Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

 
Savol va topshiriqlar 
 


191 
1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʼiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
hayotida amalga oshirilgan islohotlar haqida so`zlab bering? 
2. Qoraqalpogʼiston Respublikasida qishloq xoʼjaligi sohasidagi oʼzgarishlar haqida 
nimalarni bilasiz? 
3. Maʼnaviy-madaniy sohadagi oʼzgarishlar haqida so`zlab bering? 
4. Qoraqalpogʼiston Respublikasi oliy taʼlim tizimi va undagi islohotlar haqida so`zlang? 
5. Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʼiston Respublikasida ekologik ahvolni yaxshilash 
borasidagi davlat siyosatihaqida nimalarni bilasiz? 
 
13-mavzu. Oʼzbekiston va jahon hamjamiyati. 
 
Reja: 
1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan 
olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy 
aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. 
2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos 
o‘rni. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi. 
3. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi 
siyosiy faoliyat konsepsiyasi. O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy 
mamlakatlarining o‘rni.
4. O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va 
barqarorlikni ta’minlash borasidagi olib borgan siyosati. 
5. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga 
qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faoliyati. 
6. O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil 
Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining 
imzolanishi.
Mustaqillikning qo`lga kiritilishi tufayli O`zbekistonning xalqaro maydondagi siyosati 
tarixida ham mutlaqo yangi davr boshlandi. O`zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon 
jamiyatida o`zigamunosib o`rinni egallashga intilmoqda. Bu jarayonni idrok qilish uchun, 
avvalo, XXI asr bo`sag’asida dunyoda qanday o`zgarishlar sodir bo`lganini, dunyoning qiyofasi 
qanday ekanligini bilish zarur. Darhaqiqat, XXI asr bo`sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni 
tubdan o`zgardi. Ilgari mafko`raviy jihatdan bir-biriga zid, sobiq SSSR va AQSh yetakchiligida 
sotsialistik va kapitalistik tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok (ya‘ni NATO va Varshava 
shartnomasi) mavjud bo`lib, dunyo xavfsizligi ular orasidagi o`zaro muholiflik muvozanatiga 
asoslangan edi. Sobiq SSSRning parchalanishi, sotsialistik tuzumning xalokatga uchrashi, 
Varshava shartnomasining tarqalib ketishi, yangi mustaqil davlatlarni paydo bo`lishi natijasida 
yangi g’oyat murakkab va qaltis bir davr keldi. 
Dunyoning qaltis, taxlikali ekanligini Birinchi Prezident I.Karimovning “O`zbekiston XXI 
asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida 
tahlil qilib berilgan. Dunyoning taxlikali ekanligidan dalolat beruvchi qo`yidagi omillar mavjud: 
Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimida muvozanat bo`zildi. Dunyoda siyosiy, iqtisodiy 


192 
bo`linish ro`y berdi. Ilgari kuchlar markazi ikki joyda bo`lsa (SSSR va AQSh), endi ko`pqutbli 
bo`lib qoldi va nazorat qilish qiyinlashdi. Ikkinchidan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar 
o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notekislik va ziddiyatlar o`sdi. Uchinchidan, ko`pgina davlatlarda 
ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf-xatarlar o`sib borayapti. Mulkiy tafovut kuchaydi, ishsizlik, 
qashshoqlik avj olmoqda. To`rtinchidan, bir qator mintaqalarda, Hatto bir mamlakat fuqarolari 
o`rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib, mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. 
Jumladan, O`zbekiston xavfsizligiga ham Afg’oniston va Tojikistondagi mojarolar tahdid 
solmoqda. Beshinchidan, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka diniy ekstremizm va 
fundamentalizm ham tahdid qilmoqda. Oltinchidan, ayrim davlatlardagi muayyan siyosiy 
kuchlar tomonidan yuritilayotgan buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik siyosati 
ham mavjud. Yettinchidan, yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo`lsa-da, ekologik tanglik, 
biogenetik bo`zilishlar xavfi saqlanib qoldi. O`zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib 
o`rinni egallashida, uning geopolitik shart-sharoitlari qanday degan savol tugiladi. 
O`zbekiston geografik-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. 
Bu, birinchidan, respublikamiz Markaziy Osiyo mintaqasining transport, energetika va suv 
tizimlari markazida joylashgan. Ikkinchidan, aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa jihatlar 
bo`yicha qo`shnilaridan ma‘lum darajada ustunligi bor. Uchinchidan, qulay tabiiy-iqlim 
sharoitlariga, boy mineral xom ashyo resurslariga ega. To`rtinchidan, respublika nafaqat o`zini-
o`zi ta‘minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, gaz, rangli metall va iqtisodiyotning boshqa 
asosiy tarmoqlariga ega. Beshinchidan, O`zbekistonning jahonga mashhur boy ma‘naviy merosi 
bor, shu tufayli insoniyat tsivilizatsiyasida salmoqli o`rin egallab, nafaqat mintaqada, balki 
dunyoning ma‘naviy va siyosiy jarayonlariga ta‘sir o`tkazib kelgan. 
Shu bilan birga, geopolitik jihatdan O`zbekistonga qiyinchiliklarni tug’diruvchi omillar ham 
mavjud. Bu, birinchidan, O`zbekiston geografik-strategik jihatidan qaraganda Markaziy 
Osiyoda suv resurslari tanqisligi, Orol ekologiyasi ta‘siri kuchayganligidir. Ikkinchidan, bu 
mintaqada xavfsizlik tizimi yo`lga qo`yilmagan. Uchinchidan, musulmon dunyosidagi ba‘zi 
kuchli davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan mafaatlari bizning mintaqamizda ham sodir 
bo`lishi ehtimoldan holi emas. Bizning davlatimiz mintaqada xavf-xatarning bugungi kundagi 
ikki uchog’i - Afg’oniston va Tojikiston bilan chegaradosh. To`rtinchidan, mintaqada 
kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgani, uning tarmoqlari talabga javob 
bermasligi. Ayniqsa, O`zbekistonni bevosita dengizga chiqa olmasligi, uning iqtisodiy 
aloqalarini chegaralaydi. O`zbekistonning geopolitik imkoniyatlarini inobatga olib, davlat
rahbariyati milliy manfaatlarimizga mos keladigan puxta tashqi siyosat olib bormoqda.
O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida tashqi siyosatining asosiy tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 1) mafko`raviy qarashlardan qat‘iynazar hamkorlik uchun ochiqlik
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 2) davlatlarning suveren 
tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 3)boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik; 4) nizolarni tinch yo`l bilan xal etish; 5) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid 
qilmaslik; 6) inson huquqlarini va erkinliklarini hurmatlash; 7) ichki milliy qonunlar va huquqiy 
normalardan xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan qoidalar va normalari ustuvorligi; 8) 
tajovo`zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 9)davlatning, xalqning oliy manfaatlari, 
farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar to`zish, hamdustliklarga kirish va 


193 
ulardan ajralib chiqish; 10) davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o`zaro manfaatdorlik, 
davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 11) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham 
ko`ptomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish. 
Ushbu tamoyillar asosida olib borilayotgan tashqisiyosat natijasida O`zbekistonning xalqaro 
munosabatlari tobora kuchayib, uning jahon siyosati maydonidagi o`rni va mavqei 
mustahkamlanib borayapti. Hozir O`zbekistonni 166 davlat tan olgan, dunyodagi 133 ta 
mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari o`rnatilgan. O`zbekiston 37 ta xalqaro 
tashkilotlar a’zosi. O`zbekistonda 88 ta chet davlat elchixonasi va vakolatxonalari ro`yxatdan 
o`tgan, 24ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. 
2. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo`lgakiritgan dastlabki kunlaridanoq 
jahon hamjamiyatiga qo`shildi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. 1992 yil 2 martda 
O`zbekiston eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qabul 
qilindi. 1993 yil fevralida Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochilib, ish boshladi. 
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti BMT sessiyalarida xalqaro hayotning muhim masalalarini 
tinch vositalar bilan hal qilish muammolarini ko`tarib chiqishi va bu borada O`zbekiston 
Respublikasi va BMT hamkorligida qator tadbirlarning o`tkazilishi mamlakatimizning jahon 
maydonida ta‘sir doirasining kengayib borayotganidan guvohlik beradi. O`zbekistonda 
BMTning taraqqiyot dasturi, qochqinlar ishi bo`yicha oliy komissari boshqarmasi, Jahon banki, 
Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon oziq-ovqat jamg’armasi, Afg’onistonga insonparvarlik 
yordami ko`rsatish ishini muvofiqlashtirish vakolatxonasi, giyoxvand moddalarni nazorat qilish 
bo`yicha dasturi, sanoatni rivojlantirish bo`yicha dasturi, bolalar jamg’armasi vakolatxonasi 
faoliyat ko`rsatayapti. BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikada 
xalqaro tadbirlar o`tkazilib turibdi. Jumladan, 1995 yil 15-16 sentyabr kunlari BMT 
rahnamoligida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga 
bag’ishlangan xalqaro seminar bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro 
tashkilotlar vakillari mintaqa xavfsizligi, majorolarning oldini olishning ishonchli tizimini barpo 
etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. O`zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin 
sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan holi zonaga aylantirish 
masalasida ifodasini topdi. O`zbekiston Birinchi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 48 
sessiyasida ushbu tashabbus bilan chiqqan edi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1997 
yil fevralida Alma-Atada bo`lgan uchrashuvida mintaqani yadro qurolidan holi zonaga 
aylantirishga ahdlashildi va ifodasini qabul qilingan Deklaratsiyada topdi. 1997 yil sentyabr 
oyida Toshkentda “Markaziy Osiyo - yadro qurolidan holi zona” mavzusida xalqaro 
konferentsiya bo`lib, unda 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. 
Markaziy 
Osiyo 
mamlakatlari 
tashqi 
ishlar 
vazirliklarining 
Bayonoti 
imzolandi. 
O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan itegratsiyalashuvi, BMT doirasidagi ixtisoslashgan 
tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. BMTning xomiyligida ta‘lim, fan va 
madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot- YuNYeSKOga O`zbekiston 1993 yil 29 
Oktyabrda a‘zo bo`ldi 1994 yil dekabrda respublikamizda YuNYeSKO ishlari bo`yicha o`z.R. 
milliy komissiyasi tashkil etildi. YuNYeSKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va 
ommalashtirishga ahamiyat berilmoqda. Shu bois, uning qaroriga binoan Samarqandda 
Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi. YuNYeSKO raxnamoligida 


194 
Samarqand, Buxoro, Xivaning me‘moriy majmualarini qayta ta‘mirlash ishlari ham olib 
borilmoqda. Xiva va Buxoro YuNYeSKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. 
YuNeSKO qarori bilan Mirzo Ulug’bek (1994), Amir Temur (1996) bobokalonlarimizning 
tavalludlari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi (1997) xalqaro miqyosida nishonlandi. 
Undan tashqari O`zbekiston Jahon pochta 
ittifoqi, Jahon Sog’likni saqlash tashkiloti, 
Osiyo va Tinch Okean xavzasi bo`yicha 
iqtisodiy va ijtimoiy xay‘at, Xalqaro Mehnat
tashkiloti, Elektr aloqasi bo`yicha xalqaro 
ittifoq, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO), Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi, Yevropa 
xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXXT), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, 
qo`shilmaslik harakati, Bojxonalar hamkoriligi kengashi, Jahon intellektual mulk tashkiloti, 
Xalqaro olimpiya qo`mitasi va boshqa tashkilotlarning a‘zosi bo`ldi Toshkentda Jahon banki, 
Tinchlik korpusi, Qizil Xoch Xalqaro qo`mitasi, Konrad Adenauer jamg’armasi, Xalqaro 
valyuta jamg’armasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari ishlab turibdi. 
O`zbekiston 1992 yilning 30 yanvarda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a‘zo bo`ldi 
Shundan buyon u ana shu nufuzli xalqaro tashkilot ishlari jarayoniga faol qatnashib kelmoqda. 
Jumladan, YeXXT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta sog’lomlashtirish bo`yicha 
seminarlar o`tkazdi. Orol muammosini xal qilishda ko`maklashmoqda. Shuningdek, Toshkentda 
YeXXTning aloqalar bo`yicha mintaqaviy byurosi ochildi. 
O`zbekistonning tashabbusi bilan 1996 yilning sentyabr oyida Toshkentda YeXXT 
Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo`yicha Byurosi (DICHXB)ning “Inson huquq lari 
bo`yicha milliy muassasalar” mavzusida xalqaro seminar kengashi bo`lib o`tdi. Seminar 
kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada Ombudsman instituti, inson huquq lari bo`yicha 
milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish kabi 
masalalar ko`rib chiqildi. 1996 yil iyul oyida Florentsiya shahrida Yevropa Ittifoqi- bilan 
O`zbekiston o`rtasida sherikchilik va hamkorlik to`g’risida Bitim imzolandi. 1999 yil may oyida 
Frantsiya Milliy Kengashi - parlamentining qo`yi palatasi bu Bitimni qo`rib chiqdi va qabul 
qildi Shunday qilib, O`zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi - o`rtasida sherikchilik va hamkorlik 
bobidagi bitimni Yevropa Ittifoqiga a‘zo bo`lgan 15 mamlakatning eng so`ngi si bo`lib qabul 
qildi. MDXga kirgan mamlakatlar orasida bunday sharafga faqat bizning mamlakat va Rossiya 
muyassar bo`lgan. 1993 yil O`zbekiston azon qatlamini muhofaza qilish bo`yicha Vena 
Konventsiyasi, azon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoli, atrof-
muhitga ta‘sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo`llashni 
ta‘qiqlovchi konventsiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo`shildi. 1995 
yil iyul oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lidahamkorlik” dasturiga qo`shilgandan 
so`ng bu tashkilot bilan munosabatlari samarali olib borilmoqda. Bu dastur asosida 1995 yilda 
AQShda 1997 yilda Qozog’iston va O`zbekistonda o`tkazilgan harbiy mashklarida O`zbekiston 
harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarining harbiy-texnik tayyorgarligini yanada 
ko`tarishga xizmat qildi 
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston mustaqillik yillarida qisqa vaqt ichida jahonning nufuzli 
tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, xalqaro miqyosida obrui tobora oshmoqda. 
1991 yil 7 sentyabr O‘zbekiston 
Respublikasi 
Birinchi 
Prezidenti 
Islom 
Karimovning Farmoniga binoan O‘zbekiston 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling