Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi


-rasm. Namunalarni qo‘lda ajratishda yuzaga keladlgan don uyumlari


Download 0.98 Mb.
bet6/30
Sana31.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1313359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
2-rasm. Namunalarni qo‘lda ajratishda yuzaga keladlgan don uyumlari.


3-rasm.Uchburchak usulida namuna ajratish.


O‘rtacha kunlik namuna tuzish va o‘rtacha namuna ajratish.

Xo‘jaliklardan don to‘plamlarini qabul qilishda, ularning sifatini baholashda o‘rtacha bir kunlik namunalardan foydalanishga ruxsat etiladi. O‘rtacha kunlik namuna faqat u yoki bu xo‘jalikdan bir kecha-kunduzda keladigan don to‘plamlaridan tuziladi.


Bir xil namlik, shikastlangan va organoleptik ko‘rsatkichlarga ega don to‘plamlari bir turli hisoblanadi. Namlik va shikastlanishlar laboratoriya tahlili yordamida aniqlanadi. Donning qanday navga mansubligi nav hujjatlari asosida belgilanadi.

O‘rtacha kunlik namuna har bir avtomashinadan bo‘lgich yoki o‘lchagich (200 sm3hajmli) yordamida ajratish yo‘li bilan namuna qismini keltirilgan don og‘irligiga nisbatan proporsional ravishda tuziladi. Demak, 1,5 tonnagacha bo‘lgan don to‘plamdan 1 o‘lcham 1,5-3 tonnalik to‘plamdan -2 o‘lcham, ya’ni har 1,5 tonna don to‘plamidan qo‘shimcha 1 o‘lcham olinadi. O‘rtacha kunlik namunadan don sifatini aniqlash uchun o‘rtacha namuna ajratiladi.


Xo‘jaliklardan keltirilgan birinchi to‘plamdan olingan namunada donning asl ko‘rinishi yoki og‘irligi aniqlanadi, bu ko‘rsatkich tahlil varog‘iga yozilib, namuna saqlanadigan idishga solib qo‘yiladi. Avtomashinalardagi don kun davomida uncha ko‘p bo‘lmasa, don to‘plamining og‘irligiga nisbatan o‘rtacha kunlik namuna donning asl ko‘rinishini aniqlash uchun etarli emas, chunki donning birinchi to‘plamidan olingan o‘rtacha kunlik namunaga, asosan tahlil qilinib, asl og‘irligi aniqlanadi.
Bo‘lgichlarda namunalar ajratish. Tahlil uchun o‘rtacha namunalardan namunachalarni ajratish, shuningdek, o‘rtacha namunani aralashtirish bo‘lgichlarda va qo‘lda bajariladi.
Gusev bo‘lgichi (5-rasm) namunalar ajratish uchun foydalaniladi. Unda ishlash tartibini keltiramiz. Apparatning yuqori qismining ichida voronka, yopuvchi mexanizm bilan jihozlangan chiqaruvchi darcha bor. Bo‘lgichning quyi qismiga konus mahkamlangan bo‘lib, uning cho‘qqisi voronka teshigi markazida joylashgan. Konus asosida 20 ta teshik yacheykalar bo‘lib, ular bir-biridan alohida joylashgan. 10 ta teshikdan don bir cho‘michga, boshqa 10 ta teshikdan esa ikkinchi cho‘michga yo‘naltiriladi.
Bo‘lgichning quyi cho‘michida don tushishi uchun mo‘ljallangan voronka joylashgan. Don to‘plash uchun cho‘michlar ustma-ust o‘rnatilgan bo‘ladi, shuning uchun yuqoridagi cho‘michning o‘rtasida teshikli quvurcha bo‘lib, u orqali don quyi cho‘michga tushadi.



5-rasm. Gusev bo‘lgichi:


1-umumiy ko‘rinish;
2-kesma holda ko‘rinishi;
3-bo‘lish qismi.

Bo‘lgichni qulay ishlatish uchun unchalik baland bo‘lmagan xontaxta yoki kursiga o‘rnatiladi. Ishlatishdan oldin chang, donlardan tozalanib, kursi tekis er sathiga o‘rnatiladi.


Namunalarni aralashtirish va ularni bo‘lgichda ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: don bo‘lgich varonkasiga balandlikdan to‘kilib, xokandoz yoki belkurakcha bilan tekislanadi, so‘ng jo‘mrak ochilgach, don konus orqali yacheykalardan o‘tib cho‘michga tushadi. Bo‘lgichda don 3 marta qayta o‘tkazilganidan keyin tahlil uchun namuna olinadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling