Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


 Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini 
davlat boshqaruvining markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy 
tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy taʼminoti darajasini oshirish, hamda iqtisodiyotni boshqarishda 
davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish; 
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni amalga 
oshirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy 
sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shahslaring huquq, erkinlik va qonuniy 
manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; “Elektron 
hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi, sifati va aholi 
hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: xalq bilan samarali muloqot 
mexanizmlarini joriy qilish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini 
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish; fuqarolik jamiyati institutlarini 
rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish; mahalla institutining jamiyat 


200 
boshqaruvidagi oʻrni va faoliyatining samaradorligini oshirish; ommaviy axborot vositalarining 
rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish. 
II. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning 
ustuvor yoʻnalishlari.
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, 
sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: sudyalar va sud apparati xodimlarining 
mavqeini, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash darajasini oshirish, sudlarning moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash; sudyalarga gʻayriqonuniy tarzda taʼsir oʻtkazishga yoʻl 
qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish; sudning mustaqilligi va begʻarazligi, sud 
protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqligi tamoyillarini xar tomonlama tatbiq etish
“Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini 
kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; sudlar faoliyatiga 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish. 
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash: 
fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik, 
rasmiyatchilik va befarq munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikning 
muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini 
koʻrish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash; fuqarolarining hususiy 
mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;fuqarolarning odil 
sudlovga toʻsqinliksiz erishishini taʼminlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi 
samaradorligini oshirish. 
2.3. Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish:jinoyat va 
jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoyi 
qilmishlarni 
dekriminallashtirish, 
jinoiy 
jazolar 
va 
ularni 
ijro 
etish 
tartibini 
insonpapvaplashtirish; odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, 
maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini 
takomillashtirish; jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqish tartibini 
takomillashtirish, bir birini takrorlovchi vakolat va instansiyalarni qisqartirish; elektron sud ish 
yurituvi va ijro ishi yurituvining zamonaviy shakl va usullarini joriy etish. 
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini 
takomillashtirish: jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish 
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; diniy ekstremizm
terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish boʻyicha tashkiliy-
amaliy choralarni yanada kuchaytirish; korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarini 
takomillashtirish 
va 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish 
tadbirlarining 
samaradorligini oshirish; aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi 
chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, 
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish. 
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: huquqni muhofaza qiluvchi 
va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish
tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish; 


201 
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini oʻqitish, tanlash, 
tayyorlash, 
qayta 
tayyorlash 
va 
malakasini 
oshirish, 
rotatsiya 
qilish 
tizimini 
takomillashtirish;huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida 
huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish boʻyicha idoraviy 
nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat 
qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, 
fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash. 
2.6. Yuridik yordam va xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish:davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlarining yuridik xizmati faoliyati amaradorligini oshirish;advokatura institutini 
rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va hoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishda advokat oʻrnini 
oshirish; notariat va FHDYO organlari tizimini isloh qilis. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling