Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet163/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Malaka oshirish - mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy
bilim va ko‘nikmalarini yangilash hamda rivojlantirish jarayoni
Mahorat — shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror
sohadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy
ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat
sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarni
amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash
Metod - yunoncha so‘z bo‘lib,yo‘l, usul, harakat usuli ma’nosini
bildiradi.
Pedagogika – yunoncha “paydagogos” so‘zidan olingan, “bola yetaklovchi”
degan ma’noni bildiradi.
Sport- qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyatideyilsa, keng ma’noda
shaxsiy musobaqa faoliyati, shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus
tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.
Sport tayyorgarligi tizimibilimlar,vositalar, uslublar, shakllar
va shu muhitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada
tayyorlashni ta’minlash, shuningdek sportchini tayyorlashni amaliy
faoliyatidir.
Sport maktabi – sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo‘lib, bir
gurug‘ mutaxasislarni ijobiy izlanishga asoslanadi.
Sport natijalari – sportdagi son va sifat darajasini
ko‘rsatkichidir.
Sportchini tasnifi – sportchini barqaror tasnifi bo‘lib, ma’lum vaqt
ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
Tarbiya – aniq maqsad asosida shaxsda ijobiy xislatlarni
shakllantirishga qaratilgan faoliyat.
Tarbiya vositalari – tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqa turli
vazifalarni bajarish uchun belgilangan moddiy, ma’naviy, madaniy obyekt
va predmetlar yig‘indisidir.
Tarbiya metodlari – tarbiyalanuvchini hayotini, faoliyatini, muomala
va munosabatini tashkil etish, hulqi va faoliyatini tartibga solish uchun
pedagogik maqsadga muvofiq ijtimoiy shartlangan usullardir.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling