Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


II. O`quv fanining maqsadi va vazifasi


Download 252.5 Kb.
bet3/21
Sana24.12.2022
Hajmi252.5 Kb.
#1060953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ishchi dastur 10.10

II. O`quv fanining maqsadi va vazifasi


Fanni o`qitishning maqsadi – milliy tarix, milliy g`urur va iftixor manbai hisoblanishini yosh avlod ongiga singdirish, ularda tarixiy xotira, tarixiy tafakkur ko`nikmasini tarbiyalash milliy g`oya va yuksak ma`naviy fazilatlarni shakllantirish, ma`naviy dunyosini boyitish ularni o`z xalqi va Vataniga sadoqat, amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining ongli faol ishtirokchisi bo`lish ruhida fikrlash va yashashga o`rgatishdan iborat.
Fanni o`qitishning vazifalari – tarixiy-madaniy jarayonlarni xolisona hamda manbalarga tayangan holda tahlil qilish, ularning sabablari va mohiyatini ochib berish;
– yoshlarimizda o`zini anglash, vatanparvarlik, tarixiy qadriyatlarga hurmat, boy tariximizni qadrlash fazilatlarini shakllantirish;
– mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish, turli sohalardagi islohotlar, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv bilan bog`liq tarixiy jarayonlar, voqea va hodisalarni yoshlar ongiga tarixiy haqiqat tamoyillari asosida yetkazish.


Fanning о`quv rejadagi boshqa fanlar bilan о`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan ketma-ketligi
О`zbekiston tarixi III, IV semestrlarida о`qitiladi. Dasturni amalga oshirish о`quv rejasida rejalashtirilgan Arxeologiya, Tarixiy о`lkashunoslik, Ibtidoiy jamoa tarixi, Antropologiya, Tarixiy geografiya fanlaridan yetarli bilim va kо`nikmalarga ega bо`lishlik talab etiladi.
Shaxsga yо`naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim о`z mohiyatiga kо`ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini tо`laqonli rivojlanishlarini kо`zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq о`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini о`zida mujassam etmog`i lozim. Jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bо`g`inlarini о`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.

Download 252.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling