2.5 Cho‘kindini qayta ishlash inshooti texnologiya sxemasining tavsifi. 17.13-pozisiyasi.
Suvni tayyorlash stansiyasi 6300 qurilmasidan (СОПВ – система очистки питьевой воды – ISTT - ichimlik suvini tozalash tizimi) suvsizlantirish uchun ho‘l cho‘kma uzatiladi, u 17.13-pozisiyadagi cho‘qindini qayta ishlash inshootlarida tinitish va quyuqlashishdan o‘tadi.
Bir sutkada 75 m3 ho‘l cho‘kma rezervuarlarga uzatiladi, u yerda uzatilgan cho‘kmaning tinishi yuz beradi. Rezervuarlarning yuqori qismida tinigan suvning K1 tizimiga toshib chiqadigan joyi ishlangan.
Pastki qismida ho‘l cho‘kma Pr-12.5/12.5 rusumli nasoslar bilan 2 seksiyali cho‘kindini zichlash rezervuarlariga tortib olinadi, bu yerda MRV-0.2-0.27/180 motor-reduktor yordamida cho‘kindi quyuqlashtiriladi. Quyuqlashtirilgan cho‘kindini 17.14-pozisiyadagi suvni qochirish korpusining truboprovodiga tashlab yuborish nazarda tutilgan.
Cho‘kindini zichlashtirgichlarda tindirilgan suvni irrigasiya tarmog‘iga tashlash truboprovodi nazarda tutilgan.
Shundan so‘ng cho‘kindini zichlashtirgichlardan keyin quyuqlashgan cho‘kindi sig‘imiga yuboriladi, u yerda SM 100-65-250.4A rusumli nasoslar yordamida cho‘kindi 17.14-pozisiyadagi (I 9.1.cho‘kindi sarfi o‘lchagichi) cho‘kindining suvini qochirish korpusiga tortib olinadi.
Quyuqlashgan cho‘kindi belgilangandan ortiqcha bo‘lganida 17.20-pozisiyadagi loyqa maydonchalariga boruvchi liniya nazarda tutilgan.
Hamma nasoslar manometrlar va vakuummetrlar bilan jihozlangan.
Nasoslarning har bir guruhi uchun avtomat rejimdagi nasoslarni o‘zaro zahiralari nazarda tutilgan. Nasoslar ishini nazorat qilish 17.11-pozisiyadagi ishlab chiqarish binosining nasos stansiyasi xonasida joylashgan boshqaruv pultidan amalga oshiriladi.
2.6 Minerallashgan (neytrallashtirilgan) oqovalar.
Minerallashgan, neytrallashtirilgan oqovalar texnik majmua maydonchasidan va suvni tayyorlash inshootlaridan tozalash inshootlarini chetlab, loyihalash chegarasigacha chiqariladi yoki chiqarib yuboruvchi truboprovodlarda avariya yuz bergan taqdirda 17.8b pozisiyasidagi ikkita tozalangan suvlarni to‘plagichda yig‘iladi.
To‘plagichlar chiqarib yuboruvchi suv quvurlaridagi avariyaga barham berish vaqtida 8 soat davomida oqovalarni qabul qilishga mo‘ljallangan.
- suvni tayyorlash qurilmasidan sutkasiga 2880 m3, 120 m3/soat
- demin suv olish qurilmasidan sutkasiga 47 m3, 2,0 m3/ soat
- gradirnidan sutkasiga 3758 m3, 156,6 m3/ soat
Do'stlaringiz bilan baham: |