Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Qarshi shahar moliya bo’limining byudjet daromadlari bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo’yicha funksional vazifalari


Download 30.94 Kb.
bet2/5
Sana28.03.2023
Hajmi30.94 Kb.
#1303736
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliyot hisoboti Azizbek Jur\'atbek o\'g\'li

Qarshi shahar moliya bo’limining byudjet daromadlari bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo’yicha funksional vazifalari
Qarshi shahar mahalliy byudjetining daromadlar prognozi loyihasini tuzish va ularni asoslangan hisob-kitoblar bilan yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etish.
Qarshi shahar mahalliy byudjetida soliq va boshqa tushumlarning o’z vaqtida va to’liq tushushini tahlil qilish, soliq qarzdorligi bo’yicha doimiy monitoring yuritish.
Byudjetga tushumlarni ko’paytirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliq to’lovchilarning to’liq qamrab olinishini ta’minlash.
Soliq solinadigan bazani baholash va soliq to’lovchilarning to’liq qamrab olinganligini ta’minlash maqsadida shahar davlat soliq inspeksiyasi, iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantirish bo’limi, statistika va boshqa tashkilotlar mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi 445 sonli “Mahalliy byudjetklarning daromadlar bazasini kengaytirish, zaxiralarni aniqlash, ishlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bo’yicha qilingan ishlarni shahar hokimligiga va shahar DSIga hamda viloyat bosh boshqarmasiga ma’lumotlarni jamlab taqdim etib boorish.
Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limi xodimlari bir ish kun davomida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarning to‘lanishini nazorat qilish maqsadida 25 tadan kam bo‘lmagan obyektlarni borib ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) tuman organlarida hisobga olinmagan jismoniy shaxslarning obyektlari va yer uchastkalari aniqlangan hollarda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari ularni keyinchalik hisobga qo‘yish uchun ko‘rsatilgan organlarga axborot taqdim etadi.
Tashkilot xodimlarining jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan qarzdorliklari mavjud bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qarzdorlar ro‘yxati shakllantiriladi va keyinchalik soliq qarzini belgilangan tartibda undirish yuzasidan yordam ko‘rsatish uchun ushbu tashkilotlarga yoki ularning yuqori organlariga yuboriladi.
Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarning avtomatlashtirilgan bank tizimlari orqali to‘liq tushishi maqsadida har kuni bitta bozor va savdo kompleksida savdo joylarining sotuvchilar bilan to‘liq bandligi kuzatib boriladi va hisob-kitob qilinadi.
Bozorlarning tushumlari kamaygan hollarda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan naqd pul tushumi tushishining xronometraji tashkil etiladi, tushumlarning pasayib ketishi sabablari aniqlanadi va qo‘shimcha mablag‘lar tushumlari bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari bozorlar va savdo komplekslari hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan tushadigan tushumlarni qamrab olish bo‘yicha quyidagi choralarni amalga oshiradilar:
bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning undirilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatadilar;
naqd pul tushumi to‘liq tushishini ta’minlash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish (3 tadan kam bo‘lmagan) obyektlarida xronometraj tashkil etadilar;
dehqon bozorlarida qishloq ho‘jaligi mahsulotlariga sun’iy ravishda narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazadilar;
bozorlar va savdo komplekslarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (soxta) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazoratni amalga oshiradilar va tekshirishlarni tashkil qiladilar.
Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan, shuningdek quyidagilarni aniqlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar amalga oshiriladi:
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlarida ro‘yxatga olinmagan noturar joy obyektlarini aniqlash va keyinchalik ularni soliq solish obyekti sifatida hisobga qo‘yish;
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslarni aniqlash hamda ularni soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yishni ta’minlash;
bozor va savdo kompleksiga tutash hududlarda avtoto‘xtash joylarini aniqlash va tuman (shahar) hokimiga avtoto‘xtash joylarini bozorlar va savdo komplekslarining tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish to‘g‘risida taklif kiritish.
Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limi xodimlari yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar tushumini nazorat qilish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradilar:
qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta badali tushishini ta’minlaydilar;
har kuni qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta badallaridan qarzi mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (3 tadan kam bo‘lmagan) bilan profilaktik suhbat o‘tkazadilar, shuningdek mazkur qarzlarni undirish choralarini ko‘radilar;
har kuni faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning mavjudligi yuzasidan (3 tadan kam bo‘lmagan) ularni kuzatadilar.
Hafta davomida davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limi xodimlari:
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan yollanma (kamida 2 nafar) xodimlarini aniqlaydilar va ularni hisobga qo‘yishni ta’minlaydilar;
faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (kamida 2 nafar) yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini qayta tiklash yuzasidan ko‘maklashadilar;
soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida yirik miqdordagi pul aylanmalarini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning (kamida 2 nafar) faoliyatini tahlil qiladilar;
rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan faoliyat turiga mos kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni (kamida 2 nafar) aniqlaydilar va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta’sir choralarini ko‘radilar;
jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda va tartibda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etmagan, shuningdek ushbu daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini to‘lamagan jismoniy shaxslarning ro‘yxatini shakllantiradi hamda belgilangan tartibda soliq qarzini undirish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.

Download 30.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling