Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.98 Mb.
bet15/30
Sana31.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1313359
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Laboratoriya ishi №-5
Don va don mahsulotlarini zararkunandalar bilan zararlanganligini umumiy yig’indisini aniqlash.

I. Ishdan maqsad.


Don zaxiralari zararkunandalarning xar xil turlari bilan tanishish va eng xavfli, ko‘p tarqalganlarini tanishish qobiliyatlarini egallash.
II. Asbob-uskunalar.
1,5 mm li elak; lupa; mikroskop: tahlil doska; efir bug‘i; probirka, paxta (vata), etil spirti, non zaxiralari zararkunandalari (tirik xolda); zararkunandalar kolleksiyasi.
III. Asosiy tushunchalar.
Don va don mahsulotlarini saqlash ularni zararkunandalardan saqlash ularni zararkunandalardan saqlash bilan uzviy bog‘liqdir.
Don va don mahsulotlarining zararkunandalari; xashorat va turli ko‘ng‘izlar, kalamushlar va qushlar katta zarar keltiradilar. Don, un, yorma va omixta yem zararkunandalariga nafaqat oziqa, balki yashash joyi vazifasini ham o‘taydi. Don saqlash va don zaxiralari joylarida o‘rnashgan zararkunandalar nafaqat mahsulot miqdorini kamaytiradi, balki uning oziqaviy, tovar va urug‘lik ko‘rsatkichlarini pasaytiradi. Ular donlarni o‘z-o‘zidan qizish jarayonini keltirib chiqaradi. Zararkunandalar mahsulotni lichinkalari, pustlari, o‘liklari bilan ifloslantirib, turli infeksion kasalliklarni tarqatadilar.
Davlat don omborlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, g‘alla tayyorlovi yakunlanganidan bir ikki oy keyin kamida 26 xil xashoratlar donga zarar yetkaza boshlaydi. Sholi uzuntumshug‘i (tekshirilgan don partiyalarining 45% da), to‘g‘nag‘ich mo‘ylovli tillaqo‘ng‘iz (34% da), pichan xo‘rak (32% da), g‘alla parmalovchi qo‘ng‘iz (29 %), kalta mo‘ylov un xo‘rak (23% da), janub kapalagi (21% da), surinam un xo‘ragi (20% da), silliq tillaqo‘ng‘iz (10% da), baxmal zamburug‘xo‘r, g‘alla kuyasi va tegirmon kapalagi (8% da), ombor uzuntumshug‘i (6% da) eng ko‘p uchragan.
Zararkunandalarga qarshi kurashish davlat miqyosida yuqori ahamiyatga egadir. Zararkunandalarga qarshi kurashning samaradorligi mutaxassislarning don saqlash soxasidagi malakasi, ularni kerakli sharoit yaratish qobiliyati, shu soxa bo‘yicha zarur jamoat ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga bog‘liqdir.
«Donni saqlash va qayta ishlash» mutaxasisligi bakalavrlari zararkunandalarning onologiyasi, fiziologiyasi va ekologiyasi bilan chuqur tanishishlari, eng xavfli turlari, ularni keltiradigan zararlari, ularning klassifikatsiyalashishlari bilimlarini egallashlari lozim.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling