Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Pozisiya 17.11 ishlab chiqarish binosi texnologiya sxemasining tasviri


Download 1.48 Mb.
bet7/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

2.2 Pozisiya 17.11 ishlab chiqarish binosi texnologiya sxemasining tasviri


Tozalangan oqova suvlardan tozalash inshootlari maydonchasining texnik ehtiyojlari uchun qisman foydalanish nazarda tutilgan.


Buning uchun tozalangan suvlarga mo‘ljallangan chiqarib tashlovchi truboprovodda 17.7-pozisiyadagi hovuzlar to‘plamidan diametri D200 mm bo‘lgan truboprovod 17.17-pozisiyadagi tozalangan suvlar kamerasiga o‘tkazilgan bo‘lib, u yerdan suv 17.11-pozisiyadagi ishlab chiqarish binosida o‘rnatilgan ikkita VKS 10/45 rusumli nasos bilan V10 texnik suv tizimiga uzatiladi. V10 tizimining texnik suvi 17.2-pozisiyadagi qum ushlagichlarda tushib qolgan qumni olib tashlash uchun gidroelevatorlarning ishchi suyuqligi sifatida, 17.3-pozisiyadagi to‘plagich-me’yorlagichlarda oqovalarni aralashtirish gidravlik tizimi uchun ishlatiladi.
Tozalash inshootlari maydonchasining o‘z ehtiyojlaridan chiqqan maishiy oqova suvlar, quduqlardan tortib olingan oqova suvlar 17.16-pozisiyadagi maishiy oqova suvlar rezervuariga to‘planadi, u yerdan ishlab chiqarish binosiga o‘rnatilgan ikkita SM100-65-250/4 rusumli nasos bilan oqova suvlar yana tozalash uchun 17.1a pozisiyadagi qabul kamerasiga haydaladi.
Ana shu nasoslar yordamida 17.7-pozisiyadagi aerotenkalarni bo‘shatish amalga oshiriladi.
Stabilizatorlardagi cho‘kindilar ishlab chiqarish binosining nasos stansiyasida o‘rnatilgan SM100-65-250/4 rusumli nasoslar bilan cho‘kindilarni quritish uchun Ø 110 diametrli quvurlar orqali pozisiya 17.20 loyqa maydoniga haydaladi. Bundan tashqari ushbu cho‘kindilar 17.12-pozisiyadagi loyqani zichlagichlarga tortib tushirish imkoniyati bor, u yerdan 17.9 - pozisiyadagi loyqa oqovalarini tortib oluvchi nasos stansiyasi orqali suvsizlantirish uchun 17.14 - pozisiyadagi cho‘kindilarning suvsizlantirish korpusiga uzatiladi.
17.6 - pozisiyadagi birlamchi tindirgichlardagi cho‘kindi eyrlift bilan loyqani zichlagichlarga o‘tkaziladi va shundan keyin yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha suvsizlantirishga uzatiladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling