Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


-MAVZU: SHAXSNING FUNKSIONAL HOLATLARI PSIXODIAGNOSTIKASI


Download 4.49 Mb.
bet67/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

11-MAVZU: SHAXSNING FUNKSIONAL HOLATLARI PSIXODIAGNOSTIKASI


REJA:

1. Abraham Maslow konsepsiyasi.


2. Motivatsiyaga oid nazariyalar.
3. Kutishlar va Adolatlilik nazariyalari.
4. Portyer-Louler (Porter-Lawler) modeli.
5. B.Weonerning motivatsion nazariyasi.
6.Tadbirkorlik motivatsiyasi va qiziqishlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan psixodiagnostik metodlar.

1. Abraham Maslow konsepsiyasi


Olimlarning fikricha, har qanday motivatsiyaning asosida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj – bu individning rivojlanishi va faol darajada o‘zini namoyon qilishining sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan omilidir. Ehtiyojlar quyidagicha farqlanadi: biologik; fiziologik; psixologik; ijtimoiy.


Abraham Maslow (1908-1970) – mashhur amerikalik psixolog, psixiatr va gumanistik psixologiya vakili bo‘lib, u gumanistik psixologiyaning asosiy g‘oyalaridan saqlanib qolingan psixotahlil va bexiviorizm yo‘nalishlarini o‘zaro bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi “uchinchi kuch” atamasini kiritgan olimdir.
Maslow “Sabablar va shaxs” (1954) kitobida o‘ziga xos, noyob konsepsiyani taklif etgan bo‘lib, unga ko‘ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega bo‘lib, ular odatda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladilar.
Maslowning fikricha, sog‘lom rivojlanish uchun bizning qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish, ko‘rsatish darkor, zero, psixik buzilishlarning alomati ana shu ichki imkoniyatlar, qobiliyatlarni tormozlash yoki shu qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo‘ladi.
Maslow mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi chizmasini yaratgan bo‘lib, bu unga ko‘plab e’tirozlar va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko‘ra dastlabki shart, ya’ni asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan ehtiyojlardan (o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini ro‘yobga chiqarish) oldin qondirilishi kerakdir. O‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarishning aniq turlari inson xarakteriga bog‘liq holda o‘zgarib boradi.
Maslow nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay, Maslow nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil, isbotlar bilan qo‘llab-quvvatlanmagan. Maslowning o‘zi esa bu nazariyani eksperimental tomondan muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin u ko‘p odamlarning shaxsiy tajribalari bilan mos keladi va ularga hayot mazmunini anglashga yordam bergan, deb ta’kidlaydi.
Maslow ehtiyojlar iyerarxiyasi bo‘yicha bixevioristlardan birinchilardan bo‘lib o‘z ishlarida insoniy ehtiyojlarni qanchalik murakkab ekanligini va motivatsiyaga ta’sirini yaratib beradi. 1940 yilda o‘zining motivatsiya nazariyasini yarata turib, Maslow shuni tan oladiki, insonlar turli xil ehtiyojlarga ega va bu ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkin.
Shunday qilib, Maslow ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratgan (1.6.1.1-rasm). Uning tushunishicha, odamlar ehtiyojning ko‘plab turlarini boshlaridan kechiradilar. Muallif ularni bir necha guruhga bo‘lib tahlil qilgan:



1.1-rasm. Maslowning ehtiyojlar iyerarxiyasi

  • fiziologik ehtiyoj. Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy, jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojlar kiradi;

  • xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyoji – bu ehtiyojlar ma’lum bir guruhga xos bo‘lib, unda insonlarning bir-birini tushunishi, sevgi munosabatlari, o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog‘liqligi, qo‘llab-quvvatlashi kabilar kiradi. Maslow bu ehtiyojlarni o‘sish ehtiyojlari sirasiga kiritadi;

  • ijtimoiy ehtiyoj – jamiyatda kerakligi va o‘z o‘rni bor ekanligini his qilish ehtiyoji. Rasmiy va norasmiy jamoalar, do‘stlik rishtalari bunga yaqqol misol bo‘ladi;

  • hurmat qilish ehtiyoji – bunga o‘zini o‘zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib, bu ham o‘sish ehtiyojiga taalluqlidir;

o‘zini ko‘rsatish ehtiyoji (yuksalish) – bu eng yuqori ehtiyoj pog‘onasidir. Unda ahamiyatga molik, qadrlanadigan shart-sharoitlarda va rivolanishida insonning shaxs sifatida takomillashuvi nazarga olinadi. Maslowning ta’kidlashicha, insonning orzu va ehtiyojlari cheksizdir. Har bir inson bir marraga kelgandan so‘ng darhol ikkinchi bir marrani mo‘ljallay boshlaydi. “Maqsad – intilish – yetishish” jarayonini qayta-qaytadan takrorlanaveradi.
Hamma yuqori ehtiyoj ko‘rsatgichlari qat’iy iyerarxik tuzilishlar orqali amalga oshadi. Maslowning fikricha, ehtiyojning yuqori pog‘onasi, qachonki ehtiyojning pastki pog‘onasi (“fiziologik, xavfsizlik va himoya”) qondirilgandagina yuzaga chiqadi.
Uning nazariyasi tashkilotlar boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etdi. Menejerlar ishchilar nima uchun ishlashni xohlashadi-yu, nega xohlashmaydi, degan narsani asta-sekinlik bilan tushunishadi. Ularga shu narsa ma’lum bo‘ldiki, shaxsning ehtiyoj turlariga qarab motivatsiyasi keng ko‘lamda aniqlanadi. O‘z qo‘l ostidagilarni to‘g‘ri yo‘naltira olishi, ularning muammolarini, ehtiyojlarini amalga oshirish yo‘li bilan hal qilish mumkin. A.Maslow motivatsiya nazariyasining klassik namoyandalaridan biri bo‘lib qoldi.
Maslowning nazariyasiga qisman o‘xshash bo‘lgan Alderferning “ERG” (Existence, Relatedness and Growth), ya’ni “BBO‘” (Borliq, bog‘lanish va o‘sish) nazariyasi. Agar Maslowning nazariyasi 50-yillarda yaratilgan bo‘lsa, 70-yillarga kelib esa Clayton Alderfer bu nazariyani bir muncha oddiylashtirdi va uni quyidagi uchta ko‘rinishga keltirdi:

  • borliq – birinchi darajali ehtiyoj. Unda inson o‘z hayotiy ehtiyojlaridan albatta qoniqishi lozim;

  • ijtimoiy axloq va o‘zaro munosabatlar ehtiyoji (sevgi va do‘stlik);

  • o‘zini-o‘zi tan oldirish – eng yuqori ehtiyoj.

Muallifning fikricha, mazkur jarayonni, badiiy asar yaratish, sport bo‘yicha muvaffaqiyatlarga erishish, hatto, ota-onalik burchining yaxshi ado etilishi misollarida ko‘rish mumkin. O‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarilgach, shu jihat bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy kechinmalar oddiy holdek bo‘lib tuyuladi.
V.M.Karimova, B.T.Abdug‘afforov, F.A.Akramovalarning fikricha, motivatsiyalashgan tizim birligi – bu turtkidir. Tuzilish jihatidan turtkilar ikki xil farqlanadi: “xohish-istakli” va “haqiqiy”. Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlarga tushadi. Ularning xulqida turli xil motivlar namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina motivlar mehnat mobaynida shakllanadi. Odatda odamlarda mehnat qilish istagi foyda olish yoki foyda tushishi uchun xizmat qiladi, ya’ni shu orqali boshqalarga yordam beradi.
Motivlar anglangan yoki anglanmagan (qisman anglangan) bo‘lishi mumkin. Birinchisida, ijtimoiy xulqning sabablari aniq, egasi uchun ravshan bo‘lsa, ikkinchi holatda, amalga oshirilgan xulqning ichki psixologik sababi, ya’ni uning ortida turgan ehtiyoj, faollik mexanizmlari jarayonining o‘zi anglanmaydi. Anglangan motivlar ijtimoiy xulqni o‘rganishda katta ahamiyatga ega, chunki biz ko‘pincha odamlar orasida, jamoat yerlarida, mehnat jamoasida o‘zimizning nima sababdan aynan shu mavqeni tanlaganimizni, aynan shunday qarorlarga kelganimizni, aynan shu odamlarni yoqtirayotgan yoki yoqtirmayotganimizni aniq bila olmaymiz. Bu holat ko‘pincha ijtimoiy ustanovkalar orqali tushuntiriladi. Ijtimoiy ustanovka – u yoki bu guruhlarga nisbatan shaxsning baholari, harakat qilishga hozirligi va idrok usullaridir.
Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda, uning ikki elementini: harakat dasturi va maqsadni ajratish maqsadga muvofiq sanaladi. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. Buning uchun ijtimoiy xulqning motivlari aniqlangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat meyorlariga mos bo‘ladi.



Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling