Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Intellekt nazariyalarning tabaqalanishi


Download 4.49 Mb.
bet89/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Intellekt nazariyalarning tabaqalanishi

Spirmen tadqiqotlarida bir guruh har xil ko’rsatgichlar bir-biri bilan bog’liq va bir qobiliyatni aniqlaydi. Buni guruhiy omillar deb nomlashdi va ular barcha qobiliyat ko’rsatgichlarida mavjud emas, balki ko’proq yoki kamroq chegaralangan guruh testlar uchun umumiydir.


Shu asosda ingliz psixologi Vernon intellektni tabaqalanish nazariyasiga o’z hissasini qo’shdi. Eng yuqorida bosh omil turadi (Spirmen tomonidan ochilgan), undan so’ng keng qamrovdagi guruhiy omillar verbal-ta’lim (v:ed) va amaliy-mexanik (k:m) intellektlar joylashadi.
ntellektning Terstoun modeli

Inson qobiliyatini tabaqalash va pog’onalashda bosh omilning asosiy deb topgan ingliz olimlarini nazariyalarini amerikalik psixologlar tan olishmadi, ular asosiy urg’uni guruh omillariga berishadi.


Bunga amerikalik psixolog Kellining “Inson tafakkuri chorrahalari” (1928) asari asos soldi, bu asarda u Spirmenni nazariyasini tanqid qildi.
Testlar orasidagi aloqalarni guruh omillari: atrofiy munosabatlar, sonlar bilan operasiyalar, eslash va fikrlash tezligidir. Kellini davomchilaridan biri Terstoun bo’lib, u intellektning multiomil nazariyasini yaratdi.
9.4.1-jadval. “Sodda tuzilma”ning ideal ko’rinishi






Omil






















































































































Spirmenning tahlil metodida barcha korrelyasiya juftliklari matrisada mavjud bo’ladi, yagona omil Terstoun ishlab chiqargan statistik apparat bo’yicha matrisada eng kam miqdorda qaror topgan va u test topshiriqlarini bajara olish qobiliyatini aniqlaydi. U “Sodda tuzilma” tamoyiliga asoslanib, omillar aylanma harakatini tasdiqlaydi va eng katta, eng kichik miqdordagi, nol va nolga yaqin omil o’lchovlarini aniqlaydi.




7.4.2-jadval. Intellektni guruh omillari






Guruh omil







































































































“Sodda tuzilma” nazariyasi bo’yicha insonni ko’rish qobiliyati zaiflashgan bo’lsa, bu unga qadam bosishi uchun xalaqit bermaydi, bundan kelib chiqadiki, miyaning u yoki bu vazifalari insonga barcha vazifalarni yechish uchun emas, balki ba’zilarini yechishi kerak. Shu “Sodda tuzilma” tamoyilidir.


Shunday qilib, aqliy operasiyalar guruhni tashkil qiladilar va ular uchun birlamchi omil mavjud (9.4.2-jadval).
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1,2,4,5 testlarda uchadan guruh omillari, 3 va 6 testda esa – ikkita omil ta’siri kuzatiladi.
Terstoun avvaliga Spirmenning bosh omil nazariyasini butunlay yoqlamagan. Intellekt koeffisiyenti (IQ)ni ishlatish zaruriyati yo’q deb hisoblagan.
Birlamchi omillar bilan intellektni o’lchashni yoqlagan. Ammo bu ikkala olimning nazariyalarida umumiy katta farq sezirmaydi.
Spirmen va uning tarafdorlari o’z izlanishlarida tajribalarni kichik maktab yoshidagi bolalarda o’tkazishgan va buni hisobga olish lozim. Shuning uchun bu nazariyalarda omil Q ga urg’u beriladi. Ulardan farqli o’laroq Amerika olimlari kollej talabalarida sinovlar o’tkazishdi. Endi tajribalarda guruh omillariga ko’proq ahamiyat berildi va natijada o’ziga xos simptom komplekslar ham ajralib chiqdi.
Intellektni o’rganish bo’yicha Amerika va Ingliz maktablarining qarashlarini ikkinchi darajali omillar yordamida yaqinlashuvini 1940 yildayoq R. Kettel belgilab bergan. Keyingi ishlarida Terstoun Spirmenning bosh omiliga o’xshash omilni mavjud ekanligini tan oldi.
Ikkinchi tarafdan Spirmen ham Terstounning natijalari bilan o’zaro fikr almashdi, ammo amalda ular o’z fikrlarida qolishdi. Keyinchalik Terstounning nazariyasini yorqin namoyondasi bo’lib Gilford yetishib chiqdi.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling