Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi fakulteti fransuz tili va adabiyoti bo


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana27.05.2020
Hajmi1.08 Mb.
#110732
1   2   3   4   5
Bog'liq
boshlangich sinflarda xorijiy tillarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalar


Didaktik o‘yinli texnologiyalar.  

 Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars 

shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin 

faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati 

o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar  deb ataladi. 



 

44 


Inson  hayotida  o‘yin  faoliyati  orqali  quyidagi  vazifalarni  amalga 

oshiradi: 

O‘yin orqali shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. 

Kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi. 

Shaxsning  o‘z  iqtidori,  qiziqishi,  bilimi  va  o‘zligini  namoyon  etishga 

imkon yaratadi. 

Hayotda  va  o‘yin  jarayonida  yuz  beradigan  turli  qiyinchiliklarni 

yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi. 

O‘yin  jarayonida  ijtimoiy  normalarga  mos  xulq-atvorni  egallash, 

kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi. 

Shaxsning  ijobiy  xislati  va  fazilatlarini  shakllantirishga  zamin 

tayyorlaydi. 

Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, 

ma’naviy-madaniy,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  o‘rganishga  e’tibor 

qaratiladi. 

O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda 

tutiladi. 

O‘yin  bilan  bog‘liq  faoliyat  o‘zining  to‘rtta  xususiyati  bilan  ajralib 

turadi: 

Erkin  rivojlantiruvchi  faoliyatning  vujudga  kelishi  (Bunda  o‘yin 

ishtirokchilari  rollarni,  vazifalarni  tanlash,  o‘z  faoliyatidan  ko‘ngli  to‘lishi 

nazarda tutiladi). 

Ijodiy  muhitning  tarkib  topishi  (o‘yin  ishtirokchilari  tegishli  ijodiy  va 

mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar). 

His  -                    hayajonli  vaziyatning  paydo  bo‘lishi  (o‘yin  davomida 

musobaqa, raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi). 

O‘yin  davomida  belgilangan  qonun-qoidalarga  qat’iy  amal  qilinishi 

(o‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va h.k.). 

O‘yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi: 

a) o‘yinning syujeti; 



 

45 


b) muayyan rollar, vazifalar

s) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar); 

d) aniq o‘yinlar yoki shartli ravishdagi o‘yin vositalaridan foydalanish; 

e) o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi  munosabat, muloqot. 

O‘yin faoliyatining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: 

O‘yindan ko‘zda tutilgan maqsadni aniqlash, loyihalash. 

Ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘llarini belgilash. 

Olingan natijalarni tahlil qilish. 

O‘yin strukturasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish. 

 

Didaktik  o‘yinli  darslarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  quyidagi  jadvalda 



o‘z aksini topgan. 

 

 



 

 


 

46 


Didaktik  o‘yinli  darslarni  o‘quvchilarning  bilim  olish  va  o‘yin 

faoliyatining  uyg‘unligiga  qarab:  syujetli-rolli  o‘yinlar,  ijodiy  o‘yinlar, 

ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. 

O‘qituvchi  avval  o‘quvchilarni  individual,  so‘ngra  guruhli  o‘yinlarga 

tayyorlashi  va  uni  o‘tkazishi  ular  muvaffaqiyatli  chiqqandan  so‘ng,  ommaviy 

o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli darslarda faol 

ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, 

bundan  tashqari,  sinf  jamoasi  o‘rtasida  hamkorlik,  o‘zaro  yordam  vujudga 

kelishi lozim. 

O‘qituvchi  didaktik  o‘yinli  darslarni  o‘tkazishda  quyidagi  didaktik 

talablarga amal qilishi lozim: 

Didaktik  o‘yinli  darslar  dasturida  qayd  etilgan  ta’limiy,  tarbiyaviy, 

rivojlantiruvchi  maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi. 

Muhim muammolarga bag‘ishlanishi va ular o‘yin davomida hal qilinishi. 

Barkamol  inson  shaxsini  tarbiyalash  tamoyillariga,  sharqona  odob-ahloq 

normalariga mos kelishi. 

O‘yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi. 

Mazkur  darslarda  didaktik  prinsiplarga  amal  qilinishi  va  eng  kam  vaqt 

sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak.  

O‘qituvchi  tomonidan  tavsiya  etilgan  topshiriqlarni  kurgazmali 

qurollarga tayangan holda bajarib o‘z javoblarini asoslaydilar. 

Mazkur  didaktik  o‘yinli  darslarda  hamma  o‘quvchilar  hamkorlikda 

ishlaydilar.  Avval  o‘zlashtirgan  bilimlarini  yangi  vaziyatlarda  qo‘llab  yangi 

bilimlarni  egallaydilar.  Bu  esa  o‘quvchilarning  o‘z  bilimlariga,  iqtidoriga 

ishonch uyg‘otadi. Natijada har bir o‘quvchi sidqidildan va jiddiy tayyorgarlik 

muvaffaqiyatning  garovi  ekanligini  anglaydi  va  yanada  ko‘proq  bilim  olishga 

kirishadi. 

   «Chigil yozdi» 

Bu usul dars boshlanishida o‘quvchilarni darsga ruhiy tayyorlash va dars 

yarmida o‘quvchilarning diqqatini mashg‘ulotning keyingi bosqichiga qaratish 



 

47 


uchun qo‘llaniladi. Bunda o‘qituvchi she’rlardan parcha aytishi, hazil savollar 

berishi, fonetik  mashqlar bajarishi va  turli xil qiziqarli o‘yinlar tashkil etishi 

mumkin. 

Boshlang’ich  siflarda  xorijiy  tillarni  o’qitishda  tajriba  -  sinov  darsligining 

afzalligi  mavzularning  4  soatdan  taqsimlanganligi,  berilgan  mavzularni  o’yin 

tarzida o‘tilishi o‘quvchilarga  tili o‘zlashtirishiga yordam beradi. 

   

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) 



da qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunni va 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  mazmunida  barkamol  shaxs  va  malakali 

mutaxassisni  tarbiyalab  voyaga  yetkazish  jarayonining  mohiyati  to’laqonli  ochib 

berilagan. 

   

Boshlang’ich  siflarda  xorijiy  tillarni  o’qitishda  zamonaviy  ta’limni  tashkil 



etishga  qo’yiladigan  muhim  talabalardan  biri  yuksak  natijalarga  erishishdir. 

Bugungi kunda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi pedagogik 

texnologiyalarni darslarda qo’llash interfaol metodlar bilan bog’liqdir. 

   


Masalan,  ta’lim  amaliyotida  foydalanilayotgan  interfaol  metodlardan 

hisoblanmish “Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, 

uning  samaradorligi  talabalarning  pedagogik  mahorat  va  tafakkur  ko’lamining 

qanchalik  kengligiga  bog’liq  bo’ladi.  Chunonchi,  o’qituvchi  darsda  bir  mavzuni 

o’rtaga tashlaydi, o’quvchilar  esa gaplar ishtirokida og’zaki “situatsiya” tuzadilar. 

Unda tanqid ta’qiqlanib, luqma va hazil-mutoyibalar o’rin egallaydi. 

   

Stil  g’oyasiga  muvofiq  ishlab  chiqarilgan  “Klaster”  metodidan  esa 



o’quvchilar  bilan  yakka  yoki  guruh  tartibida  tashkil  etiladigan  mashg’ulotlar 

jarayonida  foydalanish  mumkin.  Masalan,  bunda  ham  o’qituvchi  bir  she’rning 

sarlovhasini  doskaga  yozadi.  O’quvchilar  bu  she’rda  gap  nima  haqida 

ketayotganini,  hatolarga  e’tibor  bermay  yoki  fikrning  sifatiga    e’tibor  bermay 

ularni  shunchaki,  nimaniki  o’ylagan  bo’lsa,  qog’ozga  yozaveradi.  Agar  ma’lum 

muddat    biror  bir  g’oyani  o’ylay  olmasa,  o’sha  she’rdagi  biror  narsaning  rasmini 

chizib,  davom  ettiradi.  Interfaol  metodlardan  “Qora  quti”  metodi  ham  darsning 

qiziqarli  o’tishida  yordamchi  vositadir.  Bu  metodni  qo’llashdan  maqsad  – 



 

48 


o’quvchilar  tomonidan  mavzuni  puxta  o’zlashtirishga  erishish  va  ularni  faol 

bo’lishga  undash  yoki  hamkorlikda  ishlash,  mantiqiy  tafakkur  yuritish 

ko’nikmalarini shakillantirishdan iborat. Misol uchun, qora quti ichiga biror so’zni 

qog’ozga  yozib  yoki  usha  so’z  predmet  orqali  tasvirlanib,  qora  quti  ichiga 

yashiriladi.  O’quvchilar  ushbu  qutini  ochganda  so’zning  tarjimasini  yoki 

predmetning nima ekanligini aniqlashlari va shu so’z ishtirokida gap tuzishi kerak 

bo’ladi. 

   


O’quvchilarga  qo’yiladigan  shart  shundan  iboratki,  ular  quyidagi  sxema 

ichiga    matnga  tuzilgan  reja  yoki  undagi  qaxramonlarni  joylashtirib    berishlari 

kerak  bo’ladi  yoki  matndagi  tayanch  so’zlarni  ham  yozib  tasvirlashlari  mumkin. 

Ushbu  strategiya  o’quvchilarga  mavzuga  nisbatan  tahliliy  yondashuv,  ayrim 

qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish ko’nikmalarini hosil 

qiladi va bu bilan talabaning qay darajada darsga tayyor ekanini qiziqtirib qo’yib, 

matnni o’qigan yoki o’qimaganligini ham bilib olish mumkin bo’ladi. 

   


Xullas,  zamonaviy  ta’limni  tashkil  etishda    ushbu  interfaol  metodlardan 

foydalanish,  ya’ni  qisqa  vaqt  ichida  muayyan  nazariy  bilimlarni  o’quvchilarga 

yetkazib berish, ularni darsga shu yo’l bilan qiziqtira olish, ularga ma’lum faoliyat 

yuzasidan  ko’nikma  va  malakalarini  hosil  qilish,  shuningdek,  o’quvchilar 

faoliyatini  nazorat  qilish,  ularni  to’g’ri  baholash  biz  o’qituvchilardan  yuksak 

pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha  yondashuvni talab 

qiladi, xolos. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

49 


XULOSA 

 

 Boshlang’ich  siflarda  xorijiy  tillarni  o’qitishda  maktab  chet  tili  ta’limi 

o’quvchilarning  fransuz  adabiy  tili  me’yorlari  darajasida  og’zaki  va  yozma  nutq 

malaklarini  shakllantirish,  imlo  va  uslubiy  jihatdan  savodxon  qilish,  ijodiy  va 

mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish kabi maqsadlarni amalga oshirishni 

nazarda tutadi. Binobarin, til muhim muloqot vositasi sifatida ulug’ ne’mat har bir 

millatning  noyob  qadriyati  hisoblanadi.  Til  inson  mehnati  faoliyati  davomida 

ijtimoiy  hodisa  tarzida  shakllanib,  rivojlanib  boradi  va  namoyon  bo’ladi,  inson 

salohiyatining rivojlanib borishida asosiy omil vazifasini o’taydi. 

Boshqa dunyoviy bilimlar qatori, chet tili ta’liming ham o’ziga xos maqsad va 

vazifalari  mavjud.  Maqsad  shundan  iboratki,  o’quvchilar  til  haqidagi  bilimlarni 

shunchaki  o’zlashtirib  qo’ya  qolmay  uning  butun  go’zalligini  his  etish,  til 

sezgirligi tarkib topishi, fransuz tilidan nutq vaziyatiga ko’ra o’rinli hamda savodli 

foydalana olish malaklariga ega bo’lishlari lozim. 

Olimlarning  ta’kidlashicha,  har  bir  inson  kamolot  sari  intiladi.  Jamiyatda 

yashash  uchun  insondagi  tug’ma  ne’matlarning  o’zi  yetarli  emas.  U  tarixiy 

taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan bunyod etilgan ne’matlardan bahramand 

bo’lishi  va  ulardan  imkon  qadar  o’rganishi,  o’zlashtirishi  kerak.  Inson  oldida 

ajdodlar  tomonidan  asrlar  davomida  to’plangan  behisob  moddiy  va  ma’naviy 

boylik  mavjud.  Yillar  o’tgani  sayin  ajdodlar  o’rnini  avlodlar  egallaydi,  biroq 

ajdodlar qoldirgan  boy  madaniy  meros  avloddan  avlodga  o’tib, boyib,  rivojlanib, 

takomillashib boradi. Til ana shunday noyob madaniy merosdir. 

Til vositasida o’zaro fikr almashinadi, hissiyotlar namoyon bo’ladi, insoniyat 

hayoti davomida to’plagan tajribalar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. 

Muloqot  vositalari  ko’p,  biroq  faqat  til  orqaligina  fikringizni,  quvonch  va 

tashvishlaringizni,  hissiyotlaringizni  ifodalash  mumkin.  Boshqa  vositalar  inson 

ruhiyatini, hissiyotlarini tilchalik ifodalay olmaydi. Darhaqiqat, kishilik jamiyatida 

biror  - bir jarayon yo’qki, til ishtirok etmagan bo’lsin. 



 

50 


Zero,  tilning  ana  shunday  beqiyos  imkoniyatlaridan  o’quvchi  –  yoshlarni 

barhamand  etish,  ona  tilimiz  bilan  bir  qatorda  chet  tillarga  hurmat  –  ehtirom 

tuyg’ularini tarbiyalsh ushbu soha mutaxassislari zimmasidadir. 

  Hozirgi  kun  ta’limi  pedagoglar  oldida  o’quvchi  –  yoshlarga  faqat  bilim 

berish emas, bilim olish yo’llarini o’rgatish talabini qo’ymoqda. Bunday talabning 

mohiyati  shundaki,  o’quvchini  maktabdan  keyingi  hayotga  tayyorlab,  o’z  ustida 

muntazam ishlash, bilim doirasini kengaytirib borish ko’nikmalarini shakllantiradi. 

Bilim olish esa, o’quvchining mustaqil faoliyati orqali amalga oshadi. Aynan shu 

masala,  ya’ni  o’quvchilarda  mustaqil  va  ijodiy  fikrlash  ko’nikmalarini  tarkib 

toptirish  masalasi  ta’limda  eng  asosiy  va  muhim  vazifasidir.  Ijodiy  tafakkur, 

mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish – ana shu ta’lim islohotidagi va shaxsni har 

tomonlama kamol toptirishdagi muhim jihatlardandir.  

Bitiruv  malakaviy  ishimda  boshlang’ich  siflarda  xorijiy  tillarni  o‘qitishda 

zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  va  interfaol  ususlublardan  foydalanish 

to‘g‘risida  batafsil  ma’lumot  berishga  va  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni 

ta’limga  tadbiq  etishning  afzalliklari,  boshlang’ich  siflarda  xorijiy  tillarni  

o‘qitishda  yangi  pedagogik  texnologiyalarning  va  interfaol  usullarning  turlari, 

ta’lim  jarayonida  ularning  qo‘llanilishi,  darslarni  rejalashtirish  hamda 

mashg‘ulotning  texnologik  xaritasini  tuzish  masalalarini  to‘liqroq  tahlil  qilishga, 

shu  bilan  birga  bitiruv  malakaviy  ishim  davomida  bu  mavzuni  to‘la  yoritishga 

harakat qildim.  

Mazkur  bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  asosiy  qism  (Asosiy  qism  2  bobdan 

iborat), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 

Ishning  kirish  qismida  muhtaram  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  «Yuksak 

ma’naviyat yengilmas kuch» asari (2008 yil) va 2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  qabul  qilgan  "Chet  tillarni  o‘rganish  tizimini  yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida"

1

gi  Qarori  mavzusida  va  ta’lim 



sohasini  rivojlantirishga  oid  qilgan  barcha  ma’ruzalaridagi  bildirilgan  fikr  va 

                                                 

1

 I. Karimov., PQ-1875-son. 2012 yil10 dekabr, Toshkent sh.,. 



 

 


 

51 


mulohazalar hamda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustuvor 

yo‘nalishi  xususida  belgilab  bergan  vazifalari  to‘g‘risida  ma’lumot  berishga 

harakat  qildik.  Mazkur  qismda  mavzuning  dolzarbligi,  maqsadi  va  vazifalari 

xususida fikr yuritiladi.  

Asosiy  qismning  I  bobida  boshlang’ich  siflarda  xorijiy  tillarni    o‘qitish 

xususiyatlari,  maqsadi, interaktiv metodlar va ta’lim texnologiyalari hamda ularni 

chet tillarni o’qitishda qo’llashning samaradorligi, ahamiyati hamda ularni ta’limga 

tadbiq etish afzalliklari haqida ma’lumotlar beriladi.     

II bobida boshlang’ich siflarda xorijiy tillarni  o‘qitishda interaktiv metodlar 

va  ta’lim  texnologiyalari  to’g’risida  ma’lumotlar  hamda  ularni  chet  tillarni 

o’qitishda  qo’llashning  samaradorligi,  dars  jarayonida  leksik,  grammatik,  fonetik 

materiallarni  o‘qitishda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  va  interfaol 

ususlublardan foydalanishning dolzarbligi, amaliy ahamiyati hamda ularni ta’limga 

tadbiq  etish    afzalliklari  haqida  ma’lumot  beriladi.  Fransuz  tilini  o‘qitishda 

interfaol  usullardan  foydalanish  masalalari  va  ularning  turlari  misollar  bilan  

yoritiladi  va  tahlil  qilinadi.  Tahlil  qilish  davomida  texnologiyalarni  va  interfaol 

usullarni  yaratilish  tarzi,  mazmuni,  qo‘llanilishi  va  o‘ziga  xos  jihatlariga  e’tibor 

beriladi,  fransuz  tili  darslarini  rejalashtirish  va  texnologik  xarita,  ya’ni  dars 

loyihasi, uni tuzish to‘g‘risida ma’lumot beriladi. 

 Mavzuni  yoritishda  mashg‘ulotlarda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar 

va  interfaol  ususlublarning  qo‘llanishi  masalasi  mavjud  bo‘lgan  fransuzcha, 

ruscha, o‘zbekcha manbalardan imkon qadar foydalanilgan.  

Bitiruv  malakaviy  ishidan  nafaqat  fransuz  tili  o‘qituvchilari,  balki  barcha 

chet tili fani o‘qituvchilari qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin. 

Ishning  xulosa  qismida  bitiruv  malakaviy  ishni  yozish  jarayonida  erishilgan 

xulosalar va fikrlar jamlanmasi bayon qilinadi.  

 

 

 



 

 

52 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 

 

1.  I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, Toshkent, 2008 yil. 

        2. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –                                         

                    

Toshkent,  “O‘zbekiston”,  2012 y. 

        3. Karimov I.A. “2014 yil – Sog’lom bola yili” davlat dasturi. 2014 yil. 

         4. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti I.A. Karimovning 10 dekabr 2012    

            Yil. ”Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish   

            chora-tadbirlari  to’g’risida”gi PQ – 1875 – sonli Qarori. “Barkamol avlod”   

             gazetasi  15 dekabr 2012 yil. 

1.  I.A. Karimov, “2010 yil – Sog’lom bola yili” davlat dasturi. 2014 yil. 

 

2.  O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar 

tayyorlash milliy Dasturi”. 29 avgust 1997 yil.   

3.  Collection Ressources de classe. Documents Authentiques Ecrits. La  

                      France. CLE Internationale, 2003. 

     8.  Giovanna Tempesta.Grammaire. Tests CLE. La France.CLE    

                      Internationale, 2003. 

9.   Ishmuhamedov R. « Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim 

samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent “Nizomiy nashriyoti”. TDPU 

2005 yil. 

10.  “Iqtidor”, “Fan” nashriyoti. 2009 yil. 

11.   Jalolov J. “Chet tili o’qitish metodikasi” 1996 yil. 

12.  Yo’ldoshev J.T. “Yangi pedagogik texnologiyalar yo’nalishidagi   

       muammoni yechimlari. 1999 yil. 

13.  Lernausgangslage Klassenstufe 7im Fach Französisch. Berlin, 2007. 

14.  Malla Ochilov “yangi pedagogik texnologiyalar” Qarshi “nasaf”        

       nashriyoti. 

15. “Ma’rifat”  gazetasi, 2011 yil 9 – aprel soni.  

16.  Nicole McPride. “Grammaire française”. Hachette Livre. Paris, 1997. 


 

53 


17. “Oliy  o’quv  yurtlarida  xorijiy  til  va  adabiyot  o’qitishning  dolzarb 

muammolari”.  Respublika  ilmiy  –  amaliy  anjumani  materiallari.  Jizzax 

2008 yil. 

18.  Popova I.N.Kazakova, J.A. “Fransuz tili grammatikasi”. M. “Nestor   

               Akademik” 2008 yil.  

19.  “Roman va german tilshunosligining dolzarb muammolari” Ilmiy –   

                amaliy konferensiya materiallari. Toshkent 2009. 

20.  “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. Toshkent, 2008 yil. 

21.  Tolinov U, Usmonboyeva M “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy   

                asoslari”. Toshkent 2006 yil. 

22.  “Chet tillarini o’qitishda interaktiv uslublarning samaradorligi” Urganch         

               shahri, 2007 yil 5 – may. 

23. “Xorijiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik va o’qitish uslubiyoti  

                masalalari”. Respublika ilmiy – amaliy anjumani materiallari.        

                Jizzax 2009 yil. 

24.  «Xorijiy tillar va adabiyotlarini o’rgatishda madaniyatlararo muloqot »   

               To’plam. Toshkent 2010 yil.  

 

 



  

   Internet saytlari : 

1. 


www.google.fr

 

2. 



www.google.com

 

3. 



www.ziyonet.uz

 

4. 



http://fr.wikipédia.org

 

                           



LUG’ATLAR: 

 

1. Becherelle. La grammaire pour tous. Dictionnaire de la grammaire française   

    en 27 chapitres. Index des difficultés grammaticales. Hatier Paris. 1990. 

     2. Безвесельная Н.Т., Данченко Т.А. Новейший французско – русский,                



 

54 


          русско – французский словарь. Киев. 2005. 

     3. Ганшина К.А. Dictionnaire français -  russe. M.1987. 

     4. Ibragimov X, Mamadaliyev A et d’autres. Dictionnaire français -  ouzbek.      

    T, Nihol, 2008. 

     5. Ibragimov X, Mamadaliyev A et d’autres. Dictionnaire ouzbek -  français.    

           T, Shams ASA, 2006. 

 6. Le petit Larousse illustré. Dictionnaire. Paris 2008. 

      7. Шерба Л.В. Русско – французский словарь. М.1957. 



                                                

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

55 


ANNOTATION 

 

Nous  savons  que  le  Président  I.  A.  Karimov  fait  une  grande  attention  à 

l’ensegnement des langues étrangères dans notre pays. La preuve en est que le 10 

décembre  2012  le  Président  de  l’Ouzbékistan  a  signé  le  décret  sur  le  

développement des mesures du système d’apprentissage des langues étrangères. 

Aujourd’hui l’intérêt à apprendre des langues étrangères développe. 

Nous  savons  que  les  technologies  pedagogiques  jouent  un  grand  rôle  dans 

l’apprentissage de la langue  française.  

Mais,  peu  de  littératures  en  français  et  en  ouzbek  consacrées  a  

l’apprentissage des langues étrangères a l’aide de technologie pedagogique. Nous 

comptons que notre thème est actuel dans le système d’apprentissage des langues 

étrangères.

 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling