Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Mahalliy budjetlar xarajatlarining shakllantirilishi va bajarilishi monitoringi tartibi


Download 30.94 Kb.
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi30.94 Kb.
#1303736
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliyot hisoboti Azizbek Jur\'atbek o\'g\'li

Mahalliy budjetlar xarajatlarining shakllantirilishi va bajarilishi monitoringi tartibi
Monitoring maqsadida tuman (shahar) moliya bo‘limi va g‘aznachilik bo‘limlari rahbarlari o‘zlarining buyruqlari bilan har bir mas’ul xodimiga moliya organi va g‘aznachilik bo‘limlarining mas’ul xodimi tomonidan doimiy monitoring amalga oshiriladigan kamida 10 ta budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarini biriktiradi.
Mahalliy budjetning xarajatlar qismi bo‘yicha moliya bo‘limi rahbarining o‘rinbosari va g‘aznachilik bo‘linmasi rahbari tegishli budjet parametrlarining so‘zsiz bajarilishini, mahalliy budjetlar xarajatlarining sifatli rejalashtirilishini va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlaydi.
Moliya bo‘limlarining va g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari:
budjet tashkilotlari tomonidan ish haqini, yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashga o‘z vaqtida buyurtma taqdim etilishini ta’minlaydilar;
budjet tashkilotlari xarajatlarini budjet tashkilotlari faoliyatini masofaviy va joyiga borib o‘rganish orqali har kunlik monitoringni amalga oshiradilar;
budjet tashkilotlarining tarmoq, kontingent, shtatlar jadvali va moliyaviy hisobotlari ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va kam samarali xarajatlarni optimillashtirishni amalga oshiradilar;
budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiyasidan daromadlar tushumini tahlil qiladilar;
mol-mulkni, bo‘sh turgan joylar, binolar va vaqtincha foydalanilmayotgan qurilmalar va asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushumlarning budjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini joylarga borib o‘rganadilar;
qo‘shimcha moliyalashtirishga va o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlari to‘g‘ri shakllantirilganligini tahlil qiladilar;
kommunal xizmatlarini hisoblash asboblari mavjudligini xatlovdan o‘tkazish, shuningdek budjet tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan solishtirma dalolatnomalar mavjudligini, xarajatlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini o‘rganish orqali budjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik qarzdorlikning oshishini bartaraf etadilar.
Moliya bo‘limlari va g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha budjet tashkilotlari rahbarlari nomiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdimnoma tayyorlaydilar.
Moliya bo‘limi rahbari har oyda mahalliy budjetlar xarajatlarining ijrosi va shakllantirilishi monitoringi natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga tegishli takliflar, shu jumladan budjet tashkilotlarining bo‘sh turgan va vaqtincha foydalanilmayotgan obyektlari bo‘yicha keyinchalik ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berish uchun ma’lumotlar taqdim etadi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjet daromadlari ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarilishida davlat soliq xizmati organlarining vazifalarini belgilaydi va birgalikdagi harakatlarini tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda DSQ deb ataladi) asosiy e’tiborni soliq to‘lovchi — jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini joyiga chiqib nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga har kuni yo‘riqnoma o‘tkazish, lavozim vakolatlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadida suiiste’mol qilinishi, shuningdek qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazish va naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajida funksional majburiyatlarga rioya etmaslik holatlarini bartaraf etish va amaldagi qonunchilik doirasida qat’iy jazolashlarni o‘z ichiga qamrab oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratgan holda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyati yuzasidan nazoratni kuchaytirish va oshirish choralarini ta’minlaydi.
DSQ organlarining to‘liq yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs ma’lumotlar bazasini shakllantirishni hamda uning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari bo‘yicha axborotlarni yig‘ish asosida yangilanishini ta’minlaydi.
DSQ Moliya vazirligi bilan birgalikda har bir hisobot davri yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni izlash va buning asosida har bir tuman (shahar)ning o‘ziga xos xususiyati va imkoniyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarining bajarilishi bo‘yicha hududiy moliya va soliq organlari faoliyatini tanqidiy tahlil qiladi.
Naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tizimli nazorat qilib borish maqsadida har bir subyektga joyiga borgan holda kunlik monitoring o‘tkazib borish uchun davlat soliq xizmati organlari va tijorat banklarining mas’ul xodimlari biriktiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari va tijorat banklaridan biriktirilgan mas’ul xodimlari:
chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi korxonalarining rahbarlari va xodimlari bilan naqd pul tushumlarining to‘liq topshirilishi yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazadilar;
nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatga olish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan naqd pul tushumlarini topshirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablar va ularni buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida alohida profilaktik suhbat o‘tkazadilar;
chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi noturar binolarga hisoblangan mol-mulk solig‘i va yer soliqlarini undirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadilar;
noqonuniy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda nazorat va profilaktik tadbirlar o‘tkazadilar;
qonun buzilish faktlari to‘g‘risidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida, tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishgan holda tadbirkorlik subyektlarida tekshirish o‘tkazadilar;
tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida qabul qilingan qarorlar asosida qo‘llanilgan moliyaviy jarimalarni undirish choralarini ko‘radilar;
belgilangan muddatlarda moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lamagan taqdirda tegishli choralarni ko‘rish uchun iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritadilar;
soliq tekshiruvi o‘tkazish davomida noqonuniy ravishda xodimlarni yollash va ish haqi berish holatlarini aniqlaydilar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radilar.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan:
belgilangan tartibda har kuni, avtomatlashtirilgan bank tizimi orqali kelib tushadigan bir martalik to‘lovlar, ijara to‘lovlari va boshqa tushumlarning to‘liq kelib tushishini ta’minlash maqsadida, bozor va savdo komplekslaridagi savdo qilish joylarining to‘liq bandligi monitoringi o‘tkaziladi;
bozorlar va savdo komplekslarida naqd pul tushumi kelib tushishi pasaygan taqdirda xronometraj o‘tkazish tashkillashtiriladi va tushumlarning pasayib ketish sabablari aniqlanadi hamda qo‘shimcha mablag‘lar tushumlari bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi;
tadbirkorlar va jismoniy shaxslarda tegishli hujjatlarning mavjudligi bo‘yicha kundalik monitoring olib boriladi;
har kuni, naqd pul tushumining to‘liq kelib tushishini ta’minlash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida xronometrajlar tashkillashtiriladi va soliqqa tortish bazasini kengaytirish choralari ko‘riladi;
dehqon bozorlarida qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qimmatlashgan narxlarda sotishning oldini olish bo‘yicha nazorat choralari o‘tkaziladi;
bozorlarda qalbaki, sifatsiz mahsulotlarni tayyorlash va sotishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazorat amalga oshiriladi va tekshiruvlar tashkil etiladi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning keyingi faoliyatini o‘rganish amalga oshiriladi hamda kuzatuv dalolatnomalari tuziladi va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari aniqlanganda tekshirishlar tashkil etiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari:
yuridik va jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yishda ular bilan profilaktik suhbat olib boradilar va ularni soliq majburiyatlari bilan tanishtiradilar;
har oyda kamida ikki marta tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali yetkazadilar;
mahallalarda fuqarolar o‘rtasida soliq majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan har kuni tushuntirish o‘tkazadilar;
aniqlangan huquqbuzarliklar va ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ommaviy axborot vositalarida har oyda kamida bir marta chiqishlar tashkil etadilar.
har oyda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Davlat xizmatlari markazlari va boshqa organlar bilan birgalikda yoshlar, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun “Tadbirkorlik soati” tadbirlarini tashkil etadilar.
Xulosa
Qarshi shahar mahalliy byudjetining daromadlar prognozi loyihasini tuzish va ularni asoslangan hisob-kitoblar bilan yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etish.
Qarshi shahar mahalliy byudjetida soliq va boshqa tushumlarning o’z vaqtida va to’liq tushushini tahlil qilish, soliq qarzdorligi bo’yicha doimiy monitoring yuritish.
Byudjetga tushumlarni ko’paytirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliq to’lovchilarning to’liq qamrab olinishini ta’minlash.
Soliq solinadigan bazani baholash va soliq to’lovchilarning to’liq qamrab olinganligini ta’minlash maqsadida shahar davlat soliq inspeksiyasi, iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantirish bo’limi, statistika va boshqa tashkilotlar mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi 445 sonli “Mahalliy byudjetklarning daromadlar bazasini kengaytirish, zaxiralarni aniqlash, ishlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bo’yicha qilingan ishlarni shahar hokimligiga va shahar DSIga hamda viloyat bosh boshqarmasiga ma’lumotlarni jamlab taqdim etib boorish.
Respublika yig‘ma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli budjetdan tashqari pul jamg‘armalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamg‘armalariga mablag‘ ajratish kvotalari to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi;
Respublika va mahalliy budjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-budjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi.
Moliya-budjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy budjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi.
Respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika budjetining ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablag‘ bilan ta’minlashni va budjet mablag‘lari hisobidan ro‘yobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika budjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;
Joriy yilda respublika budjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamg‘arma fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Vazirliklar, idoralar, korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kapital qurilish boshqarmalari va bo‘linmalarining buxgalteriya hisobotlari va balanslarini ko‘rib chiqadi, ularning moliyaviy faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha talablar qo‘yadi.



Download 30.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling