246
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga
aylandi. 2001-yilda Milliy dasturni ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichi
yakunlandi.
Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta'lim faoliyati tubdan o’zgardi.
Maktabgacha yoshdagi
bolalarning talim-tarbiyastga qo’yiladigan davlat talablari:
„Maktabgacha ta'lim to’g’risida nizom",
„Davlatga qarashli bo’lgan bolalar muassasalari to’g’risida nizom", „Uchinchi ming yillikning bolasi",
bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash dasturi ishlab chiqildi hamda hayotga tatbiq etilmoqda. Besh
mingga yaqin maktabgacha taTim muassasalari hukumat qarori bilan taTim tizimi tasarrufi-ga o’tkazildi.
Mustaqil respublikamizda fan taraqqiyotiga katta e'tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentiningl992-yil 8- iyuldagi „IIm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlash to’g’ri-sida"gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur far-monning ijrosini
ta'minlashga yo’naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Respublika Fanlar
akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ’ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya
tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar akademiyasi qayta tiklandi.
Bugungi kunda Respublika ilmiy-tadqiqot majmuasi 362 ta akademik, oliy o’quv yurtlari va tarmoq
muassasalaridan iborat. Ularning 101 tasi ilmiy-tadqiqot instituti, 55 tasi oliy o’quv
yurtlari tasarrufidagi
ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo’Iimlari, 32 tasi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va eksperimental korxon-
alari, 30 tasi axborot-hisoblash markazlaridir. Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi, jumladan, 2,8 ming fan
doktori va 16,1 ming fan nomzodi tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodiyot
badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik
mafkuraviylik kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo’ldi.
Badiiy adabiyotda milliylik, mingyillik
tarixiy ijodiy an'analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi.
Respublika Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi
“O’zbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada
Do'stlaringiz bilan baham: