91
9-ma’ruza. Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash va mahsuldor
qatlamni ikkilamchi ochish
Ma’ruza rejasi:
9.1. Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash.
9.2. Mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochish
9.3. Mahsuldor qatlamni ikkilamchi ochish va uning samaradorligini
oshirish
9.4. Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish.
9.5. Otuvchi perfaratorlarning guruhlari va ularning kamchilliklari.
Tayanch so‘zlar:
Qatlamni ikkilamchi ochish, mahsuldor qatlamni perforasiya qilish, o‘qli
perforator, o‘qsiz perforator, torpedalash, suyuqlik qum oqimli teshish.
9.1. Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash.
Burg‘ilash
ishlari nihoyasiga etkazilgach, qatlamdan suyuqlik oqimini olish
va o‘zlashtirish uchun quduqlarda tayyorlov ishlari olib boriladi. Buning uchun
ekspluatatsion tizmaning yuqorigi qismiga favvora armaturasi o‘rnatiladi. Quduq
yuzasi atrofi yaqinida favvora armaturasiga tutashtirish uchun suyuqliklar yig‘ish va
saqlash
idishlari, separatorlar, mashtola qurilmalari, o‘lchov idishlari,
suyuqlik
debitini va gazsimon fazalarni, bosim va haroratni o‘lchash uchun asboblar quduqdan
chiqadigan suyuqlikdan namuna oluvchi asboblar joylashtiriladi. Quduqni yuvish va
suyuqlik oqimini olish maqsadida, vaqtinchalik quduq bilan bog‘lanish uchun
kompressorlar hamda nasos agregatlari joylashtiriladi.
Favvora armaturasini ikki qismga bo‘lish mumkin:
Quvur uchi va favvora
archasi. Quvur uchi NKK (NKT) ni osilgan holda ushlab turish uchun hizmat qiladi.
Favvora archasi quduqdan olinadigan suyuqlikni yer yuzasiga joylashgan idishlar
tarmog‘iga tutashtirish va quduq yuzasini germetik saqlash uchun hizmat qiladi.
Quvur uchi bilan favvora archasi orasida markazi yuqori bosimli zulfin joylashgan.
Quvur uchi favvora archasi yonlama tarmoqlarga ega bo‘lib, ularni har biri ikkitadan
92
yuqori bosimli zulfinlar, magnometrlar bilan jihozlangan bo‘lsa
archaning yonlama
tarmoqlari esa – termometrlar va shtutserlar bilan jihozlangan. Quvur uchining
yonlama tarmoqlariga zaruriyat tug‘ilgan jarayonlarda (masalan, quduqdan suyuqlik
oqimini olish, quduqni berkitish (glusheniya) uchun) kompressorlar va nasos
agregatlari ulanadi.
Favvora armaturasining ishchi bosimi quduq yuzasida sodir bo‘ladigan eng
yuqori bosimdan kichik bo‘lmasligi kerak. Quduqqa
favvora armaturasini
o‘rnatishdan oldin pasportga ko‘rsatilgan bosim bilan sinab ko‘riladi. Quduq
yuzasiga favvora armaturasi o‘rnatib bo‘lingandan keyin, sinash orqali quvur uchi va
favvora archasi germetikligi tekshiriladi. Quduqdan chiqadigan chiqish quvurlari
tomonidan hamda quduqdan 10 metr uzoqlikda armaturaning
markaziy zulfinii
boshqarish shturvali joylashadi va ayvonli to‘siq bilan atrofi uraladi.
Quduqda sinash ishlari boshlanishidan oldin, barcha ishlarni loydan tozalash
yuvish, qatlamni ikkilamchi ochish va undan suyuqlik oqimini olish uchun zarur
bo‘ladigan hamda neft’ gaz hosil bo‘lishini oldini olish
yoki bosish uchun zarur
zichlikka ega bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi (zaruriyat tug‘ilishi mumkin
hollarda). Bu suyuqlikni hajmi ekspluatatsion tizmaning to‘liq hajmidan kamida ikki
hissa ortiq bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: