Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi
Download 4.49 Mb.
|
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geometrik figuralar testi”
- Shaxs diagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish
Rene Jil metodikasi. – Muallifning ushbu testi bolalarning shaxslararo munosabatlari hamda uning oilaviy munosabatlarning idrok qilingan sohasini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan. Metodikaning maqsadi bolaning ijtimoiy moslashuvchanligi, uning atrofdagilar bilan aloqasi va munosabatini ochishdir. Metodika vizuval – verbal xarakterda bo‘lib, bolalar bilan kattalar rasmi tasvirlangan. Vazifalar 42 ta rasm va matn shaklidan berilgan savollardan tuzilgan. Test bilan ishlashdan avval – bolaga rasm asosida berilgan savollarga javob berishligi tushuntiriladi. U rasmlar bilan tanishib chiqqach, savollarni o‘qib javob beradi. Lekin bu metodika sof proyektiv emas, balki anketa va proyektiv testlar oralig‘ida turuvchi test turkumi hisoblanadi.
“Geometrik figuralar testi” proyektiv xarakterdagi metodikalar sirasiga kiradi . Metodika muallifi E. Mox hisoblanadi. E.Mox o‘z testida inson qiyofasini ifodalashda uchta geometrik figuradan foydalandi. Yani aylana, uchburchak, kvadratni tanladi. Ular kaysidir ma’noda inson proyeksiyasini bashorat qiladi. Aylana shakl – Insonning mayl sohasi, hissiyot olami, emotsional kechinmalarining kanday tusga egaligini anglatadi. Agar tekshiriluvchilar chizishda aylanadan ko‘p foydalansalar. Uchburchak shakl-insonning fantaziyalarini anglatib qay darajada undan foydalanganligini anglatadi. Bu uchburchak shakldan bir rasmda qancha ko‘p foydalanganligi bilan belgilanadi. Kvadrat shakl-insondagi aql sohasi bo‘lib, ratsional imkoniyatga qaratilgan. Test talabiga ko‘ra tekshiriluvchi vazifada foydalangan figuralar soni 10 tadan oshmasligi kerak. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib to‘ribdiki, bugungi kunda proyektiv testlarsiz amaliy psixologiyani yutuqlarini sezish qiyin. Garchi ular milliy muhitimizga to‘la javob bermasada, ularni modifikatsiya qilish, qayta ishlab chiqish fanimiz salohiyatini yanada oshirishi mumkin. Shaxs diagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish Proyektiv texnika psixodiagnostikada keng qo‘llanilsada, har bir proyektiv testlardan foydalanish uchun testlarga qo‘yiladigan psixodiagnostik talablarga rioya qilish zarur. Lekin, ushbu testlarni standartga solish murakkabdir. Prognozlik xarakteriga ko‘ra , bir qarashda oddiy ko‘rinsada , chet elda bu metodikalr keng imkoniyatli testlar, deb qaraldi. Proyektiv metodikalarning diagnostik qimmatiga e’tibor berishdan oldin,uning qo‘llanilish sohalariga e’tibor berish lozim. 1.Kadrlarni saralashda,kasbga yo‘naltirishda. 2.O‘quv faoliyatini o‘rganishda va tarbiya jarayonini samarali olib borishda. 3.Ijtimoiy xulq – atvorni aniqlashda .(“Oila rasmi” testi misol). 4.Harbiy chaqiruvga kelayotgan yoshlarni psixologik ekspertiza qilishda.(Masalan,Psixik holatlarning asosiy parametrini aniqlash testi). 5.Sud-psixologik ekspertizasida jinoyatchi motivlari va maqsadlarini ochishda (Masalan,TAT testi orqali o‘smir jinoyatchilarni). 6.Pisxoterapivtik yordam va psixologik konsultatsiyalar jarayonida mijozlarni o‘rganishda (masalan “Agressivlik testi” va “Frustratsiyali vaziyat testi” orkali). 7. Amaliy psixologlarning turli foliyatida (oliy ta’lim va maktab ta’limida ta’lim va tarbiya muammosida). Yuqoridagi talablar qo‘llanilish sohasi talabi bo‘lsa, tadqiqodchilar uchun avvalo, testning nazariy asosini bilishi va testni aprobatsiya qila olishi, asosiy talabdir. Bundan tashqari klinik psixologiyada bolalarning normal rivojlanishi va anomaliyalarini aniqlashda ham qo‘llanilgan.Bu hol yana test imkoniyatlari yuqoriligini va ishonchliligini ko‘rsatadi.Lekin natijalar ba’zida standartlikni talab etadi. Ularda tadqiqot oxirida forig‘lanish, qutulish holati sodir bo‘lganligi, proyektiv texnikaning yana bir o‘ziga xos jihati ekanligi isbotlandi. Proyektiv texnika asosan qo‘yidagi materiallar bilan amalga oshirilgan. Suv, loy, metal parchasi, kubikchalar kabi materiallarni o‘z ichiga oladi. Terapevtik o‘yinlarning birida, bolalarga qismlarga ajratilgan qo‘g‘irchoq berilgan. Ularni yig‘ish holati bolalardagi agressiv holat va ota-onalariga bo‘lgan munosabatni belgilagan. Teatr ko‘rinishidagi o‘yinlar bolalarda emotsional ko‘tarilish va katarsis (forig‘lanish) holatini olib kelgan. Test texnikasini bola bajara olmasa, ularga qo‘shimcha ravishda kichik suhbat va intervyu o‘tkazilgan. Asosiy muoammo esa test o‘tkazish emas, tadqiqodchilarning test talablaridan qo‘rqishi, ya’ni validlik va ishonchlik natijalarni olishdan qo‘rqish. Klinik psixologiyada test natijalaridan norma olishda tekshiruvchilardagi qobiliyatlar alohida bosqichga etapga solinadi. Ba’zi olimlar Rorshax testi va TAT testini tahlil etishda ularni falsifikatsiya qilish kerakligini ta’kidlaydilar.Tekshiruvchilar javoblaridan qoniqmasalar tadqiqodchi yordam berishi va hohishlarini hisobga olishi kerak. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling