Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Loyqani zichlagich texnologiya sxemasining tavsifi. 17.12-pozisiyasi


Download 1.48 Mb.
bet8/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

2.3 Loyqani zichlagich texnologiya sxemasining tavsifi. 17.12-pozisiyasi


Vertikal tindirgich tubi konus shaklida bo‘lgan va sirtida suv to‘planadigan lotokli rezervuardir. Tindirgich ichki tomonida suv taqsimlaydigan lotoki bo‘lgan yarim cho‘ktirilgan silindrik to‘siq bo‘ladi. Oqova suvlarni taqsimlash idishidan tindirgichga Ø 200 mm li quvur orqali tindirgich o‘rtasida o‘rnatilgan suv qabul qilish voronkasiga uzatish nazarda tutilgan. Oqovalar kelgan sari loyqa aralashmasi vertikal tushirilgan quvur orqali konussimon qismning tagiga tushadi, bu yerda loyqa to‘planadi va zichlashadi.


Suyuq va qattiq fazaning intensiv ajralishi tindirgichning quyi qismida kuzatiladi. Shundan keyin oqova suv vertikal yo‘nalishda harakatlanadi, bu yerda ham muallaq moddalarning cho‘kishi yuz beradi. Tindirilgan suv tindirgichning yuqori qismiga yetib, yig‘ma halqasimon lotokga to‘kiladi va tindirgichdan chiqariladi.
Cho‘kindi gidrostatik bosim ostida diametri 200 mm bo‘lgan loyqa quvuri bo‘ylab loyqa qudug‘iga tashlanadi. Cho‘kindini tashlashni boshqarish uchun loyqa qudug‘ida surma klapan o‘rnatilgan bo‘lib, u yer yuzasidan turib kolonka yordamida boshqariladi.
Tindirgichda pastga yo‘nalgan oqimning tezligi ancha sekinlashishi ta’minlanadi, bu esa quyqaning samarali o‘tirishiga yordam beradi.
Cho‘kindini tindirgichdan chiqarib tashlash bir sutkada bir-ikki marta diametri 200 mm bo‘lgan loyqa quvuri orqali gidrostatik bosim ostida amalga oshiriladi.
Tindirgichlarning loyqa to‘planadigan qismi tubining devorlari gorizontalga nisbatan 500 burchak qiyaligida konussimon tarzda qabul qilingan.
Tindirgichning loyqa to‘planadigan qismining hajmi ko‘pi bilan 2 sutka davomida tushadigan cho‘kindi hajmini hisobga olgan holda qabul qilingan.

2.4 Loyqa nasos stansiyasi texnologik sxemasining tavsifi. 17.9-pozisiya

Kichik hajmli kanalizasiya nasos qurilmasi (bundan buyon matnda KHKNQ deb yuritiladi) neytral yoki kuchsiz ishqor reaksiyasiga ega bo‘lgan xo‘jalik-maishiy oqovalarni va ishlab chiqarish oqovalarini haydash uchun mo‘ljallangan.


KHKNQ qabul qiluvchi rezervuar bo‘lib, unda botib turuvchi nasos va alohida turuvchi NUA va A blok-konteyneri bo‘ladi.
Oqova suvlar kanalizasiyalanayotgan obyektdan o‘zioqar kollektor orqali SMK-16/27 rusumli botib turuvchi kanalizasiya elektrnasoslari bilan uskunalangan KHKNQ qabul qiluvchi rezervuariga kelib tushadi.
Nasos agregatlarining ishi qabul qiluvchi rezervuardagi oqova suyuqlik darajasiga qarab avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Qabul qiluvchi rezervuarning sig‘imi 3,1 m3 bo‘lib, bu bitta nasosning 12 daqiqalik ish unumdorligiga mosdir.
Chiqindilarni tutib qolish uchun panjara-konteyner nazarda tutilgan. Panjara-konteyner bir sutkada bir marta chiqindilarni germetik konteynerga yuklash uchun yuqoriga ko‘tariladi. Qabul qiluvchi rezervuarda SMK- 16/27 turidagi ikkita markazdan qochirma botib turuvchi monoblok kanalizasiya elektrnasosi (bitta ishlovchi va bitta zaxira) o‘rnatilgan.
Nasos stansiyasidan ikkita bosim truboprovodi chiqadi. Har bir nasosning bosim truboprovodida teskari va surma klapanlar (qo‘lda boshqariladigan) o‘rnatiladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling