Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kimyo fanidan mustaqil ish mavzu: kimyo fanining rivojlanishiga xissa qo`shgan o`zbek olimlari


Kimyo fanining maqsad va vazifalari


Download 148.62 Kb.
bet3/3
Sana29.10.2023
Hajmi148.62 Kb.
#1732839
1   2   3
Bog'liq
KIMYO FANINING RIVOJLANISHIGA XISSA QO`SHGAN O`ZBEK OLIMLARI

3. Kimyo fanining maqsad va vazifalari
Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. U dunyoni tashkil etgan elementlarni hamda shu elementlardan hosil bo’lgan turli - tuman moddalarni, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o’zgarishlarini, shuningdek, bu o’zgarishlarda sodir bo’ladigan xossalarni o’rganadi.
Kimyoviy o’zgarishlarda (reaktsiyalarda) dastlabki moddalarda, ya‘ni xomashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo’lgan mahsulotlar olinadi.
Kimyoviy o’zgarishlarda, albatta, dastlabki moddalarning tarkibi o’zgaradi, fizik o’zgarishlarda esa bu hol kuzatilmaydi.
Kimyoviy jarayonlarning borishi reaktsiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bog’liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaktsiyaga kirishish qobiliyati orasidagi bog’lanishni o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Odamlar bundan bir necha ming yil ilgari rudalardan metallar ajratib olishda, metall qotishmalar tayyorlashda, shisha pishirish va shunga o’xshash jarayonlarni amalga oshirishda kimyoviy hodisalardan keng foydalanib kelganlar. Bundan ming yil elgari yashab o’tgan o’zimizning mashhur allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar o’z ishlarida fizikaviy xossalardan foydalanib minerallarni o’rganganlar va dori-darmonlar tayyorlaganlar. Bunda ular quritish, kukunlash, eritish, filtrlash, tindirish, qayta kristallash, bug’latish kabi jarayonlarni qo’llaganlar.
Modda toza holda olingandagina uning xossalarini ancha aniq bilish mumkin, chunki tekshiriladigan moddaga juda oz miqdorda qo’shimchalar aralashgan bo’lsa ham modda konstantalarining son qiymatlari o’zgaradi. Ammo modda tabiatda toza holda kamdan-kam uchraydi. Ko’pincha, tabiiy moddalar turli moddalardan iborat aralashmalar holida bo’ladi. Masalan, tabiiy suvda ma‘lum miqdorda mineral tuzlar bo’ladi.

XULOSA
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy ishlab chiqarish xalqxo’jaligida g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. U tabiatda bo’lmaydigan mahsulotlarni sintez qilishga, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari ko’rish va xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon berdi. Tabiatdan faqat xomashyo, ruda, toshko’mir, neft va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xomashyoni kimyoviy yo’l bilan qayta ishlab xalq xo’jaligi uchun zarur mineral o’g’itlar, pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo’yoqlar, dorivor moddalar va boshqalar tayyorlanadi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, sintetik tola, sun‘iy yoqilg’i, dori-darmonlar va boshqa juda ko’p moddalar ishlab chiqaradi.
Ko’plab miqdorlarda asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi.
Kimyoning imkoniyatlari bitmas - tuganmasdir. Faqat neftning o’zidan 20 mingdan ortiq, toshko’mirdan esa bundan ham ortiq organikaviy moddalar olish mumkin. Masalan, yaqinda ishga tushgan o’lkan «SHo’rtan gaz kimyo majmuasi» nomli kimyo zavodi tabiiy gaz asosida o’nlab qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish ishiga kirishdi.
Kimyo fani tabiiy mahsulotlarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning qo’shimcha mahsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug’ullanishi lozim. Ammo sobiq Shuro xukumati davrida mamlakatimizning ko’pgina tabiiy boyliklari hisobsiz ishlatilgan va tashib ketilgan.


Download 148.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling