Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Download 4.49 Mb.
bet38/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

3. Guruhiy testlar haqida tushuncha

Psixologik testlashtirishning rivojlanishidagi ahamiyatli bosqichlaridan biri, test tadqiqotlarini o’tkazish shakllarining o’zgarganligi bilan xarakterlanadi. Chunki, barcha testlar XX asrning birinchi o’n yilliklarida yaratilgan bo’lib, individual ko’rinish kasb etar va bir kishi uchun qo’llanilar edi. Ulardan faqat yuqori malakaga ega, maxsus tayyorlangan mutaxassislar, psixologlar foydalanishlari mumkin bo’lgan.


Dastlabgi, testlarning bunday xususiyatlari, ularni keng miqyosdatarqalishini cheklar edi. Amaliyot esa, (jamiyat) katta guruhdagi kishilarni biror faoliyat turiga nisbatan psixik tayyorlarini tanlab olish hamda kishilarning individual xususiyatlariga ko’ra, yo’naltirish maqsadida psixologik diagnostika qilishni talab qilar edi. Shuning uchun ham AQShda ikkinchi jahon urushi davrida test ustida yangi tadqiqotlar olib borilib – guruhiy testlar paydo bo’ldi.
Bir yarim million kishilik armiyaga turli xizmatlar uchun odamlarni tanlab olish va taqsimlash zaruratini maxsus tuzilgan qumita Artur Otis oldiga yangi testlarni yaratish vazifasini qo’yadi. Shu tarzda armiyaviy testlarning ikki xil shakli – “Alfa” va “Beta” paydo bo’lgan.
“Alfa” testi ingliz tilini yaxshi biladigan kishilarga mo’ljallangan bo’lsa, “Beta” testi ma’lumotsiz va ajnabiylar uchun edi. Urush tugagan bo’lsa-da, ushbu testlar va ularning modifikasiyasi hozirgi vaqtda ham keng qo’llanishda davom etmoqdi.
Mutaxassislar guruhiy (kollektiv) testlardan katta guruhlarda haqiqiy tadqiqotlarni o’tkazish bilan bir qatorda, ularga o’zgartirish kiritish orqali ko’rsatmalarni, o’tkazish jarayonlarini va natija baholarini yengillashtirishga harakat qilganlar. Testlashtirish jarayonlariga, avval, psixologik ma’lumotga ega bo’lmagan, ammo test tadqiqotlarini o’tkazishga o’rgatilgan kishilar jalb etilgandi.
Usha davrlarda guruhiy testlar xalq ta’limida, ishlab chiqarishda hamda harbiy sohada qo’llanilar edi.
XX asrning 20-yillari haqiqiy testli “portlash” bilan alohida tavsiflanadi. Testologiyaning keng va tez tarqalishi, uning amaliy vazifalarni jadal hal qilishga yo’naltirilganligi bilan izohlanadi. Testlar yordamida intellektni o’lchash ta’lim olish profotbor hamda muvaffaqiyatga erishish masalalariga ilmiy yondoshish usuli sifatida qaralar edi.
XX asrning birinchi yarmida psixo diagnostika sohasidagi mutaxassislar ko’plab turli xildagi testlarni yaratdilar. Natijada, testlarning metodik jihatlarini ishlab chiqish yo’li bilan, ularni yuqori shakllangan darajagacha olib bordilar. Barcha testlar mukammal tarzda katta hajmli tanlovlarda standartlashtirilgan bo’lib testologlar ularni yuqori darajadagi ishonchlilik va validlik bilan ajralib turishini ta’minlashga harakat qilganlar. Shunga qaramay bular ham Bine testlariga xos kamchiliklar uchraydi.
Testlar yordamida intellektning umumiy bosqichini aniqlash jarayonida inson psixikasiga xos ayrim xususiyatlar haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar kerak edi. Natijada testologiyada yangi yo’nalish – “maxsus qobiliyatlarni testlashtirish” vujudga keldi.



Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling