Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi
Download 0.98 Mb.
|
Donning kasalliklari. Korakuya, korakosov, fuzarioz va utrisa donda keng tarqalgan kasalliklardir.
Qorakuya (golovnya) boshoqli g’alla o‘simliklarining zamburugli kasalligi bo‘lib xisoblanadi. U (ko‘pincha) bug’doy, javdar, arpa, tariq, suli va makkajo‘xori donlarini zararlaydi. Bug’doy donini aksariyat hollarda bazidial zamburug’lar oilasiga mansub bo‘lgan: a) changli qorakuya va b) xo’l, qattiq yoki sassiq qorakuya zararlaydi. Changli qorakuyaning sporalari rivojlanaëtgan donning ichiga kirib olib, u bilan birga o‘sadi va zamburug xosil qilib, kelgusi yilgacha saqlanadi. Tarkibida changli qorakuyaning zamburuglarini saqlagan donni tashqi ko‘rinishi bo’yicha sog’lom dondan ajratish kiyin. Ba'zan bunday don xira tusni namoyon qilib burishgan yuzaga ega bo‘ladi. Don tarkibidagi qorakuyaning zamburuglarini faqat bunday donning kesigini mikroskop ostida kuzatibgina aniqlash mumkin. Ho’l qorakuyaning poralari bilan zararlangan dondan faqat qobiqgina qoladi. Bu qobiqning ichi sporalar bilan lik tula bo‘lib qorakuya xaltachasi deb ataladi. Donni yigishda, tozalashda tashishda bu don xaltachalari eziladi va boshka donlar bulganadi. Xo’l qorakuya bilan zararlangan don yokimsiz hidga ega bo’ladi. Qorakosov-parazit zamburug bo’lib, javdar, bugdoy va boshqa boshoqli donlarni gullash paytida zararlaydi. Qorakosov bilan zararlanish natijasida don o’rnida 5 mm dan 20 mm gacha uzunlikka ega bo‘lgan kora-binafsha rangli gul (sklerosiy)lar hosil bo‘ladi. Kesigida ular oqish-qirmizi rangda tovlanadi. Qorakosov gullari tarkibida ergotamin, ergozin, ergokriptin va boshqa zaharli moddalalarni ushlaydi. Standart buyicha tayyorlanadigan bugdoy va javdar unlarining tarkibida qorakosovning mikdori 0,5% da yem-xashakka mo‘ljallangan va omuxta yem tayyorlash maksadida foylaniladigan don tarkibidagi (qorakosov va qorakuyaning birgalikdagi) miqdori esa 0,1% dan oshmasligi kerak. Fuzarioz sumkali zamburug, o‘simlikni holdan toydiradi va donga zaharli xususiyat berib zararlaydi. Boshoqli, dukkakli va zig’ir donlarini zararlaydi. Donni varioz bilan zararlanish darajasi ikki xil buladi. Birinchisi, buning tashki belgilari bo‘yicha aniqlanish mumkin bo‘lgan ochiq, chuqur zararlanishi. Ikkinchisi esa yashirin, zaif zararlanish: bu holat faqat don undirilganda namoyon bo‘ladi. Fuzarioz bilan ochiq zararlangan bug’doy va javdar urug’lari burishganlik, yengil donlik belgilarini namoyon qilib, qobig’i hira kulrang tusga kiradi. Ko‘pincha donlarning ariqchasida zamburuglarning qirmizi sariq-zarg‘aldoq va to’q qizil ko‘rinishdagi konidiyasi hamda miseliyalari to’planadi. Bu kasallik bilan zararlangan donlar tashqi ko‘rinishi bo’yicha to‘la-to‘kis, ammo yengil vaznli, shu bilan birga xira kulrang qobiqli va ko’pincha murtagining ustida qirmizi rangli dog’lari buladi. Fuzarioz bilan ochiq zararlangan donlar yashab qololmaydilar.Fuzarioz bilan kuchsiz, yashirin zararlanish formasini aniqlash uchun don ko’paytirish moslamasida bir-biridan 1,5 sm masofada (uzaro zararlanmaslik maksadida) 400 ta don joylashtiriladi. Donni undirish amali 20°S harorat ostida 4 kun davomida o‘tkaziladi. Fuzarioz bilan kasallangan donlarning soni har sutkada hisobga olib boriladi. Agar donning yuzasi unib chiqayotgan oq yoki qirmizi-pushtirang fuzarioz zamburuglari bilan koplansa, bunday don ushbu kasallik bilan zararlangan deb sanaladi. Ba'zan zamburuglar don kobini ostiga yashirinib olib, unga qirmizi rang beradi. Birok bu narsani aynan fuzarioz kasalligining alomati deb ta'kidlab bulmaydi. Chunki kirmizi rang bakteriyalarga xos xolat ham bo‘lishi mumkin. Navbatdagi kuzatuv natijasida zararlangan donlar chiqarib tashlanadi. Ugrisa - hayvonlardan kelib chiqqan parazit. Uzunligi 0,5 va yo‘ronligi 0,05 mm ga tugri keladigan kurt. Qurt gul tugunining ichiga kirib, tuxum kuyadi. Ulardan kurtlarning yangi avlodi rivojlanadi. Zararlangan gullardan don urnida qurtlar bilan lik to‘lgan o‘simtalar hosil bo‘ladi. Ular tashki kurinishi bilan dondan keskin fark kiladi. Zararlangan boshchalar noto’g’ri shaklga, notekis g’adir-budir yuzasiga ega bo‘lib, ariqchasi bo’lmaydi. Bu o‘simtalar o‘lchamlari bo’yicha dondan qisqa va yo‘g’onroqdir. Rangi och kulrangdan qora ranggacha, dog’li bo’ladi. Mazkur o‘simtalar un tarkibini buzadi. Standartlar bo‘yicha turli ekin donlarining zararli aralashmalariga achchiqmiya, rang-barang vyazel, donnik, safara tulkidum, kukmaraz, eshakmiya, kampirchopon, bangidevona, korakuya, korakosov va utrisalar kiradi. Un zavodlarida texnologik jarayonni tashkil qilish va boshqarish koidalariga muvofik ombor yoki elevatorlardan don tozalash bo‘limiga kelayotgan dondagi zararli aralashmalarning mikdori 0,2% dan oshmasligi kerak. Un tarkibidagi korakosovning qorakuya, sudraluvchi achchiqmiya, rang-barang vyazel bilan birgalikdagi mikdori 05% dan, shu jumladan sudraluvchi achchikmiya va rang-rang vyazelning mikdori 0,04% dan oshmasligi lozim. Donning tarkibida ko‘kmaraz va kampirchoponning uchrashiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling