Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi
-Topshiriq. Janubiy Amerika orografiyasi
Download 1,91 Mb.
|
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi 3-KURS MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4– Topshiriq.
- Shimoliy And
- Janubiy And
- 5– Topshiriq. Janubi Amerika foydali qazilmalari.
3-Topshiriq. Janubiy Amerika orografiyasi
Laboratoriya mashg’ulotida Janubiy Amerika orografiyasi 1:25 000000 kontur xaritada atlas, geografik tabiiy kartalar va kitoblar asosida to’ldiriladi. Adabiyotlar (A.D. Gojev, Janubiy Amerika. Ugpedgiz 1958) Kontur xaritaga Janubiy Amerikaning yirik orografik (orografiya – ma‘lum hududning ustki tuzilishini tasvirlash. Hozirda bu ish bilan geomorfologiya ilmining morfologiya bo’limi shug’ullanadi) elementlarini: Braziliya, Gviana tog’ligi, Markaziy pasttekislik, Patagoniya platosi va And burmali oblastini tasvirlash. Ishni boshlashdan oldin qizil rang bilan davlatlar chegarasi belganadi. Bu chegara geografik orentr olishda daraja va gidrografik to’r bo’lib xizmat qilishi mumkin: Kolumbiya Andi yoki Venusuela Andi deganda shu chegaralar tushuniladi. Pasttekisliklar chegarasini aniqlashda – yashil, Sharqiy tog’lar va Potogoniya uchun jigarrang, And tog’i chegarasi uchun to’q jigarrangdan foydalanish kerak. 4– Topshiriq. Janubiy Amerikaning orografik xaritasiga Gviana va Braziliya tog’larining eng baland nuqtalarini, baland tog’liklarini tushirish: Serra – de – Mantegeyra, Serra –Du – Mar, Serra – Du – Espinyasu Diamantin, Rorayma va And tog’larining alohida tog’ tizmalarini tushirish. Ilyampu va Akonkagua cho’qqilarini belgilash, Quyidagi chizma yordamida And tog’i orografiyasini tavsirlab o’rganish. Shimoliy And (10 sh.k. dan shimol) 1. Karib Andi (yoki Venesuela Andi) – 690 g’.u.dan sharqqa tomon Trinidad oroligacha bo’lgan joylar. Ikki tarmoqli tog’lar zanjiridan iborat. a) Qirg’oqboyi. b) Ichki And tog’lari 2. Shimoliy G’arbiy And (yoki Kolumbiya Andi) – Nudo – de – Pasko tog’ boynidan shimoliy qism. 10 sh.k. dan shimol. 4 ta tog’ zanjiri qismlari ajratiladi: Qirg’oqboyi Kordilerasi, G’arbiy Kordilera, Markaziy Kordilera va Sharqiy Kordilera (Bogota Kordilerasi). O’rta And (10 sh.k. dan 280 j.k. gacha) 1. Ekvatorial And (yoki Ekvador Andi) - 10 sh.k. – 40 j.k. 2 ta tarmoqga ega – G’arbiy va Sharqiy And. 2. Maran`on Andi (Peruning shimoli) – 40 j.k. – 110 j.k. Nudo – de – Pasko boynigacha (110 j.k.). 3. O’rta Peru Andi 110 – 140 301 j.k. gacha 4. Markaziy And – 140301 – 280 j.k. G’arbiy va Sharqiy tarmoqlarga ega. Janubiy And – 280 j.k. dan janub. 1. Chili – Argentina Andi – 280 – 410301 j.k. 2. Chili – Patogoniya Andi – 410300 j.k. dan janub. Shu xaritada And tog’ining vulqonli rayonlarini va eng muhim vulqon cho’qqilarini ham belgilanadi. And tog’larida 3 ta vulqonli rayonlar ajratiladi. Shimoliy – 60 sh.k. va 40301 j.k. orasi. Markaziy rayonga – 130 – 290 j.k. va Janubiy vulqonli rayon 330 – 520 j.k.lar orasida bo’lib bu rayonlar qizil shtrixli chiziqlar bilan chiziladi. Shimoliy rayondagi – Kotopali, Chimbaroso va Sangay, Markaziy rayondan – Koropunu va Saxamu va Janubiy rayondan – Maypo vulqonini shartli belgisi bilan tasvirlash kerak. 5– Topshiriq. Janubi Amerika foydali qazilmalari. Janubiy Amerikaning orografik kartasiga yoki alohida xaritaga, masshtabi 1:40 000 000 li kontur xaritaga materikning foydali qazilmalarining asosiy konlarini belgilanadi. Har bir foydali qazilma koni alohida umumgeografik qabul qilingan shartli belgi asosida qora rangda o’z shartli belgisiga ko’ra tushiriladi: oltin, olmos, temir, marganets, miss, polimetallar, neft, selitra va radiaktiv elementlar (toshko’mir va boshqa foydali qazilmalarni tushirish shart emas). Adabiyotlar : Ye. Lukanovoy «Yujnaya Amerika» Ugpedgiz 1958. 58 bet. Atlas mira. O’quv atlaslari. Download 1,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling