Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


-mavzu. Intellekt psixodiagnostikasi


Download 4.49 Mb.
bet86/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

15-mavzu. Intellekt psixodiagnostikasi
Reja:
1. Intellektni aniqlashga oid yondoshuvlar.
2. Intellektning o’lchaydigan testlar va ularning turlari.
3. Intellekt nazariyalarning tabaqalanishi.
4. Intellektning Terstoun modeli.
5. Intellektning Gilford modeli.
6. Ayzenkning intellektual modeli.
7. Intellektni aniqlashga oid yondoshuvlar
Testlar tarixida A.Bine va T.Simonning izlanishlarini davomida intellektni mutloq emas, balki nisbiy o‘lchash mumkinligini e’tirof etib, 1912 yilda Shtiren INTELLEKT KOEFFITSIYENTINI aniqlash usulini fanga kiritdi. Uning qisqartirilgan varianti IQ bo‘lib, u
ko‘rinishdagi ifodaga ega.
Bine o‘zining shkalasidagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rib, bunga nisbatan samimiy munosabatni bildirib, kamchiliklarini aniqlash imkoniga ega bo‘ldi.
Bine-Simonning testlari qisqa vaqt oralig‘ida yer yuziga tarqaldi. Intellektni test orqali o‘rganish borasidagi XX asrning dastlabki o‘n yilligida rivojlanish davri Bine-Simonning xizmati bilan bog‘liq.
Shuningdek, intellekt testlarini statistik tahlil bilan bog‘lab tushuntirish konsepsiyasi Charlz Edvard Spirmen qarashlarida aks etgan. Ch.Spirmen izlanishlari intellektning ikki omilli nazariyasi yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ushbu nazariga ko‘ra intellekt umumiy (G-general faktor) va maxsus (S –spetial faktor) omillarga ajratildi. Konsepsiyada ijobiy korrelyatsiyalar faqat umumiy omillar kuchida tushuntiriladi. Ushbu faktorda testlarning chuqur kirib borishi ular orasidagi yuqori korrelyatsiyani ifodaladi. Maxsus omillar o‘lchashdagi xatolarni ifodalaydi. Shundan kelib chiqib, Ch.Spirmen ko‘p omillarni to‘g‘ri hisoblash lozimligi to‘g‘risidagi xulosasiga keldi.
Psixologik testlarning XX asrning boshlarida rivojlanishining tarixiy ildizlari borasidagi dastlabki mulohazalarimiz A.Bine va T.Simonning izlanishlari bilan boshlangan bo‘lsa-da, ammo XX asrning boshlarida izlanishlarning ko‘p qismi AQShda keng olib borildi. Dastlab Bine – Simonning standartlashtirilmagan testlarini AQShda qo‘llagan tadqiqotchi Genri Goddard hisoblanadi. Bine-Simon testlarini G.Goddartdan so‘ng amerikalik olim Lyuis Medison Termen X.D.Chayldz bilan birgalikda testlarni adaptatsiya qilish bilan shug‘ullana boshladi. Ko‘pgina toshiriqlar modifikatsiya qilindi va ayrim topshiriqlar esa qo‘shildi. Termenning mulohazalariga ko‘ra, IQning 90 dan 109 ko‘rsatkichlari o‘rtacha intellekt darajasini, 70 dan pasti esa aqli zaiflikni, 140 dan yuqorisi esa daholikni ifodalaydi. Termen tomonidan adaptatsiya va modifikatsiya etilgan test varianti (Stenford versiyasi hisoblanadi) AQShda aqliy qobiliyatlarni aniqlashda qo‘llanila boshlandi. AQShda birinchi jahon urushi arafasida keng ko‘lamda testlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Birinchi jahon urushi vaqtida psixologik testlar instrumentariysining rivojlanishi o‘ziga xos o‘rin tutdi. P.Fressning fikricha, «testlarni yaratishga» asos solindi. Amerikada Bosh Komitet tomonidan armiyada psixologik tadqiqotlar uyushtirildi. Komitetga DJ.Kettell, G.Stenli Xoll, E.Torndayk va boshqa yetakchi psixologlar jalb etildi. Ushbu davrda ikkita test batareyalaridan foydalanila boshlandi.
- testlar va -testlardan foydalanila boshlandi. Armiyadagi 1726 000 nafar askar test sinovlaridan o‘tkazildi. Ulardan 500 000 nafari savodsiz, 8000 nafari esa aqliy zaif sifatida armiya safidan chiqarildi, 20 000 nafari esa maxsus batalionga xizmatga yo‘naltirildi.
Birinchi jahon urushidan keyin AQShda Stenford shkalasidan tashqari Kulman (1922), Yyerks (1923), Gering (1922), aqliy qobiliyatni o‘rganishga mo‘ljallangan CAVD (1925) shkalasi (Torndayk rahbarligida) ishlab chiqildi. Yevropada intellekt diagnostikasi borasida Rishar Meyli samarali izlanishlar olib bordi. U intellektning analitik testi (1928), uning intellektni to‘rt omilli : yetarlicha murakkab, plastik, yaxlitlik va ravonligi. Dj.Stenkviston tomonidan umumiy mexanistik qobiliyatning terma testini (1923) va Florens Laura Gudinaf “Odam rasmini chizish testi”ni (1926) ishlab chiqdilar. Bu testlarda olimlarni uchta muammo bezovta qildi: 1) katta yoshdagilarni intellektual taraqqiyotini belgilash uchun individual foydalanish shkalalarining mavjud emasligi; 2) go‘daklarning aqliy taraqqiyotini aniqlash uchun qulay shkalalarning zarurligi; 3) intellekt va shaxs muhim psixologik konstruktlar sifatida psixologik testlarni ishlab chiqishning umumiy nazariyasini yaratish.
Bolalarning aqliy rivojlanishi borasidagi eng e’tiborga sazovor natijalarni Arnold Lyutsius Gezellning (1925) ishlarida uchratish mumkin. Bu borada uning «Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti» mavzusidagi ishini alohida ko‘rsatib o‘tish o‘rinli. Gezell bolalarning xulq-atvorini o‘rganish uchun kinomotografiyadan foydalandi. O‘zining kuzatishlari asosida «Go‘daklik va inson kamoloti» (1929) asarida, bolani rivojlanish holatini 3 oylikdan 30 oylik davrini 195 ta mezon bilan o‘lchash mumkinligini qayd etib o‘tdi.
Intellekt testlarni ishlab chiqish bilan bir qatorda shaxsni nokognitiv sohasini o‘rganishga qaratilgan metodikalarni (shaxsni o‘rganish testlari) ham yaratilishiga e’tibor qaratilmoqda. Shaxs savolnomalari borasida Robert Session Vudvorts (1917) anormal xulqni o‘rganishga mo‘ljallangan testni ishlab chiqdi. Ammo psixologiyada shaxsni o‘rganish so‘rovnomalari borasida dastlabki savolnomalarni birinchi bora, 1909 yilda gollandiyalik olimlar G.Xeymans bilan YE.Virsm tomonidan ishlab chiqilgan degan mulohazalar bor. Ular «Shaxsiy ma’lumotlar varog‘i» tarzdagi bir necha savolnomalarning mualliflari sanaladilar.
So‘ngra shaxs savolnomalari borasida Floyd va Gordon Ollport shaxs fazilatlari reytingini (1921-22) taklif etdilar.
Folker tomonidan shaxsni baholash testi (1921). Shuningdek, psixodiagnostik testlar borasida German Rorshaxning (1921) va Trumen Li Kellining (1928) xizmatlarini ham hisobga olish lozim.
1938 yilda buyuk Britaniyada psixologiyada keng ko‘lamda qo‘llaniladigan Ravenning progressiv matritsalar testi ishlab chiqildi. Uning mualliflari Dj.Raven va L.Penros edi Ular umumiy intellektni o‘rganish testiga asos solgan edilar.
Intellektning susayishini o‘rganishga erishgan David Veksler, o‘zining shkalasini yaratdi. Unda 11 sub’test mavjud bo‘lib, intellektning turli qirralarini o‘rganishga qaratilgan.
Shuningdek, Vekslerning izlanishlarida ham IQning yangi bir koeffitsiyentini topish formulasi taqdim etildi.
1937 yilda Kaliforniya universitetida aqliy yetuklikni aniqlash testi e’lon qilindi. Uning mualliflari Edvard Li Torndayk va Luis Lion Terstoun hisoblanadi. 1938 yilda Terstoun o‘zining birlamchi aqliy qobiliyat testlarini e’lon qildi.
30-yillardagi yana bir muvaffaqqiyatli izlanishlarni Uristian Diagnostika grekcha dia- o‘zaro, orqali va gnosis-aniqlash so‘zilaridan olingan. Diagnostikos-aniqlash usullari. Ammo adabiyotlarda uning turlicha tahlil etish uchraydi. Shundan kelib chiqib, psixodiagnostika shaxsning individual – psixologik xususiyatlarini o‘lchash va aniqlash usullarini o‘rganadi degan mulohazani berish mumikn. O‘z navbatida shaxs psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun metodikalarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish talablari va mezonlarini ham o‘rganadi. O‘lchash va aniqlashni psixodiagnostika metodlari amalga oshiradi. Aynan psixodiagnostikaning nazariy sohasi sifatida umumiy psixodiagnostika quyidagi masalalarga e’tibor qaratadi:
validlik va ishonchlilik diagnostik mulohazalarga kelish qonuniyatlariga;
psixik holatlarni alohida belgi yoki aniqlovchilar asosida diagnostik xulosalarga kelish qoidalariga.
Buning uchun ba’zan murakkab, ba’zan oddiy usullardan foydlanishiga to‘g‘ri keladi. Qiyofalarni o‘rganishda qiyosiy standartlar, o‘zaro aloqador hisob-kitoblar, alohida psixodiagnostik tekshiruv, eksperiment va ekspert talqinlarga tanyanadi. Zarur gipotezalarni ilgari suradi va ularni isbotlaydi.
Psixodiagnostika predmeti umumiy, tibbiyot, pedagogik, yosh, sotsial psixologiyalar va psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan uzviy aloqadorlikda. Ushbu fanlarda o‘rganiladigan hodisalar, xususiyatlar va xossalar psixodiagnostika usullari yordamida amalga oshiriladi.
Psixologik tashxis qo‘yish bir asrlik tarixga ega bo‘lsa-da, lekin bu tushuncha xususida turli muloshazalar mavjud. Psixologik tashxis asosida insonning individual xususiyatlari meyoriy va patologik yo‘nalishlarda o‘rganiladi.
Ta’lim isloshoti sharoitida amaliy psixologik bilimlar va psixologik xizmatga eshtiyoj tug‘ilishi tabiiy shol. Shu bois ta’lim muassasalari psixologlar uchun davriy nashrlarda tavsiyalar berib borish, sosha mutaxassislarining malakasini oshirish, yetakchi psixolog-mutaxassislarning pedagogik tajribalarini ommalashtirish maqsadga muvofiq.
Albatta, o‘quvchilarning aqliy imkoniyatini psixologik tashxis orqali tekshirish usullari psixolog-pedagog olimlarimizning sa’y-sharakatlari tufayli mukammallashtirilmoqda, biroq ta’lim muassasalari yo‘nalishlaridan kelib chiqqan sholda psixologik tashxis qo‘yish usullari shali yetarlicha takomillashtirilgani yo‘q. Bizningcha, bunga shamisha katta eshtiyoj bor.
Masalan, kasb-shunar kolleji yoki akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarning kasbga munosabati, o‘qishga qiziqishi, shaxsiy fazilati, aqliy saloshiyati, bilish imkoniyatlari (diqqat, idrok, xotira, tafakkuri)ni, kelajak to‘g‘risidagi tasavvurlarini, shuningdek, ta’lim beruvchiga munosbatini aniqlash bo‘yicha test va so‘rovnomalar ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Bugungi kunda psixologik tashxis qo‘yishda qator xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Bunday xatolar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• kuzatishdagi xatoliklar (shaxsning xususiyatlarini aniqlashda ulardan eng mushimlarini ajrata olmaslik);
• natijalarni qayd qilishdagi xatoliklar (bayonnomada natijalarga shissiy tus berib yozish, psixologning tekshiruvchiga past basho berishi);
• texnik xatolar (metodikadan qa’tiy maqsad yo‘lida foydalana olmaslik, natijalarni sharshlashdagi kamchiliklar);
• birinchi taassurotga tayanib basholashdagi xatolik, qayta tekshirish natijalarini dastlabki ma’lumotlarga tayanib basholash;
• atributiv xato, ya’ni sinaluvchilardagi yo‘q yoki nobarqaror fazilatlarni barqaror xislatlar sifatida basholash;
• yolg‘on sabablarga bog‘liq xatolar (tadqiqot natijalarini soxtalashtirish).
Shu singari xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaliyotchi psixolog va pedagoglar psixologik tashxis qo‘yish bo‘yicha kursarda o‘qib, tayyorgarlik ko‘rishlari zarur.
Psixologiya fanida intellekt borasida qator yondashuvlar mavjud.
Bu yondashuvlarga asosan, intellekt bu — ta’lim olishga qaratilgan umumlashgan qobiliyat, intellekt bu — mavshum tafakkur yuritish qobiliyati, intellekt insonning o‘z xulq-atvorini murakkab shart-sharoitlarga samarali moslashtira olish qobiliyati.
Garvard universitet olimlari, xususan, professor Govard Gardner aqliy qobiliyat (intellekt)ning bir necha turi mavjudligini e’tirof etadi. Masalan: so‘z-til bilan bog‘liq aqliy qobiliyat, mantiqiy-matematik fikrlash borasidagi aqliy qobiliyat, shaxslararo munosabatga aqliy layoqat, fazoviy idrok qilishga aqliy qobiliyat, tana sharakati bilan bog‘liq qobiliyat, shaxsning o‘z-o‘zini anglash qobiliyati, musiqaga bo‘lgan aqliy qobiliyat va boshqalar. Bularning barchasi insonning aqliy qobiliyati turlicha bo‘lishi mumkinligini ko‘rsadi. Psixolog yoki pedagoglar o‘quvchilar layoqatini aniqlash bo‘yicha testlar tuzishda aqliy qobiliyatning xilma-xil bo‘lishini e’tiborga olishlari lozim.
Intellektual testlar shaxsning tabiiy aqliy imkoniyatini basholashni ta’minlaydi. Shu bois o‘quvchining qanday bilimlarni o‘zlashtirgani emas, balki ularni o‘zlashtirishga bo‘lgan layoqatini aniqlash mushimdir.
Biz quyida o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini aniqlash uchun test tuzish shaqida so‘z yuritamiz.
Psixologik tashxis qo‘yish yoki o‘quvchining aqliy qobiliyatini aniqlashda asosan testlarning bir nechta turi qo‘llaniladi: (verbal (so‘zli), sonli, vizual-fazoviy. Test savollarini ishlab chiqishda qator usullardan foydalaniladi.
Alifboga asoslanib tuzilgan testlar garchand soddaga o‘xshab tuyulsa-da, ammo ular chuqur mantiqiy muloshazani talab etadi. quyidagi misol asosida bunga amin bo‘lish mumkin:
A B A V G V D YO ? YO Z I Z

Ushbu test topshirig‘ida sharflar ketma-ketligida tushirib qoldirilgan sharfni aniqlash talab etiladi. Topshiriq yechimi quyidagicha aniqlanadi. Sharflar alfavitdagi o‘z o‘rniga ko‘ra son bo‘yicha tartiblaganda 1,2,1,3,4,3,5,6,5,7,?,7,9 ketma-ketlik shosil bo‘ladi. Bunda toq sonlar o‘rnidagi shar bir sharf o‘zidan keyingi juft sonlar o‘rnidagi sharfni chegaralaydi. Natijada sharflarning yana bir ketma-ketligi kelib chiqadi. Yuqorida aytilgan tamoyilga tayansak, bo‘sh o‘ringa 8 soni yoki alfavitdagi 8 chi sharf — J to‘g‘ri kelishini aniqlashmiz mumkin (Javob: J).


Noverbal testlar sham insonning umumiy aqliy imkoniyatini basholashga yordam beradi.
1. Sonlar qatoridagi navbatdagi sonni toping:
1 3 2 4 3 5 4 6 5 7 … ?
Birinchi sholatda sonlar ketma–ketligi bittaga ortib boradi. Buni anglash unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ushbu topshiriq oddiy tamoyilga asoslangan (1+1 = 2+1 = 3+1=4 va hokazo).
Ammo sonli murakkab testlar ancha sezgirlik va chuqur muloshaza yuritishni talab etadi.
2. Ushbu sonlar qatoridan foydalanib, ikkita sonlar qatorini tuzing va navbatdagi sonni toping:
2 3 4 6 6 9 8 12 10 15 12 … ?
Yechish: Birinchi qatordagi sonlarni ikkitadan, ikkinchi qatordagi sonlarni esa uchtadan ortib borish tartibida joylashtiriladi. Natijada yangi sonlar qatori shosil qilinadi va navbatdagi son quyidagi tamoyil bo‘yicha topiladi:
2 4 6 8 10 12
(2+2 =4+2 =6+2 =8+2 = 10+2=12)
3 6 9 12 15 ?
(3+3 =6+3 =9+3 =12+3 = 15+3 =18)
Javob: 18.
Bu tarzdagi test topshiriqlarini bajarishda yuqorida izoshlab o‘tilgan usullarga tayaniladi.
3. Berilgan qatordagi sonlarni shisoblashni yakunlang:
Ushbu test topshirig‘i ancha murakkab. Bunda shaklning qanotlaridagi sonlar yig‘idisi uning dum qismidagi songa bo‘linadi Shunga ko‘ra 4 qatorni yakunlovchi son shisoblanadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan test topshiriqlari o‘quvchilarning umumiy aqliy qobiliyatini aniqlash uchun qo‘l keladi. Bundan tashqari, kasbiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha maxsus test topshiriqlari ishlab chiqiladi. Shuningdek, pedagoglar intellektual test tuzish qoidalariga asoslanib, o‘zlari dars beradigan fanlar va ularning soshalari bo‘yicha o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini aniqlashlari mumkin.
Verbal (so‘zli) test topshiriqlarini bir necha variantlarda ishlab chiqiladi. Biz qo‘yida ulardan ayrimlarini namuna sifatida keltirib o‘tamiz.
1. Ushbu so‘zlar qatoridan boshqalari bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zni toping:
ravish, sifat, son, belgi, ot, fe’l
Bu yerda asosan so‘z turkumlari keltirilgan. Belgi so‘zi ulardan farq qilib turibdi. (Javob: belgi.)
Savollarni boshqacha tarzda sham berish mumkin.
2. Qatordagi ortiqcha so‘zni uchiring:
ildiz, tenglama, faoliyat, cheksiz, funksiya
So‘zlar asosan matematik atamalardan tashkil topgan. Bunda faoliyat so‘zi ulardan ajralib turibdi. (Javob: faoliyat.)
3. Mos keluvchi so‘zni toping:
sezgi, boylik, musharrir, so‘zana, kompyuter, tikuvchi, traktor
Mazkur topshiriqda kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan mazmunan tikuvchi bilan so‘zana so‘zlari bir birini taqozo etadi.(Javob: tikuvchi va so‘zana.)
4. Ikkita so‘zning mazmuniga mos keluvchi yangi so‘zni toping:
Kosmos (fazo), Osmon
Mamalakat ( ) Vatan
Test topshirig‘ining javobi yurt so‘zidir.
Amaliyotchi psixologlar ana shunga o‘xshash test savollarini tuzishlarida predmet o‘qituvchilari bilan shamkorlikda ishlasalar ancha samarali natijalarga erishishlari mumkin.
Test natijalariga tayanib, o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish borasida amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqish sham pedagogikadagi mushim muammolardan sanaladi. Buning uchun o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish zarur. Zero, ijodiy fikrlash aqliy rivojlanishning mushim shartidir. O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish uchun esa, eng avvalo, ularda xotira kuchidan foydalanish, maqsad qo‘ya bilish, diqqatini jamlay olish, savodxonligini oshirish, muammoni mustaqil shal etish, g‘oyalarni umumlashtira bilish va shu kabi boshqa sifatlarni shakllantirish lozim bo‘ladi.

1921 yilda o’n yetti nafar amerikalik psixologga quyidagi uch savol bilan murojaat qilingan:


1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling