Organik yo‘nalish (maktabi): (XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan, jamiyatni organizmga tenglashtirgan va ijtimoiy hayotni biologik qonuniyatlar bilan tushuntirishga urinadi, jamiyat organizm bilan bir, deydi). Kulturologik yo‘nalish (maktabi) – qadriyatlar madaniyatni vujudga keltiradi, deb talqin qiladi. Davlat mexanizmi – davlat hokimiyati amalga oshiriladigan, jamiyatga davlat rahbarligini ta’minlovchi davlat tashkilotlari tizimidan iborat. Davlat mexanizmining belgilari: Davlat mexanizmi boshqaruv (qonun ijodkorligi, qonunlarni ijro etish, ularni buzilishdan muhofaza qilish) bilan maxsus shug‘ullanuvchi iborat. Davlat hokimiyatining mavjudligi shundaki, uning amaldorlari – yuqori siyosiy elitasi, armiyasi, ma’muriyati, sud’yalari va boshqalardan tashkil topadi. Davlat mexanizmi idoralari va muassasalarining murakkab tizimidan iborat bo‘lib, ular bevosita hokimiyatga daxldor funksiyalarni bajaradi. Davlat mahkamasi barcha bo‘g‘inlari faoliyati tashkiliy va moliyaviy vositalar bilan zarur hollarda esa, majburiy ta’sir yo‘li bilan ham ta’minlanadi. Davlat mexanizmi o‘z fuqarolarining qonuniy manfaatlari va huquqlarining ishonchi tarzida kafolatlash va muhofaza qilishga da’vat etilgan. Davlat funksiyalari: Iqtisodiy tashkilot Siyosiy boshqaruv G‘oyaviylik Harbiy Milliy. Zamonaviy jamiyat turlari: Demokratik jamiyat Postikdustrial jamiyat Fuqarolik jamiyati va h.k.
Bugungi kunda jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni samarali echish, keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish zarurati davlat boshqaruvi sohasida mutlaqo yangi tizim yaratishni taqozo etmoqda. O‘ylaymanki, buning uchun “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish vaqti keldi. Bu borada boshqa muhim masalalar qatorida davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash va ularning munosib ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish, ayni vaqtda mansabdor shaxslar javobgarligini oshirishni ham ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |