Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Partiya o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, o`z Nizomi va
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi(SDP)
- O`zbekiston Milliy tiklanish
Partiya o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, o`z Nizomi va respublikaning boshqa amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshiradi. Partiya faoliyati o`z- o`zini boshqarish, oshkoralik, qonuniylik, xayrixohlik, partiya hayotida faol qatnashish, partiya a'zolarining teng huquqlilik tamoyillariga asoslanadi. Uning ijtimoiy qatlami ziyolilar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlar o`rta tabaqa mulkdorlardir. Partiyaning oliy organi Qurultoy, quyi organi esa boshlang`ich partiya tashkiloti yiggilishi. Partiya o'zining a'zolarini Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida nomzod etib ko`rsatadi va davlat hoki-rniyati organining faoliyatida ishtirok etadi. 1995-yil 24-fevralda bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida partiyaning 14 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro`yxatga olindi. Partiya fraksiyasi partiya Markaziy Kengashi Plenumlari, Qurultoylari qarorlariga amal qiladi, ular oldida o`z ishi yuzasidan belgilangan tartibda hisob beradi. Boshqa siyosiy partiyalarning fraksiyalari bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo'lmagan masala-lar yuzasidan hamkorlikda ish olib boradi. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 20 nafari «Vatan taraqqiyoti» partiyasiga mansub a'zolardir. O`zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi(SDP) 1995-yil 18-fevralda Toshkentda bo`lib o`tgan I ta'sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilin-gan. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda ro`yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil O`zbekiston Respublikasida barcha millat va elatlarning umumiy manfaatiga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yetuk, demokratiya tamoyil-lariga asoslangan adolatli, fuqarolik jamiyat qurishda faol ishtirok etish. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan ushbu partiyaning 47 kishidan iborat Oliy Majlis depu-tatlari fraksiyasi ro`yxatga olindi. Partiya fraksiyasi «Ado1at» 129 SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o`z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. Boshqa siyosiy partiyalaming fraksiyalari bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamkorlik qilishlari mumkin. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 11 nafari «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. O`zbekiston «Adolat» SDPsi safida 30 mingdan ortiq a'zo bor. Qoraqalpog`iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang`ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. 2007-yil 1-yanvarigacha bo'lgan ma'umotlarga ko`ra uni a'zolari 50 ming nafardan oshgan. 170 dan ortiq tuman va shaharlar-da 3120 ta boshlang`ich tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda partiyaning 2 vakili senator, 10 ta vakili qonunchilik palatasi deputati, 172 ta vakili esa mahalliy kengashlar deputatidir. 0`zbekistonda shakllangan yosh partiyalardan biri – O`zbekiston Milliy tiklanish Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling