Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari 
4.1. Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish: aholining real 
pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish,
kam taʼminlangan oilalarni va aholining daromadlari boʻyicha farqlanishi darajasini yanada 
qisqartirish; byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy 
nafaqalarning hajmini inflyatsiya surʼatlariga nisbatan jadal miqdorda bosqichma-bosqich 
oshirish; 
yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari 
bitiruvchilarining oqilona bandligini taʼminlash, mehnat bozori infrastrukturasining 
mutanosibligi va rivojlanishini taʼminlash, ishsizlik darajasini qisqartirish; mehnatga qobiliyatli 
aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʻliq amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, 
ishchi kuchi sifatini oshirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbiy tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish; 
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish: aholiga 
majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy 
himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat 
tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy 
xizmatlar koʻrsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; sogʻliqni saqlash sohasini, eng 
avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga 
qaratilgan dastlabki boʻgʻini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, 
aholining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va 
bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori 
texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqlar va bolalar oʻlimini 
kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish; 
pensionerlar, nogironlar, yolgʻiz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining 
toʻlaqonli hayot faoliyatini taʼminlash uchun ularga
tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; 
farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli 
dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanishini yaxshilash, ular narxlarining asossiz 
oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholi kasallanish 
koʻrsatkichlari pasayishini va hayotining davomiyligi uzayishini taʼminlash. 
4.3. Arzon uy-joylar qurish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot 
sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi


205 
yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda 
modernizatsiya qilish: aholining, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va 
fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifalarining yashash shart-
sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaharlar va qishloq joylarida 
arzon uylarni qurish orqali 
yanada yaxshilash;kommunal-maishiy xizmatlar bilan 
taʼminlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv oʻtkazish tarmoqlarini qurish, 
zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq 
joylarida aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishini tubdan yaxshilash; odamlar 
yashashining ekologik xavfsizligini taʼminlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash 
komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, aholini chiqindi yoʻq qilishning zamonaviy obyektlari bilan taʼminlash;
aholiga transport xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash, yoʻlovchi tashish xavfsizligini 
oshirish va atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish, yangi har tomonlama 
qulay avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya 
qilish;
yoʻl infrastrukturasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, 
mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, aholi 
punkti koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash; yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarini qurish 
va mavjudlarini modernizatsiya qilish asosida aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashni 
yaxshilash, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash
shuningdek, aholini boshqa yoqilgʻi-energiya resurslari bilan taʼminlashni yaxshilash va qayta 
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni 
amalga oshirish; teatr-tamosha, madaniy-maʼrifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini 
rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 
4.4. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish: 
uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish yoʻlini davom ettirish, sifatli taʼlim 
xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq 
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital 
taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi
va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish orqali 
ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-
tadbirlarni koʻrish; bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, 
bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha 
taʼlim muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim 
bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini taʼminlash, pedagog va 
mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, 
chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim va talab 
yuqori boʻlgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish; 
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilish, ularni musiqa va sanʼat 
olami bilan bogʻlash maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va sanʼat 
maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini 
bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar 


206 
boʻyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish; taʼlim va 
oʻqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy taʼlim muassasalari 
faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini 
bosqichma-bosqich koʻpaytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy 
va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy 
oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental 
laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish. 
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: jismonan sogʻlom, ruhiy va 
intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy nuqtai-nazariga ega, Vatanga 
sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; 
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish 
hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish; yosh avlodning ijodiy va intellektual 
salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom 
turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; yoshlarni 
ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy
va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga 
oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, taʼlim muassasalari, yoshlar va boshqa 
tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling