‘quvchilardan puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. O‘qituvchi ishbilarmonlar 

o‘yinini  uyushtirishda  quyidagi  vazifalarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirishi 

zarur: 

1. O‘yin mavzusini oldindan belgilashi; 



2.  Didaktik  o‘yinning  maqsadi,  vazifalari,  borishi,  mantiqiy  ketma-ketligi, 

o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish; 

Z.  Didaktik  o‘yin  davomida  o‘quvchilar  oldiga  qo‘yiladigan  o‘quv-bilishga  oid 

muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo‘llarini aniqlash va loyihalash; 



 

43 


4.  O‘quvchilarni  didaktik  o‘yinning  maqsad  va  vazifalari  bilan  tanishtirish, 

didaktik  o‘yin  talab  etadigan  vazifalarni  taqsimlash,  har  bir  o‘quvchiga  aniq 

yo‘llanma berish; 

5.  Mazkur  o‘quv-bilishga  oid  muammoli  vaziyatlarni  hal  etishda-o‘quvchilarning 

avvalgi mavzulardan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini tanish, odatiy 

va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanish imkoniyatlarini aniqlash;  

6.  O‘quvchilarning  didaktik  o‘yinga  tayyorgarlik  faoliyatini  kuzatish  va  nazorat 

qilish. 


Didaktik  o‘yinli  darslarni  muvaffaqiyati,  avvalo  o‘quvchilarning  mazkur 

o‘yinlarga  puxta  va  qizg‘in  tayyorgarlik  ko‘rishlariga,  o‘qituvchining  mazkur 

faoliyatini  tashkil  etish  hamda  mohirlik  bilan  boshqarishiga 

bog‘liq. 

O‘quvchilarning  bunday  o‘yinga  tayyorgarlik  ko‘rish  faoliyati  quyidagi 

masalalarni bilishni: 

1.  Didaktik  o‘yinning  maqsadi,  vazifasi,  olib  borilish  tartibi,  qoidalari 

 

bilan tanishishni. 



2.  Didaktik  o‘yin  maqsadi  va  vazifasidan  kelib  chiqadigan  muammoli 

vaziyatni aniqlashni.  

Z. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo‘llarini topishni. 

4.  Har    bir  o‘quvchining  o‘zi  bajarishi  lozim  bo‘lgan  vazifalarni  anglashi, 

o‘quvchidan kerakli yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar olishni. 

5.  Turli  bilim  manbalaridan  foydalangan  xolda  muammoli  vaziyatni  hal

 

etishning optimal variantini tanlashni. 



6. Didaktik o‘yin ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, o‘zaro yordam 

va o‘zaro nazorat vujudga kelishini taqozo qiladi. 



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling