Fan/modul kodi
UZTB104
|
O`quv yili
2022-2023
|
Semestr
3,4
|
ECTS-Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta`lim tili
O`zbek, rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg`ulotlari
|
Mustaqil ta`lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
|
O`zbekiston tarixi
|
20
|
100
|
120
|
I. O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o`zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaho ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatning noyob mulkiga aylandi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida ma`naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma`naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g`oya va mafkuralar ta`siridan saqlash va himoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o`qitish orqali ularni yuksak ma`naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu fanning barcha oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari hamda maktablarda o`qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |