1.2. Quvurli pechning prinsipial sxemasi
1.1-rasmda ko'rsatilgan quvurli pechda isitilishi lozim bo’lgan xomashyo ketma-ket pechning konveksiya va radiant kameralaridagi quvurlardan o ‘tadi. Yonish mahsulotlarining radiant kamerasidan chiqishidagi harorati ancha yuqori (500-900°C) bo’ladi. Bundayn gazlarning issiqligidan xomashyoni konveksion quvurlarda birlamchi tozalash, qizdirilgan suv bug’ini olish hamda yonilg’ining yonishi uchun beriladigan havoni qizdirishda foydalanish mumkin.
1.1-rasm. Quvurli pechning ishlash sxemasi:
1-forsunka; 2-karkas va o ‘tga chidamli g’isht qatlami; 3-raditsiya kamerasi; 4-radiant quvurlari; 5-konveksiya quvurlari; 6-bug‘ni o ‘ta qizitgich: 7-konveksiya kamerasi; 8-gazyo’li; 9-devor; 10-alanga. Oqimlar: I-xomashyoning kirishi; II-xomashyoning chiqishi; III— uvning kirishi; IV-suv bug’ining chiqishi; V-yonilg’i; VI-havo va suv bug'i.
Quvurli pechlar bir qator afzalliklarga ega. Konstruksiyasi ixcham, issiqlik quvvati katta, yonish mahsulotining uskunada ushlab qolinishi juda kam bo’lganligi sababli yong’in xavfliligi ham past darajada, ishlatish qulayligi oqibatida bunday pechlar neft-gazni qayta ishlash va neft kimyosi sanoati korxonalarida keng ishlatilmoqda. Quvurli pechlarning konstruksiyasiga ba’zi bir kichik o ‘zgarishlarni kiritish orqali turli texnologik jarayonlarning talablarini qoniqtirish mumkin.
1.3. Pechni foydali issiqlik quvvatini hisoblash
Xomashyoga beriladigan issiqlik (QL, kDj/kg), qachonki isitish endotermik kimyoviy reaksiyasi boshlanishi bilan birgalikda rо‘y bersa, umumiy holda quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi.
QL= L[(h0-h b )+qr], 1.1
bu yerda: L - xomashyo sarfi, kg/soat ; hb va h0 – xomashyoning boshlang‘ich va oxirgi solishtirma entalpiyalari, kJ/kg; qr - 1kg xomashyoga tо‘g‘ri kelgan reaksiya issiqligi, kJ/kg;
Agar, pechda birdaniga birnecha turli xomashyo qizdirilsa, u holda pechni umumiy foydali quvvati quyidagicha aniqlanadi;
Qtо‘la = QLi 1.2
Ba’zida pechning konveksion seksiyalariga suv bug‘ini qizdirish uchun, yordamchi zmeyevik о‘rnatiladi. Bu holat uchun, pechni foydali quvvatini hisoblashda quyidagi formula ishlatiladi;
Qz=Z(i0-ib) 1.3
Bu yerda: Z - suv bug‘i sarfi, kg/soat; i0 va ib – suv bug‘ining solishtirma entalpiyasi, kJ/kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |