Qarshi davlat universiteti


Download 86.92 Kb.
bet3/34
Sana26.12.2021
Hajmi86.92 Kb.
#183079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Maxmarasulov Mansur 018-66

I.Bob.Adabiyotlar sharhi
1.1.Uchinchi guruh reaksiyalari
Uchinchi analitik gruppa kationlari qatoriga alyuminiy, rux, marganets (II), temir (III), temir (II), xrom (III), titan (IV), nikel (II), kobalt (II), berilliy, sirkoniy (IV), uranil (II), galliy (III), ittriy (III), indiy (III), lantan (III), gafniy (IV), aktiniy (III), seriy (III), toriy (IV), skandiy (III) va boshqa kationlar kiradi. Ular ammiakli bufer aralashma ishtirokida gruppa reagenti - ammoniy sulfid ta’siridan gidroksid va sulfidlar shaklida cho‘kadi. Uchinchi gruppa kationlari I va II gruppalar kationlaridan sulfidlarining pH~9,2 bo‘lgan sharoitda suvda erimasligi bilan farq qiladi. Bu gruppa kationlarining sulfidlari suyultirilgan kislotalar eritmalarida eriydi. Kationlarni ammiakli bufer aralashma ishtirokida gruppa reagenti bilan qizdirib turgan holda cho‘ktirganda alyuminiy, xrom (III) va titan (IV) kationlarining gidroksidlari kam eruvchanligi uchun gidroksidlar shaklida cho‘kadi. Gidroksidlar shaklida, shuningdek, uchinchi gruppa kationlari qatoriga kiradigan, lekin bizning ko‘rib chiqish doiramizga kirmaydigan berilliy, sirkoniy, lantan (III), skandiy (III) va boshqa kationlar ham cho‘kmaga tushadi. Bundan tashqari, bu kationlar sulfidlari qaytmas gidrolizga uchraydi. Shunday sharoitda qolgan kationlar sulfidlar shaklida cho‘kadi.

Uchinchi analitik gruppa kationlarining gruppa reagenti ta’siridan hosil qilgan birikmalari birinchi va ikkinchi analitik gruppa kationlaridan farqli ravishda gidrolizga turlicha uchraydi. Bu gruppa kationlarining ko‘pchiligi oksidlanish-qaytarilish (Mn, Fe, Cr, Ce, Co, Ni, Ti) va komplekslar hosil qilish (Al, Zn, Fe, Cr, Co, Ni va hokazo) reaksiyalariga kirishadi. Ulaming ayrimlari (alyuminiy, berilliy, rux, xrom (III) va hokazo) bu xossalaridan tashqari amfoterlik xossalari bilan ham farqlanadilar. Kationlaming ko‘rsatib o‘tilgan xossalari ulami topish, aniqlash, niqoblash va hokazo uchun ishlatiladi.

Uchinchi gruppa kationlarining ko‘pchiligi rangli birikmalar hosil qiladi. Cr(III) - yashil yoki binafsha, Cr (VI) - sariq, Co - qizil yoki pushti, Ni - yashil, Mn (II) - pushti, Mn (IV) - qora-qo‘ng‘ir, Mn (VI)-yashil, Mn(VII)– qizil-binafsha, Fe(CH3COO)3 - qizg‘ish, FeAsO4- yashil, FeBr. - qizil, FeCl3 - jigarrang-sariq, Fe4[Fe(CN)6]3 , Fe3[Fe(CN)6]2 va Co(SCN)2 - ko‘k va hokazo.

Oksidlovchi va qaytaruvchilar ishtirokida Cr (III) va Cr (VI), Fe(II) va (III), Mn (II), Mn (IV) va Mn (VII), Co (II) va (III), Ni (II) va(III) ionlar beqaror bo‘lib, tezda o‘z oksidlanish darajasini o‘zgartiradi. Fe3+, Al, Cr3+, Be, Ti4+ va boshqa bir qator ionlar Na2HPO4 ta’siridan suvda va sirka kislotada kam eriydigan fosfatlar, CH3COONa ta’siridan oksiatsetatlar, NH4OH+NH4Cl ta’siridan esa gidroksidlar hosil qiladi. Fe2+, Zn2+, Mn2+, Ni2+ va Co2+ ionlari Na2HPO4 ta’siridan sirka kislotasida eriydigan cho‘kmalar hosil qiladi, ammo CH3COONa ta’siridan oksiatsetatlar va NH4OH+NH4Cl ta’siridan gidroksidlar hosil qilmaydi.




Download 86.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling