Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti axborot xavfsizligi yo’nalishi i-bosqich ax-11-22 guruh talabasi
Download 417.45 Kb.
|
3-mustaqil ish. DASTURLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juda ham katta sonlar bilan ishlash.
Tiplar va ularning xususiyatlari. Juda ham katta sonlar bilan ishlash.Texnikaining rivojlanishi dasturlash tillarida keng yondashuvlarni amalga oshirishga sabab bo‘lmoqda. Masalan, tiplarning diopazonini bilish uchun ikki darajasiga karrali qilib tuzib chiqmoqdalar. Bu juda oson. Bu yuqoridagi jadvaldan ham ko‘rish mumkin. #define LL long long #define uLL unsigned long long //... uLL b = 0; Ammo bunday katta sonlar bilan ishlashni C++ standartining o‘zi to‘liq qo‘llab quvvatlamaydi. Bunga ikkita misol keltiramiz. Tiplarning ichida eng kattasi bu long tipidir, uning ikkilanganlili long long eng kattasi bo‘lishi mumkin, ammo bulardan foydalanish uchun __int64 tipi ham yaratilganki bulardan foydalanish qulaydir. Yuqoridagi jadvaldan bu ko‘rishimiz ham, o‘zimiz dastur yozib tekshirishimiz ham mumkin. Odatda dasturchilar quyidagicha fragmentlardan foydalanishadi: int main() { cout << ULLONG_MAX << endl; __int64 a, b = 0; // 20 xona cin >> a >> b; if ((a+b) > ULLONG_MAX) cout << "Chegaradan chiqdi" << endl; else cout << "Natija:" << a+b << endl; system("pause"); return 0;} Juda ham katta sonlar bilan ishlash.Agar dasturga 20 xonali sonnni (< ULLONG_MAX)kiritsangiz xato ishlaydi. Nima sababdan, sanoq sistemaning xatosini ko‘rish mumkin. Shuningdek, ikkining 64 darajasi nechaga teng? Albbata ULLONG_MAX ga tengdir. Endi yana bir gibrid tip kiritamiz, long double va bu orqali 264 darajasini hisoblaymiz. #define LD long double // .. cout << ULLONG_MAX << endl; LD f = powl(2,64); //cout << f << endl; printf("%.0Lf\n",f); Juda ham katta sonlar bilan ishlash.Dastur fragmentini ishlatib, natijaning oxirgi 4ta xonasiga e’tibor bering. Tiplar kombinatsiyalarni yordamida katta sonlar xatoli bo‘lganligi uchun amaliy matematikaning turli masallarini yechganda aniq nechta xona aniqligi oldindan belgilab olinadi. Masalan, quyidagi dasturga qarang. Tiplarga bog‘liq katta sonlardan foydalanish int main(){ double n=0,a=0; cin>>a>>n; vectorarr; arr.push_back(pow(a,n)); for(int i=0; i printf("%.0Lf\n", arr[i]); system("pause"); return 0; } 1- test:{ son kirit: 2 darajasini kirit:50 1125899906842624} Output 2- test:{son kirit: 272 darajasini kirit:37 1199635887284640700000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000} Juda ham katta sonlar bilan ishlash.Dastur ixtiyoriy sonning ixtiyoriy darajasini hisoblash uchun mo‘ljallangan, ammo hammasining oxirgi raqamlariga e’tibor bersangiz, 0 lar bilan to‘ldirilgan. Bu esa yana bir bor hisoblashda sanoq sistemasining xatoligini ko‘rsatadi. Xulosa shundan iborat bo‘ladiki, 20 xonagacha yaxshi xisoblash amalga oshirilishi mumkin, ammo bu xonadan boshlab xatoliklarni nazorat qilib bo‘lmaydi. Katta sonlar bilan ishlaganda, yondashuvni boshqacha amalga oshirish mumkin, masalan oqimdan kiruvchi raqamlarni massiv elementlar deb qarab uni ustida mustaqil arifmetik amallarni bajarish mumkin. Har bir arifmetik amalni oldindan C++da amalga oshirish dastur fragmentini yozib, alohida ko‘rib chiqish mumkin. Avvalo, cheksiz uzoq raqamni faqat dinamik massiv sifatida ifodalash mumkinligini tushunishingiz kerak. Lekin raqamlari dinamik massiv sifatida taqdim etilsa ham, ba’zi cheklovlar bo‘ladi. Masalan, bunday sonning (massivning) uzunligi kompyuter xotirasi miqdori bilan chegaralangan bo‘ladi. Shuni ham tushunish kerakki, qo‘shish va ayirish amallaridan foydalanishda natija operandlarga qaraganda kompyuter xotirasida ko‘proq joy egallaydi. 5.Large sinfi qo`llash. C++ da satrlar bilan ishlashni qulaylashtirish uchun string sinfi kiritilgan. string sinfi satrlarida satr oxirini '\0' belgisi belgilamaydi. string sinfidan foydalanish uchun qaysi sarlavha faylini dasturga qo'shish kerak? Standart kutubxonadagi string sinfidan foydalanish uchun sarlavha faylini dasturga qo'shish kerak. Lekin ba'zi eski kompilyatorlarda yoki sarlavha faylini qo'shish kerak bo'ladi. Oddiy eski usuldagi satrlar bilan ishlash uchun esa, sarlavha fayli qo'shiladi. Eng afzali, o'zingiz ishlatayotgan kompilyator bilan yaxshilab tanishib chiqing. Satrlar bilan ishlovchi asosiy funksiyalar bilan tanishib chiqamiz. Satr §çususiyatlarini aniqlash uchun quyidagi funksiyalardan foydalanish mumkin: unsigned int size() const; // satr o¡¯lchami unsigned int length() const; // satr el§Öm§Öntlar s§àni unsigned int max_size() const; // satrning maksimal uzunligi unsigned int capacity() const; // satr egallagan §ç§àtira hajmi bool empty() const; // satrning bo¡¯shligini aniqlash
funksiyalaridan foydalanish mumkin. // Muallif: Qudrat Abdurahimov // Sana : 04.02.2012 // Maqsad: Satr uzunligini aniqlash #include #include using namespace std; int main() { string s; cout << "Satr kiriting" << endl; getline(cin, s); cout << "Siz kiritgan satr " << s.length() << " ta belgidan iborat"; cout << "Siz kiritgan satr " << s.size() << " ta belgidan iborat"; return 0; } Satr uzunligini o'zgartirish uchun resize funksiyasidan foydalaniladi 1) void resize ( size_t n, char c ); 2) void resize ( size_t n ); #include #include using namespace std; int main() { size_t n; string str ("I like to code in C"); cout << str << endl; // satr uzunligini aniqlash n = str.size(); // satr uzunligini 2 ta belgiga uzaytirish str.resize (n + 2, '+'); cout << str << endl; //satr uzunligini o'zgartirish str.resize(14); cout << str << endl; return 0; } void clear(); - funksiyasi satrni tozalash (to'liq o'chirish) uchun ishlatiladi. bool empty() const; - funksiyasi satrni bo'shligini tekshirish uchun ishlatiladi. Agar satr bo'sh bo'lsa, true qiymat qaytaradi. Satrning biror qismidan nusxa olish string& assign ( const string &str ); Satrga str o'zgaruvchisidagi satrning to'liq nusxasini olish. string& assign ( const string& str, size_t pos, size_t n ); Satrga str o'zgaruvchisidagi satrning pos o'rindagi belgisidan boshlab n ta belgi nusxasini olish. string& assign ( const char* s, size_t n ); string toifasidagi satrga char toifasidagi satrning n ta belgisi nusxasini olish. string s1, s2, s3; s1 = "dastur.uz"; s2.assign(s1); // s2 = "dastur.uz" s3.assign(s1, 0, 6); // s3 = "dastur" append funksiyasining assigndan farqi satrning davomiga satr qismining qo'shishidadir. string& append ( const string& str ); string& append ( const string& str, size_t pos, size_t n ); string& append ( const char* s, size_t n ); Satrdan nusxa olish // Muallif: Qudrat Abdurahimov // Sana : 04.02.2012 // Maqsad: Satrdan nusxa olish #include #include using namespace std; int main() { string s1, s2, s3; s1 = "GULBAHOR"; s2.assign(s1, 0, 3); // s2 = "GUL" s3.assign(s1, 3, 5); // s3 = "BAHOR" cout << s1 << endl; cout << s2 << endl; cout << s3 << endl; s1 = s3 + s2; // s1 = "BAHORGUL" cout << s1 << endl; s2.append(s3); // s2 = "GULBAHOR" cout << s2 << endl; return 0; } char toifasidagi satrni string toifasiga o'tkazish. clear funksiyasiga misol. // Muallif: Qudrat Abdurahimov // Sana : 30.07.2012 // Maqsad: char toifasidagi satrni string toifasiga o'girish #include #include using namespace std; int main() { char c[100]; string s = "Boshlang'ich qiymat"; s.clear(); // s ning qiymati tozalandi cout << "Satr kiriting" << endl; cin.getline(c, sizeof(c)); // s satriga char toifasidagi c satrini nusxasini olish s.assign(c, strlen(c)); cout << s << endl; return 0; } Satr qismini almashtirish Satrning biror qismini almashtirish kerak bo'lsa, replace funksiyasidan foydalanish mumkin. replace (unsigned int pos1, unsigned int n1, const string &str); replace (unsigned int pos1, unsigned int n1, const string & str, unsigned int pos2, unsigned int n2); replace (unsigned int pos1, unsigned int n1, const char *str, int n); replace funksiyasi insert kabi ishlaydi, faqat qo'shilishi kerak bo'lan satrni pos1 - o'rindan boshlab n1 ta belgi o'rniga qo'shadi. 2 ta satrni to'la almashtirish uchun swap funksiyasi ishlatiladi. // Muallif: Qudrat Abdurahimov // Sana : 30.07.2012 // Maqsad: Satr qismini almashtirish funsiyasiga misol #include #include using namespace std; int main() { string s = "Assalomu alaykum do'stlar"; string c = "Merhibon va muhtarama ayol"; cout << s << endl; // 17 - belgidan boshlab 5 ta belgi o'rniga c satrni qo'shish s.replace(17, 5, c); cout << s << endl; s.swap(c); // 2 ta satrni to'la almashtirish cout << s << endl; s.replace(0, 0, c, 0, 17); s.erase(25); cout << s << endl; return 0; } Satrlarni s§àlishtirish uchun compare funktsiyasi ishlatiladi: int compare ( const string &str) const; int compare (unsigned int pos1, unsigned int n1, const string & str) const; int compare (unsigned int pos1, unsigned int n1, const string & str, unsigned int pos2, unsigned int n2) const; compare funksiyasini chaqiruvchi satr, str o'zgaruvchisidagi satrdan kichik bo'lsa, manfiy qiymat qaytariladi. Katta bo'lsa musbat va teng bo'lsa 0 qiymat qaytariladi. #include #include using namespace std; int main() { string s = "Assalomu alaykum"; string c = "vaalaykum dasturchi"; cout << "s=" << s << endl; cout << "c=" << c << endl; cout << "s.compare(c)=" << s.compare(c) << endl; // -1 cout << "c.compare(s)=" << c.compare(s) << endl; // 1 cout << "c.compare(2,7,s,9,7)=" << c.compare(2,7,s,9 7) << endl; //0 return 0; } Satr qismini ajratib §àlish funksiyasi string substr(unsigned int pos=0, unsigned int n=npos) const; Bu funktsiya chaqiruvchi satrdan pos o¡¯rnidan b§àshlab n b§Ölgini natija sifatida qaytaradi, agarda pos ko¡¯rsatilmasa, satr b§àshidan b§àshlab n ta belgi ajratib §àlinadi. string s,c; s = "GULOY"; c = s.substr(3, 2) + s.substr(0, 3); cout << c << endl; // OYGUL - chiqadi Satrdan qidirish funksiyalari unsigned int find(const string &str, unsigned int pos=0) const; Bu funksiyani chaqirgan satrning pos o'zgaruvchisida ko¡¯rsatilgan j§àyidan b§àshlab str satrni qidiradi. Agar qidirilayotgan satr (str) topilsa, m§às k§Öluvchi satr qismining b§àshlanish ind§Öksini jav§àb sifatida qaytaradi, aks h§àlda (satrning maksimal uzunligi qiymati) npos s§ànini qaytaradi. (npos=4294967295) 66 Belgilarni qayta ishlovchi funksiyalar Quyidagi funksiyalardan foydalanish uchun ctype.h sarlavha faylini progarmmaga qo'shish kerak. Funksiya prototipi Funksiya tavsifi int isdigit(int c) Agar c raqam bo'lsa true, aks xolda false qiymat qaytaradi. int isalpha(int c) Agar c harf bo'lsa true, aks xolda false qiymat qaytaradi. int isalnum(int c) Agar c raqam yoki harf bo'lsa true, aks xolda false qiymat qaytaradi. int islower(int c) Agar c kichik harf bo'lsa true, aks xolda false qiymat qaytaradi. int isupper(int c) Agar c katta harf bo'lsa true, aks xolda false qiymat qaytaradi. int tolower(int c) Agar c katta harf bo'lsa kichik harf qaytariladi, aks xolda tolower argumentni o'zgarish qaytaradi. int toupper(int c) Agar c kichik harf bo'lsa katta harf qaytariladi, aks xolda toupper argumentni o'zgarish qaytara Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2016-yil mamlakatimizda “Sog‘lom ona va bola” yili deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturida qator dolzarb vazifalar belgilangan bo‘lib, ularni amalga oshirishda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish hamda AKTning joriy etilishi muhim ahamiyatga molikdir. Sahifamizda qator umumta’lim maktablari va kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari tomonidan ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi, taqdim etayotgan imkoniyatlar va ularning ijobiy hamda salbiy ta’sirlari haqida fikr yuritiladi. Fotima Samiqova, Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 265-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi Fotima Samiqova — umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi sifatida katta tajribaga ega, ilg‘or innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, amalga oshiradigan faoliyatida ko‘plab shogirdlar tayyorlagan ustoz. OAV sahifalarida mazkur sohaga oid ko‘plab maqolalar muallifi. Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jarayonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana boshladi. Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining poydevori bo‘lib hisoblanadi, kelajakda o‘zlashtirib boradigan fanlarga, umuman o‘qishga qiziqishi aynan bolaning ilk o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinflarda egallagan savodxonligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ham boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi asosan o‘qish, yozish, dastlabki matematik bilimlarni o‘zlashtirishi kerak deb qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘quvchini fikrlashga, faollikka, mustaqillikni rivojlantirishga va bilimlarni mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undovchi ta’lim jarayonining muhim bosqichi sifatida yondashilmoqda. Shu sababli ham ta’lim jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi va bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o‘quvchi-bolajonlarni ta’lim muhitiga moslashtirish bo‘lib hisoblanadi. Ularda o‘qish jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o‘quvchilarga zarur bo‘lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o‘qituvchining vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi o‘quvchi-bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o‘qitish, ta’lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda, yetkazib bera bilishi zarur. O‘qitishning asosiy maqsadi — o‘quvchi bolalarning bilimlarni o‘zlashtirish hamda ta’lim jarayonida olgan axborotlardan amaliy foydalanish jarayonlarini ham anglab borishga o‘rgatishdan iborat. Ma’lumki, bugungi kunda deyarli ko‘pchilik zamonaviy o‘quvchi-bolalar umumta’lim maktablari ostonasiga qadam qo‘ygunga qadar, oilada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan tanish bo‘lgan, hatto ulardan foydalana biladigan holda kelmoqdalar. Ular haqiqatdan ham axborot asrida tug‘ilib, hali atrof-olamni anglamay turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va boshqa gadjetlarni ko‘rib, ularning funksiyalari bilan tanish bo‘lgan holda ulg‘aymoqdalar. Bunday vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining eng muhim ahamiyatga molik vazifalari — bu o‘quvchilarga mazkur qurilmalar, ulardan foydalanish me’yorlari haqida ilk tushunchalarni berishdan iborat. O‘quvchilarda axborotlar olamidan o‘zlariga taalluqli axborotlarni to‘g‘ri tanlay bilish dastlabki salohiyatini shakllantirishda birinchi o‘qituvchining o‘rni muhim ahamiyatga molik. Bunda nafaqat o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish ishlari, balki boshlang‘ich ta’lim muassasasining AKTdan foydalanish darajasi, o‘quv dasturidagi boshqa asosiy fanlarni o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy etib borish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘qituvchilari zamon talabiga mos dars o‘tishlari uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Bu hozirgi davrda uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Umumiy ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati tushunchasida insonning AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan to‘g‘ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi. Pedagogning AKT sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu sohada malaka oshirishlari orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari muntazam ravishda, AKT bo‘yicha malaka oshirishlari, shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimi talablariga muvofiq bo‘lish uchun mustaqil ta’lim orqali ham o‘z bilimlarini oshirishlari zarur. Bundan tashqari, o‘qituvchilar Internet vositasida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar materiallaridan foydalanishlari, hamkorlar bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan o‘qituvchilar forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi bo‘lmaydi. Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan foydalanish o‘qituvchi kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi; o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi; o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Shaxnoza Qayumova, Samarqand viloyati, Norpay tumani 57-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi Shaxnoza Qayumova — sifatida o‘z kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga ijodiy yondashish, har bir o‘quvchining induvidual xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim-tarbiya berish g‘oyasini ilgari suradi. AKT hamda Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalanib, dars o‘tishga intiluvchi iqtidorli o‘qituvchilardan. Hech kimga sir emaski, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham AKT vositalaridan bemalol foydalana oladilar va kompyuterga oid savodxonlik doirasida bilimga ega bo‘lishlari ham mumkin. 1–2 sinf o‘quvchilari ham hatto telefon, planshet kabi ko‘plab zamonaviy vositalardan foydalanish, tovushli va video axborotlarni qabul qilish va uzatish, kompyuter ekranidagi imkoniyatlar bilan ishlash, fayllar tizimi, interaktiv majmualar bilan tanishishni o‘zlashtirib olgan bo‘lishlari ham ehtimoldan holi emas. Shunday ekan, bunday zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga dars o‘tuvchi o‘qituvchidan ham AKT vositalaridan keng foydalanish, dars jarayoniga tatbiq etish uchun turli loyiha va taqdimotlar tayyorlash hamda o‘quvchilar uchun darsni interaktiv va innovatsion texnologiyalar asosida yanada qiziqarli qilib, taqdim etish talab etiladi. O‘quvchi atrof-olamga oid bilimlar bilan bir qatorda, AKTga oid bilimlarning asosini ham aynan o‘qituvchidan olgani ma’qul deb hisoblayman. Shu bois, bugungi kunda o‘qituvchining AKTga oid va innovatsion texnologik malakalari darajasini muntazam oshirib borish zarurati yuzaga keladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan maqsad ham aynan o‘quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan tanishtirish, bu sohada savodxonlik darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur axborotlardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini oshirishdan iboratdir. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi sifatida shuni ta’kidlamoqchi edimki, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchi hayotida har bir o‘zlashtirib boradigan bilim va malakalarining poydevori bo‘lib hisoblanadi, shu sababli ham o‘qitish sifati boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi o‘qituvchiga kasbiy-mutaxassislik faoliyatida rivojlanib, katta bilim va tajribaga ega bo‘lib borishida muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisini boshqa fanlar o‘qituvchilariga nisbatan ta’lim sohasining eng universal mutaxassisi deyish mumkin. Uning asosiy vazifalari qatoriga o‘quvchi-bolalarga o‘qish, yozish, matematik tushunchalar asoslari va atrof-olam haqidagi dastlabki bilimlarni berish, shuningdek, ularda umumiy ta’limga oid dunyoqarash va kommunikativ salohiyatlarini shakllantirishdek hayotiy muhim masalalar ham kiradi. Fanlarga oid yangi bilimlarni egallab borishda ham kompyuter va raqamli texnologiyalardan foydalanish katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Raqamli ta’limiy resurslar yordamida o‘qituvchi o‘quv materialining ko‘rgazmaliligini, qiziqarliligi va samarasini oshirishi mumkin, ayniqsa, o‘quv materialining ko‘rgazmaliligidan foydalanish boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisiga juda qo‘l keladi. Bundan tashqari, AKTdan foydalanish turli tadbirlar o‘tkazishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqinda ta’lim muassasamizda ham shunday tadbirlardan biri — «Sog‘lom ona va bola yili»ga bag‘ishlab, «Biz sog‘lom farzandlarmiz» nomli tadbir o‘tkazdik. Bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbir mazmuni o‘quvchilarning turli fanlarga, shuningdek, AKTga oid bilimlari tanlovi bilan boyitilgandi. Unda o‘quvchilar zamonaviy AKT vositalarining yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga ta’sir etuvchi foydali va zararli jihatlarini aks ettiruvchi chiqishlarni namoyish etdilar. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbirni tayyorlashda AKT vositalaridan foydalanish uning yanada qiziqarli o‘tishini ta’minladi. Xulosa qilib aytganda, AKT imkoniyatlarining joriy etilishi evaziga zamonaviy ta’lim jarayonining samaradorligi va qiziqarliligi yanada oshadi. O‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyatini ta’kidlagan holda ulardan foydalanish me’yorlarini unutmasligimiz zarur. Buviniso Abdukarimova, Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchisi Buviniso Abdukarimova — ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi. Biologiya fani o‘qituvchisi sifatida katta salohiyatga ega. Fanni o‘qitishda zamonaviy interaktiv va innovatsion texnologiyalardan foydalanib, alohida yondashuvi sababli ko‘plab shogirdlar yetishtirgan mahoratli ustoz. Zamonaviy o‘qituvchi va uning dars o‘tish usuli bundan hatto 10–15 yil avval faoliyat yuritgan o‘qituvchilar va ularning dars o‘tish usullaridan katta farq qilishi shart. Bugungi kun o‘qituvchisi kompyuter va AKT hamda Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalana bilishi zarur. Ta’limiy dasturlar, raqamli ta’limiy resurslar hamda axborot manbalaridan foydalanish, zarur axborotlarni topish va ta’lim masalalarini hal etishga muvofiqlarini tanlab ola bilish, axborot muhiti vositalaridan, shuningdek, skaner, raqamli fotosuratga olish qurilmasi va videokamera, raqamli mikroskop, proyeksion uskunalardan foydalanishni bilishlari shart deb hisoblayman. Pedagogik faoliyatga o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini axborotlashtirish va axborot texnologiyalari tizimi haqida chuqur bilim berilishi zarur. Hozirgi davrda o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taqdim etayotgan zamonaviy imkoniyatlardan foydalanish ta’lim jarayoni samarasini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. AKT ta’lim jarayonida o‘quvchilarga nafaqat bilim va mazkur sohada malakalarini shakllantirish, balki ularning dunyoqarashlarini kengaytirish, shaxsiy sifatlariga ta’sir etib, intellektual rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Bu haqda ko‘plab olimlar tadqiqotlarida ta’kidlanganligi, OAV materiallari ham guvohlik beradi. AKT o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlari rivojlanishiga ham kuchli ta’sir etadi. O‘quvchilarga bilim berish jarayonida axborotlarning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini yanada boyitib, oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Umuman olganda, ta’lim-tarbiya jarayoniga AKT joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega ekanligi haqida ko‘p ta’kidlanadi: AKT vositalari o‘quvchilarni ta’lim jarayonida fanlarni o‘zlashtirishga alohida jalb etish va qiziqishlarini oshirishda muhim omillardandir; o‘quvchilarni intellektual faoliyatga undaydi; o‘quvchilarni fanlar bo‘yicha turli olimpiada, viktorina, tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rishlarida ijobiy imkoniyatlarni taqdim etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bo‘lajak o‘qituvchilar faoliyatida quyidagi tavsiyalar foydadan holi bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz: zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilar bilan axborotlashgan ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikda muloqot qilishi uchun ham axborot texnologiyalariga oid bilim va malakalarga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonidagi turli vaziyatlarda o‘z bilim va malakasi bilan o‘quvchilarning talablariga javob berishi zarur; AKTdan foydalanib, yangi metodik masalalarni hal etishi, fanga oid bilimlarini chuqurlashtirishi, o‘z kasbiy mahorati darajasini oshirishi zarur; AKTga oid savodxonlik o‘qituvchining o‘quvchilar, hamkasblar, ota-onalar oldida obro‘yini oshirish omillaridan biri ekanligini to‘g‘ri anglash zarur; kompyuter o‘qituvchiga o‘quvchilar o‘zlashtirishini kuzatish uchun monitoring bazasini tashkil etish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarini samarali kuzatish vositasi sifatida foydalanishni bilish; o‘qituvchilik kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga ijodiy yondashishga rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalana bilish zarur. Ota-onalar ham AKT vositalaridan foydalanayotgan farzandlari tarbiyasida quyidagilarga e’tiborli bo‘lislari zarur degan fikrdamiz: farzandingiz zamon bilan hamnafas ulg‘ayib borishida kompyuter va boshqa zamonaviy qurilmalardan foydalanishlariga to‘sqinlik qilmang, biroq ulardan to‘g‘ri foydalanishlarini doimiy nazorat qilib boring. Farzandlaringiz o‘zligini anglab borishida hamda shaxs sifatida rivojlanishlarida mazkur qurilmalarning ijobiy ta’sirini ham ta’kidlash zarur; kompyuter farzandlaringizning mustaqil ta’lim olishida qulay imkoniyat yaratuvchi yanada qiziqarli omil bo‘lishiga e’tibor bering; kompyuter, planshet kabi qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish ma’lum ma’noda farzandlaringiz bilan munosabatingizga ijobiy ta’sir etadi. Eng asosiysi, voyaga yetmagan har qanday yoshdagi farzandlaringizning nafaqat AKT va Internet imkoniyatlaridan foydalanishlari, balki boshqa sohalardagi kundalik hayot-faoliyatlarini nazorat qilish hamda doimo xabardor bo‘lish zarurligini unutmang. Prezident AKT sohasi bo’yicha yangi farmonni imzoladi Fev 20, 2018 | Yangiliklar Prezident AKT sohasi bo’yicha yangi farmonni imzoladi image_pdf O’zbekiston Respublikasi prezidenti “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat bilan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o’rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining: Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o’tkazish; “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi” davlat muassasasini O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga berish; “Matbuot tarqatuvchi” AKni belgilangan tartibda “O’zbekiston pochtasi” AJga qo’shish masalasini “Matbuot tarqatuvchi” AK va “O’zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining umumiy yig’ilishlarida qo’yish to’g’risidagi takliflari ma`qullandi. Vazirlik ikki hafta muddatda o’tkazilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari va binolari, shuningdek, ularga tegishli bo’lgan tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan pul mablag’larining O’zbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilishini ta`minlaydi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha inspeksiya etib qayta tashkil etildi. Inspektsiya axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonunchilik, fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi belgilandi. 2018 yil 1 apreldan Inspektsiyaga qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining buzilish holatlari to’g’risidagi ma`lumotlarni aniqlash, olish huquqi berildi. Belgilab qo’yilishicha: a) 2018 yil 1 iyundan: tadbirkorlik sub`yektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog’idagi elektron savdo maydonchalari orqali, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro’yxat bo’yicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega; tadbirkorlik sub`yektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat`i nazar, chakana savdo hisoblanadi; b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, o’z IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Vazirlik xodimlarini moddiy rag’batlantirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi; v) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan Vazirlik xodimlarining mehnatiga haq to’lash shartlari Vazirlik hay`ati tomonidan aniqlanadi; g) davlat organlari va boshqa byudjyet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas`ul bo’lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo’lmagan miqdorda belgilanadi; d) davlat organlari va boshqa byudjyet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas`ul bo’lgan bo’linma rahbarlari har yil yakunlari bo’yicha Vazirlik qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o’z vaqtida, to’liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 avgustga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018-2020 yillarga mo’ljallangan hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini va ustuvor loyihalarning manzilli ro’yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi: telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmog’idan keng doirada foydalanishini ta`minlash; sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta`lim, kommunal xizmat ko’rsatish, turizm sohasida zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma`lumotlar bazalarini joriy qilish, shuningdek, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar hamda hududlarni tashkil qilish; davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, eksportbop dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash; joylarda, ayniqsa, olis joylarda elektron davlat xizmatlarini taqdim etish tizimini yanada kengaytirish. Belgilanishicha, dasturlarni va loyihalarning manzilli ro’yxatini moliyalashtirish Fond mablag’lari hisobidan, tegishli hudud mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatadigan yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan abonent raqamidan foydalanganlik uchun kelib tushadigan summaning 5 foizgacha bo’lgan miqdorida amalga oshiriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda: dasturlar qabul qilinganidan keyin hududiy kengashlar tarkiblarini tasdiqlaydi, shuningdek, dasturlar ijrosining har oyda ko’rib chiqilishini ta`minlaydi; “Kompyuterlashtirish markazi” DUKni “Elektron hokimiyat” axborot tizimini yaratish va joriy etishni asosiy vazifa deb belgilagan holda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKga aylantirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ko’radi. Vazirlik hamda Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, shu jumladan uning filiallarida 2018/2019 o’quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha o’qitishning kredit tizimini joriy etish to’g’risidagi taklifi ma`qullandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishgan holda o’quv jarayonining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sur`atlari bilan uzluksiz aloqasini ta`minlashni hisobga olgan holda mustaqil ravishda o’quv rejalar va dasturlar, bitiruvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash; professor o’qituvchilar tarkibi mehnatini o’qitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib faqat ta`limga xos tadbirlar asosida ish vaqti xisobga olinishiga asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag’batlantirish huquqi berildi. Vazirlik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kredit tizimi bo’yicha o’qitish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir hafta muddatda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlik va Inspektsiya faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi qarorlari loyihalarini kiritadi; bir oy muddatda Vazirlik va Inspektsiya to’g’risidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlaydi. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.N.Aripov, O’zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o’rinbosari B.M.Mavlonov va O’zbekiston Respublikasining bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklandi. Ta’lim-tarbiya jarayonida AKT imkoniyatlaridan foydalanishga oqilona yondashuv BY ADMIN · 10.05.2018 O‘tgan asrning 60-yillarida axborot texnologiyalari sohasida ilk qadamlar tashlanganida bu insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir etishi mumkinligini hech kim tasavvur ham etmagandi. Axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yoki mediatexnologiyalar bugungi kunda hayotimizning har bir sohasidan mustahkam o‘rin egallamoqda. Kun sayin turmush tarzimizda, uyda, ish faoliyatimizda AKTdan samaraliroq foydalanmoqdamiz. Ota-onalar allaqachonlar farzandlariga axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishga ruxsat berib qo‘yganlar. Bola hayotining dastlabki kunlaridanoq mazkur vositalar orqali AKT bilan tanishib, undan foydalanishga odatlanmoqda, sababi bolani ovuntiruvchi turli moslamalar, uning o‘yinchoqlarida ham zamonaviy AKTning roli mavjud. Bola ulg‘aygani sari esa AKTning ta’siri oshirilib, keng foydalaniladigan o‘yinli ko‘ngilochar qurilmalardan foydalanmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bolalar ongiga kuchli ta’sir etuvchi ijtimoiy munosabatlar o‘rniga virtual olam imkoniyatlarini taqdim etib, mazkur ekranli texnikaga qaram bo‘lib borayotgan bolalarning rivojiga haqiqiy xavf tug‘dirmoqda. Keyingi yillarda hatto maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan va bozorga olib chiqilayotgan elektron qurilmalar, jumladan: videokassetalar va DVD-disklar, turli qiziqarli o‘yinchoqlar turi va soni ham ortib bormoqda. Hozircha ota-onalarning o‘zlari ham qiziqib sotib olayotgan bo‘lsalarda, biroq ularning bolalar ongiga qanchalik darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bilmaydilar, sababi mazkur muammoga bag‘ishlangan keng miqyosli ilmiy-tadqiqotlar deyarli mavjud emas. Bugungi kunda AKT haqida so‘z borganda, ko‘pincha kompyuter va kompyuterlashgan qurilmalarni tasavvur etadilar, aslida, uning tarkibiga ko‘plab elementlar: video, DVD, kompyuter, planshet, mobil telefonlari, o‘yinli pristavkalar va eng birinchi navbatda, zamonaviy televizor kiradi. Ota-onalar kompyuterni televizorga nisbatan eng avvalo — ta’lim vositasi deb biladilar. Shu sababli ham bola biror yutuqqa erishishi uchun qiziqtiruvchi, rag‘batlantiruvchi vosita sifatida mazkur qurilmalarni sovg‘a qilishni va’da qiladilar. Ta’limda kompyuterning roli haqida gap ketganda, uni eng avvalo, bolalarning intellektual rivojiga ta’sir etuvchi omil deb sanaydilar. Biroq chet ellik ayrim pedagog-olimlar va tibbiyot mutaxassislarining olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarga ushbu elektron axborot vositalari o‘zining salbiy ta’sirini ham ko‘rsatishi, bu yoshda bolalar tarbiyasiga, ayniqsa, e’tiborli bo‘lish zarurligini ta’kidlamoqdalar. Axir kichik yoshdagi bolalar bugungi kunda atrofdagi voqelikka bo‘lgani kabi AKT va Internet taqdim etayotgan imkoniyatlarga ham juda e’tiborli bo‘lib, tez ilg‘ab olmoqdalar. Download 417.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling