Qarshi davlat


MAVZU. TALABALARDA PSIXOLOGIYANI UKITISH MALAKASINI EGALLASHGA DOIR MUSTAKIL ISHLAR


Download 0.52 Mb.
bet24/44
Sana13.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1770114
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti

MAVZU. TALABALARDA PSIXOLOGIYANI UKITISH MALAKASINI EGALLASHGA DOIR MUSTAKIL ISHLAR


Reja:


1.Talabalarning psixologiya ukitish kunikmalarini egallash buyicha mustakil ishlari.
2. Munozarani tayyorlash va utkazish.
3.Psixologiyadan ma’ruza matnlarini mustakil ishlab chikish.
4.Seminar mashguloti ssenariysini ishlab chikish. Psixologiyadan bironta mavzuni utkazish
buyicha metodik kursatmalar.

O‘qitish maqsadlari va o‘quv fani mazmuni har doim ham o‘zaro bog‘liqdir. Fanning mazmuni baribir borib o‘quv maqsadlarini tarkib topishiga turtki bo‘ladi. Psixologiya o‘qitish maqsadlari gumanitar fan sifatida uning mazmuni, xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixologik idrok etishning o‘ziga xosligini har doim ham gumanitar bilim sohasi bilan bog‘lamaydilar. Bu borada boshqa nuqtai nazarlar ham mavjud. Ular psixologiyani birinchi navbatda tabiiy, biologik yoki bioijtimoiy fan sifatida talqin etilishi natijasida, psixologiya fani haqidagi tortishuvlardan ancha aniq ifoda etilgan. V.Y.Lyadus fikricha, psixologiyani ijtimoiy – tarixiy fan sifatida talqin etish kerak, bu esa uning tarkibidagi tadqiqotlar tabiiy fanlar usullarini rad etmaydi. Ammo unning asosiy mohiyatida ijtimoiy fanlar va gumanitar idrok etish usullari o‘ynaydi.


Gumanitar idrok etish – ilmiy idrok etishning alohida turi, bo‘lib tabiiy fanlarga o‘xshash o‘rganilayotgan obektga subektning boshqacha munosabatini ko‘zda tutadi. Gumanitar idrok etishning diqqat markazida buyumlar bo‘ldi. Shuningdek u quyidagicha izohlanadi. Shaxs emas, subekt - obekt emas, subekt – subekt munosabatlari bo‘ladi deb ta’kidlaydi M.Vaxtinning fikricha, buyumni idrok etish va shaxsni idrok etish – ikki har xil narsalardir. Buyumni bir tomonlama subektni oxirigacha idrok etiladi. Shaxs idrok etiluvchi sifatida idrok etish «aniqligini», talab etmaydi, balki «kirib borishni» talab etadi. Idrok etish – anglanganlik har doim ham ikki tomonlama harakat. Idrok etuvchi subekt – idrok etiluvchi subekt munosabatlari – dialogdan iborat. Dialog esa vaziyatda bo‘ladigan ko‘rinishlarinigina ko‘rsatishni ko‘zda tutmay, kontekstlari tugatilmas turlarida berilgan ma’nolarini ham ochib berishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun dialogning oxiri yo‘q, chunki haqiqiy tushunish tarixiylik va shaxslashtirilgan. Bu holat gumanitar tushunchada aniqlik va tushunish ko‘rsatkichlariga tabiiy fanlar ko‘rsatkichlaridan farqli o‘ziga xoslikni beradi.
Gumanitar idrok etishning aniqligi (identifikatsiya) bir xilligini aniqlashdan iborat emas, balki «begonani xuddi o‘zinikiga o‘xshatmay begonaligini» yengib o‘tishdir, ya’ni idrok etuvchi va idrok etilayotganning o‘zaro bog‘liqligiga, kirib borganligi darajasidan iboratdir.
Psixologiyada o‘qitish xususiyatlarini tushunishda muhim bo‘lgan gumanitar idrok etishning yana bir xislati bu psixologik idrok etishning prinsipial ravishda geterogenligidir va ko‘p jihatdan rasmiylashgan faqatgina ilmiy – nazariy, mantiqiy fikrlashni nazarda tutib qolmay, balki obrazli, badiiy, tasviriy, hayoliy, kо‘rgazmali – amaliy fikrlashni ham kо‘zda tutadi. Gumanitar idrok etish xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi tarzda psixologiya о‘qitish maqsadlarini mutaxassis – psixologlar va pedagogik faoliyatida о‘qitish tizimida psixologiyani urganuvchilar uchun ham belgilanishi mumkin.
Psixologiyani о‘qitishdan maqsad – odamlarning hayot faoliyatida ularning о‘zaro aloqa munosabatlarini о‘rnatish, bilish usullarini nazariy va amaliy egallab olishdir. Psixologik idrok etishning xususiyati bilim va harakatlari birligidan iboratdir. Shuning uchun ikki tomonga yо‘nalgan ya’ni - о‘ziga va boshqa odamlarga yо‘nalgan harakatlar usuliga ega bо‘lmagan nazariy idrok etish – bu ilmiy psixologik bilim emas, psixologik idrok etish va harakatlar usullari о‘zini anglash birligiga erishish maqsadida amalga oshiriladi.
Psixologiya fanini о‘qitish faqatgina boshqa odamlar xulqi va fikrlash usulini qayta о‘zgartirish, balki о‘zini qayta tashkil etish mahoratini egallashga ham yо‘naltirilgan. Psixologiya ukitish metodikasining maqsadi shaxsni idrok etish munosabatlari va ularni qayta о‘zgartirish usullarining birlashib ketganligi bilan belgilanadi. Albatta, bu maqsadga butun boshqa maqsadlar tizimini amalga oshirish bilan erishiladi. Bundan tashqari, u insonparvarlik tarbiyasi maqsadlari – dunyoqarashni shakllantirish, jamiyat qurilishida shaxsning amaliy yо‘nalganligi bilan bog‘liq mutaxassisni о‘qitishning ancha dolzarb maqsadlari tizimiga kiritilgan.
Psixologiya kursining о‘qitish vazifalari va tamoyili.
Psixologiya о‘qituvchisi oldida har tomonlama muhim quyidagi vazifalar turadi:

  1. Talabalarda – bо‘lajak о‘qituvchilarda – ilmiy dunyoqarash va shaxsning yuksak ma’naviylik sifatini tarbiyalash;

  2. Talabalarda mutaxassislik yо‘nalishini tarbiyalash: о‘qituvchilik faoliyatiga qiziqishni, bolalarga muhabbat, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlarini shu bilimlarga asoslanib о‘quvchilar shaxsini shakllantirishda faol ishtirok eta oladigan bо‘lishi kerak;

  3. Talabalarda psixologiyaning nazariy bilimlarini pedagogik amaliyotda qо‘llash mahoratini, о‘quv – tarbiyaviy jarayonini va о‘quvchi shaxsi shakllanishini kuzatishni rivojlantirish va tahlil qilish mahoratini ustirish, shu asosda ularning hulqida, о‘qitish ishlariga, о‘rtoqlariga munosabatida namoyon bо‘ladigan о‘quvchilarning psixik xususiyatilarining yuzaga kelishi va rivojlanish sabablari haqidagi xulosalar chiqarish mahoratini rivojlantirish;

Pedagogik institutlarning talabalari psixologiyada psixikaning haqiqatdan aks ettirishi mohiyati ularning reflektorlik asosi haqidagi asosiy qoidalarini о‘zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllanishining asosi bо‘lib xizmat kiladi. Psixik hodisalar ularning rivojlanishi va о‘zaro bog‘liqliklarini kо‘rib chiqib talabalarni tandikiy fikrlashga о‘rganib qoladilar. Psixik hodisalarni tо‘g‘ri ilmiy tushunishga erishish orkali psixologiya о‘qituvchisi talabalarga diniy, xurofotlardan, psixikani manfaatparastlik qarashlaridan ozod bо‘lishiga yordamlashadi.
Psixologiya mashg‘ulotlarida bayon etiladigan ilmiy qoidalar о‘qituvchi tomonidan rasmiy e’lon qilinmasligi va talabalar tomonidan mulohaza qilmay tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri qabul qilinishi kerak emas.
Psixologiya о‘qituvchisi talabalarni fanning asosiy qoidalari haqiqiyligiga ishontirishi uchun yetarlicha amaliy materiallarga ega bо‘lishi lozim. Shu bilan birga nazariy qoidalarni tо‘g‘riligini isbot etuvchi va talabalarning inson psixikasi qonuniyatlarini chuqur tushunishlariga yordam beruvchi tajriba psixologik tadqiqotlarning aniq ma’lumotlarini tanlab olishi muhimdir.
Psixologiya о‘qituvchisi talabalar va о‘quvchilar olayotgan psixologik bilimlar abstrakt va rasmiy bо‘lib qolavermasliklari, ularning bо‘lajak pedagogik faoliyatlarida qо‘llanma, ishonchga aylanishiga intilishi kerak. Bunday ahamiyatlilikni kasb etishining asosiy sharti inson о‘z tajribasi orqali olgan bilimlarini tekshirib chiqishi, mustaqil о‘ylab olishi, idrok etayotganini boshdan kechirishi va unga nisbatan о‘z munosabatini aniqlab qolishi kerak. Aynan shuning uchun talabalarning mustaqil ishlari, inson psixik faoliyati haqida ma’lumotlar tо‘plashlari, ularni tahlil qilish va tushuntirishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Talabalarda ilmiy, nazariy-mustaqil materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun о‘qituvchi о‘zining psixologik bilimlariga hissiy munosabatini yaqqol ifoda etilganligi, bayon etilayotgan nazariy qoidalarini haqiqiyligi, tо‘g‘riligiga ishonishi juda muhim hisoblanadi. О‘qituvchining bunday munosabati talabalarda fanga qiziqishni oshiradi, psixologik bilimlarni egallab olish va ularni mustaqil kengaytirishga intilishlariga sabab bо‘ladi. О‘qituvchi fanning zamonaviy holatini va hozirgi davrda psixologik tadqiqotlarlardan tо‘la xabardor bо‘lishi, о‘quvchilarda yuzaga keladigan savollarga javob bera olishi muhimdir.
Talabalarda dunyoqarashni shakllantirish bо‘lajak о‘qituvchi shaxsining ma’naviy xislatlarini tarbiyalash bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs muammosi psixologiya kursida markaziy о‘rinni egallaydi. Shaxsning shakllanishi jarayonida barcha psixik hodisalar yuzaga keladi va shaxs yaxlitligi kо‘rinishi sifatida qaraladi. Psixologiya talabalariga inson ichki dunyosi ya’ni yо‘nalganlik, xarakteri, qobiliyatining shakllanish sharoitlari xakida ma’lumotlarni beradi. Psixologiya fanidan talabalar har bir о‘quvchining shaxs xususiyatlarini, uning qiziqishlari, ishtiyoqlari, qobiliyatlarini bilib olib ularga tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatadilar. Psixologiya fani shaxsni о‘rganishga qaratilganligi talabalarda insoning ichki dunyosiga qiziqish, uning mohiyatini bilib olishga intilishi, boshqa odamlar va о‘zining shaxsiy psixik xususiyatlarini tushunishga chorlaydi, о‘z xotirasi, diqqati, irodasi, xarakterining sifatlarini bilib olishga intilish va ularni takomillashtirish о‘quvchilar va talabalarda о‘z-о‘zini anglashning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Talabalarning inson ichki dunyosiga qiziqishlaridan mohirona foydalanib, psixologiya о‘qituvchisi ularga о‘zlarida ijtimoiy qimmatga ega bо‘lgan sifatlarini tarbiyalashda jamiyat oldidagi mas’uliyatlarini his etishga yordam beradi va shu orqali о‘z-о‘zini tarbiyalash vazifasini qо‘yadi.
О‘z-о‘zini tarbiyalash vazifasi talabalarning kasbiy yо‘nalishlari shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu tushunchaga о‘z kasbiga qiziqish, yaxshi о‘qituvchi bо‘lib yetishish va ilg‘or о‘qituvchiga xos bо‘lgan xususiyat va qobiliyatlarni о‘zida tarbiyalashga intilish kiradi.
Ilg‘or о‘qituvchilarning ishi bilan amaliyot о‘qituvchisi rahbarligi ostida maktabda olib boriladigan kuzatishlar yordamida tanishish, ularning pedagogik mahoratlari mohiyatini tahlil qilish, pedagogik adabiyotlarni о‘rganish talabalarga pedagogik faoliyatda hamma mohir - о‘qituvchilarga xos shaxsning ijobiy sifatlarini egallab olishga imkon beradi.
Har qanday kasbda bо‘lganidek, bо‘lajak о‘qituvchilar pedagogik faoliyatda zarur bо‘lgan bilim, mahorat va kо‘nikmalarni egallab olishlari kerak. Psixologiya о‘qituvchisi talabalarni maktabda о‘quv – tarbiyaviy ish sharoitida bolalarni kuzatishga, ularni о‘z kuzatishlarini tahlil qilishga о‘rgatadi, kuzatish jarayonida ularda paydo bо‘lgan savollarga javob topishga yordam beradi. Kuzatishlar davomida talabalarda shunday savollar paydo bо‘ladiki, ularga faqatgina psixologik qonuniyatlarni bilgan holdagina javob topish mumkin. Bu esa ularni psixologik adabiyotlarni mustaqil о‘rganishga undaydi va shu orqali psixologik bilimlar tо‘plash talabini yuzaga keltiradi.
Talabalarni kuzatish va о‘z-uzini kuzatishlarini anglab olishlariga о‘rgatish uchun psixologiya о‘qituvchisining о‘zi kuzatishni bilishi, о‘quvchilarning xulq-atvori psixologik hodisalarni tahlil qilishi va umumlashtirishni bilishi kerak. Psixologiya о‘qituvchisi о‘z oldiga qо‘yilgan vazifani bajarishi uchun dars о‘tish metodikasini yaxshi egallab olishi kerak. Psixologiyani о‘qitish metodikasini о‘qitishning alohida usul va usublarini о‘rganibgina qolmay, balki о‘qituvchiga о‘quv fanida eng asosiy mazmunini ajratib kо‘rsatishda, psixologik hodisalardan eng ishonchlilarini, pedagogik ahamiyatlilarini tanlab olishga yordam beradi. Metodik qо‘llanmalar psixologiya о‘qituvchisiga psixologiya fani asosida qanday asosiy qoidalar yotishini, butun materiallarni qaysi tartibda bayon etish kerakligini tushunib olishga yordam berishi kerak.
Psixik hodisalarni ilmiy tushuntirish quyidagi qoidalar asosida qurilishi kerak:

  1. Barcha psixik hodisalar psixologiyada haqiqatni aks ettirish sifatida qaraladi. Faoliyat jarayonida dunyoni aks ettirib, inson atrof dunyodagi predmetlar va hodisalar haqida bilim oladi. Haqiqatni aks ettirish faol xarakterga ega bо‘ladi, chunki ular atrofni о‘zgartirib va qayta tashkil etish uning faoliyati jarayonida sodir bо‘ladi. Insoning hamma idrok etganlari uning individual xususiyatlari, tо‘plagan tajriba va bilimlarida aks ettiradi. Psixik faoliyati jarayonida inson ongida obyektiv dunyoning subyektiv obrazi shakllanadi.

  2. Psixika alohida usulda tashkil topgan materiya – miyaning xususiyatidir. Ilmiy tadqiqotlar ma’lumotlari, klinik kuzatishlar bu qoidaning tо‘g‘riligini sо‘zsiz isbot etadi. Psixik hodisalar asosida tashqi muhit ta’siri ostida yuzaga keladigan miyaning reflektorlik faoliyati yotadi. Bu ta’sir kо‘rsatish miyada qо‘zg‘alish va sekinlashish nerv jarayonlari, nerv aloqalari namoyon bо‘lishi bilan bog‘liqdir. Miyaning reflektorlik faoliyati tashqaridan ta’sir kо‘rsatishga organizmning javob qaytarishini (ta’sirini) ta’minlaydi. Miya retseptorlariga keladigan javob ma’lumotlar ta’sirlanish samaraliligini belgilaydi. Javob afferentatsiyasi mavjudligi hisobiga inson va hayvonlarning organizm faoliyatini о‘zi boshqarishi mumkin bо‘ladi. Bu boshqarish faqatgina tashqi ta’sirlar bilan belgilanmay, ilgarigi ta’sirlar natijasida miyada tashkil bо‘lgan nerv aloqalari tо‘plami bilan ya’ni inson va jonivorlarning oldingi tajribalari bilan ham belgilanadi. Harakatlar natijalari odamning oldingi tajribasiga mos kelishi bu harakatning bajarilishini ta’minlaydi. Psixikaning boshqaruv roli tizimining tuzilishi va vazifasi murakkablashib borishi evolyusiya jarayonida oshib boradi.

  3. Insoning barcha psixik faoliyati sabablarga asoslangan bо‘ladi. Ularning tashqi muhit ta’siri va bu ta’sir kо‘rsatishlarga javob qaytaruvchi shaxsning ichki holati bilan yuzaga keladi. Insoning fikri va sezgilari, uning hamma harakatlari va ishlari oldingi hayoti, atrof sharoiti va tarbiyasi bilan bog‘liq bо‘ladi. Ularni tushuntirish uchun uning harakatlari sabablarini bilish kerak. Ularni yuzaga keltiruvchi sabablar, inson qanday sharoitlarda о‘sgani, uni qanday odamlar о‘rab turganini, ular bilan munosabati qandayligini bilish kerak. О‘quvchilarga tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatish uchun о‘qituvchi ular rivojlanish tarixini ham bilishi muhimdir.

  4. Barcha psixik hodisalar ularning rivojlanishi bilan о‘rganiladi. Bu qoida hayvonlar psixikasi taraqqiyotiga, inson ongining tarixiy rivojlanishi va bola psixikasining rivojlanishiga dahldordir. Rivojlanish har doim ham sifat о‘zgarishlariga, yangiliklarga olib keladi. Misol uchun insonning kuzatuvchanlik, tasavvuri kuchi va aniqligi, fikrlashi chuqurligi va о‘tkirligida yangi, murakkab insoniy oliy hissiyotlar yuzaga keladi va rivojlanadi, ya’ni – vatanparvarlik, burch hissi, extiyotkorlik va boshqalar. Shaxsning yangi xislatlari amaliy faoliyat jarayonida, boshqa odamlar bilan munosabatlarda yuzaga keladi va shakllanadi. Masalan, idrok etish jarayonida kuzatuvchanlik rivojlanadi. Fikrlash malakalarini shakllantirish orqali masalalarini hal etib inson fikrlash operatsiyalarini egallaydi, analiz va sintez, solishtirish va umumlashtirish, mavhum fikr yuritishni bilib oladi. Faoliyat davomida insonning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Rivojlanishda murakkab irodaviy harakatlari ham takomillashadi – bola harakatlari asosida yotuvchi tushunarsiz istaklar kattalarda maqsadga muvofiq faoliyatning anglab yetilgan sabablariga aylanadi. Irodaviy xislatlari – qat’iylik, dadillik, tashabbuskorlik – faqatgina irodaviy harakatlarni bajarish jarayonidagina rivojlanadi. Shaxsning psixik rivojlanishi sabablari bolaga qо‘yiladigan talablar uning hayoti va faoliyati va uning imkoniyatlari о‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklardan iborat, ya’ni uning rivojlanishida erishilgan bosqichi bu talablarni qoldira olmasligi bilan bog‘liq.

  5. Insonning psixikasi uning faoliyatida namoyon bо‘ladi va shakllanadi. Inson fanlarni, ularning xususiyatlarini, ular о‘rtasidagi bog‘liqliklarni faqatgina ularga ta’sir kо‘rsatibgina bilib oladi. Faoliyatda inson boshqa odamlarni va о‘zini bilib oladi. Faoliyatning о‘ziga xosligi va uni muvaffaqiyatli bajarish talaba shaxsning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatadi.

  6. Har bir psixik hodisa uning yaxlitligida о‘rganilishi kerak. Inson psixologiyasi yaxlit shaxs psixologiyasidir. Shaxsning о‘ziga xosligi, uning yо‘nalganligi, bilimi, hayot tajribasi psixik jarayonlarning о‘ziga xosligini kasb etadi. о‘ayratlilik xislati kо‘plab psixik jarayonlarni о‘tib borishi xususiyatlariga ta’sir kо‘rsatadi. Faoliyat jarayonida shakllangan shaxsning psixik xislatlari, jarayonlari vaqt о‘tishi bilan о‘z ta’sirini kо‘rsatadi, ularning xarakterini о‘zgartiradi, insonning harakatlarini belgilaydi. Bundan kо‘rinadiki shaxsning hamma tomonlari о‘zaro bog‘liqdir. Shaxsning yо‘nalganligi uning faoliyati sababi, maqsadga muvofiq harakatlariga, qobiliyatiga bog‘liq bо‘ladi. Shaxsning yо‘nalganligining о‘zgarishi va uning sezgilari mazmuni yangi talablar va qiziqishlarining yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Diqqatning shakllanishi inson xarakteridagi irodaviy xislatlarning shakllanishiga bog‘liq bо‘ladi.

  7. Nazariy psixologik bilimlarini amaliy pedagogik faoliyati bilan bog‘liq bо‘lishi kerak. Pedagogik institutda psixologiya fanidagi asosiy о‘rinlarni umumiy, yosh va pedagogik psixologiya soxalari egallaydi. Bolalik va о‘smirlik psixikasi xususiyatlari va uning rivojlanish qonuniyati bilimlari inson faoliyati umumiy psixik qonuniyatlari haqidagi bilimlar asosida beriladi. Bolalarning psixologik xususiyatlarini о‘rganish ularning yuzaga kelishi va rivojlanishi sabablari, shartlarini aniqlash bilan bog‘liqdir.

Yosh psixologiyasi kursida bola shaxsining psixologik xususiyatlarini rivojlanishining asosiy yо‘nalishlari va istiqbollari о‘rganiladi. Uning shaxsini shakllanishiga bolalar va о‘smirlar faoliyati va hayot tarzini tashkil etuvchi kattalarning unga maqsadga muvofiq ta’sir ahamiyati aniqlanadi. Psixikaning rivojlanishi mohiyatini tushunish uchun individual psixologik xislatlari shakllanishini kuzatish kerak. Bu xislatlarning tо‘plami bola shaxsi psixologik kо‘rinishini belgilaydi. Shuning uchun yosh psixologiyasini о‘rganishda shaxsiy yondoshish bо‘lishi kerak.
Pedagogik psixologiya kursida ta’lim ta’siri ostida psixikani yangi jabhalarini shakllanish sharti va omillari о‘rganiladi. Bu jarayonlarda bilimlarni mahorat va kо‘nikmalarni egallab olish qonuniyatlari, individual farqlari, о‘quvchilarda faol mustaqil ijodiy fikrlashni shakllanish qonuniyatlari о‘rganiladi.
Agarda psixologiya kursi pedagogik о‘quv yurtida ana shunday tamoyillar asoslarda qurilsa u о‘quvchilarga, talabalarga psixologik bilimlarning amaliy hayotiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi va bо‘lajak о‘qituvchilar shaxsi shakllanishining muhim sharti bо‘lib qoladi.
Psixologiya fanini о‘qitishda samaradorligini oshirishning ba’zi yо‘llari va vositalari. Hamma didaktik tamoyillar orasida yaqqol kо‘rgazmalilik tamoyili alohida ahamiyatga ega, uning asosida idrok etish jarayonida ma’lum hissiyotlilik va mantiqiylik nisbatlari yotadi.
Idrok etish aniqlikni (predmetni, hodisani) his etish va qabul qilishdan boshlanadi va undan umumlashtirish va ajratib olishga yordam beradi. Psixologik tushuncha – bu psixik hodisalarning muhim belgilari haqidagi umumiy bilimlardir. Bu bilimlar odamlarning psixik faoliyati turli faktlarni idrok etish asosida yuzaga keladi. bu faktlarni tahlil qilish muhimlarini, ularning barchasi uchun umumiylarini topib, ular asosida psixik faoliyatning qonuniyatlarini о‘rgatish imkonini beradi. Pedagogika instituti talabalari psixik bilimlarni egallab borish jarayonida kо‘pincha umumiy psixologik qonuniyatlarda namoyon bо‘ladigan aniq psixik hodisalar haqidagi yaqqol tasavvurlar bilan nazariy qoidalarni bog‘lashni bilmaydilar. Psixologiya о‘qituvchisi turli xil kо‘rgazmaliliklarni qо‘llash orqali talabalardan nazariy bilimlar mohiyatini aniqlashtirishga va ular о‘rtasidagi о‘zaro umumiylikni topishga о‘rgatadi.
Kо‘rgazmalilik talabalarning о‘zlashtirayotgan psixologik tushunchalarini jonli, aniq mazmun bilan tо‘ldirishga, odamlarning psixik faoliyatlarida alohida faktlarni, umumiy qonuniyatlarni kо‘rishga yordam beradi.
О‘qituvchi foydalanishi mumkin bо‘lgan kо‘rgazmalilik vositalari quyidagilardan iborat. Psixologiya kursida iloji boricha namoyish etish tajribasidan kо‘proq foydalanish kerak. Talabalarda eng yorqin va jonli tasavvurlar psixik faoliyat tashqi kо‘rinishlarini о‘zlarini kо‘rganlarida yuzaga keladi, masalan, psixologiya bо‘yicha mashg‘ulotlarda tajriba о‘tkazish, bunda ular о‘zlari bevosita ishtirok etadilar.
Psixologiya mashg‘ulotida о‘tkaziladigan tajribalar о‘zining vazifasi bо‘yicha ilmiy tajribalardan tubdan farq qiladi. О‘quv tajribasining maqsadi – psixik hodisalarni tekshirish emas, ilmiy tadqiqotlar natijasi bо‘lgan nazariy qoidalarni tushuntirishdan iborat. О‘quv tajribasi ilmiy tajribadan о‘tkazilish usuli bilan shuningdek, olingan natijalarni izohlash bо‘yicha ham farq qiladi. Psixologiya mashg‘ulotida sinaluvchilarga ta’sir kо‘rsatishni hisobga olmay о‘tkazilgan tajriba asosida uning psixikasi u yoki bu xususiyatlari haqida xulosa chiqarish mumkin emas. Misol uchun ularning diqqati xususiyatlari yoki xotira sifati haqida.
Kо‘rgazmali tajriba о‘qituvchi tomonidan turli maqsadlarda о‘tkazilishi mumkin. U nazariy qoidani о‘zlashtirishning boshlang‘ich bosqichi bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Misol uchun, yaxshi eslab qolishni sharoitlar masalasini kо‘rib chiqishda о‘qituvchi talabalar oldiga savol qо‘yadi «qanday sharoitlarda eslab qolish yaxshi bо‘ladi?». Bu savolga javob topish uchun tajribalar о‘tkaziladi. Har bir tajribada eslab qolish natijasini taxlil qilib, talabalar aynan shu aniq holatda nimani eslab qolishga yordam berganini aniqlaydilar idrok etayotgan qismlar о‘rtasidagi ma’noli bog‘liqliklarni aniqlash, tekshirilayotganlarning eslab qolganlariga faol munosabatlari va boshqa shartlar. Kо‘rgazmalilik tajribasi о‘qituvchi bayon etgan nazariy qoidani tо‘g‘riligini isbot qilishga yordam beradi. Misol uchun, sintez bu bо‘laklarni ular о‘rtasidagi bog‘liqliklar asosida yaxlit yagona birlashtirish ekanini isbotlash uchun: о‘qituvchi doskada hamma harflarni adashtirib yuborilgan (anagramma) sо‘zni yozadi va о‘quvchilardan bu sо‘zni о‘qishni sо‘raydi.
Tajriba nazariy qoidani tushuntirishga xizmat qilishi mumkin. Masalan, о‘qituvchi diqqat xususiyatlari haqida gapirar ekan diqqatni taqsimlash odamning bir vaqtda bajarilayotgan harakatlaridan birini yaxshi bilgandagina mumkinligi qoidasini bayon etadi. Bu qoidalar ikki faoliyat о‘rtasida, ulardan biri unga yaxshi tanish bо‘lgan faoliyatlar о‘rtasida diqqatini taqsimlashni talab etuvchi tajriba bilan tushuntiriladi.
Tajriba о‘tkazishda о‘qituvchining sо‘zlab tushuntirishi muhim о‘rin egallaydi: ular tajriba maqsadlarini aniqlaydilar va tushunarli ifoda etadilar, olingan natijalarni tahlil qilish, asosiy kо‘rsatish vositasi hisoblanadi.
Tajriba yaxshi о‘tishi uchun uni olib borishda quyidagi metodik qoidalarga rioya qilish kerak.
Tajriba oddiy bо‘lishi, oson о‘tkaziladigan va kо‘p vaqt talab etmaydigan bо‘lishi kerak. Talabalarda tajribaga jiddiy munosabat yaratish kerak. Bunday munosabat yaratish uchun esa о‘qituvchi tajribaga yaxshi tayyorlanishi, uni о‘tkazishda hamma tomonlarini о‘ylab chiqishi, talablarga aniq kо‘rsatmalar berishi kerak.
Tajriba aniq maqsadga yо‘nalganlikka ega bо‘lishi kerak. Talabalar nima uchun tajriba о‘tkazilayotganini, qanday nazariy qoidani tasdiqlashi, qaysi savolga javob berishni bilishlari kerak.
Tajribadan olingan natijalarni chuqur tahlil qilib chiqish muhimdir. Agarda о‘qituvchi bu ishni bajarmagan bо‘lsa yoki yuzaki tahlil qilib chiqqan bо‘lsa, tajriba kerakli samarani bermaydi. Tahlil qilishda tajriba boshlanishida qо‘yilgan savolga aniq javob olish, uning sabablarini va bu qanday natijalarga olib kelish shartlarni ochib berishi kerak. Kо‘rgazmalilik vositasi sifatida о‘qituvchi talabalar о‘tkazgan kuzatishlari jarayonida olingan psixologik faktlardan foydalanishi mumkin. Ammo faqatgina maqsadga muvofiq va yaxshi tashkil etilgan kuzatishgina kerakli natijani beradi. Kuzatishning vazifalari aniq, yaqqol, aniqlovchi va kuzatish obyektini chegaralovchi bо‘lishi kerak.
Metodik jihatdan kuzatishlar natijalarini darhol tahlil qilishga, kuzatilgan faktlarni umumlashtirishga kirishganlari juda muhimdir. Kuzatishga misol sifatida, bolalar diqqatining dars paytida xususiyatini talabalar kuzatib, diqqati qachon mustahkam bо‘lganini, qachon chalg‘iganini qayd etib, bu faktlarni dars mazmuni va о‘qituvchi о‘quvchilarning diqqatini jalb etish uchun foydalangan vositalari bilan solishtiradilar.
Kuzatish jarayonida talabalarda yuzaga kelgan savollar ularga ilmiy adabiyotlardan javob izlashga bulgan extiyojini uyg‘otadi. Bu psixologik bilimlarni chuqur о‘zlashtirishga va idrok etish jarayonini rivojlantirishga yordam beradi.
О‘quvchilarni muntazam kuzatish odatda pedagogik amaliyot davrida olib boriladi va natijada ma’lum о‘quvchiga psixologik – pedagogik tavsifnoma tuziladi. Kuzatilgan faktlar kuzatuv kundaligida qayd etilib boriladi va muntazam о‘rganilib boriladi.
Tasvifnomada quyidagi savollarga javoblar bо‘lishi kerak: kuzatilayotgan о‘quvchining oilasi qanday, ular о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar о‘quvchining oiladagi yashash sharoiti qanday? О‘quvchining о‘quv ishlari qanday tashkil etilgan, uning о‘qishga munosabati, qaysi fanlarga qiziqadi va nima uchun, bolaning uy vazifalariga munosabati qanday? О‘quvchining о‘quv faoliyatida namoyon bо‘ladigan qobiliyatlari (uning diqqati, xotirasi sifati, tasavvuri, nutqi, fikrlashi) uning sabablari, g‘ayratlilik xususiyalari kо‘rinishi.
Kattalarga, о‘rtoqlariga, о‘z - о‘ziga munosabatlari (о‘quvchining xushmuomalaligi, uning jamoadagi о‘rni, tortinchog‘mi yoki erkin, ishonchlimi?).
О‘quv ishlarida namoyon bо‘ladigan о‘quvchining g‘ayratlilik xislatlari va xarakteri (mehnatsevarlik, aniqligi, mas’uliyatliligi, qat’iyligi, kamtarligi va boshqalar).
О‘tkazilgan tajribalar, kuzatishlarning natijalari bu о‘quvchiga individual yondoshishda foydalanilishi va unga tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatishning tо‘g‘ri usulini tanlashga imkon berishi kerak.
Bolalarning teatr yoki kinofilmni idrok etishlarini kuzatish. Bu kuzatishlar bolani teatrni idrok etish xususiyatlarini aniqlashga, sodir bо‘layotgan hodisani tushunish uchun idrok etilayotgan hissiy munosabatni yuzaga keltirgan bolaning ichki faolligi ahamiyatini aniqlashga yordam beradi. Buning uchun teatr boshlanishidan oldin talabalar о‘quvchilardan roman haqida ularga nimalar ma’lumligini, uni о‘qiganlarmi yoki teatrda kо‘rganlarini bilib olishlari kerak. Teatr davomida butun tomoshabinlarni va о‘z yonilardagilarni kuzatib boradilar. Teatrning tomoshabinlarda kо‘proq jonlanish uyg‘otgan joylarini belgilab borish kerak. Tanaffus paytida bolalarga beriladigan savollar, fikrlar, gaplardan ularning teatrni qanday tushunayotganlarini, hodisalar va qahramonlarni qanday baholayotganlarini bilib olishlari kerak. Tomoshabinlar bilan bu suhbatlar va kuzatishlar bolalarning ishtirok etuvchilar va ularning harakatlariga munosabatlari о‘zgarib borayotganini, roman mazmunini qanday tushunganliklarini bilib olishga, qanday tuyg‘ular paydo bо‘lganini bilishga yordam beradi. Teatrni tomosha qilgandan sо‘ng sinfda uni muhokama qilishni tashkil etish kerak.
Pedagogik amaliyot paytida darslarda albatta, ishtirok etish kerak va ularni keyin psixologik tahlil qilish kerak. Darsni psixologik tahlil qilish metodik tahlil qilishdan farqli unda о‘qituvchining u yoki bu metodik uslublarigina baholanmay, balki о‘quvchilarning darsga e’tiborliligi sabablari ham aniqlanadi, о‘qituvchining tushuntirishlarini о‘quvchilar qabul qilishi va tushunishi chuqurligi va tо‘g‘riligi aniqlanadi. Darsni tahlil qilib borib uning rivojlantiruvchi tomonini kо‘rishga, dars mazmunida aynan qaysi jihatlar о‘qituvchining qaysi harakatlari bolalarda qiziqishni rivojlanishiga, ularning fikrlashida, nutqida, idrokida va hissiyotlarida yangilik paydo bо‘lishiga sabab bо‘lganini, darsda qanday mahoratni egallaganliklarini aniqlashga harakat qilish kerak. О‘qituvchining muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ishlarining psixologik sabablarini ochish muhimdir.
О‘zini kuzatish ma’lumotlaridan ham talabalarda psixik hodisalar haqida aniq tasavvurlarni yuzaga keltirish uchun foydalanish mumkin. Psixologiya о‘qituvchisi yoshlarning boshqa odamlarni va о‘zining ichki dunyosiga kirib borish orqali qiziqishlari doirasini aniqlash kerak va о‘zini tutishni tо‘g‘ri tashkil etishga yordam berishi kerak. Eng avval talabalar о‘zini tutish maqsadini bilib olishlari kerak - о‘z xotiralari xususiyatlarini о‘rganish, diqqati, xarakterini bilib olib keyinchalik bu kо‘rsatkichlardan о‘zini tarbiyalashda foydalanishi kerak.
Psixologiya о‘qitish jarayonida quyidagi tasviriy vositalardan keng foydalanish mumkin – fotosurat, suratlar, jadvallar, sxemalar, chizmalar, grafiklarni, namoyish etish mazmunini, nazariy qoidalarni aniqroq aks ettirishi kerak. Fotografiya va reproduksiyalardan «Diqqat», «Hissiyot», mavzularini о‘rganishda foydalanish mumkin. «Tasavvur» mavzusi bilan ishlashda bitta mavzuga bir necha rassomlarning suratlaridan foydalanish mumkin. Ularni о‘zaro taqqoslab va badiiy asar matni bilan solishtirib muallif kо‘rsatgan tasvirlash asosida rassomlar tasavvurida obrazlar paydo bо‘lishini, bir biridan farq qilishni yaqqol kо‘ramiz. Jadvallar, sxemalar, grafiklarning fotosurat va suratlarning ustunligi shundan iboratki, ularning yordamida hodisalar, ulardagi о‘zgarishlar bog‘liqliklarni yaqqol kо‘rsatish mumkin. Misol uchun, jadvalda bolaning yoshiga qarab eslab qolish jarayonini о‘zgarishi dinamikasini kо‘rsatish mumkin. Sxemada faqatgina asosiylari kо‘rsatiladi va talabalarda psixik hodisalar haqida umumiy tasavvurlar yaratishga yordam beradi. Misol uchun, analizatorlar tuzilishi sxemasida hamma analizatorlar uchun umumiy bо‘lgan anatomik tuzilishi, vazifalarini kо‘rsatish mumkin.
Talabalarning idroki ular kо‘rayotgan illyustratsiyalarni nazariy qoidalar bilan bog‘lab ularning asosiysini, muhimligiga qarab yо‘naltirib boshqarib borish kerak. Talabalar о‘zlari buni tushunib va о‘zlari asosiysini ajratib oladilar, deb о‘ylash kerak emas. Misol uchun, turli kо‘rinishni chalg‘ituvchi tasvirli jadvalni namoyish etib, talabalarga qabul qilishda yuzaga keladigan xatolar sabablarini kо‘rsatib berish, har qanday illyuziyada uning yaxlitligi, insonning undagi ilgarigi tajribasi, uning idrok etishi munosabati kabi idrok xususiyatlarini mavjudligini tushuntirib berish kerak. Agarda ana shunday tushuntirish berilmasa, idrok qilishning xususiyati sifatida illyuziya haqida talabalarda xato tushuncha paydo bо‘lishi mumkin. Lekin mashg‘ulotlarni illyustrativ materiallar bilan haddan tashqari tо‘ldirib yuborish ham kerak emas. Ushbu psixologik tushuncha bilan bog‘liq bо‘lganlari bilan cheklanish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Kо‘rgazmalilik vositalaridan yana biri kinofilm hisoblanadi. Kinofilmning boshqa kо‘rgazmali vositalardan ustunligi, uning dinamikligidir. Filmlarda hodisa va harakatlarni kо‘rsatib beradilar, ulardagi о‘zgarishlar jarayoni yaqqol kо‘rinadi, bular statistik kо‘rgazmalilikdan iborat emas.
Mustaqil ishlarda va ma’ruzalarda talabalarga ilmiy tadqiqotlar, pedagogik amaliyot, hayotda va badiiy adabiyotlardagi faktlari bilan duch kelishiga tо‘g‘ri keladi, ular psixologik tushunchalarni aniqlashtirish uchun sо‘zli kо‘rgazmalar vositasi sifatida xizmat qiladi. Bu faktlarning hammasi ham talabalar bevosita qabul qilmaydilar, ba’zilarini sо‘zli ifoda etib berish talab etiladi. Psixologik tadqiqotlar juda kо‘p amaliy materiallarga ega, ulardan psixologiya о‘qituvchisi psixika qonuniyatlarini tushuntirib berishda foydalanishi mumkin. Mashg‘ulotda foydalaniladigan hamma psixik faoliyat faktlari о‘qituvchi tomonidan chuqur о‘rganilib chiqilgan bо‘lishi kerak. Amaliy faktning tahlil qilinishi birinchi navbatda bu faktdan umumiy psixik qonuniyatlarni ajratib olishga qaratiladi.
Psixologiya о‘qituvchisining ishlarining muhim tarkibiy qismi talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish hisoblanadi. Mustaqil ishlar bu talabalar oldiga ularni yechish yо‘llari va vositalarini mustaqil izlashi talab etuvchi masalalar qо‘yish orqali ularning idrok etish faoliyatlarini faollashtiradi, ularni yanada maqsadga intilishini kuchaytiradi. Natijada talabalarda bilimlarga talab oshadi, psixologiyaga qiziqishlari rivojlanadi va bilimlarini chuqurlashtirish hamda kengaytirishga intiladi.
Turli xil mustaqil ishlar davomida talabalar psixik hodisalar haqida tasavvurlarini boyitadilar, psixologik bilimlarini amalda qо‘llashga о‘rganadilar. Psixologik mazmundagi maqolalardan referatlar yozish ham talabaning ilmiy faoliyatlaridan biridir. Psixologiya о‘qituvchisi alohida mavzular bо‘yicha ularni talabalar mustaqil ishlab chiqishlari uchun ba’zi savollarni ajratib kо‘rsatishi mumkin. Bu savollarni yechimini topish uchun mustaqil о‘qishga zarur bо‘lgan adabiyotlarni tanlab, alohida talabalarga mavzu bо‘yicha referat yozishni topshiradi, ularga о‘qiganlarini tushuntirishga yordam beradi, asosiy fikrlarni qisqacha ifoda etib beradi.
Referat psixologiya mashg‘ulotlarida muhokama etiladi va о‘qituvchi rahbarligi ostida talabalar xulosalar chiqaradilar. Kursning alohida mavzusi bо‘yicha illyustrativ materiallar tanlash о‘qituvchining topshirig‘i bо‘yicha tajribalar mustaqil ravishda fotosuratlar, suratlar, badiiy, asarlardan lavhalar tо‘plab ulardan psixologiya mashg‘ulotlarida о‘qituvchi tomonidan foydalanilishi mumkin.
О‘quvchilarni kuzatish va о‘zini о‘zi kuzatish.
Bolalarning о‘quv faoliyati, ularning hulqini turli vaziyatlarda kuzatib borish, kuzatishlar natijalarini tahlil qilib, talabalar о‘qituvchiga zarur bо‘lgan mahorat va kо‘nikmalarni egallaydilar. Kuzatishlar jarayonida ularda savollar yuzaga keladi. Bu savollarga javoblar izlash talabalarni kitobga murojaat etishga, о‘ylashga majbur etadi. Bolalar harakatlarini, ularning qoloqligi sabablarini tushuntirishga intilib, talabalar psixologiya mashg‘ulotlarida olgan bilimlaridan foydalanadilar, ularning hayotiy, amaliy ahamiyatini tushunib yetadilar.
О‘qituvchining maslahati bilan kuzatayotganlarini yozib beradilar: о‘z kechinmalarini, fikr, harakatlarini, о‘zlarini kuzatish ma’lumotlarini tahlil qilib, talabalar ularda u yoki bu narsalarni sezish va harakatlarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlashga intiladilar, о‘z xarakterlarida odamlarga munosabatlaridagi о‘zgarishlarni kuzatadilar.
Badiiy adabiyot asarlari va biografik materiallarni tahlil qilish. Badiiy asar qahramoni, bolaligi tasvirini, biografik ma’lumotlar, materiallar kundaliklarini tahlil qilib, talabalar undan bola va о‘smir shaxsining shakllanishi qonuniyatlarini namoyon bо‘lishi bilan boglik aniq faktlarini topadilar.
Psixologik tajriba о‘tkazish. Psixologiya fanining kо‘plab mavzulariga oddiy, oson amalga oshiriladigan tajribalarni tanlab olish mumkin. Ularni talabalar о‘zlari bajarishlari mumkin. Talabalarga tajriba о‘tkazishni topshirib, psixologiya о‘qituvchisi ular oldiga aniq maqsadni qо‘yishi, uni о‘tkazishga doir aniq kо‘rsatmalar berishi, talabalarga tajriba natijalarini tahlil qilib chiqishga va xulosa chiqarishga yordam berishi kerak.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling