84
3. Agarda mahsuldor qatlamning usti qismida nomustahkam yotqiziqlar
mavjud bo‘lganda, quduqni ochiq turdagi quduq tubi
konstruksiyasi yordamida
ishlatish uchun PMP turidagi VNIIBG konstruksiyasining quvur orqasi pakerlaridan
ikkitasi o‘rnatiladi (8.3-rasm, v.).
4. Ochiq turdagi quduq tubi konstruksiyada ishlatish
tizmasi PMD turidagi
pakerning VNIIBG konstruksiyasidan foydalanib sementlanadi. U teshilgan filtrdan
8-10 metr yuqoriga o‘rnatiladi. Qatlamning
mahsuldor qismiga tamponaj
aralashmalarining kirib kelishini oldini oladi.
5. Ochiq mahsuldor ob’ektlar APQB sharoitida bir jinsli yuqori o‘tkazuvchan
massivli uyumlarning tarmoqlangan tik parchalari va uzun yoriqlari burg‘ilash
eritmasining jadal yutilish zonasining chuqurligigacha to‘liq sementlanadi.
6. Quduq tubining ochiq konstruksiyasining texnologiyasi quyidagi
operatsiyalarni
qiyinchiliksiz
amalga
oshirishni
ta’minlashi kerak:
ishlatish
jamlanmasi va ichidan o‘tuvchi tizmani o‘rnatilgan moslamalar orqali tushirishni;
quduq tubi zonasida
tizmani mustahkamlashni; qatlamni sifatli ochish va zamonaviy
o‘zlashtirish usullarini qo‘llashni; oqimning jadallashtirishda
quduq tubining
zonasiga sun’iy ta’sir etishni qo‘llashda; ta’mirlash bekitish ishlarini o‘tkazishda.
Do'stlaringiz bilan baham: