Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Download 4.49 Mb.
bet90/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Intellektning Gilford modeli

Amerika psixologi Gilford (Guilford)ning nazariyasida omil intellekt modelining tasdig’idir, lekin uning qurish asbobi emas. Bu model uch o’lchovga va ularni bir-biriga nisbatiga o’zgarishiga asoslangan va har xil intellektual qobiliyatni aniqlaydi.


Intellekt omili bir sohada o’tkazilgan intellektual operasiyalar turi va undan hosil bo’lgan natija turkumidan iborat (9.5.1-rasm).
Gilford intellektual modelning birlamchi o’lchovini besh xil turdagi operasiya orqali asoslashga harakat qilgan va ular quyidagilar:

  • ma’lumotni tushunish – (C);

  • eslab qolish (xotira) – (M);

  • divergent fikrlash – (D)

  • konvergent fikrlash (berilgan ma’lumotlardan mantiqan afzalroqlarini ishlab chiqarish) – (N)

  • asoslangan xulosa chiqarish va baholash (ma’lumot birliklarini solishtirish va baholash) – (E).

Mutaxassislarning fikricha, ikkilamchi o’lchov – berilgan atamalarni mazmun va mohiyati izohlash orqali aniqlanadi. Unga ko’ra:

  • berilgan informasiya obrazli – (F);

  • ramziy – (S);

  • semantik – (M);

  • xulq-atvorli – (B) bo’lishi mumkin.



7 .1-rasm. Intellektning Gilford modeli



Uchinchi o’lchov. Bu ma’lum intellektual operasiyani konkret mazmunga qo’llanilishi natijasida paydo bo’lgan hosiladir.
Natijalar quyidagi alohida elementlar:

  • birliklar – (U);

  • sinflar – (C);

  • munosabatlar – (R);

  • sistemalar – (S);

  • transformasiyalar – (T);

  • implikasiyalar – (I) kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.

Shunday qilib, olimlarning olib borgan ilmiy izlanishlari asosida 120 xil (5Ch4Ch6) intellekt omillari mavjudligi taxmin qilinadi va ularning har biri quyidagi uch shartli belgilarni o’z ichiga qamrab oladi:

  • operasiya tipi;

  • axborot berish formasi;

  • olingan natija.

Yashirin obyektlarni aniqlash CFU belgisi bilan belgilanadi (operasiya – topish va aniqlash mazmun – obrazli natija – birlik, element ma’lumot). Boshqa insonni xulq-atvorini baholash qobiliyatini CBI oxirgi paytgacha 88 omil aniqlangan va ularni aniqlash testlari ishlab chiqarilgan.
Modelda aniqlangan omillar ortogonal (mustaqil) deb ataladi, bu yuqori daraja omillari borligini inkor etadi. Shu bilan bu nazariya intellektning umumiy asosini inkor etadi. Gilford ma’lumotlariga asosan barcha korrelyasiya koeffisiyentlarini 18% testlar oralig’i – 0,10 dan +0,10 gacha (8677 tasi 48140 koeffisiyentdan) 24%da nolga teng (r=0).
Bir qarashda, bu ma’lumotlar intellektni umumiy omili mavjudligini tasdiqlamaydi. Ammo, qo’lga kiritilgan natijalarni to’g’ri deb hisoblasak ham 76% r>0, mustaqil intellekt omillari ajratib olingan. Shuning uchun bu model o’zgarishlar ko’pligini yoki noldan ortiqligini tushuntirib bera olmaydi.
Gilford tomonidan fanga kiritilgan nazariy tushunchasi intellektning bir qator mustaqil qobiliyatlarga turlariga bo’linishiga olib keladi.



Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling