Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.98 Mb.
bet5/30
Sana31.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1313359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Dastlabki namuna tayyorlash. Olingan namuna qismlari brezent yoki qop matosini ko‘zdan kechirish va bir-biriga taqqoslash uchun joylanadi. Agar barcha namuna qismlaridagi donlarni organoleptik ko‘rsatkichlari bir turli bo‘lsa, ularni toza va zararkunandalar bilan ta’sirlanmagan idishlarga to‘kiladi. Don to‘plamlaridan olinadigan barcha namuna qismlarining yig‘indisi yoky jami dastlabki namunani tashkil etadi. Dastlabki namunali idishga yorliq yopishtirilib, unda ekin turining nomi, navi, avlodi, hosil olingan yili; don tegishli tashkilotning nomi, vagon, avtomashina yoki omborning nomeri; to‘plamning kilogrammdagi og‘irligi; namuna olgan kishining imzosi qo‘yiladi.
Namuna qismlaridan tuzilgan dastlabki namuna og‘irligi yirik don to‘plamlaridan ko‘p olingan bo‘lsa, uning alohida qismlari turli xil bo‘lishi mumkin. SHunga ko‘ra dastlabki namunadan o‘rtacha namuna ajratiladi.
O‘rtacha namuna ajratish. O‘rtacha namuna deb, don sifatini aniqlash uchun ajratilgan dastlabki nusxa qismiga aytiladi. Agar dastlabki namuna 2 kg og‘irlikda bo‘lsa, o‘rtacha namuna hisoblanadi. Dastlabki namunaning og‘irligi 2 kg dan oshsa, unda o‘rtacha namuna ajratiladi.
O‘rtacha namuna ajratishni bo‘lish apparatlari yoki qo‘lda amalga oshiriladi. Aralashtirish jarayoni quyidagi tarzda o‘tkaziladi: yupqa yog‘och taxtachani o‘ng va chap qo‘lda ushlab, ular bilan donni ikki qarama-qarshi tomonga engil ko‘tariladi va to‘rtburchak o‘rtasiga to‘kib keyin aralash-tiriladi. Bu ish bir necha marotaba amalga oshirilib, natijada silindr shaklidagi uyumcha paydo bo‘ladi (2-rasm). So‘ng donni yupqa yogoch taxtachalar bilan uyumchaning ikki tomondan egallab, bir vaqtning o‘zida ular o‘rtaga to‘planadi. Shunda birinchi uyumchaga nisbatan perpendikulyar joylashgan ikkinchi uyumcha yuzaga keladi. Bunday aralashtirish 3 marotaba o‘tkaziladi.
Aralashtirilgandan keyin dastlabki namuna ikkinchi marta to‘rtburchak shaklida taqsimlanadi va yupqa taxtacha yoki chizg‘ich bilan diagonal bo‘yicha 4 ta uchburchakka bo‘linadi. (3-rasm). So‘ngra ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi donlar yig‘ishtiriladi, qolgan ikki uchburchakdagi donlar esa bir-biriga aralashtirildi va yuqorida qayd etilganidek, o‘sha usulda aralashtirilib, yana 4 ta uchburchakka bo‘linadi. Ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi don yig‘ishtirib olinadi, qolganlari yana aralashtiriladi. Bu ish ikki uchburchakdagi don og‘irligi taxminan 2 kg. ga etguncha davom etadi. SHunda o‘rtacha namuna yuzaga keladi.
Keyin o‘rtacha namuna laboratoriyada ko‘zdan kechirilgan holda tortiladi, rasmiylashtiriladi va tartibli nomer qo‘yiladi. Keyinchalik bu nomer ushbu namunaga tegishli barcha hujjatlarga qo‘yilib boriladi. 4-rasmda tahlil uchun o‘rtacha namuna va qismlarini ajratishni tuzish chizmasi keltirilgan.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling