Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti
III Bob Iqtisodiy baholashning ko’rsatkichlari. Iqtisodiy baholashning tarmoq va xududiy yo’nalishlari
Download 435.56 Kb.
|
Referat Iqtisodiy o`sish Samadov Ibrohim.
III Bob Iqtisodiy baholashning ko’rsatkichlari. Iqtisodiy baholashning tarmoq va xududiy yo’nalishlari.
Iqtisodchilar tabiiy resurslar va tabiiy muhit, ularning ekologik vazifalarini baholashga harakat qiladilar. Aslida tabiat va uning resurslarini, tabiat ko’rkamligini aniq baholash oson emas, ularni to’liq, ya’ni barcha xususiyatlarini e’tiborga olgan holda bozor narxini qo’yishga iloj yo’q. Go’zal tog’ manzarasini qanday qilib baholash mumkin? Yoki tog’ vodiysidagi so’lim joylar, sharsharalar,ko’llar, bahor tarovatini baholash uchun qanaqa narx qo’yish mumkin? Bunday tabiat obyektlarining baholash mezonlari hozirgacha ishlab chiqilmagan. Lekin, umuman olganda boyliklarni baholashda talay tajriba mavjud, ular asosida juda aniq bo’lmasada taxminiy qiymatlarni ishlab chiqish mumkin. E.V.Girusovning fikricha, tabiiy resurslar va tabiat xizmatlarini iqtisodiy jihatdan baholashni aniqlash uchun mavjud yondashuvlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: bozor bahosi, renta, tabaqalashgan rent, sarflash, muqobil qiymat, umumiy iqtisodiy baholash (qiymat). Bozorning muhim xususiyatlaridan biri resurslarni xo’jalikda samarali ishlatishni ta’minlashga imkon beradi, chunki boyliklarning taqchilligi to’g’risida oldindan narx xabarini beradi. Neft, tabiiy gaz, o’rmon va boshqa tabiiy resurslarni bozor narxi va ularning tez-tez o’zgarib turishi boyliklardan samaralifoydalanishniboshqarish uchun imkon tug’diradi. Aslida yoqilg’i turlari narxining oshib ketishi avvalo ulardan reja asosida ishlash, eng muhim samarali ishlashni ta’minlaydi, chunki jahon bozorida neft mahsulotlari narxining ko’tarilishi transport harakatining biroz bo’lsada kamayishiga ta’sir e’tadi, bu bilan atrof-muhitning ifloslanish jarayonida ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi, ya’ni havoga kamroq uglerod va boshqa chiqindilar chiqariladi. Biroq resurslarning qashshoqlanishi va atrof-muhitning ifloslanishi bozor mexanizmining tez-tez o’zgarishiga ta’sir e’tadi. Bunday vaziyatda bozor narxlari ko’pincha buzilgan holatni aks ettiradi, real sarf-xarajatlarni aniq ifodalamaydi, natijada talab va taklif ko’rsatkichlari resurslar taqchilligini to’g’ri hisobga olmaydi. Bunday vaziyatda resurslardan samarali foydalanish uchun rag’batlantirish past bo’ladi. Shunday qilib, bozor yondashuvi tabiat muhofazasining faqat bir vazifasini, ya’ni tabiiy resurslar bilan ta’minlanishini baholashga imkon beradi qolgan vazifalari-o’z-o’zini tozalash va insonga tabiy xizmatlar ko’rsatish bozort tizimida aks etmaydi. Tabiiy resurslarni baholashda renta (nemischa-qaytarib berilgan) asosida yondashuv yaxshi natijalar beradi. Renta yondashuvi resurslarning cheklangan va noyob turlariga xos (masalan yer, sitrus mevalar, ba’zi sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari va boshqalar). Iqtisodiy renta odatda cheklangan tabiiy resurslardan foydalangandagi (yoki ijara) haqi –baho tushiniladi. Bu vaziyatda passiv taklif negizida talab rentani aniqlovchi yagona ta’sir etuvchi omil sifatida oldinga chiqadi. Ko’pincha resurs egasining undan foydalangandan oladigan renta daromadi to’g’risidagi ma’noda ham qo’llash mumkin. Yer resurslarini baholashda renta yondashuvi ko’proq samara beradi. E.V.Girusovning fikricha yer bahosini (R) quyidagi formula asosida aniqlash mumkin: RqR:r, bunda R-yillik renta kattaligi, r-koeffisiyent. Faraz qilinishicha renta ma’lum bo’lmagan muddatga olindi deylik, koeffisiyent kam birlik sifatida olindi, uning kattaligi bank (ssuda) foizi bilan ko’pincha bog’lanadi. Masalan, agarda har yilgi yer uchastkasining rentasi 10 ming so’m bo’lsa, ssuda (qarz) foizi 10% ga teng deb olinsa, u holda uchastka narxi 100 ming so’mga teng bo’ladi. Bu holda yer resursi bahosi bankka qo’yilgan kapital mablag’ o’lchamiga ko’pincha to’g’ri keladi, bu baho renta kattaligiga to’g’ri keladigan har yilgi daromad miqdoriga barobar bo’ladi. Tabiiy resurslarni baholashda sarflash (xarjlash) yondashuvi ham foydalaniladi. Tabiiy boyliklarni tayyorlash va foydalanish uchun sarf-xarajatlarni jamlash bilan hosil bo’lgan qiymatning resursni baholash uchun boshlang’ich nuqta deb qarash mumkin. Bu yondashuv tabiiy boyliklarning kamayishi, buzilishi va sifatini yo’qotishida qayta tiklash qiymatini baholashdan foydalaniladi. Bu holda ma’lum joyda tabiiy resursning yo’qolishi yoki buzilishini tiklovchi tadbirlarga qilingan sarfharajatlar hisob-kitob qilinib,ma’lum baho aniqlanadi. Masalan, neft yoki tabiiy gaz quduqlari burg’ulanganda katta maydonda tuproq qatlami buziladi, relyef o’ydim- chuqurlashadi, yaylov ishdan chiqadi va b. Bunday vaziyatda burg’ulash ishlari tugagandan so’ng geologik tashkilot tabiiy resurslarga yetkazilgan barcha zararni yo’qotib, avvalgi tabiiy holatga keltirish uchun texnik va biologik rekultivasiya tadbirlari o’tkazib, resurslardan foydalanuvchilarga rasmiy ravishda topshirish shart. Bu tadbirlar majmua holda iqtisodiy jihatdan hisob-kitob qilinib, qayta tiklash sifati aniqlanadi. Muqobil qiymat (boy berilgan foyda) baholash konsepsiyasi iqtisodiyotda keng qo’llaniladi. Tabiatdan foydalanishni iqtisodiy baholash, bu baholashni yondashuvning ko’p sohalarida qo’llash mumkin. Tabiatda resurslar barcha hududlarda ham turli darajadagi mahsuldorlikka ega, ba’zan mahsuldorlik umuman bo’lmasligi ham mumkin, masalanbarxan qumlari, harakatdagi qum uyumlari yaylov jihatdan nol mahsuldorlikka ega, o’ta sho’r sho’rxoklar ham xuddi shunday tavsiflanadi. Agar barxan qumlarini fitomeliorasiya (maxsus o’simliklar ekish bilan qum harakatini to’xtatish) usuli bilan ularning harakatini to’xtatishga erishilsa ma’lum vaqtdan so’ng mahsuldor yaylov tarkib topadi, qorako’l qo’ylarini boqish bilan ma’lum miqdorda daromad olish mumkin. Alohida qo’riqlanadigan hududlar-qo’riqxonalar, milliy parklar, zakazniklar parvarishxonaning tabiiy resurslari davlat qonuniga binoan xo’jalikda foydalanilmaydi, daraxtlarni kesish, pichan o’rish, mol boqish qat’iyan man e’tiladi. Demak, bu hududlarda tabiiy resurslar boyligi bilan ajralib turadi. Muqobil qiymat yondashuviga binoan bu hududlarda ko’plab boyliklardan foydalanmaslik natijasida iqtisodiyot «zarar» ko’rmoqda. Aslida xalq xo’jaligi katta miqdorda foyda ko’rmoqda, chunki bu hududlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, yo’qolib borayotgan noyob fauna va flora vakillarini saqlab qolishga erishildi, ularning soni ortib bormoqda, tabiat yodgorliklari, geologik kesmalar, tog’ jinslari, paleontologik yodgorliklar muxofaza qiladi XULOSA Barqaror rivojlanishning mazmuni hozirgi avlod o‘z iqtisodiy faoliyatini shunday tashkil etishi zarurki, keyingi avlodlar ulardan kam bo‘lmagan iqtisodiy imkoniyatlar va turmush farovonligiga ega bo‘lishlari lozimligida namoyon bo‘ladi. Hozirgi vaqtda inson farovonligini oshirish, resurslarni saqlash va kelajak avlodlarni jiddiy ekologik xavf-xatarlarga duchor qilmaslikni ta’minlaydigan iqtisodiy modelga o‘tish zarurati dolzarbdir. Biz iqtisodiy farovonlikka va kelajak avlodni iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga, ekologik xavflarga qo‘ymaslikka faqatgina birdamlikda erishishimiz mumkin. Download 435.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling