Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet139/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Sport

Jismoniy tarbiya

Izoh: Bu metod o‘quvchilarni fikrilash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustaxkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.


Nazorat uchun savollar
1. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati qanday?
2. Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarilishi qay tarzda amalga oshiriladi?
3. Xavaskor va professional sport tashkilotlari ish faoliyatini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari boshlang‘ich jismoniy tarbiya tashkilotlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Sport klublarining yillik rejasi deganda nimani tushunasiz?
5. Sport tadbirlarining kalendar rejalari qanday bo`ladi?


10-MAVZU. ( 2 soat) Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda jamoat tashkilotlari.
Mashgʻulot turi: seminar
Mavzu rejasi:
1. Jamoat tashkilotlari. “Mahalla”, “Navro‘z”, “Ekosan”, “Nuroniy”, “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamg‘arma uyushmalari.
2. “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” kengashining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatlari
3. Idoralar va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus tashkilot sifatida Respublika jamoat tashkilotlarining turlari.
4. Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, jamg‘arma uyushmalarining o‘rni.
Tayyorgarlik bosqichi
1. Mavzu bo‘yicha o‘quv mazmunini tayyorlash.
2. Kirish seminari uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.
3. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.
4. O‘quv fanini o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish.


Mavzuga kirish
1. Seminarning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi, pedagogik vazifalar va o‘quv faoliyati natijalarini tushuntiradi.
2. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezoni bilan tanishtiriladi.


Asosiy qism
1. Mavzu rejasining 1 savoli bo‘yicha savollar beradi.
Seminar bo‘yicha «Sinkveyn» usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Jamoat tashkilotlari. “Mahalla”, “Navro‘z”, “Ekosan”, “Nuroniy”, “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamg‘arma uyushmalari tashkillashtirishdan ko`zlangan maqsad nima?

2. Mavzu rejasining 2 savoli bo‘yicha savollar beradi.


Seminar bo‘yicha «Yechim daraxti» usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” kengashining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatlari qanday olib boriladi?
3. Mavzu rejasining 3 savoli bo‘yicha savollar beradi.
Seminar bo‘yicha «Klaster» metodidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Respublika jamoat tashkilotlari haqida ma’lumot bering.
4. Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, jamg‘arma uyushmalarining o‘rni haqida bahs-munozara olib boriladi.


Yakuniy qism
1. Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling