62
6.1- rasm. Sementlash uskuna uchi.
1-korpus; 2-ostki
ajratuvchi tiqin; 3-yonlama o‘tkazish tarmog‘i; 4-salnikli
to‘xtatgich; 5-yuqorigi ajratuvchi tiqin; 6-korpus qopqog‘i; 7-krestovina; 8 -
bog‘lovchi.
Vazifasi: Quduqlarni sementlash vaqtida sement haydayotgan agregatdagi
sement qorishmalarini bir nuqta orqali quduqqa o‘tkazish
va sementlash tiqinini bir
vaqtni o‘zida ushlab turish, hamda quduqni germetik bosim
ostida saqlash vazifasini
bajaradi. Bundan tashqari quduqni yuvish va sementlash ishlarini amalga oshiradi.
Sementlash tiqinining vazifasi.
Burg‘ilash eritmasini va haydovchi suyuqlikni, himoya
quvurlarini sementlash
vaqtida sementli eritmadan ajratib turish vazifasini bajaradi.
Quduqlarni sementlashda ishlatiladigan uskunalar qo‘yidagilardir:
63
-sementlash agregatlari.
-sement aralashtirgich mashinalar.
-sementlash uskuna uchi.
-sementlash tiqini va boshqa jihozlar (yuqori bosimga chidamli kranlar,
eritmani
taqsimlovchi moslama, egiluvchan metall shlanglar va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: