2 – topshiriq. Kordil‘era tog’i relyefi va tektonik – orografik bo’linishi
Kontur xaritaga Kordilera tog’ining asosiy qismlarini ya‘ni Qirg’oqboyi, G’arbiy va Sharqiy Kordilerani belgilash, alohida tog’ tizmalarini ko’rsatish, qaysi burmalanishda hosil bo’lganligini aniklash. Topshiriq tabiiy va orografik materiallar, T.V. Vlasovaning «Fizicheskaya geografiya chatey sveta» «Uchpedgiz» - 1961 y kitobidan 418 – betdan sxemalar asosida tayyorlanadi.
Kontur xaritaga quyidagi tog’ tizmalari ko’rsatilishi shart:
a) Qirg’oqboyi tog’lar tizimida – Kadyak va Afognak tog’li orollar ; Kenay yarim oroli tog’i; Chugach Alpi; Avliyo Ili massivi; Aleksandr, Qirolicha Sharlot arxipelagi tog’lari; Vankuver oroli tog’i, AQSH qirg’og’idagi va Kaliforniya yarim oroli tog’lari.
b) G’arbiy Kordilera guruhidagi tog’lar – Bruks tizmasi, Makenzi tog’i, Qoyali tog’lar, Sakramento tog’lari, G’arbiy va Sharqiy Serra – Madre, Janubiy Serra – Madre hamda Markaziy Amerikadan Panama bo’g’ozigacha bo’lgan tog’lar.
Qoyali tog’larni xaritaga tushurishda quyidagilarga e‘tibor berilishi kerak ; bu tog’ tizimi 590301 shimoliy kenglikdan 350301 shimoliy kenglikgacha davom etganligi 3200 km ni tashkil etishi. Shimoliy Qoyali tog’lar (470 sh.k. gacha), O’rta (470 – 430 lar orasida) va janub (430 sh.k dan janub 410 sh.k.gacha) Daryolar ham bu qismlarni ajratishda oreintir bo’lib xizmat qiladi. Shimoliy Qoyali tog’lar Missuri daryosining shimoliy qismidan, Janubi va Nort – Platt daryosidan boshlanadi.
Bruks tog’ining paydo bo’lishi to’g’risida yakdil xulosaga kelinmagan: akademik A. Arxangelskiy kaledon burmalanishiga mansub desa, Anri Bol Nevada, T. Vlasova paramiy burmalanishida degan fikrlarni aytadi.
Tektonik botiqlari: a) Shelixov bo’g’ozi, b) Kuk va Pyudjet – Saund qo’ltig’i, Aleksandr va qirolicha Sharlot orollari bilan materik oralig’i botiqlari, Kaliforniya qo’ltig’i, b) Materik vodiy botiqlari (Uillamet, Katta Kaliforniya va Imperial).
Platolari; Alyaska (yoki Yukon), Britaniya Kolumbiyasi va Freyzer daryosi, Katta Havza, Koloroda, Mesika tog’liklari alohida ko’rsatiladi.
Kontur xaritada Kordilera tog’laridagi alohida cho’qqilarni va vo`lkanlarni chizish:
Mak – Kinli, Katmay vulqoni, Vrangel vulqon massivi, Logan tog’i, Reynir va Shasta vulqon Uitni tog’i, Robson, Kolumbiya – Elbert tog’lari, Nevado – de – Kolenla. Popokatepetl, Orisaba va Taxumulko vulqonlarini xaritaga tushirish.
3 – Toshiriq. Kontur xaritaga Shimoliy Amerika materigining tabiiy bilimlar uchun kerak bo’ladigan eng muhim geografik joylarini har birini alohida kvadratga olib qizil rangda ajratib chizing.
-
Yelouston milliy parki (Qoyali tog’lar)
-
Yosemit vodiysi (S – Nevadada)
-
Katta Kolorado Kaoni
-
O’n minglab bug’lar vodiysi (Katmay vlk. rayoni)
-
Mamont g’ori (Kentukki shtatoda)
-
Katta badbaxt (durne) yerlar (eroziyali – parchalangan plato)
-
Niagara sharsharasi
-
Malyaspin muzligi
-
Muzliklar milliy parki (Qoyali tog’larda)
-
(Ozero Molchaniya) Jimlik ko’li (Shasta vlk. kraterida)
Do'stlaringiz bilan baham: |