Taqdimot – video orqali ko‘rsatish yoki alohida chiqarish mumkin.
Havolalar va tavsif – ma’ruzachi yoki onlayn maktablarning sahifalari, kurs dasturiga havola, vebinar uchun ko‘rsatmalar. Kerakli ma’lumotlarni qo‘shish mumkin.
Tijorat bloklari – kurs sahifasiga havola, buyurtma tugmasi (so‘rov qoldirish, to‘lov, oldindan to‘lov), kurs dasturi bilan blok va ariza shakllari.
Dinamik bloklar – vebinarda ma’lum bir vaqtda paydo bo‘ladigan elementlar. Masalan, butun vebinar davomida sotuv blokini namoyish etish mumkin. Yoki uni faqat sotish paytida ko‘rsatiladigan qilib sozlash mumkin.
Uch turdagi vebinar xonalari mavjud:
1. Xizmatning o‘zi. Bunday holda, xizmatning o‘zi uchta element sifatida ishlaydi. Masalan, YouTube da vebinarni o‘tkazish ushbu turga kiradi.
2. Saytga translyatsiyani joylashtirish. Buning uchun, odatda, YouTube va veb-sayt yaratuvchisining kombinatsiyasi qo‘llaniladi. Ushbu turdagi vebinarlar xonasidan foydalanish uchun sizning kanalingizda Saytga translyatsiyani joylashtirish funksiyasi yoqilgan bo‘lishi kerak. Agar siz ushbu parametrni sozlamagan bo‘lsangiz, unda siz kanal egasi sifatida hech narsani sezmaysiz. Agar siz vebinar tashkil qilsangiz va uni inkognito rejimiga kirsangiz, videoning siz uchun mavjud emasligini ko‘rasiz. Tomoshabinlar translyatsiyani ham ko‘rishmaydi. Shuning uchun, akkaunt imkoniyatlarini diqqat bilan tekshirish lozim.
3. Vebinar maydonli platformalar. Eng mashhurlariga bizon365.ru, pruffme.com, getcourse.ru, antitreningi.ru, etutorium.rularni misol keltirish mumkin. Vebinarlardagi bloklar standart tarzda joylashtirilgan. Bularning afzalligini qo‘yidagicha izohlash mumkin:
Bu ishni soddalashtiradi, faqat kerakli sozlamalarni o‘rnatish qoladi.
Vebinar ishtirokchilari uchun bloklarning bunday joylashuvi tanish va qulaydir.
Vebinarni o‘tkazish turini tanlashdi quyidagi parametrlarga e’tibor berish lozim.
Chat.
Dinamik va sotuv bloklarni qo‘shish imkoniyati.
Turli xil qurilmalardan foydalanish imkoniyati.
Foydalanuvchilarga qulaylik.
Vebinar ishtirokchilarining maksimal soni.
Barqarorlik.
Avtomatik vebinar yaratish imkoniyati.
Narxi.
Tahlilning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |