Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi
«Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘limlardan tashqari qurilmada umumiy vazifalarni bajaruvchi
Download 1.48 Mb.
|
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Texnologik jaraynning bayoni va texnologik sxema
«Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘limlardan tashqari qurilmada umumiy vazifalarni bajaruvchi:
Texnik suv; Azot; Bo‘g‘ va kondensat; Texnik havo; Elektr quvvati tizimlari mavjud» Qurilma quvvati yiliga 311040 m3 Foydalanishga tushirilgan vaqti 2000 y. Ish vaqti fondi yiliga 8000 soat Sanoat korxonasining Yog‘li oqova suvlarni tozalash qurilmasi (6401 qurilma) Berlin binolar va inshootlarni loyihalashtirish instituti (Germaniya) tomonidan Z-54.8-170 norma talablari bo‘yicha attestasiyadan o‘tkazilgan. Qurilma sinovi DIN 1999 standarti talablariga muvofiq o‘tkazilgan va tozalash natijasi 99,5 % ni berishiga erishilgan. II. Texnologik jaraynning bayoni va texnologik sxema2.1. 6400 qurilmaX7 tizimining kimyoviy ifloslangan oqova suvlari majmuaning texnologik maydonchasida L-20 ulanish nuqtasidan saturatorni ulash joyidan, amin qurilmasi, ishqor kolonnasi, FB-8110A rezervuarlar qoplamidan hosil bo‘ladi. FB-8110 A, V. FB-8109 da keltiruvchi truboprovod diametri (159 x 7. Ish unumi: 18 m3/soat (max) va 13 m3/soat normal ish rejimi. Oqova suvlar SDR 11 S5 markadagi Ø 160 x 14,6 o‘lchamli quvuri bo‘ylab o‘zi oqib, pozisiya 17.18 nasos stansiyasiga kelib tushadi. Qurilmaga AXP-45/31 markali nasos bilan jihozlangan blokli nasos stansiya o‘rnatilgan, quvur yo‘lida bosimni o‘lchovchi OBM-100 manometri o‘rnatilgan, nasos sath o‘lchovchi avtomatik rejimda ishlaydi, nasos ROS – 301 qurilmasi yordamida maksimal darajada yoqiladi, minimal darajada esa o‘chiriladi. Nasosning ishlashi haqidagi signal 17.14 pozisiyasidan MMB (ABK) dagi cho‘kindini suvsizlantirish korpusida joylashgan dispetcherlik punktiga uzatiladi. Kimyoviy oqova suvlar nasos xo‘jaligida o‘rnatilgan AXP-45/31 markali nasosi ta’mir uchun to‘xtatilganda yoki favqulotda holatlarda, ya‘ni ushbu nasos ishlamay qolgan taqdirda vaqtincha nasos xo‘jaligida o‘rnatilgan qo‘shimcha VKS – 4/28 markali nasosidan foydalaniladi. Oqova suvlar nasos stansiyasidan D160 x 14,6 quvur bosim yo‘li bo‘ylab pozisiya 17.1b qabul qilish kamerasiga uzatiladi, bu yerda qoldiq bosim tushiriladi. Qabul qilish kamerasi, oqovalarning tozalovchi inshootlar bo‘ylab o‘zi harakatlanishi sharoitidan kelib chiqib, yer sathidan uch metr balandga ko‘tarilgan, keyin oqovalar ochiq lotok bo‘ylab to‘plagich-me’yorlagichlarning taqsimlash rezervuariga kelib tushadi, bu yerdan 17.3 pozisiyasida ikkita to‘plagich-me’yorlagichga taqsimlanadi, ularning vazifasi ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqova suvlardagi ifloslanishlarning (pH) konsentrasiyasini bir xilda taqsimlashdir. To‘plagich-me’yorlagich ikkita parallel ishlovchi seksiyadan iborat bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak rezervuar. To‘plagich - me’yorlagichlarni ishga tushirish va ishdan to‘xtatish uchun o‘tkazuvchi lotoklarda 300x450 (soat) to‘siq zatvorlari o‘rnatilgan. Oqova suvlarni aralashtirish uchun gidravlik tizim ko‘zda tutilgan, buning uchun har bir to‘plagich tubiga D57x3 diametrli teshilgan quvurlari yotqazilgan va V10 tizimidagi maydon ichidagi texnik suv vodoprovodidan suv olib kelingan. Har bir to‘plagich- me’yorlagichga suv 57x3,5 diametrli quvur bo‘ylab, pozisiya 17.11 ishlab chiqarish binosida joylashgan VKS 10/45 markali nasoslar orqali uzatiladi. To‘plagichning har bir kirish joyiga 50 diametrli surma klapan o‘rnatilgan. Zarur bo‘lganda to‘plagich – me’yorlagich 219x7 diametrli quvur bo‘ylab, 200 diametrli surma klapanlar orqali ho‘l quduqqa bo‘shatiladi. To‘plagich- me’yorlagich yilda bir marta navbatma - navbat tozalanadi. Me’yorlangan oqova suvlar to‘plagichlardan keyin o‘z oqimi bilan yig‘uvchi quduq orqali 17.4 pozisiyadagi neytrallashtiruvchi aralashtirgichga boradi, bu aralashtirgichda 17.14 pozisiyadagi cho‘kindini zararsizlantirish korpusi tarkibiga kiradigan reagent xo‘jaligi bo‘limidan 93 % li sulfat kislotasi yordamida neytrallanadi. Sulfat kislota kimyoviy ifloslangan oqova suvlarni neytrallashtirish uchun uzatiladi. Oqovalarni yaxshiroq aralashtirish uchun me’yorlangan oqovalar va sulfat kislota pastdan teshilgan quvurlari orqali uzatilishi ko‘zda tutilgan, neytrallashgan oqova suvlar esa lotok bo‘ylab pozisiya 17.5a aralashtirish kamerasiga keladi. Oqova suvlarni aralashtirish va neytrallashtirish 7 minutdan 10 minutgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi. Neytrallashtiruvchi aralashtirgichdan chiqish joyida pH konsentrasiyasi miqdorini ko‘rsatuvchi (вравнивание) stasionar pH- metr o‘rnatilgan. Neytrallashgan oqova suvlar 17.5a pozisiyasidagi 1 raqamli aralashtirish kamerasiga kelib tushadi, ular kameraga tushayotgan, yog‘li oqova suvlar bilan aralashadi. Neytrallashtiruvchi aralashtirgich rezervuarining asosiy parametrlari 6 - jadvalda keltirilgan. 1-jadval
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling