7-LABORATORIYA ISHI
MAHALLIY QARSHILIK KOEFFITSIENTINI ANIQLOVCHI TAJRIBA USKUNASI BILAN TANISHISH.
Ishning maqsadi. Tekis torayish (konfuzor) dagi va tekis kengayish (diffuzor) dagi napor yo’qotilishini va mahalliy qarshilik koeffitsientlarini tajribada aniqlash.
Umumiy ma‘lumotlar. Konfuzorda suyuqlik oqayotganda tezlik ortib, bosim kamayib boradi. Diffuzorda esa tezlik kamayib bosim ortadi. Suyuqlik katta bosimli sohadan kichik bosimli sohaga utayotganda uyurmalar hosil bo’lmaydi va energiya faqat ishqalanish hisobiga yo’qotiladi. Konfuzorda va diffuzorda napor yo’qotilishi qiymatlari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
, (7.1)
Tajribalar Bernulli tenglamasi mohiyatini tushuntirish qurilmasida o’tkaziladi. Laboratoriya ishini bajarish qurilmasi 7.1-rasmda keltirilgan.
7.1-rasm. Laboratoriya qurilmasi sxemasi.
Ishni bajarish tartibi.
1. Quvurdan ma‘lum miqdordagi suv sarfi o’tkaziladi. Konfuzor va diffuzorning kirish hamda chiqish kismlaridagi oqim tezliklari aniqlanadi.
2. Konfuzor va diffuzorning kirish hamda chiqish kismlaridagi pezometrlar ko’rsatishlari aniqlanadi.
3. Konfuzor va diffuzordagi pezometrlarning ko’rsatishlarini aniqlab ulardagi napor yo’qolish qiymatlarini hisoblaymiz.
(7.2)
4. Konfuzor va diffuzorda mahalliy qarshilik koeffitsientlari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
, (7.3)
Tajribalarda o’lchangan va hisoblab topilgan natijalar
keltirilgan
7.1-jadvalda
Do'stlaringiz bilan baham: |