Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti


Tabiiy resurslardan samarali foydalanish


Download 435.56 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi435.56 Kb.
#1546026
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat Iqtisodiy o`sish Samadov Ibrohim.

1.2

Tabiiy resurslardan samarali foydalanish

Aslida «resurs» so`zi frantsuz tilidan olingan bo`lib, «yashash vositasi» degan ma‘noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalaniladigan energiya turlari tushuniladi. Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarur bo‗lgan shunday vositalardirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta‘sir etadi.


Aslida, tabiiy resurslar ikkita asosiy guruhga bo`linadi:
1. Moddiy ishlab chikarish resurslari. Bu guruhga yoqilg‗i mahsulotlari, metall, suv, yog‗och-taxta, baliq, ovlanadigan hayvonlar kiradi.
2. Ishlab chiqarishdan tashqari tabiat resurslari. Bu guruhga ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi.
Tabiiy resurslar 2 turga bolinadi:
1. Tugaydigan tabiiy resurslar.
2. Tugamaydigan tabiiy resurslar.


Tugaydigan tabiiy resurslar oz navbatida 2 guruhga bolinadi:

1. Tiklanadigan resurslar.


2. Tiklanmaydigan resurslar.


Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo‗linishi) quyidagi 1-rasmda ko‗rsatilgan.

Tabiiy resurslar

Tugaydigan resurslar Tugamaydigan resurslar




Tiklanadigan resurslar


O‗simlik va hayvonot turlari, daraxtlar, tuproq

Sifat
Tiklanmaydigan resurslar


Yer osti boyliklari, ma‘danli va ma‘dansiz qazilmalar

Atmosfera havosi va suv
Suv, iqlim va kosmik resurslar

Quyosh, shamol, suv va to‗lqinlar energiyasi



Miqdor

Foydali qazilmalar guruhiga ma‘danli va ma‘dansiz metallar, neft, gaz, ko‗mir, torf va yer osti suvlari kiradi. Ular insoniyat uchun yoqilg‗i va energiya manbalari hisoblanadi. Ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda. Agar so‗nggi 25 yil mobaynida dunyoda ko‗mirga bo‗lgan talab 2 marotaba, kaliy, marganets va fosfor tuzlariga 2-3 marotaba, temirga 3 marotaba, neft va gazga 6 marotaba oshgan bo‗lsa, shu davr mobaynida aholining o‗sishi 40% ni tashkil etdi.
Respublikamizda 33 ta nodir metallar va 32 ta rangli metallar konlarining xomashyolari hisobiga 16 ta tog‗-metallurgiya korxonalari faoliyat ko‗rsatmoqda. Mamlakatimiz miqyosida 27 ta oltin va kumush konlari mavjud bo‗lib, shundan 16 ta oltin va 3 ta kumush konlari aniqlangan. Hozirgi paytda Muruntov, Marjonbuloq va Qalmoqqir kabi 7 ta oltin konlari ishlatilib kelinmoqda. Faqat Muruntov oltin konidan yiliga 50-55 tonna sof oltin olinadi. Nodir metallarning aniqlangan zaxiralari ishlab turgan korxonalarning 20-30 yil ishlashini ta‘minlanishi mumkin.
Olmaliq tog‗-metallurgiya kombinatining asosiy xomashyo bazasini Qalmoqqir, Saricheku, Uchquloch, Qo‗rg‗onshikon va boshqa mis-molibden va qo`rg`oshin-rux konlari tashkil etadi. Ushbu konlarning ma‘danlari tarkibida misdan tashqari oltin, kumush, molibden, selen va boshqa nodir elementlar mavjudligi aniqlangan.
Hozirgi paytda 5 ta aniqlangan volfram konlaridan 2 tasi (Qo`ytosh va Ingichka konlari) ishlatilmoqda. 2 ta volfram konlari (Saritau va Sautboy konlari) va 2 ta qalay koni (Qarnob va Zirabuloq-Ziyoutdin konlari) ochildi.
Prognozlarga qaraganda, respublikamizda fosforitlarning zaxirasi (asosan fosfor angidrid) 100 mln. tonna deb baholanmoqda. Fosforli o`g`itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar Qozog‗istonning Qoratau ma‘dan konlaridan keltirayotgan xomashyolar hisobiga ishlamoqda.
Respublikamizdagi tog` jinslarining kompleksi va yaratilgan mineral xomashyolari qurilish materiallari (marmar, granit, sement va boshqalar) ni ishlab chiqarish imkonini beradi.
Respublikada mineral issiq suv va sanoat suvlarining zaxiralari mavjud. Hozirgi paytda 32 ta mineral suv zaxiralari aniqlangan bo‗lib, ularning 12 tasida dam olish maskanlari tashkil etilgan. Iste‘mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida 9 ta suv qadoqlash zavodlari ishga tushirildi. Mineral suv zaxiralari 8208 ming m3/sutkani tashkil etmoqda. Yuqori haroratli issiq suv maskanlari Farg`ona vodiysida, Buxoro, Samarqand va boshqa viloyatlarda topilgan. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash va barqaror boshqarish mexanizmlari. Iqtisodiy islohatlar davrida, tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash tushunchasi. Iqtisodiy baholashning ko’rsatkichlari. Iqtisodiy baholashning tarmoq va xududiy yo’nalishlari. Iqtisodiy baholashning xarajat va renta yondashuvlari, ularning mazmuni va mohiyati. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqrozi sharoitida tabiiy resurslarni barqaror boshqarish mexanizmini takomillashtirish muammolari. Tabiiy zahiralaridan foydalanishda bozor bahosi, renta, tabaqalashgan renta, sarflash, muqobil qiymat, umumiqtisodiy baholash, tabiatdan foydalanishda ekologik-iqtisodiy xududiy birliklar, majmuali ekologik-iqtisodiy dasturlar, ekologik fondlar, foydalanish tamoyillari kabi iqtisodiy mexanizm elementlari va tamoyillarini qo’llay bilish. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholashning, ilmiy-amaliy ahamiyati. Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishga sarflanayotgan mablag’larni samaradorligini oshirish.


II Bob Tabiat-jamiyat o’rtasidagi ekologik-iqtisodiy aloqalar va munosabatlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar hamda tarmoqlararo iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish muammolari.

Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta’sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo`ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy ekologik munosabatlar deb ataymiz.


Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy ekologik munosabatlarning shakli, mazmuni jihatdan turli tuman bo`lib, ushbu munosabatlarni tartibga solishda kеng qamrovli chora-tadbirlari amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy ekologik munosabatlarning yo`nalishlarni ilmiy jihatdan asoslangan holda oqilona aniqlash o`z navbatida, ushbu munosabatlarni tartibga solish huquqiy mеxanizmni ixchamlashtiradi va amalga oshirishga yordam beradi.
Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta qo`yidagi asosiy yo`nalishlarda paydo bo`ladi:
1. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar; 2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
3. Aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish - jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologic xilma-xilligini ta’minlash bilan bog`liq qoida-talab, chora-tadbirlarning yig`indisi hisoblanadi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish-jamiyatning ehtiyojlarini qondirijsh maqsadida yer, yer osti boyliklari, suv resurslari, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosidan foydalanishga qaratilgan ilmiy jihatdan davlat dastur va rejalari, qonunchilik hujjatlari qoida-talablari yig`indisidan iboratdir.
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq umummajburiy qonunchilik hujjatlari qoida-talablari foydalanish ahamiyatidagi, ijtimoiy ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Aholining ekologik havfsizligini ta’minlash - antropogen ta’sirlar natijasida paydo bo`ladigan ekologik vaziyati va ofati mintaqalarida barqaror tabiiy muhitni saqlash, aholining hayoti va sog`lig`iga ta’sir ko`rsatuvchi ekologik havfli va zararli ta’sirlarni oldini olish bilan bog`liq keng qamrovli chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Ekologik havfsizlik o`n yillar davomida respublikamiz hududida tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va tabiatni muhofaza qilish qoida talablariga amal qilmaslik sharoitida xalq xo`jaligi sohalarida olib borilgan ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keidi.
Ekologik havfsizlik- tabiat-jamiyat tizimining barqaror holati bo`lib, bunda atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslar holati, jamiyat hayoti vainson sog`lig`ga havfli ta’sirlarni oldini olishni ko`zda tutadi.
Ekologik havfsizlikni ta`minlash bilan bog`liq huquqiy munosabatlar tizimi- ftrof tabiiy barqarorligi, aholining sog`lig`iga havfli ta’sir etuvchi omilarni kamaytirish, oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy sohadagi quyidagi choratadbirlarni o`z ichiga oladi;
-ekologik havfki hudud, ekologiya ofati mintaqalarini aniqkash;
-ekologik ekspertezani joriy etish;
-ekologik havfli va zararli ishlab chiqarish ob`ektlarini pasportlashtirish;
-havfli va zararli ishlab chiqarish turlari faoliyatiga ruxsatnomalar berish;
-tabiiy ofat, sel, toshqin va texnogen avariyalarni aniqlash, oldini olish;
-aholining ekologik-huquqiy madaniyatini oshirish;
-aholining sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar. Usbu tavsiflangan ekologik huquqiy munosabatlar davlat ekologik siyosatining asosiy yunalishlarini tashkil etadi.



Download 435.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling