Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


I. Asosiy qism 1.1. Ishlab chiqarish obyektining umumiy tavsifi


Download 1.48 Mb.
bet3/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

I. Asosiy qism

1.1. Ishlab chiqarish obyektining umumiy tavsifi


Tozalovchi inshootlar oqova suvlarni zararsizlantirish va cho‘kindilarni ularni keyinchalik yo‘qotish yoki suv havzalarining tabiiy holatiga zarar yetkazmagan holda chiqarib yuborish maqsadida qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
Tozalovchi inshootlar (6400 qurilma) ishining asosida ishlab chiqarish va maishiy- xo‘jalik oqova suvlarini fizik-kimyoviy va biologik birga tozalash usuli yotadi. Tozalovchi inshootlarga texnologik qurilmalar va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining UZX (Umum zavod xo‘jaligi) dan tushadigan oqovalari ifloslanish xarakteriga ko‘ra to‘rt oqimga bo‘linadi.

  1. Kimyoviy ifloslangan oqova suvlar.

  2. Yog‘li oqova suvlar.

  3. Maishiy- xo‘jalik oqova suvlari.

  4. Minerallashgan (neytrallashgan oqovalar, tozalangan oqovalar)

Tozalovchi inshootlarning yog‘ aralashgan suvni tozalovchi qurilmalar (6401 qurilma) ishining asosiga ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqova suvlar va yomg‘ir suvlarini nozik separatsiyalash usuli qo‘yilgan. Yog‘li oqova suvlarni tozalash qurilmasida ifloslangan, texnologik va yuza qatlam suvlari neft mahsulotlari, shlam va suvga ajratiladi.

1.2 Tozalovchi inshootlar qurilmasi tavsifi (6400 qurilma)

X7 tizimidagi 18 m3/soat (sutkasiga 432 m3) hajmli kimyoviy ifloslangan oqova suvlar majmua texnologik maydonidagi L-20 tutash nuqtasida hosil bo‘ladi.


Yog‘li oqova suvlar tozalovchi inshootlarga separator qurilmasida oldindan qayta ishlangandan so‘ng 36 m3/soat (max) va 26,5 m3/soat (o‘rtacha) miqdorda kelib tushadi. Qurilmani ishlab chiqish, tayyorlash va payvandlash ishlarini ABB firmasi texnomajmua tarkibida amalga oshirgan (6401 qurilma).
Oqovalarni yanada tozalash uchun o‘zioqar-bosim chizmasida L-21 ulanish nuqtasidan 17.5a pozisiyasidagi 1-sonli aralashtirish kamerasiga uzatish nazarda tutilgan.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling