Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi
Cho'kindini suvsizlantirish. MMB (ABK) tarkibidagi pozisiya 17.14 cho‘kindini suvsizlantirish korpusi
Download 1.48 Mb.
|
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023
2.7 Cho'kindini suvsizlantirish. MMB (ABK) tarkibidagi pozisiya 17.14 cho‘kindini suvsizlantirish korpusi.Texnologik sxema bo‘yicha zichlashgan cho‘kindi 17.7-pozisiyadagi idishlar blokining 17.6-pozisiyadagi birlamchi tindirgichlaridan sutkasiga 20,36 m3 miqdorida va 17.13-pozisiyadagi cho‘kindini qayta ishlash inshootlaridan sutkasiga 75 m3 miqdorida bir maromda suvsizlantirishga uzatiladi. Cho‘kindi pozisiya 17.6 birlamchi tindirgichlarni bo‘shatish nuqtasidan pozisiya 17.9 loyqa nasos stansiyasi yordamida, 17.13-pozisiyadagi cho‘kindini qayta ishlash inshootidan hamda pozisiya 17.7 hovuzlar to‘plamidan I9.1- cho‘kindi sarfini o‘lchagichga, so‘ngra esa I16.2- regulyator aralashtirgichga uzatiladi, bu yerda cho‘kindi 2,5 - 3,5 % li temir sulfat eritmasi (qorishmasi) bilan, so‘ngra esa 10 % li suyultirilgan ohak bilan qayta ishlanadi. I16.2-regulyator aralashtirgichdan qayta ishlanayotgan cho‘kindi I16.1 vakuum-filtrning tog‘orasiga tushadi, vakuum ta‘sirida cho‘kindi baraban yuqorisiga so‘rib olinadi, bu yerda u suvsizlantiriladi, filtrat A.2.2 resiveriga o‘tkaziladi, suvsizlantirilgan cho‘kindi esa chiqarib yuborish uchun lentali konveerga borib tushadi (Ilova E, 3-rasm). BsXOU-5-1.8 rusumli, yig'ma filtrlovchi polotnoli hamda filtrlash yuzasi 5 m2 bo‘lgan 2 dona vakuum-filtr (1 ta ishchi filtr, 1 ta zahira filtr) qabul qilingan. Vakuum-filtrning unumdorligi quruq cho‘kindi bo‘yicha 1 m2 yuzaga soatiga 30 kg. Barabanli vakuum filtr gorizontal joylashgan, cho‘kindili idishga 35-40 % botib turadigan aylanuvchi silindrsimon barabandan va qayta regenerasiyalaydigan uzeldan iborat. Barabanning perforasiyalangan yon tomon yuzasiga filtrlovchi mato tortilgan bo‘lib, u roliklar tizimi yordamida yuvish qurilmalariga qaytariladi. Barabanning ichki yuzasi aylana bo‘ylab alohida-alohida seksiyalarga taqsimlangan bo‘lib, ular tarqatuvchi quvurchalar yordamida barabanning tayanch qismi yon tomon yuzasiga ulangan. Taqsimlash kallagi (golovkasi) barabanning tayanch qismiga mahkam yopishib turadi hamda seksiyalarning vakuum liniyasi bilan bog‘lanishini va o‘chirilishini ta’minlaydi. Elektrli uzatma yordamida barabanning aylanishi va uning tezligini boshqarish amalga oshiriladi, u suvsizlantirishning optimal rejimini tanlash uchun zarur. Baraban aylangan davrda seksiyalar ketma-ket uchta qurilmadan o‘tadi. I qurilmada cho‘kindining mato orqali vakuum ta’sirida filtrasiyalanishi yuz beradi. Filtrat baraban ichiga va undan keyin resiverga o‘tadi, bu yerda havo aralashmasining ajralishi yuz beradi, kek esa mato yuzasida ushlanib qoladi. II qurilmada vakuum va atmosfera havosining ta’sirida kekning qurishi yuz beradi. Baraban seksiyalari III qurilmada atmosfera bilan bog‘lanadi, bu qurilma ularni vakuum liniyasiga ulash yoki undan uzish uchun kerak. Vakuum-filtrlar kislotaga bardoshli va filtrasiyaga qarshilik ko‘rsatish koeffisienti oz bo‘lgan kapron mato bilan jihozlanadi. Matoning filtrlash qobiliyati texnik suv bilan uzluksiz yuvib turish yo‘li bilan saqlab turiladi. Vaqti-vaqti bilan, taxminan uch sutkada 1 marta, mato 10 % li ingibirlangan (so‘ndirilgan) xlorid kislota eritmasi bilan regenerasiyalanadi. Konveyerga keladigan suvsizlantirilgan cho‘kindining namligi 78-80 % Havo aralashmasining taqsimlanishi A2.2 resiverida yuz beradi, havo A2.1 vakuum-nasoslar bilan so‘rib olinadi, filtrat esa gidrozatvor orqali K1 tozalash inshootlari tizimi maydonchasining kanalizasiya tarmog‘iga o‘zi oqib tushadi. Suvsizlantirilgan cho‘kindi majmua hududidan 3 km masofada joylashgan axlatxonaga tashib ketish uchun lentali konveer yordamida avtosamosvallarga ortiladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling