Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti
Download 435.56 Kb.
|
Referat Iqtisodiy o`sish Samadov Ibrohim.
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN Mavzu “Iqtisodiy о‘sishda Tabiiy resurslar tasiri tahlili” bo‘yicha REFERAT ISHI Bajardi
- KIRISH..................................................................................................... 3
- I BOB. IQTISODIY OSISHDA TABIIY RESURSLAR TASIRI TAHLILI
- XULOSA.................................................................................................... 15
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...................................................
- REFERAT ISHINING MAQSADI
- REFERAT ISHINING MOHIYATI
- REFERAT ISHINING AHAMIYATI
- I Bob. Iqtisodiy osishda tabiiy resurslar tasiri tahlili 1.1 Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillaridan biri - tabiiy resurslar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI IQTISODIYOT FAKULTETI “INNOVATSION IQTISODIYOT” KAFEDRASI 60310102-“Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavr I-156-20 guruh talabasi Samadov Ibrohimning “ IQTISODIY O‘SISH” FANIDAN Mavzu “Iqtisodiy о‘sishda Tabiiy resurslar ta'siri tahlili” bo‘yicha REFERAT ISHI Bajardi: 3 kurs I-156-20 guruh talabasi Samadov Ibrohim Qabul qildi: Prof. R.X.Ergashev QARSHI -2023 MUNDARIJA
KIRISH MAVZUNING DOLZARBLIGI: Tabiiy resurslarning iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilish iqtisod fanining hal qiluvchi sohasi hisoblanadi. Bu tabiiy resurslarning iqtisodiy o'sish, rivojlanish va barqarorlikka qanday ta'sir qilishini o'rganishni o'z ichiga oladi. REFERAT ISHINING MAQSADI: Tabiiy resurslarning iqtisodiyotga ta'sirini o'rganishdan maqsad barqaror rivojlanish va iqtisodiy o'sish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tabiiy resurslar iqtisodiy natijalarga qanday ta'sir qilishini tushunib, siyosatchilar tabiiy resurslardan foydalanishni optimallashtirish, innovatsiyalarni rag'batlantirish va inklyuziv iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish siyosatini ishlab chiqishlari mumkin. REFERAT ISHINING MOHIYATI: Tabiiy resurslarning iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilish tabiati iqtisodiyot, ekologiya, siyosatshunoslik va boshqa tegishli sohalarga asoslangan fanlararo tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Tadqiqotchilar tabiiy resurslar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tekshirish uchun turli vositalardan, jumladan, ekonometrik tahlil, modellashtirish va amaliy tadqiqotlardan foydalanadilar. REFERAT ISHINING AHAMIYATI: Tabiiy resurslarning iqtisodiyotga ta'sirini o'rganishning ahamiyati shundaki, tabiiy resurslar iqtisodiy faoliyat uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tabiiy resurslarga asoslangan sanoat ko'plab mamlakatlarda iqtisodiy o'sishning asosiy omillari hisoblanadi, ammo bu resurslardan foydalanish salbiy ekologik va ijtimoiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tabiiy resurslar iqtisodiy samaradorlikka qanday ta'sir qilishini tushunish siyosatchilarga iqtisodiy o'sishni ekologik va ijtimoiy barqarorlik bilan muvozanatlashtiradigan siyosat va strategiyalarni ishlab chiqishda yordam berishi mumkin. I Bob. Iqtisodiy o'sishda tabiiy resurslar ta'siri tahlili 1.1 Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillaridan biri - tabiiy resurslar Barchamizga ma`lum, iqtisodiy o`sishning asosiy omillaridan biri - tabiiy resurslar hisoblanadi. Tabiiy resurslarga foydali qazilmalar, suv, o`rmonlar, qishloq xo`jalik yerlari, hayvonot dunyosi va hokazolar hamda atrof-muhit, iqlim sharoiti, tabiiy boyliklarning joylashuvi, yer relyeflari va shunga o`xshash tabiiy holat va narsalar kiradi. Albatta, mavjud tabiiy resurslarning miqdori va sifati insonning iqtisodiy faoliyatiga ta‘sir ko`rsatadi. Ammo, tabiiy resurslar insonning iqtisodiy faoliyatida passiv o`rin tutadi. Shuning uchun ham tabiiy resurslarga boy davlatlar o`z-o`zidan taraqqiy etgan boy davlatlarga aylanib qolishmaydi. Tabiiy resurs omillari ishlab chiqarishda keng qo`llanilganda, ularga mehnat sarf qilingandagina iqtisodiy o`sishga ta‘sir qilishi va uni tezlashtirishi mumkin. Iqtisodiy faoliyatning asosiy maqsadi bo`lib, inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Demak, iqtisodiy o`sish darajasi bilan inson ehtiyojlarini qondirish o`rtasida chambarchas bog`liqlik mavjud. Davlat iqtisodiyoti qancha rivojlangan bo`lsa, uning aholisi ehtiyojlari shuncha to`liq qondirilgan bo`ladi. Iqtisodiy o`sish inson talablarini qondirish darajasini ikki tomonlama izohlaydi. Birinchidan, yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar qanday ehtiyojlar yuzaga kelishlarini belgilaydi va ulardan ozgina ilgarida bo`lishlari lozim. Ikkinchidan, yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklarning taqsimlanish usullari, jamiyatning va uning har bir a‘zosining talablarining qondirilish darajalarini aniqlaydi. Yaratilgan moddiy boyliklarni bir o`lchamga keltirish ham nazariy, ham amaliy jihatdan mumkin. Faqat xo`jalik faoliyatini ayrim sohalari yoki ayrim mahsulotlarning natural miqdoriy o`zgarishini sifat jihatidan baholash murakkab jarayon. Chunki, mahsulotlarning sifat o`zgarishi uning barcha o`ziga xos xususiyatlarining ham o`zgarishiga olib keladi. Sifat o`zgarishlarining barchasini bir qancha sifat o`zgarishlarni, bir yo`la e‘tiborga oluvchi o`zgaruvchilar to`plami yordamida ko`rsatishimiz mumkin. Ko`p omilli iqtisodiy o`sishning tahlilida iqtisodiy faoliyatning ayrim yo`nalishlarini va mahsulotlarining ayrim xususiyatlarini miqdoriy aniqlash qo`shimcha murakkabliklar bilan bog`liq. Iqtisodiy o`sishning asosiy elementlari bir-biridan ham shaklan, ham mazmunan farq qiladi. Bu elementlarning natural ko`rinishlari ham, ko`rinishlari ham bir xil bo`lmaydi. Har xil sifat xususiyatlarni agregirlashni ham turli sifatlarini bir vaqt o`lchaydigan va baholaydigan yagona, umumiy shart mavjud bo`lgandagina amalga oshirilishi mumkin. Bir omilli va ko`p omilli iqtisodiy o`sishni o`ziga xos xususiyatlarini aniqroq tasavvur qilishimiz uchun quyidagi 1-jadvalni keltiramiz. 1-jadval Bir va ko`p ko`rsatkichli iqtisodiy o`sishni o`ziga xos xususiyatlari Download 435.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling