Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot kafedrasi «mikroiqtisodiyotni»


Download 302.33 Kb.
bet2/3
Sana09.12.2020
Hajmi302.33 Kb.
#162687
1   2   3
Bog'liq
Kurs Ishi Ro`ziyev Rahmiddin


1.1-chizma. Talab egri chizig’i

Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni tasviriy aks ettiradi.

Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo’lgan tovar miqdorini ko’rsatadi.


Talab egri chizig`ining shakli.

Talab egri chizig`i – nuqtalari xaridor ma’lum vaqt davomida tovarlarning turlichamiqdorini qaysi narxlarda sotib olishlari mumkinligini ko`rsatuvchi qiyshiq chiziqdir.

Nimaga talabning egri chizig`i pastga chapdan o`ngga qarab yo`naltirilgan? Nima uchun odamlar tovarlarni uning narxi tushganida ko`proq oladilar va nega bahosi oshganida kamroq xarid qiladilar ? Talab egri chizig`i nega bunday shaklga ega ekanligini bir necha izohi bor. Biz narxning o`zgarishining ikkita natijasi bilan bog`liq bo`lgan oddiy izohni ko`rib chiqamiz.

Agar ushbu tovarning narxi tushayotgan bo`lsa, iste’molchilarning daromadlari va boshqa tovarlarning baholari esa o`zgarmay qolayotgan bo`lsa, unda iste’molchilarning turmush darajasi ko`tariladi.: demak, endi ushbu tovarni boshqa tovarlar hisobiga emas, aynan uning narxi pasaygani sababli ko`proq sotib olish mumkin.

1.1-chizmadan ko’rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so’mdan 20 ming so’mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so’mdan 30 ming so’mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o’sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o’sishi sekinlamoqda: 30 ming so’mdan 40 ming so’mgacha - 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so’mdan 50 ming so’mgacha - 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o’sishi butunlay to’xtagan (daromadning 60 ming so’m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda).

(1.2-chizma)





1.2 – chizma.
Engel egri chizig’i iste’molchilar pul daromadlari o’zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to’g’risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o’z tovarlarining mumkin bo’lgan sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz qaysidir buyumni sotib olayotganimizda ularning qaysi birini tanlashimizga to`g`ri keladi, chunki ko`pchilik tovarlarning ularga yaqin bo`lgan, ularning o`rnini bosa oladigan o`zaro raqobatlashadigan tovarlar bor. shuning uchun, tovarning narxi pasayganida, uning o`rnini bosuvchi tovarlar narxlari bilan solishtirganda, ancha jozibador. Mazkur tovarga talab hajmi iste’molchilar bu tovarlarning o`rnini bosuvchilarning narxlari nisbatan qimmat bo`lib qolgani uchun o`rin bosuvchi tovarlarni olmay qo`yganliklari sababli oshib ketadi.

O’zaro bog’liq tovarlar narxi o’zgarishining talabga ta’sirini o’rganishda ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi:


  1. o’zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o’rinbosar tovarlar;

  2. o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar.

O’zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi to’g’ri bog’liqlikda bo’ladi.

Masalan, sariyog’ narxining oshishi margaringa bo’lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog’ narxining pasayishi esa margaringa bo’lgan talabni kamaytiradi.



O’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi teskari bog’liklikda bo’ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo’lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo’lgan talab oshadi.

2. Talab hajmi va uni belgilovchi omillar. Taklif.

Talab hajmi – alohida kishilarni, kishilar guruhi yoki butun aholini ma’lum sharoitlarda, vaqt birligi ichida (kun oy yil) ma’lum miqdordagi tovarni xarid qilish uchun bo`lgan ehtiyojidir.

Tovarni xarid qilish mumkin bo`lgan sharoitlarga quyidagilar kiradi: a) shu tovarning narxi; b) boshqa tovarlarning narxi; d) aholi pul daromadlari miqdori ; e) xaridorlarning didi, xarakteri.



Talab hajmining belgilovchi omillariga bog`liqligini «talab funkiyasi» deyiladi.

Formulasi : QDA= R (PA,PB……PZ, I,T….)

Bu yerda :


  • R – har xil turdagi tovarlar bahosi ;

  • QDA – A turdagi tovarga vaqt birligi ichidagi talab hajmi;

  • PAA tovarning narxi ;

  • PB,…PZ – boshqa tovarlarning narxi

  • I – pul daromadlari ;

  • T – xaridorlarning didi ;

  • … - talab hajmini belgilovchi boshqa omillar .

Agarda talab hajmini belgilovchi barcha omillarni(shu tovarning narxidan tashqari ) o`zgarmas deb qabul qilinsa, unda talab funksiyasidan talabni bahoga bog`liqlik funksiyasiga o`tish mumkin : QDA=f1*(RA) .

Talabni bahoga bog`liqligi dunksiyasiga quyidagi misolni keltirish mumkin.



PA ( qiymat birligi hisobida)

QDA(talab miqdori, birlik hisobida)

-

100


150

-

500



-

1000


700

-

300



Bu jadvalda ko`rinib turibdiki, tovarning (masalan, shakar) narxi 100 so`m bo`lganda 1000kg sotildi, uning narxi 500 so`mga chiqib ketganda esa bor – yog`i 300 kg sotildi. Talab hajmini Tovar narxiga qarab o`zgarishini quyidagi talab chizig`I ham ko`rsatadi:



Download 302.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling