Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Download 4.49 Mb.
bet91/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Ayzenkning intellektual modeli

Ingliz maktabining atoqli nomoyondalaridan biri Ayzenk (Eysenck), Gilford tomonidan kiritilgan chizmaning ayrim elementlaridan foydalaniladi.


Uning modeli chizmasi ham kub shaklida bo’lib, har tomoni har xil nomlanishlar bilan belgilangan va quyidagi ko’rinish hosil qilgan:

  • intellektual jarayonlar (fikrlash, xotira, qabul qilish);

  • test materiallari (verbal, atrofli);

  • sifat” (intellektual jarayonlari tezligi va kuchi).

Aniqlanishicha, intellekt kuchi vazifani bajarishdagi o’ta qattiq hafsala bilan bajarish va xatolarni tekshirishga moyillikdan tuziladi.
Gilfordning operasiyalarini o’zining “intellektual operasiyalari” o’xshashligini Ayzenk o’zi ham tasdiqlaydi.
“Test materiallari” va “mohiyat” kategoriyalari ham o’xshashdir. Faqat “fikrlash natijasi” kategoriyasi o’rniga avtor “sifat” kategoriyasini kiritadi.
Ayzenk umumiy omil mavjudligini inkor qilmagan holda o’zining modellari Q-omil (Spirmenni) va birlamchi omillar (Terstounni) va IQ ni tezlik, qattiq xafsalalik va xatolarni tekshirishga loyillik deb asoslaydi. Ayzenkning fikricha “Bugun bu model eng effektli va eng yaxshi” (Eysenck).



Ayzenkning nomi uzoq vaqt davomida ingliz intellekt tadqiqotchilari orasida yetakchi o’rin egallagan.
Asosiy tushuncha va atamalar
Intellekt, aql, maxsus qobiliyat, kognitiv, verbal va noverbal, model, retikulyar omil, multifaktor nazariya.

Nazorat va muhokama qilish uchun savollar



  1. Intellektni aniqlashga oid qanday yondoshuvlarni bilasiz?

  2. Intellektning o’lchaydigan testlar va ularning turlarini ajratib ko’rsating.

  3. Intellekt nazariyalarining tabaqalanishiga kim asos solgan?

  4. Intellektning Terstoun modelini sharhlab bering.

  5. Intellektning Gilford modelini asoslang.

  6. Ayzenkning intellektual modelini ta’riflab bering.




Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling